Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal

sam_turizm
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi Rasmiy kanal: http://samarkandtourism.uz Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo'yicha @uktamov_874
Subscribers
2 375
24 hours
-1
30 days
16
Post views
713
ER
30,02%
Posts (30d)
15
Characters in post
1 187
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Travel & Geography
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Tourism & Hospitality
Summary
October 18, 10:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

18-oktyabr — Samarqand shahri kuni!
✨
Ushbu sana 1996-yildan buyon nishonlab kelinadi. Aynan shu kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan taqdirlangan. Shu kundan buyon 18-oktyabr shaharning muhim sanalaridan biri sifatida har yili keng nishonlanadi.
🕌
Samarqand — 2 750 yildan ortiq tarixga ega
, Rim bilan tengdosh, buyuk davrlar va sivilizatsiyalar guvohi bo‘lgan qadimiy shahar. U qadimgi So‘g‘diyonaning yuragi, Maroqanda nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan,
Aleksandr Makedonskiy
qo‘shinlari kirib kelgan, Buyuk ipak yo‘li karvonlarini qarshi olgan va
Amir Temur
saltanatining poytaxtiga aylangan shahardir. Bu zaminda turli sivilizatsiyalar, hukmdorlar va sulolalar almashgan, yangi bilimlar dunyoga kelib, san’at va madaniyat ravnaq topgan. Har bir davr Samarqand tarixida o‘z izini qoldirgan va bularning barchasi bir buyuk shaharning betakror tarixini yaratgan.
Bugun ham Samarqand dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlarni o‘ziga maftun etmoqda. Shaharning tarixiy markazi
YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan. Qadimiy madrasalar, maqbaralar va tor ko‘chalar esa asrlar xotirasini avaylab saqlab kelmoqda. Samarqandda tarixni shunchaki o‘rganish emas, balki uni his etish ham mumkin: Registon maydoni bo‘ylab sayr qilish, eski shaharning afsonalarini tinglash, uning betakror muhitidan bahramand bo‘lish va ming yillar sinovidan o‘tib, bugungi kungacha yetib kelgan tarixiy merosni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish mumkin.
Samarqand bag‘rida so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan qanchadan-qancha hikoyalar yashiringan.
Ularni kashf etishning eng yaxshi yo‘li esa  bir kun kelib, bu qadimiy shaharga tashrif buyurishdir!
✍️
✍️
✍️
18 октября - День города Самарканда!
✨
Эта памятная дата отмечается с 1996 года. Именно в этот день городу был вручен орден Амира Темура, и эта дата теперь широко отмечается каждый год.
🕌
Самарканд
— город с историей
более 2 750 лет
, ровесник Рима и свидетель великих эпох. Он был сердцем древней Согдианы, носил имя Мараканда, встречал войска
Александра Македонского
, принимал караваны Великого шёлкового пути и стал столицей империи
Амира Темура
. Здесь сменялись цивилизации, правители и династии, рождались новые знания и расцветали искусства. Каждая эпоха оставляла свой след, и все они сложились в историю одного великого города.
Сегодня Самарканд по-прежнему притягивает путешественников со всего мира. Его исторический центр включён в
Список всемирного наследия ЮНЕСКО
, а древние медресе, мавзолеи и узкие улочки бережно хранят память веков. Здесь можно не просто узнать историю, но и прикоснуться к ней: пройти по площади Регистан, услышать легенды старого города, почувствовать его атмосферу и увидеть своими глазами наследие, пережившее тысячелетия.
Этот город хранит больше историй, чем можно рассказать словами. И лучший способ узнать их — однажды оказаться здесь
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

October 13, 04:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔼
Sayyohlar uchun yangi avtobus olib kelishni rejalashtiryapsizmi?
‼️
Unda bilib qoʻying:
turizm tadbirkorlari uchun transport importida imtiyozlar mavjud.
✔️
Avtobus, elektrobus hamda haydovchi oʻrindigʻidan tashqari 8 tadan ortiq oʻrindiqqa ega mikroavtobuslar importi uchun boj to‘lanmaydi.
✔️
Oʻxshashi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan transport vositalari utilizatsiya yigʻimidan ham ozod qilinadi.
✔️
Bu imtiyozdan foydalanish uchun “Oʻzekspertiza” AJdan xulosa olinadi. Xulosa import shartnomasi va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida rasmiylashtiriladi.
⏳
Imtiyozlar 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
➡️
Batafsil videoda!
✍️
✍️
✍️
🔼
Planning to purchase a new tourist bus?
‼️
Tourism industry entrepreneurs can benefit from incentives when importing vehicles for tourism purposes.
✔️
No customs duty: Buses, electric buses and minibuses with more than eight passenger seats, excluding the driver’s seat, are exempt from customs duties upon import.
✔️
Exemption from the recycling fee: Vehicles for which no equivalent models are manufactured in Uzbekistan are also exempt from the recycling fee.
✔️
How to qualify: To benefit from these incentives, a conclusion issued by UzExpertiza JSC is required. It is obtained on the basis of the import contract and the cargo customs declaration.
⏳
The incentives are available until 1 January 2028.
➡️
Watch the video to learn more!
✍️
✍️
✍️
🔼
Планируете приобрести новый автобус для туристов?
‼️
Тогда обратите внимание:
для предпринимателей туристической отрасли предусмотрены льготы при импорте транспортных средств
.
✔️
При импорте автобусов, электробусов, а также микроавтобусов, имеющих более 8 пассажирских мест помимо водительского, таможенная пошлина не взимается.
✔️
Транспортные средства, аналоги которых не производятся в Узбекистане, также освобождаются от утилизационного сбора.
✔️
Для получения этих льгот необходимо заключение АО «Узэкспертиза». Оно оформляется на основании импортного контракта и грузовой таможенной декларации.
⏳
Льготы действуют до 1 января 2028 года.
➡️
Подробнее — в видео!
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

October 12, 11:20
Media unavailable
3
Show in Telegram

🚁
VERTALYOTDA SAYOHAT
🚁
QILMOQCHIMISIZ unda biz sizni taklif e'tamiz
24-25-Oktabr soat 9:00 dan boshlab reyslar mavjud!
💥
4 yoshdan bolalar mumkin!
Samarqand Silk Road sayyohlik markazidan uchiladi.
🗺
Joyingizni hoziroq band qiling
:
👇
👇
👇
☎️
+998904657711

October 12, 10:45
Media unavailable
3
Show in Telegram

#LIFE
📣
O‘QUV SEMINARI O‘Z ISHINI BOSHLADI!
Bugun, 2026-yil 12-oktabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi
“Tersak turizm” qishlog‘ida
“Samarqand — Yangi O‘zbekiston turizm darvozasi” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.
🤝
Mazkur seminar
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyat hududiy filiali hamkorligida
tashkil etilmoqda.
📚
O‘quv seminarida turizm qishloqlarida turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqayotgan fuqarolar, oilaviy mehmon uylari va dam olish maskanlari egalari ishtirok etmoqda.
🎯
Seminar doirasida ishtirokchilarning turizm sohasidagi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, turistik xizmatlarni tashkil etish, mehmonxona va dam olish maskanlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, marketing va reklama imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌱
Shuningdek, turizm qishloqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, yangi turistik xizmatlarni rivojlantirish hamda mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalari va yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratish seminarining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
✨
Ushbu o‘quv seminari hududlarda turizm tadbirkorligini rivojlantirish, oilaviy mehmon uylari va dam olish maskanlari faoliyatini takomillashtirish hamda Samarqandning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Seminarning keyingi kunlarida ishtirok etmoqchi bo'lganlar
+998915577643
raqamiga bog'lanishi mumkin!

October 12, 05:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Samarqand va Tula viloyatlari o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati, Tula viloyati hokimligi vakillari va Rossiyaning «Diplomat Biznes Grupp» vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

October 10, 13:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

Dunyoga mashhur bloger MrBeast Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

October 10, 09:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Yaponiyaning “Seibu Prince Hotels and Resorts” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muloqot davomida Samarqandda xalqaro mehmonxona brendlarini jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mehmondo‘stlik sohasida xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

October 07, 09:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏔
“Samarqand — Yangi O‘zbekiston turizm darvozasi”
📣
Turizm sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar
Samarqand viloyatida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi turistik loyihalarni amalga oshirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar tashkil etilmoqda.
2026-yil 12–16-oktabr kunlari
Urgut tumanidagi
“Tersak turizm” qishlog‘i, “Tersak sharsharasi” oilaviy mehmonxonasida
“Samarqand — Yangi O‘zbekiston turizm darvozasi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Samarqand viloyat hududiy filiali
tomonidan tashkil etilib,
Xalqaro turizm akademiyasi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi
hamkorligida o‘tkaziladi.
📚
Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
turistik xizmatlarni tashkil etish va rivojlantirish;
mehmonxona va turizm obyektlarini samarali boshqarish;
sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish;
turizmda marketing va reklama;
yangi turistik imkoniyatlardan samarali foydalanish.
Seminar davomida ishtirokchilarga
turizm sohasida biznes boshlash, mavjud loyihalarni rivojlantirish va zamonaviy turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
beriladi.
🌿
Seminarni Urgut tumanining betakror tabiati bag‘rida tashkil etish orqali ishtirokchilarga nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalar, balki hududning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati ham yaratiladi.
📅
Sana:
12–16-oktabr, 2026-yil
⏰
Boshlanish vaqti:
10:00
📍
Manzil:
Urgut tumani, “Tersak turizm” qishlog‘i, “Tersak sharsharasi” oilaviy mehmonxonasi.
📞
Murojaat uchun:
+998 91 521 21 00
+998 94 187 39 51

October 07, 09:44
Media unavailable
6
Show in Telegram

Darg‘om kanali bo‘yida yangi turizm maskani shakllanmoqda
Samarqand viloyatining Urgut, Toyloq va Samarqand tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanali bo‘ylarini zamonaviy turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hududning tabiiy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan
master-reja
asosida yangi turizm infratuzilmasini yaratish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda master-reja doirasida tadbirkorlarga ajratilgan lotlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning chegaralari aniqlashtirilmoqda. Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan loyihalar qayta ko‘rib chiqilib, ularni ishga tushirish bo‘yicha tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Kelgusida Darg‘om kanali bo‘yida
zamonaviy dam olish maskanlari, oilaviy va gastronomik turizm obyektlari, ko‘ngilochar hamda xizmat ko‘rsatish maskanlari
tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

October 06, 10:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

E’LON
Joriy yilning 10–15-noyabr kunlari
Toshkent shahrida
“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi
doirasida
“I Tourism Investment Forum”
o‘tkaziladi.
Forum turizm sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investorlarni yangi loyihalarga jalb etish hamda turizm yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Forum doirasida:
🤝
B2B va B2G uchrashuvlar
;
💼
“One-to-One Investor Meetings”
;
🌐
investorlar va loyiha tashabbuskorlari o‘rtasida
networking uchrashuvlari
;
📊
turizm sohasidagi investitsiyaviy loyihalar taqdimoti;
🤝
xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
Samarqand viloyatida turizm sohasida investitsiyaviy loyihalari mavjud tadbirkorlar, investorlar va loyiha tashabbuskorlarini “I Tourism Investment Forum”da faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📅
Sana:
10–15-noyabr
📍
Manzil:
Toshkent shahri
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi
+998975768782