
𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑
25-aprel, I smena esse mavzusi:
So‘nggi yillarda ta’limdagi muammolarni hal etish maqsadida malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu masala turli qarashlarga sabab bo‘lmoqda:
• Ayrimlar ularning til egalari sifatida xorijiy tillarni samarali o‘rgatishini ta’kidlaydi.
• Boshqalar esa ularga mahalliy mutaxassislarga nisbatan yuqori maosh berilayotganidan norozi.
25-aprel, II smena esse mavzusi:
Ayrimlar tarixiy obidalarni saqlashga va taʼmirlashga mablagʻ ajratish kerakligini aytishsa, boshqalar unga ajratishdan koʻra jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga mablagʻ ajratish kerakligini aytishadi.
26-aprel I smena esse mavzusi:
Ayrimlar moliyaviy barqarorlikka erishish uchun davlat tashkilotlarida ishlash lozim ekanligini ta'kidlasa, ba'zilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish lozim deb hisoblaydi.
26-APREL II smena esse mavzu:
Ba‘zilar bir kasbda muntazam ishlashni afzal koʻrishsa, ayrimlar zamonaviy dunyo ish oʻrinlarini tez-tez almashtirishini talab qilishini takidlashadi.
⚡️
25-aprel, I smena, badiiy asarlar:
- “Oq kema” qissasi;
- “Evrilish” hikoyasi;
- “Temir xotin” dramasi;
- she’rlar.
Agar bu ma’lumot ham asosli boʻlsa, badiiy asarlarga doir tavsiyalarimiz ham oʻzini oqlashni boshlagan boʻladi!
🔥
🔥
🔥
YANGI SO'ZLAR IZOHI.
📌
📌
📌
TESTOLOGLAR MANBASI ASOSIDA SHAKLLANTIRILDI
✳️
Aksiya- yalpi harakat
✳️
Lokatsiya- joylashuv
✳️
Negativ- salbiy
✳️
Simptom-belgi, alomat
✳️
Trevoga- xavotir, bezovtalik
✳️
Progress- ilg'or
✳️
Servis- xizmat, xizmat ko'rsatish
✳️
Platforma- tizim
✳️
Konsultatsiya- maslahat
✳️
Akkaunt- shaxsiy sahifa
✳️
Auksion- kimoshdi
19.Quyida berilgan qaysi so‘zlar bir-biriga muvofiq tarzda joylashtirilmagan?
A) motivatsiya
➡️
rag‘bat
B) lider
➡️
yo‘lboshchi
C) format
➡️
shakl, ko‘rinish
D) servis
➡️
ustaxona
17.Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi so‘zlar nutqda qattiq so‘zi bilan ma'nodoshlik qila oladi?
[1] mahkam
[2] qalin
[3] zo‘r
[4] qiyiq
[5] ziqna
A) 1, 4, 5
B) 1, 2, 4
C) 2, 3, 5
D) 1, 3, 5
18.Qaysi javobda ma'nodosh iboralar juftligi berilgan?
A) bahridan o‘tmoq — gapidan qaytmoq
B) qo‘sha qarimoq — boshi ikkita bo‘lmoq
C) xayolidan ko‘tarilmoq — esidan chiqmoq
D) hushini olib qo‘ymoq — boshini aylantirmoq
14.Quyida berilgan qaysi so‘zlar bir-biriga muvofiq tarzda joylashtirilmagan?
A) taktika
➡️
usul, yo‘l
B) innovatsiya
➡️
yangilik, ixtiro
C) konsultatsiya
➡️
tibbiy ko‘rik
D) resurs
➡️
manba
16.Quyida berilgan qaysi so‘zlar bir-biriga muvofiq tarzda joylashtirilmagan?
A) platforma
➡️
qurilma
B) proyekt
➡️
loyiha
C) analiz
➡️
tahlil
D) strategiya
➡️
yo‘l-yo‘riq, reja
13.O‘zaro ma'nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlar berilgan javobni belgilang.
A) faraz
↔️
taxmin
↔️
mavhum
B) taraddud
↔️
tayyor
↔️
shay
C) og‘ush
↔️
quchoq
↔️
bag‘ir
D) tetik
↔️
bardam
↔️
sergak
15.So‘zlar hamda ularning izohlarini o‘zaro muvofiqlashtiring.
1.mufassal
2.muvaqqat
3.muttasil
a) bir-biriga ulanib ketgan, uzluksiz, to‘xtovsiz jarayon;
b) sodir bo‘lgan voqea, hodisa, yuz bergan jarayon;
c) voqea-hodisaning butun tafsiloti, mayda-chuydasigacha qamrab olish;
e) vaqtincha, qisqa, doimiy bo‘lmaganlik holati.
A) 1-e, 2-d, 3-c
B) 1-c, 2-e, 3-a
C) 1-c, 2-d, 3-a
D) 1-b, 2-a, 3-c