Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

samsportuz
Samarqand viloyati sport boshqarmasi rasmiy telegram kanali Admin: https://t.me/isaku Ishonch telefoni: (66)233-75-30 samsportpressa@gmail. E-mail: samarkand@minsport.uz E-xat:samsport@exat.uz Rasmiy web-sayti https://samsport.uz
Подписчики
11 000
24 часа
30 дней
900
Просмотры
646
ER
5,87%
Посты (30д)
161
Символов в посте
719
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 12, 08:04
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🎥
Sport sohasi vakillari o‘rtasida voleybol bo‘yicha "Rahbar kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda
Ayni vaqtda Samarqand shahridagi O‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida viloyat sport boshqarmasi hamda sport maktablari apparat xodimlari o‘rtasida
voleybol bo‘yicha “Rahbar kubogi”
sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 14:32
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🖐
"Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida gandbol bo‘yicha sektor bosqichi musobaqalari o‘tkazilmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida gandbol bo‘yicha sektor bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 17-30 yosh toifasidagi yigit va qizlar jamoalari o‘zaro bellashdi.
G'olib jamoalar navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 14:26
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🏆
E'tirof va rag'bat
Yurtimizda “Xalqaro arxivlar kuni” keng nishonlanib, soha xodimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va sharafli mehnati munosib e'tirof etiladi.
Samarqand viloyati sport boshqarmasi arxivariusi Ismailova Dilnoza Mamaradjabovna ham o‘zining fidokorona mehnati, yuqori malakasi bilan soha vakillari orasida hurmat-e'tiborga erishgan mutaxassisdir.
Boshqarma boshlig‘i J.Nurmanov ushbu sana munosabati bilan D.Ismailovani jamoa nomidan samimiy qutlab, u kishining ko‘p yillik samarali mehnatini e’tirof etdi. Shuningdek, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 13:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Eʼlon
Samarqand viloyati sport boshqarmasi hamda sport maktablari apparat xodimlari o‘rtasida
2026-yil 12-iyun kuni voleybol bo‘yicha “Rahbar kubogi”
sport musobaqasi o‘tkaziladi.
Manzil:
Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi. Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi
.

Boshlanish vaqti: 8.00
Murojaat uchun:
☎️
94 184 79 93
☎️
99 567 67 70
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 10:23
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Samarqandda aholi, xususan yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb qilish tizimini kengaytirish va samarali tashkil qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyati sport maktablarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, sport to‘garaklari faoliyati, aholining ommaviy sportga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan,  Sport vazirligi bosh mutaxassisi Davron Shamsiddinov  Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi sport maktablarida tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,  shtab aʼzolari faoliyatini tizimli tashkil etish, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha maʼsullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 08:23
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

Futbol bo‘yicha “DXX Kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda
Mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “DXX Kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda.
Samarqand shahar 1-son sport maktabida ham mini-futbol bo‘yicha uchrashuvlar davom etmoqda. Har bir bahs murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tib, mahalla futbolchilari o‘zlarining mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etishmoqda.
“DXX Kubogi” musobaqalari orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni sportning yuqori bosqichlariga yo‘naltirish hamda yoshlar orasida sportni yanada ommalashtirish, rivojlantirish maqsad qilingan.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 11, 06:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Olimpiya shaharchasida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimidan yorqin lavhalar
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

June 11, 04:17
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

📍
Gandbol bo‘yicha mamlakat chempionati g‘oliblari aniqlandi
Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida sportning gandbol turi bo‘yicha U-18 yosh toifasidagi yigitlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar ishtirok etgan musobaqalar qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda kechdi. Bir necha kun davom etgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
Yigitlar o‘rtasida:
🥇
— Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ROPSTTM) jamoasi
🥈
— Samarqand viloyati jamoasi
🥉
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
Qizlar o‘rtasida:
🥇
— Samarqand viloyati jamoasi
🥈
— Xorazm viloyati jamoasi
🥉
— Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ROPSTTM) jamoasi
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O. Sobirov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etdi hamda ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi.
Mazkur chempionat nafaqat yosh gandbolchilarning mahoratini sinovdan o‘tkazish, balki O‘zbekiston terma jamoasi uchun istiqbolli va iqtidorli sportchilarni saralab olishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 10, 09:30
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi, xususan yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
Tashrif doirasida Sport vazirligi bosh mutaxassisi Davron Shamsiddinov hududlardagi sport maktablari faoliyati bilan tanishmoqda.
Xususan, Narpay tumanida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati o‘rganildi.
Paxtachi tumanidagi sport maktabi faoliyatini o‘rganish jarayonida, sport to‘garaklari, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha murabbiylar,  seleksioner-trenerlar bilan suhbatlashildi. Ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, tuman masʼullari bilan hududlarning sport salohiyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.  Sohadagi natijalar va istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube

June 10, 09:05
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“Tashabbuslar marafoni” doirasida tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport, madaniyat yo‘nalishlarida maxsus pavilonlar faoliyat yuritdi.
Ularda yoshlar uchun seminarlar, ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, startap loyihalar taqdimoti hamda ijodiy tanlovlar tashkil etildi.
​Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ushbu tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlg‘i J.Nurmanov ham ishtirok etib, loyihalar hamda pavilonlar faoliyati bilan tanishdi.
Sportchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Murabbiylar ishtirokida sportchi-yoshlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🎞
Youtube