Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sardor Raximboyev

sardorraximboev
Ta'limga oid yangiliklar, xabarlar va savol-javoblar. https://www.instagram.com/sardor.raximboyev Natijalar: @pedagoginfo_bot
Подписчики
2 330
24 часа
30 дней
-80
Просмотры
527
ER
22,62%
Посты (30д)
9
Символов в посте
890
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 11, 18:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Navbatdagi oliygohlarning ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi
Yana 2 ta oliygohda
ta’lim dasturlari bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari amalga oshirildi. Bunga ko‘ra, quyidagi ta’lim dasturlari belgilangan
talab va mezonlarga
muvofiq deb topildi:
Toshkent kimyo-texnologiya
instituti
:
Bakalavriat (1 ta ta’lim dasturi):

Biologiya.
Jizzax politexnika
instituti
:
Bakalavriat (4 ta ta’lim dasturi):

Dizayn: kostyum dizayni;

Bank ishi;

Biznesni boshqarish;

Bank ishi (masofaviy).
Akkreditatsiya jarayonlari
5 nafar mahalliy va 5 nafar
xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 10, 10:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Yana
bir qator oliygohlarning ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi
3 ta
oliygohning ta’lim dasturlari bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari amalga oshirildi.
Bunga ko‘ra, quyidagi ta’lim dasturlari belgilangan
talab va mezonlarga
muvofiq deb topildi:
Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat
universiteti
:
Bakalavriat
(1 ta ta’lim dasturi):

Biznesni boshqarish.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universiteti
:
Bakalavriat (2 ta ta’lim dasturi)
:

Dasturiy injiniring;

Transport vositalari muhandisligi;
Magistratura (1 ta ta’lim dasturi):

Sunʼiy intellekt.
Shahrisabz davlat pedagogika
instituti
:
Bakalavriat
(2 ta ta’lim dasturi):

Turizm va mehmondoʻstlik;

Kimyo.
Akkreditatsiya jarayonlari
10 nafar
, shundan
5 nafar
xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 09, 17:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetining ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi
U
niversitetning 13 ta bakalavriat ta’lim dasturi
bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari
amalga oshirildi
hamda barcha ta'lim dasturlari muvofiq deb topildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:

Iqtisodiyot;

Boshlang‘ich ta’lim;

Sun’iy intellekt;

Axborot xavfsizligi;

Yurisprudensiya;

Jurnalistika;

Turizm va mehmondo‘stlik;

Arxitektura;

Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili);

Filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili);

Filologiya va tillarni oʻqitish (yapon tili);

Filologiya va tillarni oʻqitish (arab tili);

Filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili).
Akkreditatsiya jarayonlariga
12 nafar mahalliy va 14 nafar xorijiy ekspert
jalb etildi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 09, 11:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Endi barcha oliygohlarda yuqori salohiyatli mutaxassislarga ega karyera markazlari faoliyati tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan bitiruvchilar bandligini ta'minlashga oid
taqdimotda
oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini professional darajada tashkil etish taklifi bildirildi.
Endilikda karyera markazlari xodimlarining kasbiy standartlari ishlab chiqilib, shu asosda ularni malakasini oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Faoliyati ularning shunchaki mavjudligi bilan emas, balki bitiruvchilarni ishga joylashtirishdagi aniq natijalari bilan baholanadi. Asosiy maqsad esa diplom va ish o‘rtasidagi masofani qisqartirish bo‘ladi.
Oliygohlarni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida karyera markazining faoliyati ham baholanadi. Bunda markazning mavjudligi, xodimlarning sertifikatlanganligi va
eng muhimi

bitiruvchilarni ishga joylashtirishga qo‘shgan amaliy hissasi
inobatga olinadi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebooke

June 08, 16:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bitiruvchi sifati indeksi joriy etiladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga oid
taqdimotda
oliygohlari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmi —
Bitiruvchilar sifat indeksini joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar
belgilab olindi.
Endilikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning yangi mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etilmoqda.
Mazkur indeks nafaqat bitiruvchilarning ishga joylashganligini, balki ularning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati va kasbiy faoliyati sifatini ham baholash imkonini beradi.
Indeks quyidagi asosiy mezonlar asosida shakllantiriladi:

ishga joylashish tezligi;

barqaror mehnat faoliyati;

o‘rtacha daromad;

