
Соябон остидаги аёл
Pragada vetnamliklarni juda ko'p uchratasiz. Har qadamda kichkina-kichkina do'konlar ochib olishgan. Va qachon qaramang, vetnam tilida gaplashishayotgan bo'lishadi.
Nega? Chex tilini bilishmaydimi?
Bilishadi, ehtimol, sizu bizdan yaxshiroq bilishadi. Chunki ular Chexiyada yashayotgan ikkinchi yo uchinchi avlod. Bobolari 70-80 yillarda kelib, shu yerda yashab qolishgan.
Farzandlar shu yerda tug'ilgan, chex tilli bog'chaga borishgan, chex tilli maktabga qatnashgan.
Lekin vetnam tilini unutishmagan.
Nimaga? Chunki, ota-onalari uyda vetnam tilida gaplashishgan.
Ko'ryapsizmi, o'z tillarini qay tariqa saqlab qolishgan?!
Biz o'zbeklar nega shunday emasmiz? Shu narsa meni juda o'ylantiradi.
Shvetsiyada yashayotgan o'zbek ayol blogini kuzataman, bolalari bilan shved tilida gaplashadi.
Amerikada yashayotgan o'zbek oila videolarini kirib ko'raman. Bolalari bilan inglizcha gaplashadi.
Koreyada yashayotgan o'zbek ayol bolasiga koreyscha gapiradi.
O'zbekistonda yashayotgan dugonam bilan gaplashib qolaman. Qiziga ruscha murojaat qiladi.
Hatto Chexiyada men taniydigan o'zbek oilalar bor. Bolasi bilan ruscha gaplashadi.
Nimaga? Nega o'zbekcha gapirmaysiz, deb so'rayman xafa bo'lganimdan. "O'zbek tili hech qayerda kerak emasku", deydi. Ichimdan zil ketaman. Tilimni tishlayman.
Ha, tilimizni shu ahvolga solgan o'zimiz, rus tilini biladiganlarni bir pog'ona baland qo'ygan ham o'zimiz. Rus tilini biladiganlarni ishga olamiz deb e'lon beradigan ham o'zimiz. Hammasiga o'zimiz aybdormiz.
Lekin bir narsa bor, hali to'la anglab yetganimizcha yo'q. Har qancha urinmaylik, tilida ravon gapirmaylik, biz amerikalik ham, shved yoki koreys ham bo'lolmaymiz.
Chunki biz ich-ichimizdan o'zbekmiz, o'zbek bo'lib qolamiz baribir. Baribir qayerdan kelgansan deb so'rashadi.
Xavotir olayotgan bo'lsangiz, o'z tabribam bilan bo'lishay, bolalarning zehni o'tkir bo'ladi, uyga o'sha begona tilni olib kirmasangiz ham o'rganib olishadi.
Men koreys tilini yaxshi bilaman, lekin bolalarim bilan o'zbek tilida gaplashaman. Bolalarim ingliz tilini zo'r bilishadi, lekin uyda dadasi ikkimiz bilan o'zbek tilida gaplashadi. Chunki biz o'zbekmiz va shunday bo'lib qolamiz.
Bugun bayram bahona ichimdagi dardlarimni doston qildim. Kuyinganimdan gapirdim. Aslida o'zbek tilini bayram qilish emas, qadrini ko'tarishga harakat qilishimiz lozim. Farzandlarimizga o'zbek tilida gapirishimiz, o'zbek tilini unutishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak.
Bayram muborak, do'stlar!
Telegramga kirsang, hamma nima bilandir band, qizg'in hayot kechirayotgandek. Feysbukka kirsang, hamma jo'shqin mehnat bilan yashayotgandik. Birgina sen jimsan, hech nima qilmayotgandeksan...
Ha, rostan ham hech nima qilmayotgandekman, faqat yozayapman, xolos. Yozuvchi deganning shunisi yomon ekan, har kuni ham yozganingni oshkor qilolmaysan, shoirlar kabi sharillatib o'qib berolmaysan. Mehnating anchagina vaqt o'tib, keyin ro'yobga chiqadi. E'tirofga sazovor bo'lishi uchun yillar kerak bo'ladi. Ungacha sabr qilish lozim. Shu uchun ham yozuvchiga shoirlardan ko'ra ko'proq qo'llov kerak, nazarimda.
Bugun erta tongdan ustozim,
adabiyotshunos
olim
,
filologiya fanlari doktori
,
professor
Uzoq Jo'raqulov xabar yuboribdilar. O'qib suyundim.
САЛОМАТМИСИЗ? ХОНАДОНЛАР ТИНЧМИ?
РАХШОНАХОН! БУ ҲИКОЯНГИЗНИ ЎҚИБ ЖУДА ШОДЛАНДИМ. ЧУНКИ АСАРИНГИЗДАГИ ТАСВИР, ИФОДА ВА ПАФОС ЮРАГИМГА ТАЪСИР Қилди. ТОМАШ АМАКИНИНГ УНСИЗ, УНИҚҚАН, АММО ҚАТЪИЙ СЕВГИСИ ШУНДАЙЛИГИЧА ҲИКОЯГА КЎЧГАН. ТИЛИНГИЗ ҲАМ ОЛДИНГИДАН АААНЧА БАЛАНД!!! ОЛЛОҲ ҚУТЛУҒ ЭТСИН! ИНШААЛЛОҲ, СИЗДАН ЯХШИ ЁЗУВЧИ ЧИҚАДИ!
(Баъзи жойларига қалам теккиздим. Лозим кўрсангиз, оларсиз...)
Узоқ Жўрақулов
"
Keksa muhabbat
" hikoyamni yozib tugatgach, issig'ida bir ikkita ustozlarga yuborgandim. Bunaqa payt o'zingni osmonlarda his qilasan, go'yo dunyodagi eng zo'r hikoyani sen yozgandek...
Issiq payti yuborsang yubording, keyin sovub qolsa, nimadir to'xtatadi, so'ng yillab kompyuter tortmasida yotadi.
Kecha yana ikkita hikoya yozdim. Ammo hech kimga yubormadim. Hali sovumadi, kimlargadir yuborish ehtimolim bor. Balki kanalda ham ulasharman...
#xushxabar
Qodiriy bobo 1923 yilda asos solgan "Mushtum" jurnalining 9-10 sonida "Telba-teskari" nomli hikoyam chiqipti.
Jurnalning 1-sonida Abdulla Qodiriy „Mushtum taʼrifida“ degan bosh maqolasida:
Bu „Mushtum“ zoʻrlik mushtumi emas, haqlik mushtumidir, bu „Mushtum“ zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning maʼnosi ham boshqachadir...
degan edi.
Go'zal nashr uchun jurnal tahririyatiga tashakkur!
🟩
«Муштум» журналининг янги (2026 йил, 9-10) сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда.
Ҳажвия-ю танқидни, латифа-ю карикатурани, теша тегмаган гаплар-у болта кесмаган лофларни мазза қилиб ўқийман десангиз —
«МУШТУМ» журналига обуна бўлинг!
✅
Ўқинг, мириқиб дам олинг!
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Adabiyot yo'nalishida bu yilgi Nobel mukofoti kanadalik shoira Enn Patrisia Karsonga nasib etdi.
Enn Karson kim o'zi?
Shoira, esseist, tarjimon, klassika professori. Qariyb ellik yildan beri ijod bilan mashg'ul. O'nga yaqin nufuzli mukofotlarni yutgan, ular ichida Eliot, Nabokov mukofotlari ham bor.
Asosan, qadimgi yunon tragediyalari tarjimasi bilan shug'ullangan.
Otasi Alsgeymer kasaliga chalingan va ko'plab asarlari uning ruhiy va jismoniy tanazzuliga bag'ishlangan.
Oxirgi yillar Nobel hay'ati aynan birxillikdan qochgan, yangilikka intilgan, o'zgarish qilgan va shu bilan adabiyotga hissa qo'shayotganlarni taqdirlayotganday, nazarimda. Ehtimol avvalam shunday bo'lgandir.
O'zi adabiyotga kirib kelgan har ijodkorning amoli, maqsadi shu bo'lishi kerak. Hamma bilan bir xil qo'shiq kuylashdan ne naf.
"Haqiqat - bu tovush, siz shunchaki baqirishda davom etmasligingiz kerak", deydi Enn Karson, Qizilning avtobiografiyasi asarida. Meni nazarimda, adabiyot bu tajriba xonasi, siz shunchaki yozmasligingiz kerak.
Oxirgi paytlar telegramda kamroq yozyapman. Sababi bor e'tiborim mendan kutilayotgan asarda.
Butun xayolim shu roman bilan band.
Har harda e'tiborni biroz chalg'itish uchun instaga videolar joylab turibman. Chunki ba'zida tanaffus ham kerak.
Bu xonani shamollatish uchun derazani ochishday gap. Sal shovqinu, lekin nimadir olsa bo'ladi. Hech yo'q kayfiyat...
U yoqda ham yolg'iz qo'ymaysizlar degan umiddaman.
https://www.instagram.com/reel/DeJ95u7hj2E/?stkn=MXhjcDdhbjdzNXRtMQ==
#mutolaa
Sevimli "
Yoshlik
" jurnalining 6-sonida "
Dilzoda
" nomli esse chiqdi. Hali o'qib ulgurmagandirsiz? Esseda taniqli rassom
Elnur Egamov
kartinalari qahramonlarga aylangan.
Azaldan rasmlarga qarab hikoya yozish odatim bor.
"
Men, bobom va ona bo'ri
" hikoyam syujeti oq-kulrang bo'ri suratini tomosha qilayotib tug'ilgan. "
Orzu va dengiz
" hikoyamga olislarga ko'z tikib o'tirgan mo'ynoqlik chol tasviri ilhom bergan. "Sevgim mening..." qissam uyida, tebranma stulda dam olayotgan, sal narida bolalari otasi bilan o'ynayotgan ayol kartinasidan ta'sirlanib yozilgan.
Bu gal esse. Esse yakunida rassomning yana bir kartinasi bo'lishi kerak edi. Agar Elnur ijodi bilan yaxshi tanish bo'lsangiz, esseni o'qib ulgurmasdanoq, topa olasiz.
#mujda
“Yoshlik” jurnalining 2026-yil 6-son mundarijasi bilan tanishing!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
Menimcha, Xudoning bandalariga bergan eng katta in'omi — bu tun.
Tun ilhom manbai.
Tun bo'lmaganda edi, muhtasham asarlar dunyoga kelmasdi...