Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi

qum_axborot
Qumqo'rg'on tumani hokimligining rasmiy kanali Web site: https://gov.uz/oz/qumqorgon Elektron pochta: qumhok@exat.uz Ishonch telefoni: +998 (76) 228-01-35 Yuridik manzili: Qumqo‘rg‘on tumani, O‘zbekiston shox ko‘chasi 1-uy.
Subscribers
7 850
24 hours
-10
30 days
-230
Post views
1 245
ER
15,86%
Posts (30d)
427
Characters in post
950
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
July 29, 02:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏠
Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli qayta boshlandi
​Ipoteka subsidiyasi uchun Davlat xizmatlari markazlari, MyGov ilovasi yoki,
my.gov.uz
portali orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil videoda...
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 15:36
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Bugun Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi binosida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi binosida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari
Sirojiddin Abdullayev
, Qumqo‘rg‘on tumani hokimi
Farrux Xoliqov
, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Muxiddin Tagayev
hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Xurshid Atanazarov
ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflari atroflicha tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddilar biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabul fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 15:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 28, 13:24
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida keng ko‘lamli sanitariya-tozalik ishlari olib borilmoqda
Qumqo‘rg‘on tumanidagi Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida aholiga qulay va xavfsiz savdo muhitini yaratish, hududning sanitariya-gigiyena holatini yanada yaxshilash maqsadida tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus texnika yordamida yuvish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida bozor hududi va savdo rastalari tozalanib, chiqindilar belgilangan tartibda olib chiqilmoqda, umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 12:48
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚖️
Yer maydonlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi
🟢

Buxoro viloyati.
Davlat kadastrlari palatasi
bo‘lim boshlig‘i
2015 yilda
Romitan tumani
hokimligi zaxirasidagi
65 m²
yer maydonida
o‘zboshimchalik bilan qurilgan
savdo va xizmat ko‘rsatish binosi hamda unga tutash
35 m²
yer maydonini
rasmiylashtirib berish evaziga
2,5 ming AQSH dollari
olgan vaqtida
DXX
,
Departament
va
IIO xodimlari
tomonidan
ushlandi
.
🟢

Qashqadaryo viloyati.
Ko‘kdala tumani
investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi
bosh mutaxassisi
2019 yilda Chiroqchi tumani hokimi qarori bilan ajratib berilgan
1 sotix
yer maydonini Kadastrlar palatasi tizimida ishlovchi tanishlari orqali
kadastr hujjatlarini tayyorlab
,
ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga
1 ming AQSH dollari
talab qilib,
pulni olayotgan vaqtida
tezkor tadbirda
ushlandi
.

Har ikki holat yuzasidan
jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib
,
tergov harakatlari
olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

July 28, 12:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

IJARAGA BERILGAN
QISHLOQ XO'JALIGI YERIGA UY-JOY VA BINO QURAYOTGAN FERMERLAR BU VIDEO SIZLAR UCHUN.
Prezidentning 2025-
yildagi
322-son qarori
49 yilga ijaraga berilgan qishloq xo'jaligi yeriga uy yoki bino-inshoot qurish huquqini beradimi?
Javob videoda
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 10:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🧠
Bolaga nisbatan zo‘ravonlikni ko‘rsangiz — befarq bo‘lmang
Har bir bola xavfsiz va mehrga to‘la muhitda ulg‘ayish huquqiga ega. Agar siz
bolaga nisbatan zo‘ravonlik,
beparvolik yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarga
guvoh bo‘lsangiz
, bu haqda albatta xabar bering.
☎️
1246
qisqa raqamli koll-markaziga qo‘ng‘iroq qiling. Murojaatingiz qabul qilinadi va
shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi
.
❗️
Quyidagi holatlarda darhol murojaat qiling:
⚠️
Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik;
⚠️
Beparvolik va shafqatsiz munosabat;
⚠️
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar.

Hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.
🤝
Sizning bitta qo‘ng‘irog‘ingiz bir bolaning hayotini o‘zgartirishi mumkin. Birgalikda bolalarni himoya qilaylik.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 10:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

"Uzbek Gift Contest" ko‘rik-tanloviga start berildi
Turizm qo‘mitasi, "Hunarmand" uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sayyohlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratish maqsadida
"Uzbek Gift Contest"
ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda "Hunarmand" uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Tanlov g‘olibi deb topilgan har bir ishtirokchi
5 million so‘m
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish havolalari:
Dizaynerlar uchun
:
Hunarmandlar uchun
:
Arizalar:
birinchi bosqich
: 2026-yil 16-avgustga qadar;
ikkinchi bosqich
: 2026-yil 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 09:00
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar G‘alaba mahallasi misolida
G‘alaba mahallasini namunaviy hududga aylantirish maqsadida mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari birlashib keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahalla hududida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalanmoqda, yashil hududlar parvarish qilinmoqda hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obod muhitni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Mahallalarimiz obodligi va ozodaligi barchamizga bog‘liq. Siz ham xonadoningiz, ko‘changiz va mahallangiz tozaligiga befarq bo‘lmang, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok eting. Birgalikda namunaviy va fayzli mahallani barpo etamiz!
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube

July 28, 08:19
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
🏥
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov tomonidan deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan
24 ta tavsiyaning 2-bandi – “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati”
ijrosi yuzasidan 34-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul jarayonlarining tashkil etilishi, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.
Aholining salomatligini muhofaza qilish, sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube