
ROMITAN24 TEZKOR XABARLARI
👮♀️
⚽️
Mini-futbol bo’yicha DXX kubogi Buxoro viloyat bosqichi
Romitan tuman 1:0 Shofirkon tuman
uchrashuvidan fotolavhalar
📸
Haftaning shanba kuni — jamoat xavfsizligi kuni doirasida Romitan tumanida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda
Tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat joylarida targ'ibot profilaktika ishlari samaradorligini oshirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida mavjud ov qurollarini tekshirish, kameralashtirish va qo'riqlov pultiga ulash, profilaktik suhbatlar va joylarda yoshlar, voyaga yetmaganlar hamda alohida etibor qaratilishi lozim bo'lgan shaxslar bilan uchrashuvlar orqali jamoat tartibini saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu ishlar Romitan tumanida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
Romitanda yosh tadbirkorlik namoyishi: Muzafar Islomov yangi ish o‘rinlari yaratmoqda
Romitan tumanida yoshlarga tadbirkorlik imkoniyatlarini namoyish qilayotgan iqtidorli tadbirkor Muzaffar Islomov o‘z faoliyatini ishlab chiqarish va qadoqlash sohasidan boshladi. Muzaffar Islomov yoshligidan o‘z biznesini yuritish va yangi imkoniyatlar yaratish istagi bilan yashab kelmoqda.
Tadbirkorning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bog‘isaydon Uzum Meva Sabzavot” MCHJ korxonasi tumandagi meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sifatli qadoqlash bilan shug‘ullanadi.
Ushbu loyiha nafaqat mahalliy bozor talabini qondirishga, balki eksport imkoniyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan.
Bugun tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida ishchi ushbu tadbirkorlik subyektiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Korxona tashkil etilishi uchun Muzaffar Islomov tuman AT "Xalq banki" filialidan 30.000 AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘ini rasmiylashtirdi.
Ushbu mablag‘ hisobiga u ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bilan birga, zamonaviy qadoqlash uskunalarini xarid qilgan. Bu esa mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardosh bozor mahsulotlarini yaratish imkonini beradi.
Hozirgi kunda korxonada 16 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlangan, ular kunduzgi va kechki smenada faoliyat yuritmoqda. Bu esa yosh tadbirkorning nafaqat o‘z biznesini rivojlantirish, balki tuman aholisi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etadi.
Muzaffar Islomovning aytishicha, korxona faoliyatini kengaytirish va yangi qadoqlash uskunalarini olib kelish orqali yana ko‘plab ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat iqtisodiy foyda, balki mahalliy aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikning bu kabi tashabbuslari tumanda iqtisodiy faollikni oshirish, ishsizlikni kamaytirish va yoshlar orasida tadbirkorlik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Muzaffar Islomovning tajribasi Romitan tumanidagi boshqa yosh tadbirkorlar uchun ham ibrat bo‘lib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishda yangi imkoniyatlar ochadi.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
⚡️
Пластик операция қимматга тушди
😳
Хитойлик аёл юзини операция қилдирганидан сўнг 6 йилдан бери кўзини юма олмаяпти.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1
Mjcy
Romitanda g‘alla hosilini yig‘ib olish jadal sur’atlarda olib borilmoqda
Bobodehqonlarning yurtimiz xirmoni mo‘l, dasturxonimiz to‘kin bo‘lsin, deya bildirilgan duoi niyatlaridan keyin Romitan tuman dalalarida g‘alla o‘rim kombaynlari ish boshladi. G‘alla – rizq va noz ne’mat, uni nes-nobut qilmasdan yig‘ishtirib olish barchamizning vazifamizdir.
Bugun erta tongdan Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida ishchi guruh tumandagi qishloq xo‘jaligi qarashli dalalarda bo‘lib, g‘alla o‘rim-yig‘imiga doir holatni tahlil qildi.
Fermer xo‘jaliklari maydonlarida pishib yetilgan g‘allani o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun safarbar etilgan kombaynlar kuchidan samarali foydalanish, ishni reja asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Maqsad – belgilangan rejani yorug‘ yuz bilan ado etish, dehqonlar mehnatini qadrlagan holda tumandagi don qabul qilish maskanlariga peshma-pesh don yetkazib berilishini ta’minlashdan iborat,-deya ta’kidladi tuman rahbari U.Barnoyev.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Romitan tumanidagi 398 ta fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilda 6414 gektar yerga urug‘ qadalgan bo‘lib, davlatga qariyb 22 449 tonna g‘alla topshirilishi ko‘zda tutilgan.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" ko‘taringki ruhda o‘tdi
Bugun, 9-iyun kuni Bogʻiturkon istirohat bogʻida Romitan tumani haqiqiy bayram kayfiyatida uygʻondi.
Sahar tongdan boshlangan Milliy oʻyinlar festivali istirohat bog'idagi kulgu, chaqaloqdek shodlik va avlodlararo iliq muloqotga toʻldi.
Tadbirda tuman hokimining Oila va xotin‑qizlar boʻyicha oʻrinbosari Zulxumor Aslonova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Ilgʻor Mirzoyev, tuman hokimining maslahatchisi Gulandom Gʻiyosova hamda hamkor tashkilotlar, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik faol qatnashdi.
Ularning ishtiroki va qalbdan aytilgan soʻzlari festival ruhini yanada baland qildi. Ishtirokchilar milliy oʻyinlarni jonli ijro etib, bir‑biriga qanday hurmat va mehr bilan qarash mumkinligini namoyish etdilar.
Yoshlar va nuroniylar birga oʻynab, qadimiy oʻyinlarimiz tarixini yodga oldi, oilaviy qadriyatlarimizning ahamiyati yana bir bor tasdiqlandi. Har bir milliy o'yin— bizning ma’naviy boyligimizdir.
Festival yakunida faol qatnashgan jamoalarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi — bu ham minnatdorlik, ham kelajak avlodlarga ilhom.
Tadbirni tashkil etganlarga, ishtirok etganlarga va qoʻllab‑quvvatlaganlarga cheksiz rahmat — sizlar bilan bu kun unutilmas bo‘ldi.
Keling, milliy oʻyinlarimizni asrab‑avaylaylik, farzandlarimizga anʼanalarimizni sevdiraylik va birgalikda sogʻlom, maʼnaviy barkamol jamiyat quraylik!
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
❗️
1995-йилдаги ва 2026-йилдаги болалар
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
Ромитанда чорвачилик ривожига янги қадам: Австралиядан 63 бош чорва олиб келинди
Ромитан туманида қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантириш ва маҳаллий фермерлар учун янги имкониятлар яратиш мақсадида 63 бош Австралиядан чорва олиб келинди.
Бу ташаббус маҳаллий чорвачиликни модернизация қилиш ва сифатли чорва моллари сонини кўпайтиришда муҳим аҳамиятга эга.
Ромитан тумани АТ "Халқ банки" томонидан “Ҳамро Тўхта” фермер хўжалигига 4 млрд сўмдан ортиқ имтиёзли кредитлар маблағлари эвазига Австралиядан олиб келинган чорва турлари юқори маҳсулдорликка эга бўлиб, улар маҳаллий шароитларга мослаштирилиши билан фермерларга янги тажриба ва фойдали имкониятлар тақдим этади.
Бу ташаббус орқали фермерлар:
— Сифатли чорвачилик маҳсулотлари ҳажмини ошириш;
— Янги турлар билан тажриба алмашиш ва илғор чорвачилик технологияларини қўллаш;
— Маҳаллий бозорда маҳсулотларини кўпайтириш ва аҳолига сифатли маҳсулот етказиш имкониятига эга бўлади.
Туман ҳокимлиги ва қишлоқ хўжалиги органлари ҳамкорлигида амалга оширилган ушбу лойиҳа маҳаллий фермерлар учун қўллаб-қувватлаш сифатида хизмат қилади ва маҳаллий қишлоқ хўжалигини ривожлантиришда муҳим қадам ҳисобланади.
Фермерлар ва қишлоқ аҳолиси бу ташаббусни ижобий қабул қилиб, ушбу чорва турлари билан боғлиқ тажриба келгусида маҳаллий қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини экспорт салоҳиятини ҳам оширишга ёрдам бериши мумкин.
Бу ташаббус Ромитан туманида қишлоқ хўжалиги соҳасини замонавий талабларга мослаштириш ва фермерлар учун янги имкониятлар яратишда муҳим қадам бўлиб хизмат қилади.
SALOMATLIK – ENG KATTA BOYLIK!
Romitan tumani hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida “Sog‘lomlashtirish marafoni” tadbiri tashkil etildi.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy
SALOMATLIK – ENG KATTA BOYLIK!
Romitan tumani hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida “Sog‘lomlashtirish marafoni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur marafon nafaqat sport tadbiri, balki sog‘lom hayot falsafasini targ‘ib qiluvchi, insonlarni faol va mazmunli hayot kechirishga undovchi muhim tashabbus ham bo’ldi.
Tadbirda tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, mutasaddi tashkilot vakillari, nuroniylar, yoshlar, sportchilar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni asrash bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar.
Bugungi marafon yana bir bor shuni isbotladiki, sog‘lom inson – sog‘lom oila, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyat poydevoridir.
Romitan tumani tibbiyot birlashmasi barcha fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va o‘z salomatligini asrashga chorladi.
"Sog‘lomlashtirish marafoni” tadbiri davomida tuman aholisiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarga raqamli tibbiyot xizmatlaridan samarali foydalanish maqsadida DMed ilovasining qulayliklari, undan foydalanish tartibi hamda elektron tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida aholi tomonidan bildirilgan samimiy minnatdorchilik va iliq fikrlar biz uchun eng katta rag‘bat bo‘ldi.
Bu esa Romitan tumani aholisining tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarga befarq emasligi, yaratilayotgan qulayliklarni qadrlashi va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan minnatdor ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir fuqaroning salomatligini asrash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va xalqimiz roziligiga erishishdir.
👉
Ромитан хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+_sflXqCixnc1Mjcy