
Mikrofon ko‘targan ayol
…O‘tgan yili Ohangaron bilan Namanganda pedofillar shundoq manzil koloniyalardan chiqishdi-yu, voyaga yetmagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lishdi.
Surxondaryoda bir buvi 15 yashar qizini uzatib yubordi. Ana shunday holatlarga guvoh bo‘ldik. Yoki bo‘lmasam, ruhiy shifoxonadan davolanib chiqqan ona uyga keldi-yu, birinchi sinf qizini pichoqlab qo‘ydi. Yoki bo‘lmasa, bozorda bir ruhiy kasal bir bolachani pichoqlab qo‘ydi. Mana shularning hammasi naqadar holat inqirozli ekanligini ko‘rsatib berdi va prezidentimiz toqat qila olmadilar. Bo‘ldi, chorasini ko‘ringlar, ishlarimiz yetarli emas. Holatimiz shu ekan, demak, boshqadan kurashni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak degan vazifani qo‘ydilar.
“Davra podkast” ning 8-mart sonida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Nodira Hakimova
bilan 3-mart kuni imzolangan
Prezident Farmonining
zarurati haqida suhbatlashdik.
Dunyodagi eng qimmatbaho sovg’a
Usmon bolam dijitl, kreativ tabriklarga usta. Uning uchun nimanidir qo’lda chizib, bo’yash, qirqish, qo’lda tabrik yozish - juda murakkab ish. Aynan shuning uchun ham bu sovg’asi qadrli.
Bolalarim katta bo’lib ketishganda ham dastxati bilan yozib tabriklashini istayman.
Lolani Dunyo go’zali bog’chadan olib keldilar. Va uni qizg’onib, yig’lab-siqtab, bir necha marta berib-qaytarib ham oldilar.
Bolalaringiz nima sovg’a qilishdi?
“Oxirgi marta to’yimda gul olgan ekanman-ey”
O’zbekiston Prezidenti va O’zbekiston ayollari haqida esse
Shu lavhamdagi bag’dodlik bodomchi ayollarning intervyusini bir eshiting. Samimiyatidan shunday yayraysizki…
“Menimcha” dasturidan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligicha qolarkan, O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutayotgan yo‘li e’tiborga loyiq.
Masalan, bugun Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ma’sud Pezeshkiyonga bildirilgan hamdardlik insoniylik va hurmat ifodasi bo‘ldi. Chunki, og‘ir vaziyatda aytilgan samimiy so‘zlar har doim katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa inqiroz paytida bildirilgan qo‘llab-quvvatlov uzoq vaqt esda qoladi.
Bu qadam O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi nafaqat tarixiy yaqinlik va dindoshlikni, shuningdek, o’zbekistonliklarning bugun davom etayotgan urushga bo’lgan munosabatini ham to’la aks ettiradi.
Bundan tashqari, Eron O‘zbekiston uchun strategik jihatdan ham muhim davlat. Janubiy yo‘nalish, transport yo‘laklari, dengiz portlariga chiqish imkoniyati — bularning barchasi uzoq muddatli manfaatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun bugungi muloqot ertangi kunlar uchun alohida ahamiyatli.
Muhimi, O‘zbekiston faqat bir tomon bilan cheklanib qolmayapti. Urushga bevosita yoki bilvosita aloqador arab davlatlari bilan ham aloqalar davom etmoqda. Bu — ko‘pvektorli deya ta’riflanadigan tashqi siyosatning amaldagi ko‘rinishi. Ya’ni, hech qaysi tomonga og‘ib ketmasdan, hamma bilan muloqot ushlab qolinmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekistonning bugungi pozitsiyasi keskinlikni kuchaytirish emas, balki barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘rta va kichik davlatlar uchun muvozanat va vazminlik qanchalik muhim ekanini esa bugun barcha o‘z tanasida his qilib ulgurdi, nazarimda.
@haqiqatdailyos
Bu avzoyi buzuq dunyoda bahorlar g’animat.
Xush ko’rdik, Bahor.
Xalq duosi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning Jarqo’rg’on tumanida qurilgan uy-joy mavzesida.
4-sinf o’quvchisi Otamurodning ovozi Ko’ksaroyni tutdi.
Davlatimiz rahbari Otamurodga mashina sovg’a qildi.