Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal

samdukf_mx
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal
Подписчики
2 618
24 часа
7
30 дней
146
Просмотры
772
ER
29,49%
Посты (30д)
27
Символов в посте
916
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 02, 13:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mandat
#magistratura
#qabul2026
⚡️
Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining
magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha
my.edu.uz
elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
)
orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar
natijalarni
my.edu.uz
elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan
bilishlari mumkin.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 02, 06:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda
ishtirok etdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 01, 08:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Bayramga munosib tuhfa:
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
📚
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi.
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
nomli kitobda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam
: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”
Bu shunchaki da’vat emas.
Bu —
birlikka chaqiriq.
Bu —
tarixiy mas’uliyat.
Bu —
kelajakka ishonch.
Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan
ezgu maqsad!
Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan
tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar
izchillik bilan tahlil qilingan.
Yana bir muhim jihat:
nashr
infografikalar
bilan boyitilgan.
Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.
Shu nuqtai nazardan,
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi.
Kirobning elektron
shakli
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 31, 15:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan
muzokaralari
boʻlib oʻtdi.
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#Xitoy
#hamkorlik
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 30, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#natija
#oʻqishnikoʻchirish
⚡️
O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun
transfer.edu.uz
platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga
o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash)
yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga
o’qishni ko’chirish bo‘yicha
yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Talabalar o‘z arizalari natijasini
transfer.edu.uz
platformasidagi
shaxsiy kabineti
orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar
o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga
murojaat qilishlari lozim.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 28, 12:39
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
🔷
Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.
🔷
Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.
🔷
Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.
🔷
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
l

August 27, 13:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Soliqlar — kelajagimiz uchun
To‘lagan soliqlaringiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘llar va zamonaviy davlat xizmatlarini rivojlantirishga sarflanadi.
Soliqni o‘z vaqtida to‘lash — yurtga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 26, 12:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoeva
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi
Chjao Letszi
bilan uchrashdi.
Samimiy va mazmunli muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan
doʻstona va strategik sheriklik
munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar
davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti
ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini taʼkidladilar. Xususan,
parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari
ga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda
transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik
ni rivojlantirish, aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
Saida Mirziyoeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan intilishini yuqori baholab, ochiq va mazmunli muloqot uchun Chjao Letsziga minnatdorlik bildirdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 26, 09:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida
mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi
bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin
ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi,
desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi
,
– dedi Prezident.
Ushbu
o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani
ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati
qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida
namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek,
ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning
hissasiga alohida to‘xtaldi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

August 25, 08:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Magistratura2026
#Tahrirlash
⚡️
26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari
magistraturasiga qabul boʻyicha
my.edu.uz
elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari
koʻrib chiqildi.
▪️
Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan,
tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat,
shuningdek,
SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan,
xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan,
hujjatlar sifatsizligi
hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.
❇️
Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga
2026-yil 26-avgust kuni
soat 14:00 ga qadar
my.edu.uz
elektron tizimi orqali arizalarini
qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
imkoniyati beriladi.
❗️
E’tibor bering:
26-avgust kuni
soat 14:00 dan so‘ng
arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar
ko‘rib chiqilmaydi
.
☝️
Muhim eslatma!

Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan
milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi
sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.
🚫
Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham
ko‘rib chiqilmaydi
.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram