
Seul Global Markazidagi tajribam
🎤
Murojaat xati bo'yicha jonli suhbat
Koreyadagi yurtdoshlarimizning hayotini yana ham yaxshilash, yillar davomida qayta-qayta duch kelinaveradigan muammolarga tizimli yechim berish tashabbusi bo'yicha bir guruh faollar harakat qilishdi.
Buning uchun avval fikr va takliflar qabul qilindi, o'rganildi va tahlil qilinib, Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiylari ajratib olindi.
Muammo va takliflar keng yoritilib, asoslantirilib, katta
rasmiy murojaat xati
ko'rinishiga keltirildi va bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan Koreyadagi yurtdoshlarimiz nomidan tegishli davlat tashkilotlariga yuborildi.
Mana shu tashabbus bo'yicha 2026.08.30 (yakshanba) kuni onlayn jonli suhbat o'tkazishni rejaladik.
👉
Jonli suhbat qayerda bo'ladi?
https://t.me/SalomKoreya?videochat
Telegram guruhida.
-
Qachon bo'ladi?
2026.08.30 (yakshanba) kuni Koreya vaqti bilan soat 22:00 da.
Hamma faollarni taklif qilib qolamiz.
D-2 TALABALIK VIZASI QOIDALARIDAGI O‘ZGARISH
Amalga kirish sanasi:
2026-yil 3-avgustdan boshlab
Homiladorlik, tug‘ruq yoki
1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish
sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar
D-2 vizasini saqlab qolgan holda Janubiy Koreyada yashashni davom ettirishlari mumkin.
ASOSIY O‘ZGARISHLAR
- D-2 vizasi o‘z kuchida saqlanadi.
- Tibbiy sug‘urtadan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.
- Viza turini o‘zgartirmasdan, keyinchalik o‘qishni davom ettirish mumkin.
KIMLARGA TEGISHLI?
Homiladorlik,
tug‘ruq
yoki
1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish
sababli
universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar. (Oldingi nizom bo'yicha homiladorlik sabab ham akademik ta'til olinsa 14kun ichida Koreyadan chiqib ketishi kerak edi.)
RUXSAT ETILADIGAN MUDDAT
Koreyada qolish muddati
ko‘pi bilan 1 yilgacha
uzaytiriladi.
Agar 1 yildan ortiq akademik ta’til zarur bo‘lsa, viza turini o‘zgartirish yoki o‘z mamlakatiga qaytib, tegishli shartlar bajarilgandan keyin Koreyaga qayta kirish kerak.
TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR
- Homiladorlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma
- Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi
- Bolaning sog‘liq daftarchasi
- Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjat((nikoh guvohnomasi
📑
)
- Universitetdan akademik ta’til olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
E’TIBOR BERING
Agar akademik ta’tilga chiqish vaqtida vizaning qolgan amal qilish muddati
1 yildan ortiq bo‘lsa, yashash muddati 1 yil qilib belgilanadi.
Bunday holatda
viza muddatini o‘zgartirish uchun qo‘shimcha davlat boji olinmaydi.
📌
Eslatma:
Ushbu ma’lumot hozircha alohida rasmiy hujjat yoki e’lon shaklida
HiKorea saytiga joylashtirilmagan
. 1345 Immigratsiya maslahat markaziga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu tartib bo‘yicha og‘zaki ma’lumot olish mumkin.
HiKorea saytida nima sababdan e’lon qilinmaganini so‘raganimda,
bu ma’lumot ularga ham ichki tartibda taqdim etilgan material (내부 자료) ekanligi
haqida javob berildi.
Shunga qaramay, ushbu tartib bo‘yicha
tegishli hujjatlarni tayyorlab, immigratsiya idorasiga ariza topshirish mumkin.
※ Ariza topshirishdan oldin o‘z holatingiz bo‘yicha
1345 orqali yana bir bor aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.
Rostdan ham juda g‘alati holat. Nega ishchi qonuniy ravishda ish joyini o‘zgartirgani uchun jarima to‘lashi kerak?
E-9 tizimida 사업장 변경 (ish joyini almashtirish) qonunda belgilangan holatlarda ruxsat etilgan. Shunday ekan, ishchini katta miqdordagi jarima bilan qo‘rqitib, bir ish joyida ishlashga majburlash juda noto‘g‘ri.
Noqonuniy ravishda ish joyini tashlab ketishning oldini olish kerak, albatta. Lekin buning yechimi oyiga 2 000 dollar jarima solib, ishchini bir joyda ishlashga majburlash emas.
Menimcha, bu juda noto‘g‘ri tatbiq qilingan tartib.
KOREYA MEHNAT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTONDAN E-9 ISHCHILARIGA QO‘YILAYOTGAN “ISH JOYINI ALMASHTIRISH JARIMASI”NI BEKOR QILISHNI TALAB QILMOQDA
2026-yil 8-avgust kuni Koreya Mehnat va bandlik vazirligi (고용노동부) O‘zbekistonlik E-9 ishchilari bilan bog‘liq masala yuzasidan rasmiy pozitsiyasini bildirdi.
Koreya OAVlari xabariga ko‘ra, ayrim
O‘zbekistonlik ishchilar Koreyaga kelishdan oldin imzolagan hujjatlarda Koreyada ish joyini almashtirgan yoki tark etgan taqdirda oyiga 2 000 AQSh dollarigacha jarima to‘lashi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Koreya Mehnat vazirligi bunga jiddiy e’tiroz bildirib, agar bu ma’lumotlar haqiqat bo‘lsa, bunday tartib:
— 고용허가제 (EPS) tizimi maqsadiga zid bo‘lishi;
— E-9 ishchisining qonuniy 사업장 변경 (ish joyini almashtirish) imkoniyatini asossiz cheklashi;
— hatto 인신매매 (odam savdosi) bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.
6-avgust kuni Koreya Mehnat vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan uchrashib, ushbu tartibni zudlik bilan tuzatishni talab qilgan. Endi O‘zbekistonning tegishli migratsiya organiga rasmiy talab ham yuborilishi va vaziyat nazorat qilib borilishi aytilmoqda.
Koreyada E-9 vizasi bo‘yicha ish joyini almashtirish qoidalari bekor qilingan yoki butunlay o‘zgargan emas. Gap O‘zbekiston tomoni tomonidan qo‘yilayotgan qo‘shimcha jarima va cheklovlar haqida ketmoqda.
E-9 vizasida ishlayotgan tanishlaringizga tezda tarqatib qo‘ying!
#oʻzimiznikilar
30-son: “Koreyadan ketib, boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirayotgan O‘zimiznikilar”
—
Begzodbek Kambarov
—
Gulnoza Qo’ldosheva
—
Ibrohim Xakimjonov
— Xalima Rahmatova
—
Azamjon Abdurashidov
—
Gavharoy Juraeva
Janubiy Koreyada boshlangan ta’lim yo‘li ba’zi vatandoshlarimiz uchun boshqa mamlakatlarda davom etmoqda. Ular yangi muhit, yangi ta’lim tizimi va yangi imkoniyatlar sari qadam tashlab, o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitmoqda.
Kimdir Koreyada olgan bilimlarini boshqa davlatdagi universitetda davom ettirmoqda. Kimdir xalqaro muhitda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda. Yana kimdir esa o‘zining ta’lim va karyera yo‘lini yangi mamlakatda qurmoqda.
Bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chish — shunchaki manzilni o‘zgartirish emas;
Bu —
yangi imkoniyatlarga jur’at bilan qadam qo‘yish.
Bu —
o‘z ustida ishlash va chegaralarni kengaytirish.
Bu —
qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z maqsadi sari intilish.
Koreyadan boshlangan yo‘lili dunyoning boshqa nuqtalarida davom etayotgan
O‘zimiznikilar
ning hikoyalari kimningdir yangi qadam tashlashiga sabab bo'lgay.
Loyiha hamkori IMAN.
Ongli moliyaviy qarorlar qiling —
IMAN x Korea
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
Assalomu alaykum!
Sukut bu rozilik emas.
Lekin sukut bu boshqalarga:
"Mening muammoim yo'q"
degani.
Aslida esa muammolar bor va ko'p!
Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k.
🔸
Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va
takliflarni yig'dik
,
🔸
Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik.
🔸
Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik.
🔥
Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz.
🤐
Bir imzo untiladi.
✍️
Ming imzo talabga aylanadi.
✊
O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi.
"Koreya+Markaziy Osiyo"
sammiti yaqinlashmoqda. Vaqt kam qoldi.
Ushbu postga ilova qilgan xat (pdf fayl)ni o'qib chiqing. Qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi bot orqali imzo qo'ying:
➡️
https://t.me/birdamlikbot
⬅️
Imzolarni 23-avgustgacha yig'amiz. Keyin xatni yuboramiz.
Koreyadagilarga ulashing. Maksimal repost qiling.
🙌
Bu safar sukut qilmang!
#koreyadagilar
#tarqating
#muhim
#birdamlik
—————
Koreyada yashayotganlar uchun muhim eslatma!
Bu oy ko‘pchilikning uyiga
주민세 (mahalliy rezident solig‘i)
to‘lov qog‘ozi keladi. Kelgan bo‘lsa, albatta vaqtida to‘lab qo‘ying.
Viza muddatini uzaytirish yoki viza turini o‘zgartirish vaqtida Immigratsiya
sizning soliq va 건강보험료 qarzdorligingiz bor-yo‘qligini tekshiradi.
Rasmiy tartibga ko‘ra:
출입국관리공무원이 관계부처에서 보낸 체납정보를 활용하여 비자 연장 등을 신청하는 외국인의 세금 · 건강보험료 체납여부를 확인하고,체납이 있는 경우 출입국관리공무원의 납부 안내에 따라 체납액을 모두 납부하면 정상적으로 비자연장이 가능하지만, 미납 시에는 비자연장을 제한함으로써 체납액 납부를 유도합니다.
출입국관리공무원 tegishli davlat idoralaridan yuborilgan qarzdorlik ma’lumotlari orqali viza uzaytirish va boshqa arizalarni topshirayotgan xorijliklarning soliq hamda sog‘liq sug‘urtasi qarzdorligini tekshiradi.Agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, Immigratsiya xodimining ko‘rsatmasiga binoan qarzdorlikning barchasi to‘lansa, viza odatdagi tartibda uzaytirilishi mumkin.
Ammo qarzdorlik to‘lanmasa, viza muddatini uzaytirishga cheklov qo‘yilishi ham mumkin.
Shuning uchun ayniqsa quyidagilarni tekshirib qo‘ying:
🔹
건강보험료 — sog‘liq sug‘urtasi
🔹
주민세 등 지방세 — 주민세 va boshqa mahalliy soliqlar
🔹
자동차세 — avtomobil solig‘i
Qarzdorlik miqdori kichik bo‘lsa ham, uni e’tiborsiz qoldirmagan ma’qul. Viza uzaytirish yoki o‘zgartirishdan oldin barcha qarzdorliklarni tekshirib, imkon qadar to‘liq to‘lab qo‘ying.
📱
Soliq qarzdorligini Wetax orqali tekshirish mumkin.
🏢
Yoki yaqin atrofdagi 주민센터 / 시·군·구청 ga borib tekshirtirishingiz mumkin.
Viza topshirish oldidan faqat hujjatlarni emas, soliq va sug‘urta qarzdorliklarini ham tekshirishni unutmang.
📱
FORS365 - chet ellik ishchilar uchun mehnat havfsizligi va sog'liqni saqlash mobil ilovasi
Koreyada xavfsiz va sog'lom ishlash uchun chet ellik ishchilarga mo'ljallangan mehnat xavfsizligi va sog'liq bo'yicha mobil ilova mavjud.
✅
Mobil ilovada asosiy mehnat xavfsizligi va sog'liqni saqlash bo'yicha ta'lim va bu bo'yicha onlayn kurslargacha hammasi bepul taqdim etiladi.
✅
Foydali kontentlar 17 ta tilda, shu jumladan, o'zbek tilida ham bor.
✅
Rasmdagi QR-kodni skanerlab yoki quyidagi linklar orqali ilovani o'rnatib foydalanishingiz mumkin:
👉
Android uchun: [
LINK
]
👉
iOS uchun:
[
LINK
]
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉
t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉
t.me/SalomKoreya
❤️🔥
❤️🔥
❤️🔥
✉️
Taklif bering!
✉️
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi.…
❤️🔥
❤️🔥
❤️🔥
✉️
Taklif bering!
✉️
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi.…