umumiy bandlik darajasi.
Indeks inson omilisiz
10 ta davlat axborot tizimi
(HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqalar) bilan integratsiyada avtomatik shakllanadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchilar
(yetim, nogironligi bo‘lganlar) natijalari 2 baravar koeffitsiyent bilan hisoblanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliygohlar har yili mazkur ko‘rsatkichlar asosida baholab boriladi. Baholash tegishli toifadagi ta’lim tashkilotlari kesimida har yili 1-iyuldan keyin, o‘tgan yilning 1-iyulidan joriy yilning 30-iyunigacha bo‘lgan davr natijalari asosida amalga oshiriladi.
Indeks natijalariga ko‘ra mamlakatdagi eng yaxshi natija qayd etgan
TOP-20
oliy ta’lim muassasasi
500 million so‘m
miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Dastlabki indeks natijalari joriy yilning avgust oyida e'lon qilinishi kutilmoqda.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 06, 17:56
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Olmaliq davlat texnika institutining 8 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi
Olmaliq davlat texnika institutining
8 ta bakalavriat ta’lim dasturi
maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlaridan o‘tkazildi hamda barcha ta'lim dasturlari talabga muvofiq deb topildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari
ro‘yxati
:
✔️
Qurilish muhandisligi;
✔️
Arxitektura;
✔️
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
✔️
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
✔️
Axborot tizimlari va texnologiyalari;
✔️
Kompyuter injiniringi;
✔️
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;
✔️
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
Akkreditatsiya jarayoni 20 nafar, shundan 10 nafar xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 06, 15:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Farg‘ona davlat universitetida maxsus davlat akkreditatsiyasi amalga oshirildi
Farg‘ona davlat universitetining
10 ta ta’lim dasturi
maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilib,
8 tasi muvofiq
,
2 tasi muvofiq
emas
deb topildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari ro‘yxati
:
Bakalavriat (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
✔️
Mexatronika va robototexnika;
✔️
Biotexnologiya;
✔️
O‘simliklar himoyasi va karantini
Magistratura (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti;
✔️
Buxgalteriya hisobi;
✔️
O‘zbek tili va adabiyoti;
✔️
Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti
Akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim dasturlari:
✔️
Veterinariya meditsinasi;
✔️
Biznes huquqi
Maxsus akkreditatsiya tadbirlari
20 nafar,
shu jumladan
10 nafar xorijiy ekspert
tomonidan amalga oshirildi.
English










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

June 03, 08:24
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

💥
Ayni damda Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida
“Tamoyildan amaliyotgacha: oliy ta’lim tashkilotlarida sifatni ta’minlash boshqaruvi va xalqaro akkreditatsiyaga eltuvchi yo‘l”
mavzusida xalqaro seminar-trening o’z ishini boshladi.
Germaniyaning FIBAA xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda
200 dan ortiq oliygoh rahbarlari, mutaxassislar va xalqaro ekspertlar
ishtirok etmoqda.










☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook

May 26, 18:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#tabrik
🌙
Barchamizga
Iyd al-Ahzo — Qurbon hayiti
muborak boʻlsin.
Kanallarimizga ulanish:
😄
Instagram
😀
Telegram

May 12, 14:26
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Xalqarohamkorlik
🌍
O‘zbekiston global ta’lim maydonida: London forumi qanday yangi imkoniyatlar ochmoqda?

Londonda o‘tgan
“Deep Dialogues – Business as Un-usual”
xalqaro forumi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun muhim strategik platformaga aylandi.
22 davlatdan
xalqaro darajadagi ekspertlar ishtirok etgan mazkur maydonda ta’lim tashkilotlarining kelajakdagi chaqiriqlari muhokama qilindi.
👍
Forumda O‘zbekiston uchun muhim yo'nalishlar muhokama qilindi. Xususan:

akkreditatsiya va tashqi baholash jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb qilish;

sifatni ta’minlash sohasi mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

transmilliy ta’lim va chegaralararo sifatni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish;

shaffof, dalillarga asoslangan va xalqaro darajada taqqoslanadigan akkreditatsiya amaliyotlarini rivojlantirish.

Forum doirasida
Agentlik University of York, SOAS University of London, King's College London, University College London
kabi tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishdi.
📌
Natijada
xalqaro akkreditatsiya imkoniyatlari
kengaytirish,
akademik mobillik ko
'lamini oshirish va
universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligi
oshirish borasidagi ishlar yanada jadallashtiriladi.
🔁
English










👍
Batafsil
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook