
Соябон остидаги аёл
Шунчаки сиздан ҳам яхшироқ одамлар борлигини тушунишингиз керак. Бу ҳаётни анча осонлаштиради.
Иосиф Бродский
Yan Gus taxminan 1369 – 1415-yillarda yashab o'tgan. U 1393-yilda Praga universitetida san'at yo'nalishida bakalavr va 1396-yilda magistr darajasini oladi.
1398-yilda Praga universitetida dars berishni boshlaydi. 1401-yilda talabalari va professor-o'qituvchilari uni falsafa kafedrasi dekani lavozimiga ko'tarishadi va bir yildan so'ng u Praga universitetining rektori bo'ladi.
Gus mudom o'z va'zlarida ruhoniylar, yepiskoplar va hatto Papaning axloqiy kamchiliklarini qoralaydi va taqiqqa uchraydi. Qishloqqa qaytgach, ilohiyot ilmidan uzoq ruhoniylar va savodsiz qishloq odamlari orasidagi farqni ko'rib, lotin tilini bilmaydigan ruhoniylar uchun din asoslari haqida kitoblar yozishni boshlaydi.
Cherkov talabi bilan 1414 yilda qamoqqa olinib, qiynoqqa solinadi va 1415-yilda sud qilinadi.
Sud jarayonida e'tiqodidan kechish talab qilinadi, evaziga ozodlik taklif etiladi, ammo u voz kechmaydi. Va sud davomida, tiz cho'kib, Xudodan dushmanlarini kechirishini so'raydi.
Olovda yoqish bo'yicha xukm chiqariladi. Gus qatl etilishidan oldin: "Siz zaif g'ozni o'ldirishingiz mumkin [ Gus chex tilida "g'oz" degan ma'noni anglatadi], lekin mendan keyin kuchliroq qushlar, burgutlar va lochinlar keladi", deb aytadi.
Aytishlaricha, jallodlar olovni kuchaytirishda qiynalgan. Keyin bir kampir ustunga yaqin kelib, ustiga nisbatan oz miqdordagi qurigan buta shoxlarini otgan. Uning harakatini ko'rib, azob chekayotgan Gus: "Ey muqaddas soddalik!" deb xitob qilgan.
Gusning o'limi haqidagi xabar tarqalgach, mahalliy zodagonlar va tabiblar orasida g'azab kuchayib boradi. Gusning qatl etilishiga dahshatli javob tariqasida, Bogemiya xalqi Papa ta'limotidan yanada tezroq uzoqlashadi. Keyin Rim ularga qarshi salib yurishini e'lon qiladi...
P.s.: Millat oydinlari hech qachon tinch-osuda hayot kechira olmasligining yorqin misoli bu. Haqiqiy millat oydinlari, ziyolilari shunaqa sham kabi atrofga nur sochib, o'zi erib bitadi. Hamma millatda bor bunaqa oydinlar. Faqat o'z oydinlarini hanuz farqlay bilmagan, anglab yetmagan xalqlar ham bor...
Ladislav Shaloun 15 yil ustida ishlagan Yan Gus yodgorligi.
Yan Gus kim bo'lgan desangiz, uning tarixi haqda ham aytib beraman.
#Praga_kundaligi
Bu bino chex haykaltaroshi Ladislav Shaloun(1870-1946)ning ijodxonasi. Qad rostlaganiga yuz yildan oshgan.
Yo'lda tasodifan uchrab qoldi. Chexiyada har qadamda tarixiy binolarga duch kelaman, bu gal tarixi bilan qiziqdim. Mavridi kelganda aytib qo'yay. Haykaltarosh yoki rassom bo'lish niyatingiz bo'lsa, eng yaxshi lokatsiya - bu Praga. Yozuvchi bo'lsangiz agar, bari ilhom parilari shu yoqda.))
Shaloun 1901 yilda Yan Gus yodgorligi uchun buyurtmani yutib oladi. Praganing Eski shahar maydonidagi bu yodgorlik ustida u 1901-yildan 1915-yilgacha ishlagan.
Bu vaqt ichida buyurtma ancha katta studiyani talab qiladi, va shu uchun u o'zi yashab, ijod qiladigan Shaloun villasini loyihalashtiradi.
Vinohradydagi bu ijodxona 1911 yilda qurib bitkaziladi. Haykaltarosh vafotidan yillar o'tib, madaniy yodgorlik sifatida ro'yxatga olinadi.
Ayni paytda Chex tasviriy san'at akademiyasi tasarrufida bo'lgan bu binoni har yili sentabrda ochilarkan. Sizlarga qiziq bo'lsa, ichkaridan ham rasmlar ulashaman.
Qumdamiz...
Tasavvur qiling.
Bir kuni notanish joyga borasiz. Kechasi bir chuqurga tushasiz. Ertalab esa chiqishning iloji yo‘qligini bilasiz.
Sizni hech kim rasman qamoqqa olmagan.
Lekin baribir qochib ketolmaysiz.
Eng yomoni esa — vaqt o‘tgan sari shu hayotga ko‘nika boshlaysiz.
Kobo Abening “Qumdagi xotin” romani aynan mana shu qo‘rqinchli holat haqida.
Dzyumpey hasharot izlab kelgan oddiy odam. Ammo tasodifan qum chuquridagi uyda qolib ketadi. U yerda bir ayol bilan yashaydi va har kuni qum chiqarishga majbur bo‘ladi.
Qum esa tinmaydi.
Bugun chiqarilgan qum ertaga yana qaytadi.
Yana chiqarish kerak.
Ertaga ham.
Indinga ham.
Bir umr.
Avvaliga Dzyumpey bunga qarshi kurashadi. Qochishga urinadi. Chunki uning nazarida bu — hayot emas, qamoq.
Lekin Kobo Abe asta-sekin o‘quvchining o‘ziga boshqa savol beradi:
Bizning hayotimiz-chi?
Biz ham har kuni nimanidir “chiqarib tashlamayapmizmi”?
Ishlaymiz.
Charchaymiz.
Muammolarni hal qilamiz.
Ertasi kuni yana yangi muammolar chiqadi.
Yana ishlaymiz.
Yana charchaymiz.
Va buni “hayot” deb ataymiz.
Shu joyda roman juda noqulay bo‘lib qoladi.
Chunki Dzyumpeyning chuquri ko‘rinib turibdi.
Biznikisi esa ko‘rinmasligi mumkin.
Asardagi qum men uchun shuning uchun juda kuchli ramz.
Qum — vaqt.
Qum — takrorlanish.
Qum — insonning qancha urinmasin, hammasini nazorat qila olmasligi.
Sen qumni chiqarasan.
U yana keladi.
Hayot ham shunday.
Lekin romanning eng kuchli tomoni shundaki, Abe “qochish kerak” degan oddiy xulosaga kelmaydi.
Dzyumpey ham asta-sekin o‘zgaradi.
Avval uning butun fikri:
“Bu yerdan qanday chiqaman?”
Keyin esa savol boshqacha bo‘lib qoladi:
“Agar chiqolmasam, unda qanday yashayman?”
Mana shu o‘zgarish — romanning yuragi.
Chunki ba'zan inson o‘z sharoitini o‘zgartira olmaydi.
Ammo o‘sha sharoit ichida kim bo‘lib qolishini o‘zi hal qilishi mumkin.
Ayol esa allaqachon bu hayotga moslashgan. U qumni chiqaradi, ertaga yana chiqaradi. U hayotning ma'nosini katta gaplardan izlamaydi.
Dzyumpey esa hamma narsaga javob izlaydi.
Nega?
Nima uchun?
Qachongacha?
Qochsam nima bo‘ladi?
Va oxir-oqibat, u eng oddiy, lekin eng og‘ir narsaga duch keladi:
inson har doim ham hayotdan qochib qutula olmaydi.
Ba'zan hayot seni o‘zing tanlamagan joyga tashlab qo‘yadi.
Savol esa “qanday qochaman?” emas.
“Shu yerda o‘zimni yo‘qotmay yashay olamanmi?”
“Qumdagi xotin”ni o‘qib, meningcha, odam eng ko‘p o‘zidan qo‘rqadi.
Chunki romandagi chuqur aslida qum chuquri emas.
U — insonning o‘z hayoti.
Qum esa to‘xtamaydi.
Vaqt to‘xtamaydi.
Hayot ham.
Biz esa har kuni o‘zimizning qumimizni chiqarishda davom etamiz.
Balki masala qumni butunlay to‘xtatishda emasdir.
Balki shu qum ichida nima uchun yashayotganimizni topishdadir.
https://www.instagram.com/reel/DcyEPd5uahW/?igsi=MThla3VlbGpmZWkzbA==
Ajoyib tahlil! Zo'r loyiha!
Bugungi adabiyotshunoslik ana shunday tahlillarga muhtoj. Bunday loyihalarni qo'llab-quvvatlash kerak.
Kirib ko'ring, layk bosing, sahifalaringizda ulashing!
https://youtu.be/cOkVW1rV7Ik?is=nDOFl2ELbKFFXGtU
#tarjima
Nihoyat tugatdim. Bir kitob tarjimasi bitgach, xuddi bir cho'qqini zabt etgandek bo'laman. Ajoyib hissiyot.
Aslida, bu kitobni tarjima qilish xayolimda ham yo'q edi. Qish kunlarining birida, o'g'lim maktabidan ko'tarib keldi. 5-sinf o'quvchilariga o'qish vazifasi berilgan ekan. Qiziqdim, varaqlab ko'rdim, qanday kitobligi haqida internetdan izlandim. Shu bilan asta tarjimaga kirishib ketdim.
Avvaliga o'zim uchun dedim. Keyin bu kitobni har bitta bola o'qishi kerak degan fikrda edim. So'ngida nafaqat bolalar, balki ota-onalar ham o'qishi kerak degan xulosaga keldim. Shu narsa ruhlantirdi.
Chunki bu kitob qanday farzand bo'lishni, qanday ota-ona, qanday do'st, qanday inson bo'lish kerakligini o'rgatadigan ajoyib qo'llanma. Bunda muvaffaqiyatli farzand ulg'aytirish xaritasi chizib berilgan. Bu kitobda mehr nimalarga qodirligi, muhabbat kishilarni qanday o'zgartirishi, mo'jizalar qanday sodir bo'lishi yozilgan.
Kitob tarjimasi bilan qiziqqan nashriyotlar
@Raxshona_Ahmedova
ga yozishlari mumkin.
#Mustaqillik35
#tabrik
Bayram muborak, azizlar! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
🇺🇿
CHO Yun Ho
GULDAN GULGA
Pirpirab,
bir kapalak
go‘yo menda nimadir bordek,
atrofimda aylanar.
Qo‘rqinchli bo‘ron
vahshatidan qutilib qolgan
mitti qanotlarning
mayin pirpirashi...
Ehtiyotkorlik bilan,
asta-sekin
harakati,
balki so‘nggi bor yog‘ayotgan
yomg‘ir ostidan
o‘tib kelgan u.
Nega men tomon?
Atrofga qarayman,
ammo hech narsa
topmayman.
Uzoq-uzoqlardan
qanotlarin oxista silkib,
qalbimda ochilgan
mitti sariq gulni
izlab kelgan u.
Koreys tilidan
R.Ahmedova
tarjimasi.