Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal

sam_turizm
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi Rasmiy kanal: http://samarkandtourism.uz Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo'yicha @uktamov_874
Подписчики
2 353
24 часа
30 дней
19
Просмотры
445
ER
18,91%
Посты (30д)
38
Символов в посте
1 493
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Путешествия и география
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Туризм и гостиничный бизнес
Краткое описание
September 11, 08:44
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Haj va Umra safarlarini tashkil etishda shubhali takliflardan ogoh bo‘ling!
So‘nggi vaqtlarda Haj va Umra safarlarini tashkil etish niqobi ostida fuqarolarni aldashga urinayotgan firibgarlar turli shubhali takliflarni ilgari surmoqda. Ular arzon narxlar, tezkor jo‘natish va soxta va’dalar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga harakat qilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Bunday takliflarga aldanmaslik, safarni tashkil etuvchi tashkilotning qonuniy faoliyatini tekshirish, shartnoma tuzmasdan va rasmiy tasdiqlovchi hujjatlarsiz pul to‘lamaslik tavsiya etiladi.
Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlaringizni noma’lum shaxslarga bermang va faqat ishonchli, qonuniy faoliyat yurituvchi tashkilotlar orqali safar masalasini hal eting.
Ogohlik — firibgarlikning oldini olishning eng muhim vositasidir!

September 10, 05:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
E’LON
Samarqand va Karachi shaharlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tadi!
Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
📍
Manzil:
“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti
🗓
Sana
11-sentabr, soat 16:00
Hurmatli turizm sohasi vakillari!
Sizlarni mazkur B2B uchrashuvida kutib qolamiz!
📞
Ma’lumot uchun:
+998958700874

September 09, 17:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🚌
TURIZMDA TRANSPORT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Joriy yilning 9-sentabr kuni Samarqand viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan transport korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turizm sohasida transport ta’minotini yaxshilash, mavjud transport yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, hududlararo turistik transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va yengilliklardan samarali foydalanish hamda soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad
— turizm transporti yo‘nalishida soha vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash, davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni birgalikda va tizimli tashkil etishdan iborat.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan transport vositalarining harakatlanishi, mavjud infratuzilma, hukumat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish hamda sohada uchrayotgan boshqa muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i
Jurabek Suyunov
hamda Turizm jamoatchilik kengashi raisi
Tolib Jahongirov
ishtirokida o‘tkazildi.

September 09, 11:41
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🇺🇿
“Barcelo Group” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 9-sentabr kuni “Barcelo Group” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Raul Gonsales boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i Jurabek Suyunov hamda Turizm jamoatchilik kengashi raisi Tolib Jahangirov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida
mehmonxona xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish
, shuningdek, “Barcelo Group” kompaniyasining turizm obyektlarini boshqarishdagi xalqaro tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida Samarqandning turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro mehmonxona brendlarini hududga jalb etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
🤝
Uchrashuv yakunida “Barcelo Group” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

September 09, 08:47
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Samarqand
#turistlar
#ish_vaqti_uzaytirildi
#sayyohlar
#xizmat
Samarqand shahrida “24/7 turizm” tamoyillari asosida zamonaviy, xavfsiz va tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi turizm infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
Shu maqsadda turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlardagi bozor, savdo majmualari va tarixiy-madaniy meros obyektlarining ish vaqti uzaytirildi, sayyohlar uchun maxsus xizmat ko‘chalari tashkil etildi.
Turistlar gavjum hududlardagi obyektlarning ish vaqti uzaytirildi.
Tarixiy-madaniy meros obyektlariga kechki vaqtda ziyorat qilish imkoniyati ham kengaytirildi.
Shaharda tungi turizm va gastronomik xizmatlarni rivojlantirish maqsadida sayyohlar uchun maxsus xizmat ko‘chalari tashkil etildi.
Mazkur chora-tadbirlar shaharda kechki va tungi turizm salohiyatidan samarali foydalanish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda
“24/7 turizm”
muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
***
The city of Samarkand is developing modern, safe and round-the-clock tourism infrastructure in line with the principles of “24/7 tourism.”
As part of these efforts, the operating hours of markets, shopping complexes and historical and cultural heritage sites located in the city’s most popular tourist areas have been extended, while dedicated service streets have also been established.
In areas with high levels of tourist activity, the opening hours of a number of facilities have been extended.
Opportunities for evening visits to historical and cultural heritage sites have also been expanded.
To promote night tourism and expand gastronomic services, dedicated service streets for tourists have been established in the city.
These measures are helping to make more effective use of Samarkand’s potential for evening and night tourism, expand the range of tourism services, and create a comfortable environment in line with the principles of
“24/7 tourism.”
***
В городе Самарканде в соответствии с принципами «туризма 24/7» формируется современная, безопасная и круглосуточно функционирующая туристическая инфраструктура.
В этих целях продлено время работы рынков, торговых комплексов и объектов историко-культурного наследия, расположенных в наиболее посещаемых туристами районах, а также созданы специальные сервисные улицы.
В районах с высокой туристической активностью продлено время работы ряда объектов.
Расширены и возможности вечернего посещения объектов историко-культурного наследия.
В целях развития ночного туризма и гастрономических услуг в городе созданы специальные сервисные улицы для туристов.
Реализация данных мер способствует эффективному использованию потенциала вечернего и ночного туризма в Самарканде, расширению спектра туристических услуг и формированию комфортной среды в соответствии с принципами
«туризма 24/7»
.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

September 09, 08:47
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
#Turizm
#uchrashuv
#Indoneziya
#hamkorlik
#muzokaralar
Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Indoneziya Respublikasi Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf bilan uchrashdi
Uchrashuvda turistik almashinuvni kengaytirish, ziyorat turizmini rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va turoperatorlar hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Turistik oqimni oshirish maqsadida Toshkent–Jakarta, shuningdek, tarixiy shaharlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lovchi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Muloqot davomida Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi aviaqatnovlarni subsidiyalash bo‘yicha mexanizmlarni qo‘llash mumkinligi qayd etildi. Shuningdek, Indoneziyadan sayyoh jalb qilgan mahalliy turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratilishi ham ta’kidlandi.
***
Chairman of the Tourism Committee Abdulaziz Akkulov held a meeting with Muhammad Irfan Yusuf, Minister of Hajj and Umrah Affairs of the Republic of Indonesia
The meeting focused on expanding tourist exchanges, developing pilgrimage tourism, launching direct air services, and strengthening cooperation between tour operators of the two countries.
To increase tourist flows, the parties discussed the possibility of launching direct flights on the Tashkent–Jakarta route, as well as direct air services connecting Tashkent with Uzbekistan’s historic cities.
During the dialogue, the possibility of applying the mechanisms proposed by the President of the Republic of Uzbekistan to subsidize new air routes was highlighted. It was also noted that local tour operators attracting tourists from Indonesia will receive a subsidy of US$100 for each tourist.
***
Председатель Комитета по туризму Абдулазиз Аккулов встретился с министром по делам Хаджа и Умры Республики Индонезия Мухаммадом Ирфаном Юсуфом
В ходе встречи обсуждены вопросы расширения туристического обмена, развития паломнического туризма, запуска прямого авиасообщения и укрепления сотрудничества между туроператорами двух стран.
В целях увеличения туристического потока обсуждалась возможность запуска прямого авиасообщения по маршруту Ташкент — Джакарта, а также прямых авиарейсов, соединяющих Ташкент с историческими городами Узбекистана.
В ходе диалога отмечена возможность применения предложенных главой государства механизмов субсидирования новых авиарейсов. Также было отмечено, что местным туроператорам, привлекающим туристов из Индонезии, будет предоставляться субсидия в размере 100 долларов США за каждого туриста.
Facebook
|
Instagram
|
X
|
YouTube
|
LinkedIn

September 08, 12:13
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilarini qabul qilishga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi, viloyat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi tomonidan Samarqand shahrida o‘tkaziladigan
6-FIDE Butunjahon shaxmat Olimpiadasi
oldidan musobaqa ishtirokchilariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish, ularning xavfsizligi, qulayligi hamda mehmondo‘stlik standartlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Payariq tumanida joylashgan
Imom al-Buxoriy majmuasi
atrofidagi joylashtirish vositalarining faoliyati, mehmonlarni qabul qilish imkoniyatlari, sanitariya-gigiyena holati, yashash xonalarining sharoitlari, tozalik va obodonlashtirish darajasi, shuningdek, xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, joylashtirish vositalarida mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va migratsiya talablariga rioya etilishi, mavjud hujjatlarning yuritilishi hamda amaldagi talablar asosida faoliyat olib borilishi holati ham ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan joylashtirish vositalari mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, musobaqa ishtirokchilarini qabul qilishga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xorijiy mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

