Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

samtrans
Samarqand viloyati transport boshqarmasining sahifasi Ishonch telefoni – 1167 https://www.instagram.com/samarqand_transporti https://www.facebook.com/profile.php?id=61562159850795
Подписчики
1 285
24 часа
-1
30 дней
-17
Просмотры
293
ER
22,8%
Посты (30д)
165
Символов в посте
977
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 28, 05:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#memorandum
📌
Samarqand viloyati Transport boshqarmasi
hamda
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Ushbu hamkorlik memorandumida universitetning yo'l harakatini boshqarish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot o'tashlarini yo'lga qo'yish, ikki hamkor tashkilot o'rtasida seminar-trening va master-klasslar tashkil etish masalalari nazarda tutilgan.

October 27, 13:21
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🚆
ĞÖBDINDA 13 MILLIARD SÖMLIK TEMIR YÖL QURILIŞIGA START BERILDI
Samarqand viloyati hokimi örinbosari
Navröz Rahmonov
tuman hokimligi va tegişli taşkilotlar masʼullari bilan birgalikda Bulunğur tumanida amalga oşirilayotgan quriliş loyihalari bilan tanişdi.
Ğöbdin mavzesida sanoat loyihalari uçun ajratilgan 135 gektar hududda temir yöl qurilişi boşlandi. Umumiy qiymati 13 milliard sömni taşkil etuvçi loyiha sanoat hududida yuk taşiş imkoniyatlarini kengaytiriş, işlab çiqariş korxonalarining transport-logistika faoliyatini yengillaştirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, tumandagi Navbahor mahallasida umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlaş hamda markaziy şifoxona hududida maslahat-diagnostika markazini quriş işlari ham körib çiqildi.
Masʼullarga quriliş işlarini belgilangan sifat talablari asosida va muddatida bajariş yuzasidan tegişli vazifalar belgilandi
.

October 27, 11:51
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🚌
Samarqandda jamoat transporti yönalişlarini uzaytiriş masalasi körib çiqildi
🏢
Xabaringiz bor, Samarqand şahrida yangi köp qavatli uy-joy massivlari va ijtimoiy soha obyektlari jadal barpo etilmoqda. Tabiiyki, bu kabi yangi hududlarga jamoat transporti tarmoğini kengaytiriş hamda aholining uzluksiz va xavfsiz harakatlanişini ta’minlaş bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.
⚙️
Mazkur masalaga samarali yeçim topiş maqsadida Samarqand viloyati Transport boşqarmasida jamoat transporti yönalişlarini yangi rivojlanayotgan hududlarga uzaytiriş masalasiga bağişlangan muhokama yiğilişi ötkazildi.
📍
Muhokama markazida bölgan asosiy yönalişlar:
🏘
Qorasuv massivi: Aholi sonining keskin ortib borayotgani inobatga olingan holda qöşimça yönalişlarni taşkil etiş;
🏗
Şirin şaharçasi: Barpo etilayotgan yangi hududga mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib avtobus yönalişlarini boğlaş;
📍
Boşqa yangidan taşkil etilayotgan va jamoat transportiga ehtiyoj yuqori bölgan manzillar.
📋
Yiğiliş yakunida viloyat Transport boşqarmasi boşliği R.Tojiyev tomonidan uşbu hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini yaratiş (beponiyalar, burilib oliş maydonçalari va yöl belgilari) böyiça vakolatli taşkilotlar bilan hamkorlikda işlarni jadallaştiriş va tegişli topşiriqlar berildi.
🤝
Biz aholiga qulay va sifatli transport xizmati körsatiş yölida işlarni izçil davom ettiramiz!
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|

October 27, 11:20
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🚌
Avtobus haydovçisiga nisbatan intizomiy çora qöllanildi
📢
MUNOSABAT
📲
Ijtimoiy tarmoqlarda şahar avtobus yönalişida yölovçi taşiş faoliyatini amalga oşiruvçi transport vositasi haydovçisiga nisbatan e’tirozli murojaat tarqaldi.
👮‍♂️
Mazkur murojaat Samarqand viloyati Transport boşqarmasi tomonidan nazoratga olinib, holat yuzasidan tegişli tartibda tuşuntiriş işlari olib borildi.
🔍
Aniqlanişiça, holat 27-sonli “Temiryöl ABB — Obod maskan” şahar avtobus yönalişida xizmat körsatuvçi, davlat raqam belgisi 30 680 LBA bölgan transport vositasi haydovçisi A.I. tomonidan sodir etilgan.
🤝
Jamoat transportida xizmat körsatiş sifatini oşiriş hamda yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda taşuvlarni amalga oşiriş masalasi mazkur yönalişda faoliyat yurituvçi “Marokand trans 777” MÇJda muhokama qilindi.
📋
Muhokama yakunida korxona rahbariyatiga xizmat sifatini yanada oşiriş maqsadida barça haydovçilar bilan qöşimça yöriqnoma va tuşuntiriş işlarini olib boriş vazifasi yuklatildi. Şuningdek, haydovçilarga maxsus avtobus yölagida, bunday yölak mavjud bölmagan hollarda esa belgilangan tartibda harakatlaniş zarurligi tuşuntirildi.
⚖️
Xizmat davomida jamoat transportiga nisbatan aholining salbiy munosabati şakllanişiga sabab bölgan mazkur holat yuzasidan 27-sonli şahar avtobus yönalişida faoliyat yurituvçi, davlat raqam belgisi 30 680 LBA bölgan transport vositasi haydovçisi
A.I.ga
nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo çorasi qöllanildi.
x️ Şu örinda Samarqand şahar jamoat transportida jamoatçilik nazoratini ta’minlaş, mavjud muammolarni xolis yoritiş hamda xizmat körsatiş sifatini oşirişga hissa qöşayotgan barça fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz.
🙏
✨
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|

October 27, 08:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚍
Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
🗓
Ochiq tender 2026-yil 26-noyabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan
e-tender.uztrans.uz
axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
🗓
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 25-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🚌
Shahar atrofi yo‘nalishi
▸
YT 305
— Juma ABB-Beklar qishlog‘i (Ikkala tomondan)
(M1)
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|

October 27, 07:21
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🏗
Urgutda investitsiya obyektlari: muddat va sifat masalasi kun tartibida
Joriy yilda investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning öz vaqtida foydalanişga topşirilişi, quriliş-taʼmirlaş işlarining sifati va ijro intizomi Urgut tumanida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilindi.
Viloyat hokimi örinbosari
Navröz Rahmonov
rahbarligida tuman hokimligi masʼullari, tegişli taşkilotlar, buyurtmaçi hamda pudratçi taşkilotlar vakillari iştirokida ötgan muhokamada obyektlardagi işlarning borişi körib çiqilib, mavjud muammolar va ularning yeçimi yuzasidan fikr almaşildi.
Asosiy eʼtibor quriliş işlarini jadallaştiriş, kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanişga topşirişga qaratildi.
Yiğiliş yakunida pudratçi taşkilotlar masʼullariga vazifalarni keçiktirmasdan bajariş, işlar sifatini taʼminlaş va belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi
.
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|

October 27, 04:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🏗
Quriliş obyektlaridagi holat: Bulunğur tumanida tanqidiy tahlil
Quriliş obyektlarida işlarning borişi, sifat va muddat masalalari yuzasidan navbatdagi manzil —
Bulunğur tumani.
Samarqand viloyati hokimi örinbosari
N. Rahmonov
rahbarligida tuman hokimligi masʼullari, tegişli taşkilotlar, buyurtmaçi hamda pudratçi taşkilotlar vakillari iştirokida yiğiliş ötkazilib, 2026-yilga möljallangan quriliş obyektlaridagi işlarning bugungi holati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Yiğiliş davomida quriliş işlarining surʼati, bajarilayotgan işlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilişi hamda mavjud muammolar körib çiqildi.
Obyektlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, quriliş-montaj işlarini jadallaştiriş va obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanişga topşiriş yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar belgilandi.

October 26, 10:35
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Samarqandda transport tizimi va ijro intizomi masalalari tanqidiy muhokama qilindi
Samarqand viloyati Transport boşqarmasida ijro intizomini mustahkamlaş hamda yölovçi taşiş transporti tizimini tartibga soliş masalalariga qaratilgan tanqidiy yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda ijro hujjatlarining yuritilişi, avtobuslar harakatini samarali taşkil etiş, yölovçilarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş hamda aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni öz vaqtida va tizimli hal etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, viloyat hududidagi avtobekatlarning mavjud holatini örganiş, ularning belgilangan talablarga muvofiq faoliyat yuritişini ta’minlaş va obodonlaştiriş işlariga alohida e’tibor qaratiş zarurligi ta’kidlandi.
Boşqarma boşliği R. Tojiyev öz sözida aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini körsatiş asosiy vazifa ekanini qayd etib, har bir xodim öz xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondaşişi, topşiriqlarni vijdonan bajarişi lozimligini ta’kidladi.
Muhokamalar davomida haydovçilar va yölovçilar örtasida samimiy hamda madaniyatli munosabatni şakllantiriş, avtobuslar harakat oraliği va iş tartibini qat’iy nazoratga oliş, şuningdek, jamoat transporti qatnovi yetarli darajada yölga qöyilmagan hududlarni transport bilan ta’minlaş böyiça mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Yiğiliş yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, ijro intizomini mustahkamlaş va yölovçilarga körsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada yaxşilaş yuzasidan aniq çora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|

October 26, 09:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚍
Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
🗓
Ochiq tender 2026-yil 25-noyabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan
e-tender.uztrans.uz
axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
🗓
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 24-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🚌
Shahar atrofi yo‘nalishi
▸
YT 333
— Juma ABB - Galakapa qishlog‘i (Ikkala tomondan)
(M1)
▸
YT 399
— Qorag‘uppa qishlog‘i-Juma ABB (Ikkala tomondan)
(M1)
✈️
Telegram
|
📎
Facebook
|
👚
Instagram
|
🎞
YouTube
|