
Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Surxondaryo tajribasi asosida Taxiatoş tumanida yangi loyihalar amalga
oşirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
TUMANDOSHIMIZ II DARAJALI «SALOMATLIK» ORDENI BILAN TAQDIRLANDI!
Prezidentimizning
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi
Farmoni
qabul qilindi.
Quvonarlisi, mazkur Farmonga muvofiq,
tumandoshimiz,
Qumqo‘rg‘on tumani Munchoqtepa mahallasida joylashgan
34-oilaviy poliklinika mudiri
Chariyeva Salima Ibragimovna
tibbiyot sohasidagi samarali mehnati va xizmatlari uchun
II darajali «Salomatlik» ordeni
bilan taqdirlandi!
Ushbu yuksak mukofot — tumandoshimizning xalq salomatligini asrash yo‘lidagi fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati va ko‘p yillik samarali faoliyatiga berilgan munosib e’tirofdir.
Tumandoshimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔥
Joylarda suyultirilgan gaz taqsimotidagi qonunbuzilishlar aniqlandi
❗️
Tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan,
Samarqand viloyati
ning Pastdarg‘om tumanida bir guruh shaxslar gaz tarqatish shoxobchasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, o‘zlariga tegishli noturar binoda
6 tonna
hajmli
sisterna
o‘rnatib, aholiga tarqatish uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni kompressor orqali ushbu sisternaga bo‘shatib, so‘ngra uni o‘zlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzilda qiymati
32,2 mln so‘mlik
3,1 tonna
suyultirilgan gaz aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. Ta’kidlash lozim,
3,1 tonna
suyultirilgan gaz o‘rtacha
150 ta xonadonning
45 kunlik ehtiyojini qoplaydi
.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlat manfaatlariga
1 mlrd so‘mlik
zarar yetkazilganligi fosh bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaroning uyida
130 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
35 ta gaz balloni
noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reyd tadbirlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
da ham faol tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birgina Amudaryo tumangaz bo‘limi ishchisi va 1969 y.t. fuqaroning yashash xonadonlarida jami
23 ta gaz balloni
borligi aniqlandi.
Xorazm viloyati
Bog‘ot tumangaz bo‘limining 3 nafar chilangari esa o‘z tanishlarining yashash xonadonlarida jami
300 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
25 ta gaz ballonni
qimmat narxlarda sotish uchun saqlab kelishgan.
Andijon viloyati
da o‘tkazilgan tadbirlar davomida
980 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
243 ta gaz balloni
qimmat narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Ulug‘nor tumangaz bo‘limi chilangarining uyidan aholi uchun mo‘ljallangan
17 ta gaz balloni
, Shahrixon tumangaz bo‘limi chilangarining xonadonidan esa
13 ta gaz balloni
olindi.
Jizzax viloyati
da kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘ziga tanish bo‘lgan 2 nafar fuqaroning yashash xonadonlarida jami
720 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
57 ta gaz ballonni
noqonuniy saqlayotganligi hujjatlashtirildi.
Navoiy viloyati
Nurota tumangaz chilangari va haydovchisi esa o‘zaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bo‘lgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan
2 dona gaz ballonni
xaridorga
280 ming so‘mga
sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari mutasaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz DXX Call-markazining
1520
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan
uçraşuv ötkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
🌱
Beruniy köçasida yaşil hududlar kengaymoqda
Qumqörğon tumani markazidagi Beruniy köçasida obodonlaştiriş işlari davom etmoqda. Ayni kunlarda tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari tomonidan köça böylab gazon ekiş işlari olib borilmoqda.
🌿
Uşbu işlar köça hududini yanada körkamlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş hamda aholi uçun yanada
fayzli va körkam muhit yaratişga
qaratilgan.
Hududlarni obod qiliş va kökalamzorlaştiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.
✍️
Qumqörğon tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna böling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqörğon.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube
Qumqo‘rg‘on tumani hokimi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hafta davomidagi qabul kunlari
Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
✍️
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱
Qumqo‘rg‘on.uz
|
📱
Telegram |
📱
Facebook |
📱
Instagram |
📱
YouTube