
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal
🗣
“Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga
ilmiy izlanuvchilarni taklif etamiz!
🏛
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Renessans”, “
Izlanuvchi.uz
” ilmiy-matbuot markazlari hamda “Sharq nashr” nashriyoti hamkorligida tashkil etilayotgan
“Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga
professor-o‘qituvchilar, turli sohalar ilmiy izlanuvchilari va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan talabalarning maqola va ijodiy ishlari qabuli boshlandi.
📝
Qabul uchun kerakli hujjatlar:
– Ilmiy maqola yoki ijodiy ishlar
– 3*4 rasm va pasport nusxa;
☑️
Konferensiya doirasida chop etilgan maqolalar quyidagi xalqaro bazalarda indekslanadi:
• ResearchBible
• “Elsevier” qoshidagi
ssrn.com
bazasi
• Google scholar
• Zenodo (doi)
• OpenAire
↪️
Maqolalar
@renessans_bunyodkorlari
profili orqali
o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, nemis, turk tillarida
qabul qilinadi.
↪️
Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi.
🏆
Taqdirlash marosimi
28–29-mart kunlari Toshkent shahrida
o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram
😅
“Kelajak muhandislari”
Respublika ko‘rik tanloviga ariza topshirdingizmi? Atigi 10 kun qoldi!
Muhandislik g‘oyalari, innovatsion loyihalar va yangi ixtirolar
egalarini birlashtirayotgan
“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi
uchun arizalar qabul qilinmoqda.
O‘tgan yili yuzlab iqtidorli yoshlar qatnashgan ushbu tanlov bu yil yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng katta yangilik esa —
har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari elektromobil bilan taqdirlanadi!
🚗
⚡️
🧠
Tanlov yo‘nalishlari:
✅
Eng yaxshi g‘oya
✅
Eng yaxshi loyiha
✅
Eng yaxshi ixtiro
👥
Kimlar qatnasha oladi?
✔️
Professor-o‘qituvchilar
✔️
Talabalar
✔️
Amaliy muhandislar
❗️
Eslatma: har bir ishtirokchi
faqat bitta yo‘nalish
bo‘yicha qatnashishi mumkin.
🗓
Arizalar 2026-yil 20-martgacha qabul qilinadi.
Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
muhandis.edu.uz
📞
Qo‘shimcha ma’lumot:
+998 50 210 63 38
🔥
Balki bu yilgi elektromobil egasi
aynan siz bo‘larsiz!
#Kelajak_muhandislari
#koʻrik_tanlovi
#innovatsiya
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
#tanlov
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
hamda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi
ni e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining
bakalavriat yoki magistratura
bosqichining
bitiruvchi talabasi
bo‘lish kerak.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich:
Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun
10 tadan
ishni tanlab oladi.
2-bosqich:
Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha
bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib
aniqlanadi.
Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida
3 tadan o‘rin
belgilangan.
Mukofotlar quyidagicha:
🥇
1-o‘rin
– Noutbuk
🥈
2-o‘rin
– Planshet
🥉
3-o‘rin
– Elektron kitob o‘qish qurilmasi
Batafsil:
↗️
https://socialpolicylab.uz/news/41
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Talaba va bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yagona raqamli ekotizim —
career.edu.uz
platformasi ishga tushirildi.
Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🎓
Talaba va bitiruvchilar uchun:
• Professional rezyume yaratish
• Amaliyot va ishga onlayn murojaat qilish
• Freelance xizmat ko‘rsatish
• AI asosida rivojlanish tavsiyalari
• AI HR bilan interaktiv muloqot
🏢
Ish beruvchilar uchun:
• Vakansiyalarni tez joylashtirish
• AI orqali mos nomzodlarni aniqlash
• Amaliyot jarayonlarini boshqarish
🏛
Ta’lim tashkilotlari uchun:
• Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish
• Amaliyot shartnomalarini yuritish
• Ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish
Platforma — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi raqamli ko‘prikdir.
Bugunoq foydalanishni boshlang!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
OliyTa’limKlassifikatori
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi
Klassifikatorning yangi tahririga
13 ta yangi bakalavriat
taʼlim yoʻnalishi va
15 ta yangi magistratura
mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:
➖
raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;
➖
kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;
➖
muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;
➖
zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;
➖
sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;
➖
kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.
👉
Klassifikatorni yuklab olish
👉
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/138354
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#tanlov
#MirzoUlugʻbekVorislari
☄️
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
2026-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida
ro‘yxatdan o‘tib
,
IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar 2026-yilning 3-mart kunidan boshlab tuman (shahar)lar kesimida
o‘z loyihalarini taqdimot qiladilar.
Tanlovning
1-bosqich grafigi
bilan tanishing.
Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida
har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan eng yaxshi loyiha
mualliflari g‘olib deb topiladi hamda
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan BHMning 5 baravari
miqdorida
rag‘batlantiriladi
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
Yoshlar kutgan kun yaqinlashmoqda!
Sho‘v-shuvli
Kelajak Muhandislari – 2026
yana qaytmoqda
😅
➡️
Umumiy sovrin jamg‘armasi — 3 milliard so‘mga yaqin!
➡️
9 ta yo‘nalish
➡️
40 dan ortiq musobaqa
⏰
28–29–30 aprel
📍
Alpomish muz saroyi | Zakovat Arena
📎
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
https://km.edu.uz/uz
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
“Kelajak muhandislari” respublika tanlovi yana start oladi!
