
ROMITAN24 TEZKOR XABARLARI
⚠️
Кейинги йилдан техникумларда ўқиб ҳамшира бўлиш амалиёти бекор бўлади
Ўрта тиббиёт ходимларини тайёрлашнинг икки йиллик ўқув дастурларига қабул бекор қилинади.
Яъни ҳозир икки йиллик тиббиёт техникумлари фақат мана шу йил ўқувчи қабул қила олади, кейинги ўқув йилидан бошлаб:
"ҳамширалик иши" негизида "тиббий ҳамроҳлик иши" мутахассислиги;
"олий ҳамширалик иши" негизида "олий тиббий ҳамроҳлик иши" бакалавриат таълим йўналиши жорий этилади (битирувчиларга ҳамшира ҳамда эркакларга тиббиёт оғаси квалификацияси берилади);
"олий тиббий ҳамроҳлик иши" бўйича давлат буюртмаси 2030/2031 ўқув йилига қадар ҳар йили камида 20 фоизга ошириб борилади.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
🏆
YILNING ENG YAXSHI USTOZI KIM? — “YIL TANLOVI — 2026”
Ta’lim yo‘nalishidagi nominatsiyalar:
• Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi
(boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, tillar, ijtimoiy fanlar, jismoniy tarbiya va san’at)
• Yilning eng yaxshi maktab direktori
• Yilning eng yaxshi tarbiyachisi
• Yilning eng yaxshi o‘quv markazi o‘qituvchisi
(ingliz tili, rus tili, matematika, IT, abituriyentlar…)
• Yilning eng yaxshi o‘quv markazi
✅
Ariza topshirish —
bepul
, 5 daqiqa vaqt oladi
✅
O‘zingiz, hamkasbingiz yoki farzandingizning ustozi uchun ariza qoldirish mumkin
⭐
G‘oliblar jamoatchilik ovozi va mustaqil hakamlar bahosi asosida aniqlanadi
🥇
G‘oliblar va faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi
🎖
Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini olish imkoniyati
⏳
Arizalar
20-oktabr, soat 22:00 gacha
qabul qilinadi.
👉
Ariza topshirish:
https://yiltanlovi.uz/ariza?n=yilning-eng-yaxshi-oqituvchisi
🏆
“YIL TANLOVI — 2026” ga arizalar qabul qilinmoqda!
👑
Yil davomida o‘z sohasida haqiqiy natija ko‘rsatgan insonlar va bizneslarni aniqlaymiz va munosib taqdirlaymiz.
📚
O‘qituvchi
🩺
Shifokor
💼
Tadbirkor
✨
Bloger, jurnalist, murabbiy, mahalla raisi va boshqalar —
22 ta nominatsiya
✅
Ariza topshirish —
bepul
✅
O‘zingiz yoki munosib deb bilgan inson uchun ariza qoldirish mumkin
⭐
G‘oliblar jamoatchilik ovozi va mustaqil hakamlar bahosi asosida aniqlanadi
🥇
G‘oliblar va faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi
🎖
Hakamlar loyiq ko‘rganlarga — ko‘krak nishoni va esdalik medali
👉
Ariza topshirish:
https://yiltanlovi.uz/ariza
❓
Savollar:
@tanlovadmin
Эй фозила аёл!
- Қайсар бўлма;
- Эрингни бошқалар билан солиштирма;
- Доимо зийнат билан безаниб ол;
- Асосий эътиборинг эрингга бўлсин;
- Тортишишни йиғиштир;
- Эрингни гўзал тарзда кутиб ол;
- Эрингнинг оиласини ҳурмат қил. Шунда улар сен билан бирга бўлишади. Йўқса, улар сенинг қаршингга чиқишади ва кунлар ўтиб эрингни қўлдан берасан.
- Ишларнинг оқибати ҳақида чуқур ўйла. Эрингни ва унинг оила аъзоларини эҳтиром қил. Натижада, шубҳасиз, фойда кўрасан.
Аёлларга юбориб қўямиз.
