
Seul Global Markazidagi tajribam
Президент жаҳон чемпиони бўлган ёш муҳандисларни мукофотлади
Робототехника бўйича Ўзбекистон терма жамоаси 190 га яқин давлат вакиллари иштирокида Кореяда бўлиб ўтган First Global Challenge мусобақасидаги барча ўйинларда ғалаба қозониб, чемпион бўлди.
Президент Шавкат Мирзиёев жамоа аъзолари ва мураббийларни тақдирлаш тўғрисида фармон имзолади.
👉
https://kun.uz/kr/38007168
Kun.uz расмий канали
📣
Chet elda o'qishni bitirgan va bitirayotganlar uchun davlat tashkilotlarida ish taklifi
👨🏻🎓
👩🏻🎓
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
tomonidan xorijning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan va olayotgan istiqbolli kadrlarni kelajak faoliyatida o'stirish bo'yicha ma'lumot yig'ilyapti.
Yig'ilgan ma'lumot asosida mutaxassis kadrlarni tegishli davlat vazirliklari va idoralari bilan bog'lash rejalangan.
Agar siz chet eldagi nufuzli oliy ta'lim muassasasini bitirgan yoki bitirish arafasida turgan mutaxassis bo'lsangiz va kelajakda davlat tashkilotida faoliyat olib borib, sohangiz bo'yicha ishlash maqsadingiz bo'lsa, ushbu postga ilova qilingan namunadagi kabi shaxsiy ma'lumotlaringizni onlayn forma orqali to'ldirib yuborishingiz mumkin.
🖥
Onlayn forma uchun link:
👉
[
LINK
]
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉
t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉
t.me/SalomKoreya
O‘ZBEKISTON JAMOASI — BIRINCHI O‘RINDA!
O‘zbekiston Milliy Robototexnika Terma Jamoasi Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge xalqaro musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada yoshlarimiz o‘z bilimlari, muhandislik salohiyati va mahoratini namoyon etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildilar.
Yoshlarimizning ushbu yutug‘i barchamiz uchun katta faxr! G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
«Haftada bir marta dars, qolgan kunlari bemalol ishlaysiz», deb reklama qiladigan konsaltingchilarga endi ishonmanglar.
Hujjatda 2027-yilning birinchi yarmidan talabalarning o‘qishidan ko‘ra ishlashiga qulaylashtirilgan ta’lim dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilishi aytilgan.
Ayniqsa:
▪️
Onlayn darslar hisobiga universitetga kelish kunlari kamaytirilgan dasturlar;
▪️
Noqonuniy ishlayotgan talabalar ko‘p aniqlangan kechki va dam olish kunlaridagi dasturlar;
▪️
Talabalari asosan bitta davlatdan bo‘lgan yoki tarjimon orqali dars o‘tish kabi usullar bilan tartibsiz tashkil etilgan ingliz tilidagi yo‘nalishlar tekshiriladi.
Universitet akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lsa ham, tekshiruv natijasida tegishli yo‘nalishga viza berishdagi imtiyozlar to‘xtatilishi mumkin.
Kechki, dam olish kunlaridagi va ingliz tilidagi dasturlarga ham alohida shartlar belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Universitet tanlashda «necha kun dars bo‘ladi?» degan savol bilan cheklanib qolmanglar. Ta’lim dasturi va viza talablarini ham tekshiringlar.
2026-yilning ikkinchi yarmidagi Koreya talabalik vizasi bo‘yicha yangi siyosat — batafsil qo‘llanma
Koreya Adliya vazirligi xorijiy talabalar soni 400 mingga yetayotgan bir paytda viza siyosatini tubdan yangilamoqda. Endi asosiy e’tibor talabalarni jalb qilish bilan birga, ularning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
1. Koreyaga kirish bosqichi
① Koreys tilini yaxshi biladigan talabalar — TOPIK 4-daraja yoki Ijtimoiy integratsiya dasturining (KIIP) 4-bosqichi talabiga javob beruvchilar — viza olish uchun ariza topshirishda moliyaviy imkoniyatini tasdiqlashdan to‘liq ozod qilinadi.
② Noqonuniy qolishning oldini olish uchun ayrim mamlakatlarga nisbatan o‘qish xarajatlari uchun kafolat depoziti tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, ta’lim hujjatlarini tekshirish va xorijdagi ta’lim agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.
③ OECD mamlakatlari talabalari uchun “Gap year” — o‘qishdagi tanaffus davri talabalik vizasi (D-2-8) hamda “kelajak universiteti” uchun qisqa muddatli viza kabi yangi kirish yo‘nalishlari joriy etiladi.
2. Universitetda o‘qish va rivojlanish bosqichi
① Qo‘shimcha ishlashga ruxsat olish uchun ariza topshirishda universitet beradigan 시간제취업 확인서 — yarim stavkali ishlashni tasdiqlovchi hujjat orqali hujjat topshirish tartibi ancha soddalashtiriladi.
