Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qudrat Abdurahimov

qudratabdurahimov
Tizimli boshqaruv va raqamli transformatsiya eksperti youtube.com/@QudratAbdurahimov @gitauz 📞 +998 90 808 37 38
Подписчики
2 008
24 часа
-2
30 дней
-34
Просмотры
1 377
ER
68,58%
Посты (30д)
Символов в посте
1 036
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
July 13, 04:54

Institutsional boshqaruv
Institutsional boshqaruvda
hatto biznes egasi (asoschisi) ham o‘zi o‘rnatgan tizim va qoidalarga bo‘ysunadi.
U endi "men xo‘jayinman, nima xohlasam shuni qilaman" deb individual qarorlar chiqarolmaydi.
Bu nima uchun kerak va amalda qanday ishlaydi?
1. Biznes egasi va Biznesning o‘zi ajratiladi
Egasining shaxsiy hamyoni bilan kompaniya g‘aznasi, egasining shaxsiy xohishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari bir-biridan huquqiy va amaliy jihatdan ajratiladi. Biznes alohida yashaydigan, o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan "organizm"ga aylanadi.
2. Qarorlar his-tuyg‘u bilan emas, protokol bilan qabul qilinadi.
Biznes egasi kompaniyani o‘zi xohlagandek emas, balki tasdiqlangan qoidalar (reglamentlar, standartlar, KPI va uzoq muddatli strategiya) asosida boshqaradi. Masalan, ehtiyoj bo‘lmasa, xo‘jayin o‘zining tanishini shunchaki xohlagani uchun yuqori lavozimga tayinlay olmaydi — chunki HR tizimi va nomzodga qo‘yilgan institutsional talablar bunga yo‘l qo‘ymaydi.
3. "Egasiz ham ishlaydigan" model yaratiladi.
Agar kompaniya institutsional darajaga chiqsa, uning egasi 1-2 oyga ta’tilga ketsa yoki umuman operatsion boshqaruvdan chetlashsa ham, biznes to‘xtab qolmaydi. Chunki funksiyalar shaxslarga (jumladan, egasining shaxsiyatiga) emas, jarayonlarga bog‘langan bo‘ladi.
Xulosa qilsak:
Biznes endi egasining "shaxsiy tomorqasi" emas, balki qat’iy qoidalar asosida harakatlanadigan
soat mexanizmiga
aylanadi. Biznes egasi bu tizimda eng oliy nazoratchi yoki strateg bo‘lishi mumkin, lekin u ham o‘yin qoidalarini buza olmaydi. Aks holda, tizim sinadi.
@QudratAbdurahimov

Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 10, 06:47

"Biz faqat mashinalar ishlab chiqarmaymiz, biz avvalo odamlarni yetishtiramiz."
Bu so‘zlar dunyo avtosanoati giganti –
Toyota
kompaniyasining boshqaruv falsafasini belgilab beruvchi eng bosh mezon hisoblanadi.
Ko‘pchilik bizneslar bor e'tiborini faqat mahsulot sifatiga yoki texnologiyaga qaratadi. Toyota esa muvaffaqiyat kalitini butunlay boshqa joydan topgan. Ular buni ikkita egizak tushuncha bilan tushuntirishadi:
🛠
1. Monozukuri (モノづくり)
– bu "narsa/mahsulot yaratish san'ati" degani. Bu shunchaki konveyerda mahsulot yig‘ish emas, balki eng oliy sifatga, mukammallikka va isrofgarchiliksiz ishlab chiqarishga intilishdir.
👤
2. Hitozukuri (ヒトづくり)
– bu "odamlarni (iste'dodlarni) yetishtirish va rivojlantirish san'ati" degani.
Toyota falsafasiga ko‘ra:
Hitozukuri bo‘lmasa, Monozukuri ham bo‘lmaydi!
Ya'ni, siz top-menejer yoki muhandislaringizni qanchalik aqlli qilmang, agar konveyerda turgan oddiy ishchini o‘z ishining "olimi" qilib tarbiyalamasangiz, baribir sifatli mahsulot chiqa olmaysiz.
Bu tizim qanday ishlaydi?
Xatoga jazo yo'q:
Agar tizimda muammo chiqsa, aybdor qidirilmaydi, muammoning ildizi qidiriladi. Ishchiga "Nega xato qilding?" deb emas, "Tizimning qayeri seni adashishga majbur qildi?" deb savol beriladi.
Fikrlar qadrlanadi:
Toyotada har bir oddiy ishchi yiliga o‘rtacha 10-20 tagacha jarayonni yaxshilash bo‘yicha taklif beradi va ularning 90% dan ortig‘i amaliyotga joriy qilinadi.
Xulosa va biznes uchun dars:
Muvaffaqiyatli korporativ tizim yoki raqamli transformatsiya yaratmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, odamlarga investitsiya qiling. Jarayonlarni shunday quringki, xodimlaringiz shunchaki buyruq bajaruvchi robotlar emas, balki har kuni tizimni yaxshilash haqida o‘ylaydigan g‘oya generatorlariga aylanishsin.
Avvalo odamni o‘stirmoq kerak, mahsulot sifatini o‘sha odamning o‘zi o‘strib oladi.
@QudratAbdurahimov

Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 07, 03:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

AI Darslar YouTube kanalimizda bitta jild qilib qo‘yildi:
📱
https://youtube.com/playlist?list=PLT4dZW3IfXqw2w6fHspUnyVAOWe5RWtaX
Savollar bo‘lsa, izohlarda qoldiring. Ko‘rib chiqib, javob yozamiz.

