Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY

sardobatumani_uz
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz Web-site: https://gov.uz/oz/sardoba Instagram: instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
3 572
24 часа
2
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-29
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
557
ER
15,59%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
254
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
692
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠŸΠΎΠ»ΠΈΡ‚ΠΈΠΊΠ°
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠœΡƒΠΆΡΠΊΠΎΠΉ
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ГосударствСнный ΠΈ ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΡ‡Π½Ρ‹ΠΉ сСктор
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 28, 03:07

Bugun, 28 oktabr
☁️
+21Β°...+11Β°, Bulutli
Hozir:
☁️
+13Β°,
➑️
1.9 m/s
Tong:
☁️
+14Β°
Kun:
☁️
+20Β°
Oqshom:
☁️
+16Β°
Namlik: 20%
Shamol: G'arbiy, 4.1 m/s
Bosim: 768 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:49
Quyosh botishi: 17:27

October 27, 10:18
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqΓ§iman: va nihoyat, bugundan Γ–zbekistonda Apple Pay va Google Pay tΓΆlov xizmatlari işga tuşdi.
β€”
Π― Ρ€Π°Π΄Π° ΠΏΠΎΠ΄Π΅Π»ΠΈΡ‚ΡŒΡΡ Ρ…ΠΎΡ€ΠΎΡˆΠ΅ΠΉ Π½ΠΎΠ²ΠΎΡΡ‚ΡŒΡŽ: сСгодня Π² УзбСкистанС Π½Π°ΠΊΠΎΠ½Π΅Ρ† Π·Π°Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚Π°Π»ΠΈ Apple Pay ΠΈ Google Pay.

October 27, 09:46
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov hamda o'rinbosarlari tomonidan "Xalq qabulxonasi"da jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari reja jadvali
.
πŸ“
Manzil: Tuman Moliya bo'limi binosi
🌐
Telegram
πŸ“±
Instagram
πŸ“±
Web-site
πŸ“±
Facebook
πŸ“±
Youtube

October 27, 08:41
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Prezidentimiz
tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga
ishonch bildirdi.
–
Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman!
Bizning vazifamiz ana shu
iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini roβ€˜yobga chiqarish
uchun imkoniyat yaratishdan iborat
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Shu maqsadda
β€œTibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati
tashkil etildi. Mazkur platforma t
alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari
soβ€˜zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda roβ€˜yobga chiqarishga topshiriq berdi.
– Men bir narsani soβ€˜rayman:
har bir tibbiyot xodimi oβ€˜ziga savol bersin: β€œBugun inson salomatligi uchun kechagidan koβ€˜ra koβ€˜proq nima qila oldim?”.
Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak,
tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta oβ€˜zgarishlar boβ€˜ladi,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Xorijiy klinikalarda tajriba toβ€˜plagan
vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.
– Biz ularni oβ€˜zimizdagi shifoxonalarga olib kelib,
Yangi Oβ€˜zbekiston tibbiyotida oβ€˜z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni
yoβ€˜lga qoβ€˜yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Bunday mutaxassislarning oylik
ish haqiga 50 million soβ€˜mgacha ustama
toβ€˜lanadi.
Ish joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida
kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi.
Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Bu ishlar
26 ta ixtisoslashgan markazdan
boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili
5-10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga
mas’ul boβ€˜ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida soβ€˜z yuritib, ma’rifatparvar alloma
Abdurauf Fitratning β€œInsonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sogβ€˜ligβ€˜iga xizmat qilgan soha – ulugβ€˜roqdir” degan soβ€˜zlarini
esladi.
Tizimda
kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash
uchun 50 milliard soβ€˜m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil
1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga koβ€˜chib oβ€˜tadi.
Bu imkoniyat
yosh kadrlar
uchun ham joriy qilinadi: har yili
500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlangβ€˜ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan
olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qoβ€˜shimcha ustamasi 2 million soβ€˜mdan 4,5 million soβ€˜mga oshiriladi.
Bunday hududga ishga kirgan shifokorga
50 million soβ€˜m bir martalik ragβ€˜bat puli
ham beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Prezidentimiz
xususiy klinikalar soni
2017-yildagi 3,5 mingtadan
9 mingtadan ortiqqa yetganini
qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda
xususiy sektor oldinga oβ€˜tdi:
uning ulushi
stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni
tashkil etmoqda.
Shu bilan birga,
hududlar oβ€˜rtasida katta tafovut
saqlanib qolmoqda.
Andijon, Fargβ€˜ona, Namangan, Samarqand viloyatlari
va
Toshkent shahrida
xususiy klinikalarning
35-40 foizi statsionar oβ€˜rinlarga ega.
Qoraqalpogβ€˜iston, Sirdaryo, Jizzax
va
Navoiyda bu koβ€˜rsatkich 15 foizga ham yetmaydi.
Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tugβ€˜uruq komplekslari
kabi talab yuqori yoβ€˜nalishlarda
xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas.
Ushbu yoβ€˜nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi.
Yerlar
faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kelasi yildan
26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga
oβ€˜tiladi. Har bir direktor
sohaga yangilik kiritish, quyi boβ€˜gβ€˜in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish
boβ€˜yicha aniq majburiyat oladi.
Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar koβ€˜rsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi.
Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.
Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda
poliklinika faoliyatiga aholining oβ€˜zi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish
vazifasini qoβ€˜ydi.
Har bir
shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogβ€˜lanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon boβ€˜lishi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Prezidentimiz kelgusi yildan
kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yoβ€˜nalishlarda oβ€˜nta sun’iy intellekt tizimi
ishga tushirilishini ma’lum qildi.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish boβ€˜yicha yangi yechimlar joriy etiladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish koβ€˜lamini kengaytiradi.
Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qoβ€˜llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda
β€œEng yaxshi AT operatori” va β€œRaqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari
oβ€˜tkaziladi. Gβ€˜oliblar
100 million soβ€˜mdan mukofot
oladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Mamlakatimizda tibbiyotning turli yoβ€˜nalishlarida
shifokorlarning hamjamiyatlari
bor.
Prezidentimiz
ayrim assotsiatsiyalarda yangilanishga intilish yetishmayotganini
tanqid qildi. Ba’zilariga
uzoq yillar bir kishi rahbarlik qilib, boshqalarga yoβ€˜l ochilmayapti.
A’zolarning xorijda malaka oshirishi va ilgβ€˜or davolash usullarini joriy etishida assotsiatsiyalar faolroq boβ€˜lishi kerak.
Yaqinda qabul qilingan farmon bilan
assotsiatsiyalarga katta vakolatlar berildi.
Endi ularning rahbarlari
a’zolar tomonidan koβ€˜pi bilan ikki-uch yilga saylanadigan tizimga
oβ€˜tiladi.
– Oβ€˜ylaymanki, assotsiatsiyalar oβ€˜zining qurultoyini oβ€˜tkazib,
tizimga yangi muhit, β€œyangi qon” olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada oβ€˜zgarish qilishni boshlasa,
ayni muddao boβ€˜ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X