👇
🔹
Ertaga Romitan tuman Kengashining 31-sessiyasi bo‘ladi
Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi 6-oktabr kuni soat 10:00 da tuman hokimligining katta majlislar zalida o‘tkaziladi.
Sessiya Kengashning Telegram va YouTube sahifalarida jonli efirda uzatiladi.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1
Mjcy
🟢
Zamonaviy ko‘chatchilik: sifatli va serhosil ekinlar sari muhim qadam
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizim tashkilotlari mas’ullaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Dastlab, Romitan tumanidagi “Muhammadzohid” MChJga qarashli, 1 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Zamonaviy ko‘chatchilik bilan shug‘ullanuvchi mazkur issiqxonada 8 turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Bu yerda hududning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlar tayyorlanib, buyurtmachilar talabiga muvofiq yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonaning yillik quvvati 2–3 million dona ko‘chat yetishtirishni tashkil etadi. Ko‘chatlar buyurtma asosida tayyorlanib, belgilangan muddatlarda yetkazib berilmoqda. Bu esa fermer va agroklasterlarning sifatli, hudud sharoitiga mos ko‘chatlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkonini bermoqda.
Ishlab chiqarish jarayonida harorat va namlik ko‘rsatkichlari avtomatlashtirilgan tizimlar orqali nazorat qilinib, ko‘chatlarning rivojlanishi doimiy kuzatib boriladi. O‘simliklarni oziqlantirish, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda qo‘llaniladigan vositalar ham agronomlar nazorati ostida me’yor asosida qo‘llanmoqda.
Korxonada 50 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Mavsumiy ishlar davrida qo‘shimcha ishchi kuchiga ehtiyoj ortishi hisobiga bandlik ko‘lami yanada kengaytiriladi.
Shuningdek, issiqxonada ko‘chat yetishtirishdan tortib ularni buyurtmachiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlar tizimli yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish va ko‘chat yetishtirish hajmini kengaytirish bo‘yicha masalalar bo5yicha tavsiyalari berildi.
Zero, sifatli va hudud sharoitiga mos ko‘chat – mo‘l hosilning muhim omillaridan biri.
✝️
Telegram |
☮️
Facebook |
💟
Instagram |
☸️
YouTube
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc
1Mjcy
🔹
36 йил — касбга садоқат намунаси
Ромитан туман тиббиёт бирлашмаси катталар реанимация бўлими анестезист ҳамшираси Мамлакат Бозорова 36 йилдан буён инсон саломатлигини асраб келмоқда.
Олий малака тоифасига эга ҳамшира минглаб беморларга тиббий ёрдам кўрсатишда ҳисса қўшган ва бугун ёш тиббиёт ходимлари учун ибрат намунасидир.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1
Mjcy
⚖️
Вилоят прокурори Ромитанда сайёр қабул ўтказди
Бухоро вилояти прокурори Улуғбек Хамдамов қабулида 20 нафар фуқаро ва тадбиркор иштирок этди.
3 та мурожаат жойида қаноатлантирилди, 6 нафарга тушунтириш берилди, 11 таси ўрганиш учун иш юритувга олинди. Мурожаатлар асосан кредит, ер, электр энергияси, соғлиқни сақлаш ва уй-жой масалаларига оид бўлди.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
🏫
Gazlida 120 o‘rinli yangi bog‘cha ochildi
Gazli shahrida 1984-yilda qurilgan 90 o‘rinli eski bog‘cha o‘rnida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Qurilishga 5 milliard so‘m sarflandi.
Bog‘chada bolalar uchun ta’lim-tarbiya, dam olish va chet tillarini o‘rganish uchun sharoit yaratilgan. Endi Gazlida maktabgacha ta’lim bilan qamrov 100 foizga yetdi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi.
🎥
Videoda ko‘ring.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc
1Mjcy
Топган гул, топмаган бир боғ пиёз деганларидек, катта лаган топилмагач шунақа қилишибди
😂
Обед қилаётган барчага ёқимли иштаҳа.
👇
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc
1Mjcy