July 05, 03:39

Bu sizning qaroringiz!
Psixologiyada juda ajoyib bir qoida bor:
"Hech kim sizning roziligingizsiz sizni xafa qila olmaydi."
Ya’ni, tashqi ta’sirlardan ranjish yoki ranjimaslik — bu mutlaqo sizning tanlovingiz. Buni bugungi kunda hissiyot ilmi, ya’ni hissiy intellekt (EQ) ham to‘liq tasdiqlaydi.
#Baxt
ham xuddi shunday...
Inson o‘zini baxtli deb his qilsa — baxtli, baxtsiz deb bilsa — baxtsizdir. Negaki, moddiy olamda (tashqi muhitda) birdaniga hech narsa o‘zgarib qolmaydi. "
Men baxtsizman
" degan tushuncha shunchaki insonning ongida yashaydi, xolos.
Agar inson haqiqatda baxtli ekaniga ishonsa, bunga o‘z ichki olamidan yetarlicha dalillar topa olsa, o‘zidagi bor ne’matlarni qadrlab, ularning hisobsiz ekanini yurakdan his qila bilsa — u inson shubhasiz baxtlidir.
Yaratganning O‘zi ham:
"Agar shukr qilsangiz, ziyoda qilaman"
, deb va’da bergan. Inson chin dildan shukr qilishni boshlagan ondayoq, o‘sha zahoti ne’matlarning ziyodaligini va qalbidagi "
Baxt
" tuyg‘usini his eta boshlaydi.
Demak, baxtli bo‘lish — har bir insonning o‘z qo‘lida.
P.S.
Baxtli bo‘lish — bu shunchaki bir qaror. Uni bugun qabul qiling.
@QudratAbdurahimov

Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 02, 07:07

📈
Муаммоларни кабинетда эмас, «воқеа жойида» ҳал қиламиз
#
Gemba
Management:
Кайдзен фалсафасида
Gemba
(Гемба) — бу қиймат яратиладиган, яъни бевосита иш кетаётган жой (ишлаб чиқариш, қурилиш майдони, офис ёки хизмат кўрсатиш нуқтаси). Муваффақиятли раҳбар жараёнларни фақат ҳисоботлардан эмас, Гембага бориб ўрганади.
📌
Гемба бошқарувининг 5 та олтин қоидаси:
1️⃣
Go to Gemba
— Воқеа жойига боринг ва вазиятни ўз кўзингиз билан кўринг.
2️⃣
Фактларни йиғинг
— Тахминларга таянманг, рақамлар ва аниқ маълумотлар билан ишланг.
3️⃣
Вақтинчалик чораларни кўринг
— Муаммо катта зарар келтирмаслиги учун тезкорлик билан уни тўхтатиб туринг.
4️⃣
Find the Root Cause
— Асл муаммони (илдизини) аниқланг. Бунинг учун
«5 Нега?» (5 Why)
усулидан фойдаланинг.
5️⃣
Стандарт ёзинг
— Муаммо тизимли равишда қайта такрорланмаслиги учун янги қоида ёки йўриқнома ишлаб чиқинг.
🔄
Gemba Walk (Гемба айланиши) 2 турга бўлинади:
🗓
Режали
— Мунтазам равишда ўтказиладиган, тизимнинг асоси бўлган айланишлар.
🚨
Муаммо чиққанида
— Фавқулодда вазият юзага келганда тезкор ўрганиш.
⚠️
Энг муҳим қоида:
Gemba Walk — бу текшириш, назорат қилиш ёки кимнидир жазолаш ЭМАС! Бу жараёнда айбдор қидирилмайди, балки тизимнинг қайси жойида хато борлиги ўрганилади.
🌟
Олтин қоида: Respect People
— Ходимларга ҳурмат кўрсатиш. Гембанинг асл мақсади — жараённи ич-ичидан тушуниш ва ходимга ишини енгиллаштириш учун ёрдам беришдир.
🤖
@QudratAbdurahimov

Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

June 22, 10:14

Oliy maqsad!
Mening oliy maqsadim McKinsey elagidan oʻtdi (10/10 ball!)
🎯
Yaqinda oʻz oldimga qoʻygan oliy maqsadimni McKinsey & Company’ning mashhur
"Centered Leadership" (Markazlashgan yetakchilik)
modeli asosida tahlil qildim.
Natija men kutgandan ham aʼlo — 10 dan 10 ball!
Sunʼiy intellekt bu maqsad shunchaki orzu emas, balki shaxsiy iqtidor, biznes-mantiq va jamiyat ehtiyojini birlashtirgan mukammal strategik kompas ekanligini tasdiqladi.
Siz ham oʻz maqsadingizni tekshirib koʻrmoqchimisiz?
Quyida siz uchun maxsus prompt tayyorladim. Uni ChatGPT, Claude yoki Gemini’ga tashlab, maqsadingiz qanchalik kuchli ekanligini professional tahlil qildirib oling.
@QudratAbdurahimov
-
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

June 17, 09:57
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Zamonaviy tadbirkor!
Qarang odamlar AI orqali nimalar qilyapti.
Bu boladan zo'r tadbirkor chiqadi. Faqat sal AI ni imkoniyatlarini o'rganishi kerak.
Tadbirkor do'stlarga jo'natib qo'yamiz :)
@QudratAbdurahimov
-
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
P.S. Ko'rib maza qildim. Avaz Oxun xazillaridan kam emas :)

June 13, 10:51

Bodo Sheferdan shaxsiy moliya arxitekturasi: 3 ta oltin bosqich
Ko‘pchilik birdaniga milliarder bo‘lishni xohlaydi — bu sport zaliga birinchi kuni kelib 200 kg tosh ko‘tarishga urinishdek gap. Bodo Shefer boylikni bosqichma-bosqich, poydevordan qurishni maslahat beradi.
🛡
1-bosqich: Moliyaviy Himoya (Финансовая защита)
Maqsad:
Kutilmagan inqirozlarda (kasallik, ishdan ayrilish) sizni asraydigan "xavfsizlik yostiqchasi".
Formula:
1 oylik minimal xarajat * 6 oy.
Qoida:
Bu pul faqat naqd yoki depozitda turadi.
Vazifasi — daromad keltirish emas, sizga xotirjamlik berish.
🔒
2-bosqich: Moliyaviy Xavfsizlik (Финансовая безопасность)
Maqsad:
Umuman ishlamasangiz ham, kapital foizi sizni umrbod boqadi.
Formula:
1 oylik minimal xarajat * 150 (yillik 8% daromadlilik standarti bo‘yicha).
Misol:
Oyiga $1 000 kerak bo‘lsa, daxlsiz kapitalingiz $150 000 bo‘lishi shart.
Qoida:
Pul keltirayotgan "g‘oz"ni aslo so‘ymang, faqat uning "tuxumi" (foizi) hisobiga yashang.
🚀
3-bosqich: Moliyaviy Mustaqillik (Финансовая независимость)
Maqsad:
Passiv daromad barcha orzular, sayohatlar va hashamatli xarajatlarni to‘liq yopadi. Pul uchun emas, sevadigan ishingiz uchun yashaysiz.
Formula:
Orzuingizdagi hayot uchun oylik summa * 150.
🔥
Erishish uchun 3 ta Oltin Maslahat:
1️⃣
O‘zingizga haq to‘lang:
Daromadning kamida 10-20% qismini investitsiyaga ajrating. Bugun tejamagan odam, daromadi oshganda ham baribir tejay olmaydi.
2️⃣
50/50 Qoidasi:
Daromadingiz oshsa, oshgan qismining yarmini hayot darajasini yaxshilashga, qolgan 50%ini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitalga yo‘naltiring.
3️⃣
Iste'mol qarzi — moliyaviy o‘lim:
Maishiy va iste'mol kreditlaridan tezroq qutuling. Qarz to‘layotgan bo‘lsangiz ham, parallel ravishda "himoya yostiqchasi"ga pul ajrating.
@QudratAbdurahimov
-
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

June 04, 14:03

Tavsiya qilaman!
Video 2 soat ekan. 1 soatdan oshganda to'xtatmoqchi edim, lekin oxirigacha ko'rdim.
Maslahatim to'liq ko'ring, afsuslanmaysiz.
Toni Robbins
(Tony Robbins) — dunyodagi eng taniqli motivator, shaxsiy rivojlanish bo'yicha murabbiy (life coach), biznes-strateg va bestseller kitoblar muallifidir. U o'zining jo'shqin nutqlari, multimillion dollarlik biznes imperiyasi va inson psixologiyasini o'zgartirishga qaratilgan seminarlari bilan tanilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=I_w81rptxkc

May 28, 18:06

Claude Opus 4.8
+ Narxi
o‘zgarmapti
.
+ Fast mode
3x
marta
arzonlashgan
.
+ Vazifaga qanchalik chuqur kirishi
nazorati qo‘shilibdi
(Effort control)
+
Xato
sini tan olish
4x
marta
kamaygan
.
- Katta
o‘zgarish yo‘q
. Bor narsani sifati oshgan.
-
Token
soni
ko‘paydi
: Effort control
rejimida
"extra" yoki "max" yoqilsa.
Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?
http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8
Ertaga MeetUp'imiz bor:
https://t.me/UzTechUK/122
ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz.
28.05.2026 London
@DrAlgorithm