② Biroq talabalarni o‘qishga jiddiy e’tibor qaratishga undash maqsadida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berishdagi koreys tili talabi KIIP 3-bosqichigacha oshiriladi.
③ Ta’limdan ko‘ra ishlashga ko‘proq yo‘naltirilgan, darslari asosan dam olish kunlari, kechki payt yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga beriladigan viza imtiyozlari to‘liq bekor qilinadi.
3. O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish va doimiy yashashga o‘tish bosqichi
① Bitiruvdan keyingi D-10 ish qidirish vizasi bo‘yicha yashash muddati koreys tili darajasi va ishga tayyorgarlik holatiga qarab, ko‘pi bilan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu bitiruvchilarga ishga joylashish uchun barqaror tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
② Tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishidagi xorijiy talabalar ishlab chiqarish sohasiga ishga kirganda, ularning malakali ishchi vizasiga (E-7) o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, professional texnik magistratura — K-Tech Master Visa yo‘nalishi orqali D-2 talabalik vizasidan F-2 yashash vizasiga o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi.
③ Universitetlardagi OASIS bilan bog‘langan dasturlar orqali texnologik biznes tashkil etish va D-8-4 vizasiga o‘tishga ko‘maklashiladi. O‘z mamlakatiga qaytgan bitiruvchilar uchun esa ko‘p martalik “Koreyada tahsil olgan bitiruvchilarning tashrif vizasi” — Study Korea Alumni Visa joriy etiladi.
4. Xorijiy talabalarga ma’muriy yordam tizimi
① Hududiy immigratsiya idoralarining 5 tasida xorijiy talabalarning viza va yashash masalalarini qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ularda arizalarni ko‘rib chiqish ishlari bir joyda, yagona tartib asosida amalga oshiriladi.
② Sun’iy intellektga asoslangan onlayn platforma yaratiladi. Bu orqali talabalar immigratsiya idorasiga bormasdan va qog‘oz hujjat topshirmasdan murojaatlarini hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.
③ Talabalarga kasblar bo‘yicha malaka talablarini jamlagan ishga joylashish vizasi uchun tekshiruv ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich yuqoriroq viza maqomiga o‘tish yo‘llari ularning holatiga mos ravishda taqdim etiladi.
F-2-7 vizasiga o‘tishda qo‘shiladigan va ayriladigan ballar
Post Immigratsiya idorasining 2026-yil 18-sentabrdagi ko‘rsatmalariga asoslangan.
Volunteer faoliyat uchun qo‘shimcha ball:
●3 yil va undan ko‘p: kamida 18 marta va jami 150 soat — +7 ball.
●2 yildan 3 yilgacha: kamida 12 marta va jami 100 soat — +5 ball.
●1 yildan 2 yilgacha: kamida 6 marta va jami 50 soat — +1 ball. • 1 yildan kam bo‘lsa, ball berilmaydi.
Qonunbuzarlik uchun ayriladigan ballar
1. Immigratsiya qonunini buzganlik uchun jarima — 범칙금:
●500 ming vondan 1 million vongacha, 1 million kirmaydi — −10 ball.
●1 million vondan 3 million vongacha, 3 million kirmaydi — −20 ball.
●3 million von va undan ko‘p jarima yoki chiqib ketish buyrug‘i / deportatsiya qarori — −30 ball.
Jarimalar bo‘yicha ball ayrilishi jarima to‘langan kundan boshlab 3 yil davomida qo‘llanadi. Uch yil o‘tgach, ball ayrilmaydi. Chiqib ketish buyrug‘i yoki deportatsiya qarori bo‘yicha esa 5 yillik muddat hisobga olinadi.
2. Jinoyat ishi bo‘yicha sud tayinlagan jarima — 벌금형:
●2 million vondan kam — −20 ball, jazo qachon tayinlanganidan qat’i nazar.
●2 million vondan 3 million vongacha, 3 million kirmaydi — −30 ball, jazo qachon tayinlanganidan qat’i nazar.
●3 million von va undan ko‘p jarima, shartli hukm yoki qamoq jazosi:
Hukm chiqarilganidan keyin 3 yil ichida F-2-7 vizasiga o‘tib bo‘lmaydi. – 3 yil o‘tgan bo‘lsa — −40 ball.
QUVVAT FONDI — KOREYADAGI XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Koreyada tahsil olayotgan, boquvchisi yo‘q yoki turmush qurmagan talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichik
anonim fond
tashkil etildi.
Fond doirasida mavjud
500 000 won
mablag‘ quyidagi maqsadda yo‘naltiriladi:
Kimlar uchun?
Koreyada yashayotgan boquvchisi yo‘q yoki turmush qurmagan talaba qizlar uchun.
Qanday maqsadda?
Faqat:
• vizani uzaytirish;
• viza statusini o‘zgartirish
jarayonida yuzaga keladigan rasmiy to‘lovlarni qoplash uchun.
Fond miqdori:
500 000 won
Mablag‘ fond tugaguniga qadar murojaatlar asosida yo‘naltiriladi.
Amal qilish muddati:
2026-yil oktabr–noyabr.
📩
Murojaat uchun:
quvvatfond26@gmail.com
Ushbu kichik yordam orqali Koreyadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qiyin vaziyatda oz bo‘lsa-da ko‘mak berish — fondning asosiy maqsadidir.
Ushbu fond tashkilotchilari anonimlikni saqlashimizni so’rashdi. Qizlarimizdan behijolat murojaat qilishlarini so’raymiz!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
"
F-5 doimiy yashash vizasi uchun GNI daromad talabini yumshatish bo‘yicha petitsiyamiz
dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va
bugundan boshlab rasmiy elektron ovoz berish boshlandi!
Endi bizda
eng muhim va oxirgi bosqichlardan biri qoldi — 30 kun ichida 500 000 ta ovoz yig‘ish.
Bu shunchaki bitta odamning masalasi emas. Bu Koreyada o‘qib, ishlayotgan, kelajagini shu yerda qurayotgan
minglab chet elliklarning umumiy muammosi
.
Petitsiyada nima taklif qilinyapti?
Biz F-5 uchun GNI talabini hamma uchun bekor qilishni so‘ramayapmiz.
Aksincha, Koreyada:
oliy ta’limni tamomlagan;
KIIP (사회통합프로그램) 5-bosqichini tugatgan;
uzoq muddat qonuniy yashab, halol mehnat qilgan;
soliq va 4대보험ni muntazam to‘lab kelgan
chet elliklar uchun
GNI talabini yanada real va adolatli darajaga tushirish
, masalan, amaldagi mezonning
60–70%
darajasini qo‘llash yoki ta’lim, KIIP, yashash muddati, ish tajribasi, daromad, soliq va sug‘urta tarixini kompleks ravishda baholash tizimini joriy etish taklif qilinyapti.
Bu o‘zimiz uchun ham,
Koreya uchun ham foydali bo‘lgan taklif
deb hisoblayman.
Endi esa yolg‘iz bir odamning harakati yetarli emas.
Agar birlashsak, bir-birimizga yuborsak, share qilsak va befarq bo‘lmasak, 500 000 ovozni ham yig‘ishimiz mumkin, deb ishonaman!
Iltimos, atigi 2 daqiqa vaqtingizni ajratib, ovoz berib qo‘ying.
Sizga hozir F-5 kerak bo‘lmasligi mumkin. Balki allaqachon F-5 olgandirsiz. Lekin bugun siz bergan
bitta ovoz boshqa bir chet ellikning kelajagiga yordam berishi mumkin.
Iltimos butun Koreyada yashayotgan barcha chet ellik tanishlaringizga ham ushbu linkni boshqa tillarga o'girib yuboring.
Bu butun Koreyada qonuniy yashab, mehnat qilayotgan barcha chet elliklarning masalasi.
PETITSIYAGA OVOZ BERISH:
https://petitions.assembly.go.kr/proceed/registered/585E5314C0D65EDEE064B49691C6967B
O‘zbek tilidagi to‘liq tushuntirish: iloji bo'lsa boshqa tillarda ham tushintirib tarqataylik Facebook F2 / F5 gruppalarga yana bir bor tarqatishingizni ilitimos qilib qolamiz.
Iltimos, befarq bo‘lmang. Ovoz bering va kamida 2–3 kishiga yuboring. Birgalikda 500 000 ga yetkazaylik!
"
Assalomu alaykum, azizlar!
Koreyada o'z hissasini qo'shib yashayotgan chet-ellik fuqarolarning F-5 vizasini olishda GNI talabini yengillashtirish maqsadida petitsiya yozishgan ekan.
Mendan ham kanalga qo'yib berishimni iltimos qilishdi. Befarq bo'la olmadim.
Petitsiyaga ovoz berish vaqti
ertagacha ekan, ya'ni 10-oktyabrgacha ekan.
O'qib ko'ringlar, maqul ko'rsangiz ovoz berishingiz mumkin.
Quyida ular menga jo'natgan petitsiya haqida matn va linkni qoldiraman.
@seul_global_markazi
🖥
F-2-R vizasi uchun belgilangan har bir hudud bo'yicha hokimiyat linklari va ma'lumotlar
(2026-10-07)
"지역특화형 우수인재(F-2-R) 비자" 광역지방정부별 추천 대상자 모집 공고 링크 모음 안내
1. 부산
👉
[
LINK
]
2. 대구
👉
[
LINK
]
3. 경기
👉
[
LINK
]
4. 강원
👉
[
LINK
]
5. 충북
👉
[
LINK
]
6. 충남
👉
[
LINK
]
7. 전북
👉
[
LINK
]
8. 전남광주
👉
[
LINK
]
※ 고시공고 > 2026년 지역특화형 비자(F2R, F4R) 전환 대상자 모집 공고(9.23.)
9. 경북
👉
[
LINK
]
10. 경남
👉
[
LINK
]
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉
t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉
t.me/SalomKoreya