O‘tgan yili tashabbuskor yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, ko‘plab iqtidorli yigit-qizlarga kuchli motivatsiya bergan
“Kelajak muhandislari”
respublika
ko‘rik-tanlovi haqida eshitganmisiz?
Bu yil
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan tanlov yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng quvonarlisi – har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar
elektromobil
bilan taqdirlanadi!
🧠
Tanlov yo‘nalishlari:
✅
Eng yaxshi g‘oya
✅
Eng yaxshi loyiha
✅
Eng yaxshi ixtiro
👥
Kimlar qatnasha oladi?
✔️
professor-o‘qituvchilar
✔️
talabalar
✔️
amaliy muhandislar
❗️
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnashishi mumkin.
❗️
Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qatnasha oladi.
🗓
Arizalar 2026-yil 1–20-mart kunlari qabul qilinadi.
Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan qiziqarli muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — ayni fursat! O‘z ustingizda ishlagan loyihangizni ko‘rsating, imkoniyatdan foydalaning.
👉
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
muhandis.edu.uz
Balki navbatdagi elektromobil egasi aynan siz bo‘larsiz!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998502106338
Batafsil...
#Kelajak_muhandislari
#koʻrik_tanlovi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Yoshlar bandligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
ning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimiz taraqqiyotida, ayniqsa,
yoshlar siyosatida yangi bosqich
ni boshlab berdi.
60 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgan ushbu muloqot davlatimiz rahbari tomonidan in
son kapitaliga qaratilayotgan yuksak e’tibor
ning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bugungi kunda global raqobat sharoitida iqtisodiy o‘sish, innovatsion taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omili —
bilimli, tashabbuskor va band yoshlar
dir.
2030-yilga qadar
mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlar soni 1 million nafar
ga yaqinlashadi. Bu demografik o‘sish mamlakatimiz uchun katta imkoniyatdir. Biroq ushbu imkoniyatni real natijaga aylantirish uchun har bir yoshni
bilimli, zamonaviy kasb-hunarga ega va barqaror daromad manbaiga ega shaxs
sifatida shakllantirish zarur.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
“Kelajak tadbirkori” dasturi
yoshlarni ish izlovchidan ish beruvchiga aylantirishga qaratilgan muhim tizimli qadamdir. Startap va innovatsion loyihalar uchun moliyaviy resurslar ajratilishi,
10 milliard so‘mgacha kredit
imkoniyatlarining yaratilishi,
venchur qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
ning joriy etilishi — bu yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan aniq mexanizmlardir.
Shuningdek,
“Mening birinchi kasbim” dasturi
doirasida bitiruvchilar uchun stajirovka tizimini yo‘lga qo‘yish va oyiga
2 million so‘mgacha stipendiya
to‘lash tashabbusi ta’lim bilan mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Bu qaror yosh mutaxassislarning ilk mehnat faoliyatidagi asosiy muammo — amaliy tajriba yetishmasligi masalasini hal etishga qaratilgan.
Oliy ta’lim muassasalari oldida ham yangi vazifalar turibdi.
Universitetlar
faqat bilim beruvchi muassasa emas, balki
innovatsiya, tadbirkorlik va yangi ish o‘rinlari yaratuvchi markaz
ga aylanishi lozim. Zamonaviy o‘quv-amaliy markazlar tashkil etish,
dual ta’lim
ni keng joriy etish,
“spin-off” va startap loyihalar
ni qo‘llab-quvvatlash orqali oliygohlar hududiy iqtisodiy rivojlanish drayveriga aylanadi.
Shu bilan birga, yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sogʻlom turmush tarzi ham Prezidentimiz eʼtiboridan chetda qolmadi. Yoshlar oʻrtasida
ommaviy sport musobaqalarini kengaytirish
, talabalar ligalari, universitetlar oʻrtasidagi turnirlar, musobaqalarni tashkil etish orqali biz
sogʻlom, faol va maqsadli yoshlar
ni tarbiyalaymiz.
Bugun mamlakatimizda
22 milliondan ziyod yoshlar
bor. Bu — ulkan intellektual va mehnat salohiyati demakdir. Agar har bir yosh
munosib ish o‘rniga, kasbga va o‘zini ro‘yobga chiqarish imkoniyati
ga ega bo‘lsa, o'sib kelayotgan avlod milliy taraqqiyotning eng mustahkam poydevoriga aylanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sifatida biz ushbu vazifalarni
to‘liq va sifatli amalga oshirishni ustuvor maqsad
deb bilamiz. Har bir oliy ta’lim tashkilotii
yoshlar uchun bilim, innovatsiya va tadbirkorlik xabi
bo‘lishi, bitiruvchi esa ish izlovchi emas, balki qiymat yaratuvchi mutaxassis sifatida hayotga qadam qo‘yishi shart.
Ko‘ksaroydagi muloqot — yoshlar kelajagi uchun aniq yo‘l xaritasi. Unda belgilangan
tashabbuslar esa moliyaviy manba va strategik maqsadlar bilan ta’minlangan.
Biz ishonamizki, ushbu qarorlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning intellektual va iqtisodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish orqali Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada jadallashtiradi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga
bag‘ishlangan
muloqotida
belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram