
Qöşrabot.uz | Rasmiy kanal
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Channel name was changed to «
Qöşrabot.uz | Rasmiy kanal
»
Bir tovuş – bir harf tamoyiliga ötilmoqda
2026-yil 21-oktabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida” Qonun qabul qilindi.
Batafsil:
👉
https://zarnews.uz/bj9
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
🏆
QÖŞRABOT TUMANI VAKILI “TOP-100” RO‘YXATIDAN JOY OLDI!
🇺🇿
Samarqand viloyatidan 10 nafar mahalla raisi mamlakat miqyosida namunali mahalla raislari sifatida e’tirof etildi.
👏
Quvonarlisi, ular orasida Qo‘şrabot tumani
“Çorloq” mahallasi raisi Bunyod Böronov
ham bor!
Uşbu e’tirof mahallada amalga oşirilayotgan ijobiy özğarişlar, aholi bilan samarali muloqot, tașabbuskorlik hamda hududni obod qilish yölidagi sa’y-harakatlarning natijasidir.
🎉
Bunyod Böronovni uşbu e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐
Qöşrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
🌐
Qöşrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
🌉
GUJUMSOY MAHALLASIDA AHOLI UÇUN MUHIM KÖPRIK BARPO ETILMOQDA
📍
Qöşrabot tumani Gujumsoy mahallasining Qizilbel qişloğida aholi va avtomobillar harakati uçun yangi köprik quriliş ishlari olib borilmoqda.
🚧
Umumiy uzunligi 13 metr, eni 10 metr bo‘lgan ikki tasmali köprik qişloq aholisi uçun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratadi.
✅
Mazkur quriliş ishlari aholini anchadan buyon qiynab kelayotgan muammoga yeçim bölib, hudud infratuzilmasini yaxşilaş va fuqarolar uçun qulay şaroitlar yaratishga xizmat qiladi.
🌐
Qöşrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📍
QÖŞRABOT TUMANIDA NAVBATDAGI ŞAXSIY QABUL ÖTKAZILDI
Bugun, 26-oktabr kuni tumandagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimi D. Şakarboyev, tuman prokurori Ğ. Abduraxmonov, tuman IIB boşliği F. Axmedov hamda korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib ötdi.
🗣
Qabul davomida fuqarolar tabiiy gazga ulaniş, elektr energiyasi ta’minoti, davolaniş, moddiy yordam olish, işga joylaşiş, kadastr va kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan
35 dan ortiq murojaat
bildirdilar.
✅
Har bir murojaat belgilangan tartibda röyxatga olinib, ularni hal etish uchun mas’ul taşkilot va idoralarga yönaltirildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qöşimça örganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olindi.
📌
Qabul yakunida avvalgi qabullarda kelib tuşgan murojaatlar ijrosi tahlil qilinib, fuqarolar muammolarini samarali hal etish hamda murojaatlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🌐
Qöşrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Haftaning eng muhim voqealari: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Raqamli iqtisodiyotda 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Qashqadaryoda – umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Mámleketlik xatkeri Marko Rubio menen strategiyalıq sheriklikti rawajlandırıw máselelerin dodaladı. Sanlı ekonomikada 2030-jılǵa shekem jáne 500 mıń jumıs ornın jaratıw wazıypası qoyıldı. Qashqadáryada ulıwma bahası 6 milliard dollardan aslam bolǵan 161 joybar
—
Главное за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев обсудил с Госсекретарем США Марко Рубио развитие стратегического партнерства. Поставлена задача создать еще 500 тысяч рабочих мест в цифровой экономике к 2030 году. В Кашкадарье – 161 проект общей стоимостью свыше 6 миллиардов долларов.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev discussed the development of the strategic partnership with U.S. Secretary of State Marco Rubio. A target has been set to create an additional 500,000 jobs in the digital economy by 2030. In Kashkadarya Region, 161 projects worth more than $6 billion are planned.
Facebook
|
Instagram
|
X
🚨
HARBIY QISMDA FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
Qo‘shrabot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda
“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — Dolzarb 30 kun”
oyligi hamda
“Zilzila haftaligi”
doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
🎯
Tadbirning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilarning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish, zilzila hamda boshqa tabiiy ofatlar vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, ehtiyot choralariga qat’iy amal qilish hamda inson hayoti va salomatligini muhofaza etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅
Bunday profilaktik tadbirlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va turli xavf-xatarlarga tayyorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🌐
Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📣
Hurmatli tuman ahli!
🇺🇿
Sizning taklif, murojaat va muammolaringiz bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.
✅
Yuqoridagi jadvalda Qo‘shrabot tumani hokimi hamda uning o‘rinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari
va vaqtlari
ko‘rsatilgan.
🌐
Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi