Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sardor Raximboyev

sardorraximboev
Ta'limga oid yangiliklar, xabarlar va savol-javoblar. https://www.instagram.com/sardor.raximboyev Natijalar: @pedagoginfo_bot
Subscribers
2 011
24 hours
1
30 days
-44
Post views
598
ER
29,74%
Posts (30d)
5
Characters in post
995
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 12:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Hafta_raqami
Akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan
pedagoglarning 52,4 foizi 40 yoşgaça
Akademik litseylarda ham pedagog kadrlarning yoş tarkibi ta’lim tizimining inson resurslari salohiyatini baholaşda muhim ko‘rsatkiçlardan biridir.
Bugungi kunda akademik litseylarda asosiy ştat va içki örindoşlik asosida jami
3 218 nafar pedagog
faoliyat yuritmoqda. Ularning
1 682 nafari
, ya’ni
52,4 foizi 40 yoshgacha
bölganlardir.
Şundan:
➖
796 nafar
— 30 yoşgaça;
➖
886 nafar
— 30–39 yoş.
Ushbu körsatkiçlar akademik litseylarda yoş kadrlar salmoği sezilarli ekanini hamda turli yoş toifalaridagi mutaxassislar ta’lim jarayonida faoliyat yuritayotganini körsatadi.
Tahlil Milliy reyting doirasida
73 ta akademik litseyda
faoliyat yuritayotgan pedagoglar töğrisidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

October 23, 16:55
Media unavailable
5
Show in Telegram

Азамат ака — Жамоатчилик кенгаши раиси!
Бугун,
Таълим сифатини таъминлаш миллий агентлиги (NQAAE) ҳузуридаги илк Жамоатчилик кенгашининг дастлабки йиғилиши бўлиб ўтди.
Йиғилишда профессор Азамат ака Акбаров кенгаш раиси этиб
сайланди
.
Маълумот учун, Президент Администрацияси ҳузуридаги агентликда Жамоатчилик кенгаши биринчи марта тузилмоқда. Таркибида олимлар ва университет раҳбарлари, ОАВ ва ижтимоий тармоқ вакиллари, касб-ҳунар таълими ва сунъий интеллект мутахассислари, ногиронлиги бор шахслар ташкилотлари, касаба уюшмаси ва маҳалла вакиллари бор.
Яъни тасаввур қилинг: таълим сифати ҳақида гапириш учун олимдан тортиб маҳалла вакилигача бир столга йиғилган.
Яшанг ака! Ишонч катта, масъулият ундан ҳам катта. Кенгаш ишларидан хабар бериб боринг ака!
👉
@Zafarbek_Solijonov

October 21, 05:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

21-oktyabr — O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
Til – bu shunchaki muloqot vositasi emas. U bolaligimizdagi ilk so‘zlar, onamizning allasi, qalbimizdagi eng samimiy tuyg‘ular va xalqimizning ko‘p asrlik xotirasidir.
O‘zbek tilida orzularimizni bayon etamiz, farzandlarimizga hayot saboqlarini beramiz.
Bu tilda buyuk ajdodlarimizning tafakkuri va xalqimizning bebaho ma’naviy merosi mujassam.
Ona tilimizni qadrlash, ravon so‘zlash va uning boy imkoniyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimiz ekanini unutmaylik.
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan barchamiz uchun esa bu mas’uliyat yanada kuchli zero, tilga hurmat, avvalo, ta’lim va tarbiya orqali avlodlar qalbiga singadi.
Ona tilimizning doimo qadri baland bo‘lsin!
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

October 12, 05:14
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Scopus bo‘yicha O‘zbekistonda toifalar kesimida TOP-5 oliygohlar
Milliy reyting doirasida 2025-yilda Scopus ma’lumotlari asosida
oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi va xalqaro iqtibos ta’siri
tahlil
qilindi.
Bunda oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi nafaqat nashrlar soni, balki ilmiy sifat va xalqaro iqtibos ta’siri nuqtayi nazaridan ham baholandi.
Tahlilga ko‘ra,
har 100 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan ilmiy nashrlar soni:
➖
TOP–1000ga kirgan universitetlarda –
71,4 ta
;
➖
ijtimoiy-gumanitar oliygohlarda –
37,5 ta
;
➖
amaliy oliygohlarda –
33,2 ta;
➖
tibbiyot oliygohlarida –
20,5 ta;
➖
ijod (sport) oliygohlarida –
1,3 tani
tashkil etgan.
Har bir oliy ta’lim tashkilotining natijalari tegishli ko‘rsatkichlar asosida umumlashtirilib, ballarda ifodalandi
. Infografikalarda har bir oliygohning toifa bo‘yicha egallagan o‘rni bilan birga to‘plagan bali ham aks ettirilgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy nashrlar faolligiga oid batafsil sharh bilan ushbu
havolada
tanishishingiz mumkin.
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

October 08, 05:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Hafta_raqami
Texnikumlarda pedagoglarning qariyb 60 foizi — 40 yoshgacha
Bugun kasbiy ta’lim tizimida yosh, zamonaviy yondashuvlarga ochiq pedagoglar ulushi yuqori ekanligini quyidagi raqamlarda ko'rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi texnikumlarda
27 911 nafar pedagog
faoliyat yuritmoqda. Ularning
16 424 nafari
, ya’ni
58,9 foizi
40 yoshgacha
bo‘lgan pedagoglardir.
Shundan:
➖
8 556 nafar —
30 yoshgacha
;
➖
7 868 nafar —
30–39 yosh
.
Bu ko‘rsatkich kasbiy ta’lim tizimida yosh mutaxassislar avlodining faol shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida esa 40 yoshgacha bo‘lgan pedagoglar ulushi
Navoiy viloyatida
—
67 foiz
,
Buxoro viloyatida
—
66,7 foizni
tashkil etmoqda.
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

September 25, 08:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qonliko‘ldan keldi bir oddiy ustoz,
Qo‘lida bo‘r changi, dilida quyosh.
«Rahmat» deganida titradi ovoz,
So‘zidan oldinroq so‘zladi ko‘z yosh.
Birovning bolasin bolam deb suydi,
Kechalar daftarlar bo‘ldi hamrohi.
Har bitta harf uchun ko‘z nurin quydi,
Bo‘r tutgan qo‘llari — mehnat guvohi.
Har tuman, shahardan bir ustoz bugun,
«Yil o‘qituvchisi» degan nom oldi.
El aro shunchalar aziz bo‘ldiki,
Bolalar ko‘ngliga bir orzu soldi.
Olti yuz o‘n olti million so‘mdan
Mehnatga munosib mukofot bo‘ldi.
Ikki yuz sakkizta ustoz qalbiga
Bir yurtning ishonchi, mehri ham to‘ldi.
— Ellik ming dollar-a! — dedi muallim,
Kulgisi yarashdi nurli yuziga.
— Rahmat, Prezidentim! — deganida ham,
Elning ming rahmati sig‘di so‘ziga.
Ko‘rmagan edik-ku bunday mukofot,
Bir uyning eshigi baxtga ochildi.
Halol mehnat bilan yashnadi hayot,
Ustozning ko‘ngliga quyosh sochildi.
Muallim e’zozda turgan diyorda,
Bolaning ko‘nglida orzu so‘lmaydi.
Bu kundan bir hikmat qolsin dunyoga:
Ustoz qadrin bilgan yurt kam bo‘lmaydi!
Kanallarimizga ulanish:
😄
Instagram
😀
Telegram

September 22, 06:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?
Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi
tahlil
qilindi.
Bunga ko‘ra respublikada
eng ommabop yo‘nalish
–
avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish
ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga
249 130 nafar
o‘quvchidan
50 208 nafari
, ya’ni
20,2 foizi
hujjat topshirgan.
Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:
➖
Toshkent shahrida –
kompyuter tizimlarida dasturlash
;
➖
Samarqand viloyatida –
sartaroshlik
;
➖
Surxondaryo viloyatida –
qutqaruvchilik
;
➖
Farg‘ona viloyatida –
tikuvchilik
mahsulotlari dizayni
;
➖
Toshkent viloyatida –
kimyoviy ishlab chiqarish laboranti
;
➖
Navoiy viloyatida –
foydali qazilmalarni maydalash va saralash
.
Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu
havolada
tanishishingiz mumkin.
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

