
Mikrofon kötargan ayol
“Kerak bo‘lsa, Gollivudga olib borib o‘qitib kelishga ham tayyorman. Bular Gollivudda O’zbekiston bayrog‘ini ham ko‘taradi” — Prezident
“Chempion”, “O‘g‘iloy” va “Sersavol” loyihalarida rol ijro etgan bolalar davlat rahbari bilan uchrashuvda o‘z orzulari, ilk tajribalari va quvonchlarini bo‘lishdi.
“Onam bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan uchrashuvida “Zo‘r TV” prodyuseri Dilshod Mirzamurodov onasining quvonchini samimiy so‘zlab berdi.
“Bugun oldingizga kelishimni onamga aytgan edim. Avvaliga ishonmadilar. Ular bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi Prezidentning oldida turibdi. Xursandchilikdan yig‘ladilar. Qo‘shilib men ham yig‘ladim”, — dedi u.
Dilshod Mirzamurodov telekanaldagi ilk maoshi 16 million so‘m bo‘lganini, hozir esa oyiga 100 million so‘mdan ortiq maosh olayotganini aytdi. Shuningdek, propiska bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingach, uyli bo‘lganini ta’kidlab, onasining duolari va minnatdorligini yetkazdi.
Davlatimiz rahbari uning onasiga alohida rahmat aytdi:
“Onaning mehri, onaning duosi, onaning ehtiromi, hurmati juda katta kuch va qudrat”.
Ҳозир шу суҳбатни кўриб ўғлим билан гаплашдик: ростан ҳам одамлар чўнтаги пул кўрди, бошпаналик бўлишди, болалар пахтага чиқмайдиган, ўқитувчилар кўча супурмайдиган, тадбиркор 22-23 фоизга пулини “обнал” қилмайдиган, абитуриентларга 1 август ўйинлари қилинмайдиган, автоларга “шапка” кийдирилмайдиган, одамлар битта маълумотнома учун эшикма-эшик сарсон бўлмайдиган бўлди. Яна санасак қанча нарса бор. Шунча тслоҳотлар оддий одамлар ҳаётида қандай ўзгаришлар қилганини кўрсатиш керак. Ислоҳотларнинг оддий инсоний қиёфасини кўрсатиш лозим.
Барака топсинлар, соғ бўлсинлар, умрлари узоқ бўлсин ҳурматли Президентимизни
🤲
“‘Eslab-eslab’ bir gapiring qani” — prezident va aktyor Farhod Abdullayev suhbati
@Sinchalakblog
22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkin», — dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini — qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi — ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yaman».
Kinematografiya agentligi tugatiladi, «O’zbekfilm» kinokompaniyaga aylanadi — Prezident
«Sohada ixcham va zamonaviy boshqaruvni yo'lga qo'yamiz. Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati Madaniyat vazirligiga o'tkaziladi.
«O'zbekfilm»ning tashkiliy va iqtisodiy modelini yangilaymiz. Davlat muassasasi bo'lgan «O'zbekfilm» tugatiladi, uning o'rniga zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi «O'zbekfilm» milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi.
«O'zbekfilm» milliy kinokompaniyasi endi film ishlab chiqarmaydi. Filmlar yaratish to'liq xususiy sektorga o'tadi.
Yana bir yangilik: «O'zbekfilm» kinoshaharchasida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan dublyaj va ovozlashtirish markazi quriladi.
Sizlarga ma'qul keladigan yana bir tashabbusni aytmoqchiman. Quyi Chirchiq tumanidagi yaqinda zamonaviy talablar asosida ta'mirlanib, jihozlangan «Ko'hinur» sihatgohini — «nur» degani, buni bekorga tanlamadim — to'liqligicha kinoijodkorlar ixtiyoriga beramiz».
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Renessans» kino uyida kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashuvda:
«Yoshligimda qishlog'imizda bitta kinoteatr bo'lardi. Lekin hamma sig'masdi, daraxtga chiqib kino ko'rardik. Film boshlangach, chiroq o'n besh marta o'chardi, bir soatlik kinoni besh soatda ko'rardik. Buni o'zimiz boshimizdan o'tkazganmiz.
"Mahallada duv-duv gap", "O'tgan kunlar", "Shum bola", "Chinor ostidagi duel", "Suyunchi" kabi filmlarni yodga olaylik. Ulardagi bir lavha, bir og'iz so'z yoki tanish kuyning o'zi bolaligimizni, bobo-buvilarimizni, qadrdon mahallamizni ko'z oldimizda gavdalantiradi.
Men bugun lavozimimdan qat'i nazar, xalqdan ajralmagan, qishloqda o'sgan odamman. Maktabimni ham, o'sha kinozalimizni ham, daraxtda o'tirganimizni ham, stadion bo'lmagani uchun qorong'ida oyog'imiz qonab futbol o'ynaganimizni ham hech qachon unutmayman.
Milliy san'at asarlarini yarata olganlar tahsinga sazovor. «O'zbekfilm» yaratgan bu maktabni ijodkorlarimiz mustaqillik yillarida ham munosib davom ettirib, "Abdullajon", "Otamdan qolgan dalalar", "Dilxiroj", "Vatan", "O'tov" singari xalqimizga manzur filmlarni yaratdi.
Ammo shunday ulug' tarixga ega kinostudiyaning bundan o'n yil oldingi ahvolini kim eslaydi? "O'zbekfilm sovunlari", "O'zbekfilm shpaklyovkalari", "O'zbekfilm kraskalari" degan iboralar yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak. Bu ham bir armon edi. Shu bois islohotlarimizning ilk kunlaridanoq «O'zbekfilm»ning qaddini tiklash, ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratishga alohida e'tibor qaratdik».
Zulfiqor Musoqovga prezident sovg‘asi — Yangi Toshkentdan uch xonali uy topshirildi
Uzoq yillardan beri o‘zbek kinosi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan taniqli rejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqovga prezident sovg‘asi sifatida Yangi Toshkentdan uch xonali xonadon
topshirildi
.
@daryo_live
Bugun davlatimiz rahbari kino sohasi ijodkorlari bilan uchrashadi
🇺🇿
📽️
Keça Samarqandda ötgan sammitda birinçi xonimimiz Ziroat Mirziyoyeva
birinçi xonimlar va davlat rahbarlari turmuş örtoqlarining Global tarmoğiga ikki yilga raislik
vazifasini qabul qildi.
Tarmoqni bolalar saratonini davolaş böyiça dunyodagi eng tajribali şifoxonalardan biri-
Amerikadagi St. Jude
tuzmoqda.
Bu qanday tarmoq?
Turli davlatlarning birinçi xonimlari bir maqsad atrofida birlaşadi:
oğir, hayot uçun xavfli kasalliklarga çalingan bolalarga yordam beriş
, bir-birining tajribasidan örganiş, hukumatlar e’tiborini şu muammoga qaratiş.
Ötgan yili sentyabrda Nyu-Yorkda, BMT Boş Assambleyasi doirasida bolalar saratoniga bağişlangan forum bölgandi.
Özim ham qatnaşganman.
Dunyoning eng kuçli onkologlari, turli mamlakatlarning vazirlari, birinçi xonimlar bir joyda ötirib, bolalarni qanday qilib köproq qutqariş mumkinligi haqida gaplaşişgan. Qayerda qanday yangi davolaş usullari çiqyapti, qanday tadqiqotlar ketyapti, qaysi davlat qanday tajriba orttirdi, hammasi oçiq muhokama qilingan.
Bu forum taşabbuskori Özbekiston bölgan.
Endi taşabbus forum doirasidan kattaroq tizimga aylanib boryapti:
doimiy işlaydigan tarmoqqa boşçilik qiliş Özbekistonga işonib topşirildi.
Bizda har yili
3,5 mingga yaqin bolaga
saraton taşxisi qöyiladi. Bir neça yil oldin bolalar onkologiyasi kattalarnikidan alohida, mustaqil xizmat qilib ajratildi. Toşkentdagi markaz
200 öringaça
kengaytirildi, onkojarrohlik bölimi oçildi, viloyatlarda
14 ta filiali
işlayapti.
Eng oğir muammolardan biri dori. Kerakli dori bor bölsa ham, uzilib qolardi yoki sifatiga işonib bölmasdi. 2024-yilda Özbekiston JSST va St. Jude tuzgan bolalar saratoni dorilari böyiça Global platformaga
dunyodagi birinçi oltita davlat qatorida
qöşildi. Birinçi dorilar 2025-yil yanvarda keldi. Hozir
33 turdagi asosiy dori
butun mamlakat böylab tarqatilmoqda, faqat ötgan yilning özida bu dorilar bilan
1200 dan ortiq bola
davolandi.
Yaqinda bolalar saratoniga qarşi
2035-yilgaça möljallangan Milliy reja
ham tasdiqlandi. Maqsad: bola qayerda yaşaşi va oilasining imkoniyatidan qat’i nazar, öz vaqtida taşxis qöyilişi va davolanişi kerak.
Kasallikni erta bosqiçda aniqlaş uluşi
65 foizga
yetkaziladi. Şu yildan boşlab saratonga çalingan bolalar uçun
davlat tibbiy suğurtasidan alohida xizmatlar paketi
moliyalaştiriladi. 2030-yilga borib esa
taşxis, davolaş, dori va reabilitatsiya xarajatlarini davlat töliq qoplaşi
rejalaştirilgan.
Yana bir narsa meni juda ta’sirlantiradi. Uzoq davolanayotgan bolalar uçun şifoxonalarda
«Mehrli maktab»lar
oçilgan. Bola kasal bölsa ham öqişdan, tengdoşlaridan, orzularidan uzilib qolmaydi. Keça Samarqanddagi kongressda aynan şu maktab bolalari çiqib, öz hikoyalarini aytib berişdi.
Bir paytlar bolalar saratoni deyarli hukm hisoblanardi. Bugun dunyoning ilğor markazlarida kasal bolalarning
öntadan sakkiztasi
tuzalib ketyapti. Lekin hamma joyda ham şunday emas. Rivojlanayotgan davlatlarda bu körsatkiç köpinça
30 foizdan ham past
.
Qayerda tuğilganiga qarab bolaning omon qoliş imkoniyati har xil bölib qolayotgani eng oğir haqiqat.
Şunday tarmoqlar aynan şu farqni kamaytiriş uçun kerak.
Özbekiston öz oldiga
2030-yilgaça omon qoliş darajasini kamida 60 foizga
yetkazişni maqsad qilib qöygan.
Men palatalarda, şifoxona eşiklarida kasal bolasini orqalab ketayotgan ota-onalarni körganman. Şuning uçun bunday xabarni öqiganimda köz oldimga birinçi bölib öşa onalar keladi.
Bolalarimiz soğ bölişsin. Bemorlarimizga şifo bersin.