Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sevgi haqida sherlar

sevgi_haqida_sherlarimiz
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar Kanalimizga hush kelibsiz Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning Chunki ishonch bulsa sevgi buladi Bosh admin 👉 @Kamol_oka Admin @Zahriddin2004
Подписчики
6 691
24 часа
3
30 дней
37
Просмотры
2 422
ER
36,2%
Посты (30д)
12
Символов в посте
754
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Искусство и культура
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
October 26, 07:24

Yashayapmiz tezkor zamonda ,
Telefonga bog‘landi hayot.
Sizni sevdim degan izhor ham ,
SMSda aytilar hayhot.
Hayajonlar aks etar gifda ,
Sog‘insak tashlaymiz rasmlar.
Chin tarixga aylanib qoldi ,
Aytishuv va go‘zal bazmlar.
To‘yga aytmoq bo‘lsak birovni ,
Taklifnoma eng zo‘r bir qurol.
Yozilar mehmonimiz deya ,
Tug‘dirmaydi ortiqcha savol.
Jigarlarni yo‘qlashchun hatto ,
Bormaymizda ostona hatlab.
Alo ; yaxshimi , tinchmi deymiz ,
Shu so‘zlarni olganmiz yodlab.
Yashayapmiz tezkor zamonda ,
Telefonga bog‘andi hayot.
Azizlar ayamang mehringiz ,
Diydor armon bo‘lmasin hayhot .
Baxtiyor Ikromov
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 24, 03:39

"Unutmaganman"
Men uchun notanish emas bu raqam,
Shunchaki so‘zlolmam.. sokin, xotirjam.
Alamim bo‘g‘zimda, ketganim alam,
Netayin ? Seni men unutolmadim !
Qo‘ng‘iroq qildim-u jur’at yetmadi,
Lablarim titratgan hadik ketmadi,
Sog‘indim ! Hayotim baxtli o‘tmadi,
Netayin ? Seni men unutolmadim !
Sog‘indim deyolmam, sog‘indim juda,
Yashadim qadringni bilmay behuda,
Senga aytolmayman faryodim dodim,
Netayin ? Seni men unutolmadim!
Yodimda kulgancha, erkalashlaring,
Kechirgin yoningda qololmadim.
Bilaman o‘qiysan kundaliklaring,
Netayin ? Seni men unutolmadim!
Men uchun, notanish emas bu raqam,
Nafasim yetmaydi, titrar lablarim.
Sen uchun tashlolmam yana bir qadam,
Netayin ? Seni men unutolmadim !
Sokinlik hukmron, go‘shak ortida,
Ovozing eshitib ko‘p qololmadim.
Xolingni so‘ralmay go‘shakni qo‘ydim.
Netayin ? Seni men unutolmadim!
Dilnoza Abduqayumovna
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 21, 06:24

Iztirobli sevgi..
Kiprigingiz uzun ekan sochingizdan,
Ro‘molingiz tushmas ekan boshingizdan,
Ado bo‘ldim o‘sha qalam qoshingizdan,
Sizni sevib qolsam xafa bo‘lmaysizmu?
Yurar edik ishq bog‘idan gullar terib,
Turar edim "Oshiqman" - deb ko‘krak kerib,
Gulday nozik ko‘nglingizga ko‘ngil berib,
Sizni sevib qolsam xafa bo‘lmaysizmu?
Qani har kun boqsam shahlo ko‘zingizga,
Jonim beray "Sevdim" - degan so‘zingizga,
Meni qachon yor etasiz o‘zingizga?
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?
Malika siz, men-chi g‘arib qulingizman
Muhabbatga boshlaguvchi yo‘lingizman
Ishq og‘usin ichay mayli qo‘lingizdan,
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?
Bulbullarning kuylari-yu navosi siz,
Yuragimning bahori-yu havosi siz,
Zoir Foniy dardining bir davosi siz,
Sizni sevib qoldim. Xafa bo‘lmaysizmu?
Muallif: Zoir Foniy
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 20, 11:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

USTIMDAN KO'P KULGANLARDAN XAFAMAN
G'iybat qilib tashvishimni oshirgan
Bor ig'voni kemtik qalbdan toshirgan
Xamma dardi allamimni u bilgan
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.
Borib kelib qaytim xato yo'limdan
Faqad xabar berishdida o'limdan
Xechnarsada kelmadida qo'limdan
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.
Bozorida to'g'ri savdo bo'lmasa
O'zlarini pokman deya o'lmasa
Foydam tegmay qolsa agar kulmasa
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.
Mayli baxtlar kelib qolar bog'imga
Lolalarim gulab qolar tog'imda
Qadrim bila qolgin xayot chog'imda
Ustimdan ko'p kulganlardan xafaman.
✍️
Satimov Abdumajid
.
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 19, 05:59

🍃
🍃
🍃
🍃
🍃
🍃
🍃
Maylimi bir qo'lingdan tutsam,
So'ng yelkangdan quchsam mumkinmi?
Men o'zimni bir zum unutsam,
Desam asta aytasan «jinni»!
Yo'ling tinmay to'ssam maylimi,
Menga desa bilmasmi barcha?
Nima qilay sendek laylini,
Sevib qoldim devonalarcha!
Muzdan tushgan suv kabi oqsam,
Bir tizimda tutmay tizginni.
Sen o'zingni olib qochasan,
Takrorolaysan: jinnisiz jinni...
Ey ko'nglimni o'margan o'g'rim,
Ishq yo'lida o'lishim mumkin.
Ruhiy xasta emasman, to'g'ri -
Oz-moz jinni bo'lishim mumkin.
«O'ldim-kuydim» endi siyaqa gap,
Balki orzum tuyular erish.
Sochlaringni bir bor siypalab,
Seni yaxshi ko'raman deyish.
Jilmayishing men uchun dalda,
Jahl qilsang bag'rimni tilib...
Qay bir kuni tobing qochganda,
Yig'lab qo'ydim jinnilik qilib.
Qancha yozsam yana shuncha kam,
Sen ko'zlari chiroyli banda.
Agar rostdan jinni bo'lmasam,
Sevarmidim soch oqarganda.
Mayli sizni sevaman dema,
Siz yonimda bo'ling doim de.
Jinni dema, bir martagina,
Jinnim degin, jinnivoyim de.
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 18, 04:38

HAMON YODIMDADIR...
Bog‘lar chiroyiga hasadi kelib,
Kirib kelayotir xazin kuz fasli.
Telbavor ko‘nglimdan ishqimni yulib,
Ayriliq kuyini chalganday asli.
Tongning sukunatin buzib yovqarab,
Yaproqlar rangida ko‘rinyapti kuz.
Jim ketding azizim nechun olislab,
Intiq yo‘llaringdan uzolmasman ko‘z
Qushlar sayrog‘ida kuzning nafasi,
Zamin charchagandek xo‘rsinar og‘ir.
Shamol qizg‘ongandek gullarning sasin,
Sen ham bo‘ldingmi yo jonim tosh bag‘ir?
Xazonliq istamas chaman bog‘larim,
Kuzning kelishini kutmagandim tez.
Bag‘rimda qabardi ko‘ngil dog‘larim,
Hamon yodimdadir senla o‘tgan kez.
📝
AZIZABЕGIM
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 17, 01:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

KO‘NGIL DEGAN JOYIMDA
Iforimga intizor,
Qancha oshiq poyimda.
Lekin faqat sen borsan
Ko‘ngil degan joyimda!
Savobimsan yo gunoh
Bil qiyomat qoyimda,
O‘rning aslo o‘zgarmas
Ko‘ngil degan joyimda!
Oqib turasan mudom,
Hayol degan soyimda
Yolg‘iz hukmdorisan
Ko‘ngil degan joyimda!
Aks etadi surating,
Quyoshimda oyimda.
Sen abadiy qolasan
Ko‘ngil degan joyimda...
✍
NILUFAR TEMUR qizi
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 14, 16:01

Sog‘inyapman...
Muhabbatning daryosidan g‘amlar tutib,
Zulmat to‘la yo‘llaringga shamlar tutib,
Kipriklarim orasidan namlar tutib,
Yo‘lingga zor, seni hamon sog‘inyapman.
Bosh ko‘tarib, o‘solmay ishq maysalari,
Sanchiladi dilga hijron nayzalari,
Vaqt yugurib yonimizdan ketsa nari,
Tunlar bedor, seni hamon sog‘inyapman.
G‘ururlarim birin-ketin o‘lgan sari,
Sabrlarning zahirasi to‘lgan sari,
Yuragimda to‘rt fasl qish bo‘lgan sari,
Qovoqda qor seni hamon sog‘inyapman.
Sinovlari yo‘limizni to‘ssin, mayli,
Vaqtinchalik tikanaklar o‘ssin, mayli,
Anduhlarim shamollarda to‘zsin, mayli,
Chekib ozor, seni hamon sog‘inyapman.
Hijron payhon qilmasidan gul-bog‘imiz,
Kel o‘chmasin mehr nomli chirog‘imiz,
Boshimizda hilpirab baxt bayrog‘imiz,
Kelgin ey yor, seni hamon sog‘inyapman
✍
. MUSLIMA.
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
☝️
Obuna bo‘lishni unutmang!

October 11, 10:57

MEN SIZNI SEVAMAN, BILASIZ...
Hijronning otashi kuydirar,
Balki siz...rostmana sevasiz?!..
Sog‘inchlar qaytadan suydirar,
Men sizni sevaman, bilasiz.
Bosh egdim sabrning poyiga,
Ishqingiz o‘t yoqsin, mayliga.
Yetdim-a eng go‘zal joyiga,
Men sizni sevaman, bilasiz.
Ko‘rishni xohlaydi ko‘zlarim,
Izingiz izlaydi izlarim.
Bir tinglang tugamay so‘zlarim,
Men sizni sevaman, bilasiz.
Yulduzlar shivirlar sekin-jim,
Ertaklar so‘zlaydi bo‘lib dim.
Menchalik sevarmi?..Ayting, kim?!
Men sizni sevaman, bilasiz.
Muhabbat yoritar yo‘limni,
Sabolar chimchilar qo‘limni.
Bahorlar bezaydi so‘limni,
Men sizni sevaman, bilasiz.
Aytolmas so‘zlarim bir talay,
Armonlar yumshadi, harqalay.
Bahslashish befoyda, aylanay,
Men sizni sevaman, bilasiz...
✍
Go‘zal G‘aybullayeva
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

October 10, 12:02

Qaniydi...
Barbod qilib orzu tilakni,
Zir titratib osmon-falakni,
Yaratdingku joni halakni,
Qaniydi ketmaganingda!
Hotiralab yashayman hamon,
Unutmadim hech bir on ishon,
Berganingda boʻlardi imkon,
Qaniydi ketmaganingda!
Tunlar charos koʻzlarimda nam,
Vujudimni qurshab oldi gʻam,
Tabiiyki ketmasdim men ham,
Qaniydi ketmaganingda!
Oʻlgunimcha sevaverardim,
Baxtim sensan deyaverardim,
Telbalarcha suyaverardim,
Qaniydi ketmaganingda!
Uzr, sendan sevgilim uzr,
Topolmading yonimda huzur,
Shunday deyman endi bir umr,
Qaniydi ketmaganingda!
Eng chiroyli kunlar boʻlardi,
Dil toʻlsa ham baxtga toʻlardi,
Mumtozbegim kulib yurardi,
Qaniydi ketmaganingda!
Armonlarga yetmaganingda,
Sogʻinchlarga eltmaganingda,
Boʻlar edi yonimda qolsang...
Qaniydi ketmaganingda!
✍
Mumtozbegim
https://t.me/sevgi_haqida_sherlarimiz