Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY

sardobatumani_uz
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz Web-site: https://gov.uz/oz/sardoba Instagram: instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
Subscribers
3 572
24 hours
2
30 days
-29
Post views
557
ER
15,59%
Posts (30d)
254
Characters in post
692
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 28, 03:07

Bugun, 28 oktabr
☁️
+21°...+11°, Bulutli
Hozir:
☁️
+13°,
➡️
1.9 m/s
Tong:
☁️
+14°
Kun:
☁️
+20°
Oqshom:
☁️
+16°
Namlik: 20%
Shamol: G'arbiy, 4.1 m/s
Bosim: 768 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:49
Quyosh botishi: 17:27

October 27, 10:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqçiman: va nihoyat, bugundan Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi.
—
Я рада поделиться хорошей новостью: сегодня в Узбекистане наконец заработали Apple Pay и Google Pay.

October 27, 09:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov hamda o'rinbosarlari tomonidan "Xalq qabulxonasi"da jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari reja jadvali
.
📍
Manzil: Tuman Moliya bo'limi binosi
🌐
Telegram
📱
Instagram
📱
Web-site
📱
Facebook
📱
Youtube

October 27, 08:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga
ishonch bildirdi.
–
Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman!
Bizning vazifamiz ana shu
iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish
uchun imkoniyat yaratishdan iborat
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Shu maqsadda
“Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati
tashkil etildi. Mazkur platforma t
alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari
so‘zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga topshiriq berdi.
– Men bir narsani so‘rayman:
har bir tibbiyot xodimi o‘ziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uchun kechagidan ko‘ra ko‘proq nima qila oldim?”.
Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak,
tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xorijiy klinikalarda tajriba to‘plagan
vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.
– Biz ularni o‘zimizdagi shifoxonalarga olib kelib,
Yangi O‘zbekiston tibbiyotida o‘z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni
yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Bunday mutaxassislarning oylik
ish haqiga 50 million so‘mgacha ustama
to‘lanadi.
Ish joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida
kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi.
Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Bu ishlar
26 ta ixtisoslashgan markazdan
boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili
5-10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga
mas’ul bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma
Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini
esladi.
Tizimda
kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash
uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil
1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.
Bu imkoniyat
yosh kadrlar
uchun ham joriy qilinadi: har yili
500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan
olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi.
Bunday hududga ishga kirgan shifokorga
50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli
ham beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
xususiy klinikalar soni
2017-yildagi 3,5 mingtadan
9 mingtadan ortiqqa yetganini
qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda
xususiy sektor oldinga o‘tdi:
uning ulushi
stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni
tashkil etmoqda.
Shu bilan birga,
hududlar o‘rtasida katta tafovut
saqlanib qolmoqda.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlari
va
Toshkent shahrida
xususiy klinikalarning
35-40 foizi statsionar o‘rinlarga ega.
Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax
va
Navoiyda bu ko‘rsatkich 15 foizga ham yetmaydi.
Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tug‘uruq komplekslari
kabi talab yuqori yo‘nalishlarda
xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas.
Ushbu yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi.
Yerlar
faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kelasi yildan
26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga
o‘tiladi. Har bir direktor
sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish
bo‘yicha aniq majburiyat oladi.
Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar ko‘rsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi.
Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.
Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda
poliklinika faoliyatiga aholining o‘zi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish
vazifasini qo‘ydi.
Har bir
shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bog‘lanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon bo‘lishi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kelgusi yildan
kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda o‘nta sun’iy intellekt tizimi
ishga tushirilishini ma’lum qildi.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha yangi yechimlar joriy etiladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi.
Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qo‘llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda
“Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari
o‘tkaziladi. G‘oliblar
100 million so‘mdan mukofot
oladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimizda tibbiyotning turli yo‘nalishlarida
shifokorlarning hamjamiyatlari
bor.
Prezidentimiz
ayrim assotsiatsiyalarda yangilanishga intilish yetishmayotganini
tanqid qildi. Ba’zilariga
uzoq yillar bir kishi rahbarlik qilib, boshqalarga yo‘l ochilmayapti.
A’zolarning xorijda malaka oshirishi va ilg‘or davolash usullarini joriy etishida assotsiatsiyalar faolroq bo‘lishi kerak.
Yaqinda qabul qilingan farmon bilan
assotsiatsiyalarga katta vakolatlar berildi.
Endi ularning rahbarlari
a’zolar tomonidan ko‘pi bilan ikki-uch yilga saylanadigan tizimga
o‘tiladi.
– O‘ylaymanki, assotsiatsiyalar o‘zining qurultoyini o‘tkazib,
tizimga yangi muhit, “yangi qon” olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada o‘zgarish qilishni boshlasa,
ayni muddao bo‘ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X