September 18, 15:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

BSI: Qizlar tezroq ish topadi, yigitlarda esa maosh ko‘proq. Raqamlar yana nimani ko‘rsatmoqda?
Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.
Natijalar qiziq manzarani ko‘rsatmoqda.
BSI natijalariga ko‘ra
,
qizlar o‘rtasida
bandlik darajasi
85,1 foiz
,
yigitlarda esa 80,4 foizni
tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha
2 oyda
, yigitlar esa
3 oyda
ishga joylashgan.
Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha:
yigitlarda bu ko‘rsatkich
6 mln so‘m
, qizlarda esa
3,9 mln so‘mni
tashkil qilgan.
Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan
TOP-5 sohalar
tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:
Qizlarda:
➖
Transport xizmatlari;
➖
matematika va statistika;
➖
ta’lim;
➖
biznes va boshqaruv;
➖
Gummanitar fanlar.
Yigitlarda esa:
➖
Biznes va boshqaruv;
➖
sog‘liqni saqlash;
➖
san’at;
➖
matematika va statistika;
➖
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan
platformada
batafsil tanishishingiz
mumkin.
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

September 12, 10:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

"Akkreditatsiya kadrlar tayyorlash jarayonini zamon talablari asosida baholash imkonini berdi"
Davlat akkreditatsiyasi universitet faoliyatini baholash bilan birga, ta’lim sifatini yanada takomillashtirish uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
Termiz davlat universitetining akademik faoliyat bo‘yicha prorektori O‘ral Ahmedov
davlat akkreditatsiyasi jarayoni, uning universitet faoliyatiga ta’siri va akkreditatsiyadan keyin erishilgan natijalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Videoda akkreditatsiya jarayoni qanday kechgani, universitet uchun eng muhim natijalar, akkreditatsiyadan keyin faoliyatda qanday o‘zgarishlar kuzatilgani, shuningdek, boshqa oliy ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyalar haqida so‘z boradi.
🎬
Videoni ushbu havolada tomosha qiling:
https://youtu.be/il_TEMGQtqk
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

September 11, 04:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇨🇳
Diqqat
!
Xitoyda grant asosida malaka oshirish imkoniyati
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Malayziya xalqaro madaniy aloqalar markazi (ICCCM) bilan hamkorlikda oliygohlarda ta’lim sifatini ta’minlashga mas’ul xodimlarni
"Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar”
xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.
Dastur
Xitoyning Chengdu shahrida
oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida ishtirokchilar uchun:
➖
Xitoyda oliy ta’limni rivojlantirish tarixi va milliy strategiyalar;
➖
oliy ta’limni boshqarish tizimi va boshqaruv mexanizmlari;
➖
ta’lim sohasida liderlik va xalqaro boshqaruv;
➖
ta’lim tashkilotlariga amaliy tashriflar;
➖
xalqaro tajriba almashinuvi va professional muloqotlar tashkil etiladi.
Dasturda ishtirok etish mutlaqo BEPUL
.
✈️
Ishtirokchilarning aviaparvoz, yashash, ovqatlanish va dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq asosiy xarajatlari ICCCM tashkiloti tomonidan to‘liq qoplanadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Oliygohlarda
ta’lim sifatini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar
.
Ishtirokchilarni saralash jarayoni
sun’iy intellekt bilan
ingliz tilida suhbat
yordamida
ushbu havola orqali
amalga oshiriladi.
🌏
Bu shunchaki safar emas.
Balki xalqaro tajribani bevosita o‘rganish, yangi professional bilim va aloqalarga ega bo‘lish hamda o‘z oliy ta’lim tashkilotingizga sifatni oshirishga xizmat qiladigan yangi yondashuvlarni olib kelish imkoniyati.
Ta’lim sifati sohasida xalqaro tajriba oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook