Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sevgi haqida sherlar

sevgi_haqida_sherlarimiz
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar Kanalimizga hush kelibsiz Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning Chunki ishonch bulsa sevgi buladi Bosh admin 👉 @Kamol_oka Admin @Zahriddin2004
Subscribers
7 550
24 hours
-10
30 days
Post views
1 912
ER
0,27%
Posts (30d)
56
Characters in post
648
December 09, 14:29

Siz bergan mehrni bermadi hechkim Dard kelsa yonimda qolmadi hechkim
Baxtimdan quvonib kulmadi hechkm
Sz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Allohdan omadim yigʻlab tilagan
Dard kelsa hech qachon ayon qlmagan
Bizni deb kechalar uyqu bilmagan
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Yagonam yolgʻizim mehribon Onam
Tengi yoʻq dunyoda sehri bor Onam
Oʻzingiz oʻylamay siz deysiz bolam
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Dardlarez sanasa barmoqlar yetmas
Sinov ham sizdan hech uzoqqa ketmas
Bu dardlardan sira qalb yara bitmas
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Oʻgʻlingiz rohatin koʻrasiz hali
Eng baxtiyor ona boʻlasiz hali
Dardnimas darmonni quchasz hali
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Duo qilib tursangiz boʻladi yaxshi
Sz ekansz meni hayotim naqshi
Siz uchun kuylayman boʻlarman baxshi
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Sogʻ omon boʻlsangiz yasharman hursant
Hamisha sogʻ boʻling chekmayin xasrat
Bor boʻlng sogʻ boʻling koʻring siz rohat
Siz borsiz yuragim topadi xuzur
Onajonim Jonim onam borezga shukur
Jannatim Onam
❤️
💫
©
Qilichov_Toxir..(muallif
🫡
❤️
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 08, 05:29

#Фақат_СИЗ_учун
🫵
🔥
SOG‘INIBMANA...
Uzolmadim bir zum ko‘zimni,
Yo‘qotganday bo‘ldim so‘zimni.
Men qaytadan topdim o‘zimni
Seni juda sog‘inibmana!
Nigohlaring qochmagin olib,
Yashasaydim yoningda qolib.
Ko‘zlar giryon. Yuragim tolib
Seni juda sog‘inibmana!
Umrimni sen yoritgan nurim,
O‘zing baxtim. O‘zing g‘ururim!
Ko‘rib seni yondi shuurim!
Seni juda sog‘inibmana!
To‘kilganday ko‘ngillar zanggi,
Tindi bir zum so‘zlar jaranggi.
Buncha otash ko‘zlaring ranggi
Seni juda sog‘inibmana?!
Yonginangda ruhim olar tin,
Faqat sendan topaman taskin.
Sen sultonim yuragim miskin
Seni juda sog‘inibmana!
Baxtdir hatto senga bermoq choy,
Quyoshimsan. Men olisda oy.
Senikidir ko‘ksimdagi joy
Seni juda sog‘inibmana!
Meni sen-la siylagan taqdir,
Nigohing sir. So‘zlaring haqdir.
Mayli bu kech tushlarimga kir
Seni juda sog‘inibmana?!

NILUFAR TEMUR qizi
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 06, 16:35

Qalbim to‘la ishq- u muhabbat,
Senga sevgim bilan boqardim,
Yashirmasdan oshkor ayt faqat,
Nima qilsam senga yoqardim!?
Lablaringga tabassum tortiq,
Etar edim o‘zimdan kechib,
Nima qilay bundan ham ortiq,
Nima qilsam senga yoqardim!?
Har javhada ko‘nglingga boqdim,
Oqar suvdek sen tomon oqdim,
Sendan boshqa hammaga yoqdim,
Nima qilsam senga yoqardim!?
Umrim o‘tdi javobing kutib,
Ketdi yoshlik damlarim o‘tib,
Bo‘lmayapti sira unutib,
Nima qilsam senga yoqardim!?
Qalb qasrimni tanho sanami,
Tildan ketmas lablaring ta’mi,
Ayt ko‘nglingni nedir talabi,
Nima qilsam senga yoqardim!?
Sendan olis ketsam da uzoq,
Ishqim bo‘ldi jonimga tuzoq,
Kechsammikan baridan shundoq,
Nima qilsam senga yoqardim!?

Bahromjon Yusupovich
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 05, 20:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 05, 13:37

Sevib turib, sevilmaganlar
Dunyo ekan hikmatli hilqat,
Muhabbati oliy haqiqat,
Armon qoʻchib yashaydi faqat,
Sevib turib, sevilmaganlar.
Nigohlarda quyosh tafti bor,
Yuragida buyuk ahdi bor,
Farishtadan nima farqi bor,
Sevib turib, sevilmaganlar.
Chunki ular qoʻl tegmagan gul,
E'tiborsiz qolib ketgan dil,
Eng pokiza, eng kemtik koʻngil,
Sevib turib, sevilmaganlar.
Javobi yoʻq, ming bir soʻrogʻi,
Hech kim bilmas, sirli titrogʻi,
Lab tegmagan toza dudogʻi,
Sevib turib, sevilmaganlar.
Sevgisidan izhor kutadi,
Muhabbatga iqror kutadi,
Kerak boʻlsa yolgʻiz oʻtadi,
Sevib turib, sevilmaganlar.
Sevaman, deb pichirlab goho,
Ishq bobida yagona, tanho,
Sizdaylarga bosh egar dunyo,
Sevib turib, sevilmaganlar.

Hayot.
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 05, 10:34

https://t.me/yoshlar_ittifoqi_samdchti/4898 Shu link orqali kirib layk bosib qullab yuboringizlar

December 05, 10:31

https://t.me/yoshlar_ittifoqi_samdchti/4898
Shu link orqali kirib layk bosib qullab yuboringizlar

December 05, 04:51

Seni yana sog'indim kechir!
Magʻrur turib, koʻksimni kerib,
"Qaytmayman" deb, va'dalar berib,
Qalbimdagi oʻtli muz erib,
Seni yana sogʻindim kechir!
Yurakdagi toshlarim bilan,
Koʻnglimdagi gʻashlarim bilan,
Qarogʻimda yoshlarim bilan,
Seni yana sogʻindim kechir!
Yer chizaman, senga qarolmay,
Sensizlikka bardosh berolmay,
Tuygʻularga qarshi yurolmay,
Seni yana sogʻindim kechir!
Qalbim uzra uya qurgan gʻam,
Yuzda kulgu, yurakda alam,
Sen oʻzganing yori boʻlsang ham,
Seni yana sogʻindim kechir!
Ishq bahridan oʻtgan men edim,
Qancha ilhaq kutgan men edim,
Chidolmasdan ketgan men edim,
Seni yana sogʻindim kechir!
Oʻz ustimdan oʻzim ming kulib,
Hislarimning soʻziga kirib,
Yer yuzida qancha qalb turib,
Seni yana sogʻindim kechir!
Soʻrab Haqdan, ishqdan pahonim,
Koʻkni tutib zalvorli ohim,
Oʻzim kechirmagan gunohim,
Seni yana sogʻindim kechir!

Mumtozbegim
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 04, 07:13

XUDODAN SO‘RASAM MAYLIMI SIZNI
Avval ko‘rmagandim men bunday chiroy,
Ming yil izlagandim aslida sizni.
Qalbimning to‘ridan berib sizga joy,
Hudodan so‘rasam maylimi sizni.
Qoshingiz kamonu, kiprigingiz o‘q,
Sizdagi bu chiroy bu olamda yo‘q.
O‘zi qalbingizga solib berar cho‘g‘,
Hudodan so‘rasam maylimi sizni.
Netay sizga ko‘zim tushib qoldida,
O‘ting Gunoxidan termulgan ko‘zni.
Bir ojiz bandaman Taqdir oldida,
Xudodan so‘rasam maylimi sizni.
Yuragim his qildi Sevgining kuchin,
Hazil deb o‘ylamang dildagi so‘zni.
Bir Umr baxtiyor yashamoq uchun,
Hudodan so‘rasam maylimi sizni.
Navzod Hamro
✍️
07*09*2025
@sevgi_haqida_sherlarimiz

December 03, 12:54

Hayot meni hammasiga ko'ndirdi!
Yillar o'tib yog'ochdayin yo'ndirdi
Sinovlarda bo'larimni bo'ldirdi
Qaytmas edim, o'zimni zo'r bilardim
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Olov edim, ko'kka uchgan tutunday
Yashar edim yurak bag'ri butunday
Yonib ketdim bir lahzada o'tinday
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Ko'rdim qancha dard ustiga  dardlarini
Tishlarimni to'kib qo'ygan zarblarini
Bajartirib barcha aytgan shartlarini
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Qayoqlarda qolib ketdi yigit yoshim
Sovib qolgan kecha suzgan issiq oshim
Ming hayollar girdobida yolg'iz boshim
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Dengizdayin ming ko'pirib to'lsam hamki
Uncha muncha zo'ridan zo'r bo'lsam hamki
Kerakmas deb oyoq tirab olsam hamki
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Kimga ochib kimga eshik yopganim bor
Dunyo deya qancha yelib chopganim bor
Bu yo'llarda yo'qotganim topganim bor
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi
Borar joyim avval boshdan bo'lgan tayin
Yuragimni aldab qo'ygan yolg'ondayin
Umr o'tib, yosh ulg'ayib borgan sayin
Hayot meni hammasiga ko'ndirdi.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min.
@sevgi_haqida_sherlarimiz