Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

samtrans
Samarqand viloyati transport boshqarmasining sahifasi Ishonch telefoni – 1167 https://www.instagram.com/samarqand_transportboshqarmasi/ https://www.facebook.com/profile.php?id=61562159850795
Subscribers
1 295
24 hours
4
30 days
22
Post views
331
ER
25,56%
Posts (30d)
111
Characters in post
1 210
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 10:05
Media unavailable
4
Show in Telegram

‼️
Bugun, 11-sentabr sanasida tashkil etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da boshqarma xodimlari ham ishtirok etdi.
“Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirokchilarga siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur siyosiy-ma’rifiy soati xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

September 11, 09:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚍
Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
🗓
Ochiq tender 2026-yil 11-oktabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan
e-tender.uztrans.uz
axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
🗓
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 10-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🚌
Shahar atrofi yo‘nalishi

YT 387
— Nurobod avtostantsiyasi-Juma avtostantsiyasi (Ikkala tomondan)
(M1)

September 11, 04:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚌
Samarqand shahar jamoat transporti uchun yana 12 ta yangi elektrobus xarid qilindi
Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay va zamonaviy transport vositalarini ko‘paytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, jamoat transporti yetib bormagan hududlarni qamrab olish hamda mavjud yo‘nalishlarda xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida
12 ta yangi elektrobus xarid qilindi.
Mazkur elektrobuslar “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan zamonaviy talablar asosida ishlab chiqarilgan.
Yangi elektrobuslarning yo‘nalishlarga chiqarilishi natijasida yo‘lovchilar uchun qulayliklar kengayishi bilan bir qatorda, korxona tomonidan
qo‘shimcha ish o‘rinlari
ham yaratiladi.

September 10, 12:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Transport vaziri
ICAO
mintaqaviy ofisi direktori
bilan uchrashdi
9-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan
CANSO Eurasia ANSP’s Summit doirasida
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika (EUR/NAT) mintaqaviy ofisi direktori Nikolas Rallo bilan
uchrashdi
.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va ICAO o‘rtasida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, global aviatsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish hamda sohani xalqaro standartlar asosida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va amaliy loyihalarni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladilar.
Министр транспорта встретился с директором регионального бюро ИКАО
9 сентября в Ташкенте в рамках саммита CANSO Eurasia ANSP's Summit министр транспорта Ильхом Махкамов
встретился
с региональным директором Европейского и Североатлантического бюро (EUR/NAT) Международной организации гражданской авиации (ИКАО) Николасом Ралло.
В ходе встречи стороны обменялись мнениями о текущем состоянии сотрудничества между Узбекистаном и ИКАО в области развития гражданской авиации, результатах реализуемых проектов, а также будущих совместных инициативах.
Кроме того, особое внимание было уделено поддержке инициатив, направленных на развитие и совершенствование глобальной авиационной системы, включая развитие авиационной инфраструктуры, повышение уровня безопасности полётов и развитие отрасли в соответствии с международными стандартами.
Стороны подчеркнули обоюдную заинтересованность в дальнейшем расширении сотрудничества в авиационной сфере и последовательном продолжении практических проектов.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTubе
|
Linkedin
|

September 10, 08:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 06:55
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Navro‘z Rahmonov
tomonidan har haftaning payshanba kuni fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinayotganligi haqida xabar berib kelmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi
Xalq qabulxonasida
bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulida fuqarolar
yo‘l ta’miri, kadastr, gaz ta’minoti va qurilish
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar.
Har bir murojaat
diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi. Mas’ul rahbar va mutasaddilarga fuqarolarning murojaatlarini
qonuniy va adolatli hal etish
yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

September 10, 06:51

RASMIY MUNOSABAT
Bugun, 10-sentabr kuni “Samarqand_live” Telegram kanalida “Rahbarga hamma narsa mumkinmi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Joriy yilning 8-sentabr kuni boshqarma boshlig‘i hamda sohaga mas’ul mutaxassislar ishtirokida Samarqand shahrining jamoat transporti yetib bormagan hududlarida avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida haydovchilarning kunlik og‘ir va mas’uliyatli mehnat jarayonini shaxsan his qilish, ularning amaliy muammolarini ichdan o‘rganish,
y
o‘l-ko‘cha tarmog‘ining qatnov qismi holati hamda zamonaviy elektrobuslarning texnik xususiyatlarini real boshqaruv rejimida tahlil qilish maqsadida boshqarma boshlig‘i transport boshqaruviga kirishgan.
Shu sababli boshqarma boshlig‘i bir necha yuz metr masofada elektrobus boshqaruviga o‘tirgan.
Alohida ta’kidlash joizki,
boshqaruv vaqtida elektrobus salonida hech qanday yo‘lovchilar bo‘lmagan — faqatgina ishchi guruhning 5 nafar mas’ul xodimi kuzatuv olib borgan. Harakatlanish davomida xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etilgan bo‘lib, hech qanday yo‘l-transport hodisasi yoki unga sharoit yaratuvchi xavfli vaziyat yuzaga kelmagan.
Ushbu kabi amaliy o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahar jamoat transporti tizimini fuqarolar uchun yanada xavfsiz va qulay shaklga keltirishdan iborat.

September 09, 15:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

“AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYASIDA FAOL ISHTIROK ETING!
Ertaga, 10-sentabr kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Avtomobil — kundalik hayotimizning ajralmas qismi. Ammo bir kun undan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportidan foydalanish orqali atrof-muhit muhofazasi va shaharlarda ekologik barqarorlikni ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
🌱
“Avtomobilsiz kun” — bu nafaqat aksiya, balki sog‘lom turmush tarzi, toza havo va qulay shahar muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbusdir.
🚶‍♀️
Piyoda yuring!
🚲
Velosipeddan foydalaning!
🚌
Jamoat transportini tanlang!
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etishga chaqiradi!
ПРИМИТЕ АКТИВНОЕ УЧАСТИЕ В АКЦИИ "ДЕНЬ БЕЗ АВТОМОБИЛЯ!"
Завтра, 10 сентября , во всех регионах республики состоится очередная акция «День без автомобилей».
Автомобиль — неотъемлемая часть нашей повседневной жизни. Но, отказавшись от него всего на один день и передвигаясь пешком, на велосипеде или общественном транспорте, мы можем внести свой вклад в защиту окружающей среды и обеспечение экологической устойчивости в городах.
🌱
"День без автомобиля" — это не просто акция, а инициатива, направленная на поддержку здорового образа жизни, чистого воздуха и комфортной городской среды.
🚶
Ходите пешком!
🚲
Пользуйтесь велосипедом!
🚌
Выбирайте общественный транспорт!
Министерство транспорта Республики Узбекистан призывает всех принять активное участие в акции "День без автомобиля!"
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTubе
|
Linkedin
|

September 09, 15:44
Media unavailable
1
2
Show in Telegram

🚨
Diqqat, muhim xabar!
M2-sonli shahar avtobus yoʻnalishidagi transport vositalari "Soʻgʻdiyona"ga qaytdi
Samarqand shahridagi
"Ali Qushchi"
va
"Sulaymon Buxoriy"
koʻchalarida olib borilgan taʼmirlash ishlari yakunlanganligi sababli M2-sonli avtobuslar harakati o‘zining
asosiy yoʻnalishiga qaytdi
:
10-sentabrdan boshlab ushbu yoʻnalishdagi avtobuslar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlanadi:
“Mirzo Bedil”
“Ali Qushchi”
“Sulaymon Buxoriy” koʻchalari.
📌
Esda tuting:
Jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlash faqat
elektron tarzda
(transport yoki bank kartasi orqali) amalga oshirilmoqda.
Toʻlovni avtobusga chiqishning oʻzidayoq amalga oshirishni unutmang!
Safaringiz bexatar boʻlsin!
🚍

September 09, 13:24
Media unavailable
8
Show in Telegram

🚌
Samarqandda jamoat transporti sifati va elektron to‘lov tizimi muhokama qilindi
Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish korxonalari rahbarlari va boshqarma boshlig‘i R.Tojiyev ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda transport xizmati sifatini oshirish, xavfsizlik va haydovchilar mas’uliyati asosiy mavzu bo‘ldi.
Yig‘ilishda belgilangan asosiy vazifalar va o‘zgarishlar:
💳
Elektron to‘lov – qat’iy nazoratda:
Avtobus, elektrobus va tramvaylarda elektron to‘lov tizimi mavjudligiga qaramay, naqd pul olayotgan haydovchilar faoliyati tanqid qilindi. Bunday holatlarga chek qo‘yiladi.
💳
Plastik kartalar bo‘yicha cheklovlarga chek qo‘yiladi:
Bank kartalari orqali to‘lov qilishda asossiz taqiq va tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.
🕵️‍♂️
“Sirli mijoz” reydlari o‘tkaziladi:
Aholi murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar asosida transport xizmati sifatini oshirish uchun “Sirli mijoz” monitoringi yo‘lga qo‘yiladi.
Batafsil
samarqand.mintrans.uz
saytida