September 08, 11:21
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🏛
AFROSIYOBDA ARXEOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
8-sentabr kuni Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i
Jurabek Suyunov
boshchiligida qadimiy Samarqandning noyob tarixiy va arxeologik merosini turizm sohasiga yanada samarali integratsiya qilish, hududning sayyohlik salohiyatini oshirish hamda yangi turistik mahsulot va marshrutlarni shakllantirish maqsadida
Afrosiyob qadimiy manzilgohida o‘rganish ishlari olib borildi.
📍
O‘rganishlar doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹
Afrosiyob hududining turli kirish nuqtalarini o‘zaro bog‘lovchi
yangi va qulay sayyohlik marshrutlarini ishlab chiqish
;
🔹
qadimiy manzilgohning tarixiy panoramasini keng ko‘lamda tomosha qilish imkonini beruvchi
maxsus kuzatuv (view point) nuqtalarini tashkil etish
;
🔹
qadimgi Samarqand hayoti va madaniyatini sayyohlarga yanada jonli tarzda namoyish etuvchi
“Jonli tarix” (Living History)
elementlarini joriy etish;
🔹
arxeologik qazilmalar va topilmalarni aynan topilgan joyida namoyish etishga asoslangan
“Osmon ostidagi muzey” (Open-Air Museum)
konsepsiyasini ishlab chiqish;
🔹
Afrosiyobning tarixiy qiyofasi va arxeologik qatlamlarini saqlagan holda hududni
yangi turistik lokatsiyaga aylantirish
;
🔹
tashrif buyuruvchilar uchun piyodalar yo‘laklari, yo‘nalish ko‘rsatkichlari, axborot stendlari, dam olish maskanlari va boshqa
zarur turistik hamda muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish
.
🎯
Asosiy maqsad — Afrosiyobning ming yillik tarixini nafaqat muzey va eksponatlar orqali, balki bevosita qadimiy shahar hududining o‘zida his qilish imkonini beradigan zamonaviy arxeologik turizm mahsulotini yaratishdir.
O‘rganish ishlarida
Samarqand Arxeologiya instituti mutaxassislari hamda loyiha tashkilotlari vakillari
ishtirok etib, hududning mavjud holati, tarixiy-arxeologik salohiyati va uni turizm nuqtayi nazaridan rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

September 07, 15:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
Xalqaro turizm akademiyasidan yangi imkoniyat!
Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi tomonidan turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy
onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilova yaratildi
.
Endilikda tinglovchilar istalgan joydan, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganishlari mumkin.
🏨
Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:
🛎
Front Office
— mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash.
🛏
Housekeeping
— mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.
Platformaning imkoniyatlari:

Amaliy va tushunarli video darslar

Telefon yoki kompyuter orqali ta’lim olish

Bilimlarni mustahkamlash uchun testlar

Ta’lim jarayonini mustaqil rejalashtirish

Kurs yakunida QR-kodli rasmiy sertifikat
📲
Ilovani yuklab oling va ta’limni boshlang:
App Store
Google Play
🌐
tourism-edu.uz
📍
Samarqand shahar, Bobur Mirzo 3A
📞
+998 (90) 103-30-00

September 06, 10:29
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🕌
Samarqandda “Hadith Hotel” besh yulduzli mehmonxonasi ochildi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida,
Imom Buxoriy majmuasi
hududida “Hadith Hotel” besh yulduzli mehmonxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi
Abdulaziz Aqqulov
, Samarqand viloyati hokimi
Adiz Muzaffarovich Boboyev
, Indoneziya Respublikasi Haj va Umra vaziri
Muhammad Irfan Yusuf
, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi, investorlar, turizm sohasi vakillari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
Shuningdek,
Samarqand viloyati hokimi Adiz Muzaffarovich Boboyev hamda Indoneziya Respublikasi Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
Unda ziyorat turizmini rivojlantirish, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida sayyohlar almashinuvini kengaytirish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🇺🇿
🇮🇩
Indoneziyalik investorlar bilan hamkorlikda barpo etilgan “Hadith Hotel”
Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy ziyoratchilar uchun zamonaviy va qulay joylashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
🏨
To‘rt qavatli mehmonxonada
120 ta xona va 240 ta o‘rin
mavjud bo‘lib, mehmonlarga xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.