Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

samsportuz
Samarqand viloyati sport boshqarmasi rasmiy telegram kanali Admin: https://t.me/isaku Ishonch telefoni: (66)233-75-30 samsportpressa@gmail. E-mail: samarkand@minsport.uz E-xat:samsport@exat.uz Rasmiy web-sayti https://samsport.uz
Subscribers
8 069
24 hours
879
30 days
1 484
Unusual 24 hours growth
Post views
590
ER
7,31%
Posts (30d)
132
Characters in post
788
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 12:13
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 25, 12:13
Media unavailable
7
Show in Telegram

V Paraosiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etib, tarixiy natijaga erishgan O‘zbekiston sport delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, Milliy gvardiya bayroqdorlari saf tortdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Marosim davomida V Paraosiyo o‘yinlari qahramonlariga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdorlari, para velosport bo‘yicha jahon va Paraosiyo o‘yinlari chempioni Marjona Pardaboyeva, para suzish bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari chempioni Azizbek Boynazarov hamda Paraosiyo o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan Xurshid Kodirovning onasi Kamola Xidirboyeva va murabbiylar so‘zga chiqib, yurtimizda sportchilarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar para atlet bilan ishtirok etdi. Osiyoning 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqalarda 18 ta sport turi bo‘yicha 490 ta medal jamlanmasi uchun bahslar olib borildi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqalarni 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza, jami 145 ta medal bilan yakunladi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu natija bilan Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda islom davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 12:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga
tabrik
—
Поздравление
победителям и участникам V летних Параазиатских игр
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 24, 16:40
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ilk bor kuchli uchlikdan joy oldi
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarixiy natijaga erishdi.
45 ta davlat va hudud delegatsiyasi
ishtirok etgan musobaqada sportchilarimiz umumjamoa hisobida
3-o‘rinni
egalladi.
Musobaqa davomida yurtimiz vakillari
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza
, jami
145 ta medal
ni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tarixida yangi rekord sifatida qayd etildi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi ilk bor kuchli uchlikka kirib, medallar soni va sifati bo‘yicha o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga erishdi. Bungacha eng yaxshi natija Janubiy Koreyada o‘tkazilgan musobaqada qayd etilgan
5-o‘rin
edi
(2014-yil)
.
Ushbu yutuq mamlakatimizda parasportni rivojlantirish, sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan ishlarning muhim natijalaridan biridir.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 24, 07:46
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika institutida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol boʻyicha fakultetlararo musobaqa oʻtkazildi
Institut talaba-yoshlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 3x3 stritbol boʻyicha fakultetlararo bellashuv boʻlib oʻtdi. Murosasiz va qizgʻin kechgan bahslarda jamoalar gʻoliblik uchun bor mahoratlarini namoyish etishdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 23, 13:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥉
Bunyod Xolmurodov disk uloqtirishda bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Erkaklar o‘rtasidagi F54/55/56 klasslarining disk uloqtirish finalida
Bunyod Xolmurodov
34,70 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 23, 07:37
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

✅
Sayyor qabul o'tkazildi
Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.Sobirov Ishtixon tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor  qabul o‘tkazdi.
💬
Qabul davomida sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar muhokama qilindi.
📑
Sayyor qabulda aholidan sohaga oid murojaatlar kelib tushdi va ularning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 23, 05:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥉
Karomatoy
Rustamovada bronza medal
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida para taekvpondo bo'yicha ayollar o‘rtasidagi 52 kg vazn toifasida
Karomatoy
Rustamova
bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 23, 05:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🥉
Qudratoy Toshpo‘latova — bronza medali sohibasi!
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 73 kg vazn toifasida
Qudratoy Toshpo‘latova
esa 130 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

October 23, 05:33
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🖐
“Besh tashabbus” olimpiadasi: stol tennisi musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Samarqand davlat pedagogika institutida
“Besh tashabbus”
olimpiadasi doirasida fakultet talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqa talabalarning sport mahoratini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube