Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shaha Dolimov

shahadolimov
Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal. Hamkorlik va reklama: @abdusamad_abrorov
Subscribers
19 982
24 hours
15
30 days
95
Post views
23 030
ER
115,25%
Posts (30d)
—
Characters in post
923
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 16, 02:09

Boylar ham huddi immigrant (muhojir) kabi 1,2,3-avlodlarga bo'linadi.
Birinchi avlod boylarida OMADni roli katta. Bundaylarni kelib chiqishi boy bo'lmasada, o'sgan muhiti ya'ni tarbiyasi "boy" bo'ladi. Shuning uchun birinchi avlod vakillaridan, oila, qadriyatlar haqida masalahat olish eng ma'quli.
Ikkinchi avlod vakillari agar ota-onasi qurib ketgan biznesni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan bo'lsa, ularda OMADdan ko'ra strategik qarorlarni roli katta. Shuning uchun bu avlod boylaridan, pul topish bo'yicha qarorlaringizni masalahatini qilish afzal deb o'ylayman.
Chunki ikkinchi va undan keyingi avlod vakillarida, pul topish uchun qilinadigan qarorlar huddi refleks'dek bo'ladi. Ya'ni ularni pulga qarashi, ota-onasinikidan tubdan farq qiladi.
Agar pulingiz yo'q va ota-onangizda ham shunday bo'lsa,
"
yuranginga quloq tut
"
degan maslahatga kamroq amal qilar edim. Chunki yuragingiz
"puli yo'q"
ning yuragi va qarorlar ham shunday bo'ladi.
Tinchgina ikkinchi avlod vakillarini yuragidan foydalanish to'g'riroq (majoziy ma'noda)
Omad!
@shahadolimov

September 15, 04:00

Maniken odamlar!
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir yosh yigit yangi sotib olgan avtomobilini
investitsiya
deb ataganini ko'rib qoldim.
Nima emish, bo'lajak mijozlar uni minib kelgan avtomobiliga qarab muomala qilar ekan. Ichimda
"ko'r-ko'rni qorong'uda topibdida"
degan maqolimiz esimga keldi.
Hozirgacha bir necha o'n million dollar pul aylanmasi qiladigan bizneslarni, qora futbolka, jinsi shim, va Sketchers oyoq-kiyimida borib shartnoma imzolaganman.
Chunki meni tashqi ko'rinishimdan ko'ra men beradigan natijaga qiziquvchilar, aslida men minib kelgan temirdan 100 tasini sotib olishga qurbi yetadi.
Ustidagi latta-puttasi yoki tagidagi minib yurgan temiridan boshqa ko'rsatadigan narsasi yo'q odamlarni
"maniken odamlar"
deyman.
Manikenlar plastik materialdan yasalgan bo'ladi, ichi bo'm-bo'sh lekin tashqaridan qarasangiz sizdan ancha yaxshi kiyinib olgan. Qaddini tik tutib turishidan dunyoni buzib yuboradigandek lekin gaplashsangiz sukunatdan boshqa narsa emas.
Jarroh paradoksi...
Qiymatingizni tashqi faktorlardan ko'ra ichki faktorlarga qaratsangiz, kerak mijoz o'zi sizni topib kelaveradi.
Maniken bo'lib o'tib ketmang bu hayotda, bundanda ko'piga loyiqsiz balki loyiqmasdirsiz.
Qaror o'zingizdan!
Omad!
@shahadolimov

September 04, 06:30

Matoh va latta-puttalarini tinimsiz ko'z-ko'z qilayotgan odamlarning aksariyatida bolalik travmasi bor.
Ularni eng yaqin bo'lgan insonlari ya'ni ota-onasi, yoshlik davrida yetalicha mehr va e'tibor bermagan bo'ladi.
Natijada bola katta bo'lgandan keyin, e'tiborni tashqaridan qidirishni boshlaydi.
Mana nima uchun kundan-kunga instagramda
"shaxsiy brend"
qilmoqchi bo'lganlarni soni oshib ketmoqda.
Ularga pul emas, oddiygina e'tibor yetishmayapti. Chunki katta-katta tadbirkorlarni ham bu holatda ko'p ko'ryabman.
Demak shu e'tiborni u haligacha topa olgani yo'q shuning uchun kuzatuvchilarini (obunachi) hamma narsadan ustun qo'yadi.
Bu davrni boshdan kechirgan inson sifatida kichik masalahatimni bermoqchiman.
Agar sizda ham shunday travma bo'lsa, unda sizni oldingizda turgan eng katta vazifa, minglab obunachi yig'ish emas, shu mehrni bera oladigan umr yo'ldosh topish va farzandlar dunyoga keltirish. Va eng ASOSIYSI ularga ko'proq vaqt va energiya sarflashingiz.
Do'stimiz
Azizbek Rahimovni
ajoyib gapi bor:
"Topish mumkin bo'lgan narsalarni evaziga, topib bo'lmaydigan narsalarni qurbon qilib yubormang"
Omad!
@shahadolimov

September 02, 05:24

Bu postni o’qiyotgan bo’lsangiz, katta ehtimol bilan aqliy mehnat bilan shug’ullanasiz.
Ya’ni uzoq muddat ekran qarshisida o’tirasiz.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili yuritimizda 86 mingdan ziyod odam, yurak-qon tomiriga aloqador turli xil kasalliklardan vafot etishadi.
86 000+ KISHI…
Bu fojeaviy raqam.
Aksariyatini sababi, kam uyqu, notog’ri ovqatlanish, va kam harakatlilik.
Inson xaftasiga 150 daqiqa atrofida yurakning ikkinchi zonasida kardio qilish kerak deyishadi.
Agar fitness klubga yoki qandaydir zalga borishga qiynalsangiz sizga eng optimal sport turini tavsiya qilaman.
YUGURISH
Sizdan nari borsa $100 investitsiya talab qiladi halos.
Yaxshi krasoffka, shortik, futbolka.
Eshikni ochib ko’chaga chiqib olsangiz tamom.
Qordayam, yomg’irdayam, yugurib ketaversangiz bo’ladi.
Boshida yuring, keyin ozgina yuguring, keyin ko’proq.
Bu sportni hech kim yaxshi ko’rib tug’ilmaydi.
Lekin ma’lum muddat shug’ullanganingizdan keyin, SEVIB qolasiz.
Shaxsan menda eng ajoyib biznes yechimlar yoki g’oyalar aynan shu payt keladi.
Yuqoridagi statistikani kamaytirishimiz kerak.
Yaqinlaringizga sog’lom keraksiz.
Omad!
@shahadolimov

August 28, 05:09

Sizni kim taniydi?
Shaxsiy brend qurayotgan do’stlarimizga tavsiya.
Ikki xil taniqlilik bor.
Oddiy odamlar o’rtasida taniqlilik.
Mutaxassislar o’rtasidagi taniqlilik.
Kuchli shaxsiy brend uchun ikkisi ham muhim lekin ikkinchisining muhimlilik darajasi ancha yuqori.
Ya’ni sizni nafaqat oddiy odam “tan” olishi balki hamkasblaringiz ham “tan” olishi kerak.
Chunki oddiy odamga mutaxassisligingiz bo’yicha qulog’iga “lag’mon” ilsangiz ham, ishonib ketishi mumkin. Lekin o’z ishini ustalarini “oldi-qochdi” gaplar bilan alday olmaysiz.
Mutaxassislar orasida tanilayotganingizni qayerdan bilishingiz mumkin?
Oddiy…
Sizni shu bo’yicha seminarlarga, podkaslarga, davra suhbatlariga so’zlovchi mehmon (speaker) sifatida ko’p chaqirishadi.
Yoki siz aytgan gaplarni ko’p joylarda mutaxassislar iqtibos sifatida keltirishadi.
Shuning uchun,
“meni o’z mutaxassisligim bo’yicha kim taniydi?”
degan savolni tez-tez o’zingizdan so’rab turishingiz muhim.
Omad!
@shahadolimov

August 13, 03:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

August 12, 16:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jarroh paradoksi!
Aytaylik sizni operatsiya qilish kerak.
Sizni nufuzli shifoxonaga olib borishdi.
Bir jarroh juda chiroyli kiyingan, xonasini devorlari sertifikatu faxriy yorliqlar bilan to’la.
Ikkinchi jarroh esa ust kiyimlari g’ijim, stolini usti betartib. Tashqarida ko’rsangiz uni hech qachon jarroh deb o’ylamaysiz.
Agar bittasini tanlash kerak bo’lsa doim ikkinchisini tanglang deydi Nassem Taleb o’zining Skin in the game kitobida.
Chunki, u shu ahvolida ham eng nufuzli shifoxonada ishlayotgan bo’lsa, demak u bemorlarni qandaydir tashqi omillari bilan lol qoldirish darajasidan o’tib bo’lgan.
Dr. House serialini ko’rgan bo’lsangiz yuqoridagi gapni isbotini ko’rasiz.
Yaxshi kiyining lekin kiyimingiz mutaxassisligingizdan o’tib ketishi shart emas.
Omad!
@shahadolimov

August 09, 13:59

Yaqinda O'zbekistonlik muvaffaqiyatli tadbirkorlar davrasida bo'ldim. Qiziqib
"nima qilasiz?"
deb so'raganimda:
- kolbasa ishlab chiqaramiz
- avtomoykamiz bor
- kanalizatsiya tozalaymiz
- ko'p qavatli uy qurib sotamiz
- Avtoservislarimiz bor
- Kiyim tozalaymiz (ximchistka)
- Gul do'konlarimiz bor
Va eng qizig'i ularni biznesini xattoki 70 yoshli buvim ham bir deganda tushunadi.
Yoshim ulg'aygani sari, bir narsani tushunishni boshlayabman: Biznes qanchalik qiziqarli eshtilsa unda shuncha daromad qilish ehtimolligi kam.
Omad!
@shahadolimov

July 26, 11:40

Boshqalar sizni hurmat qilishini xohlasangiz:
- Belgilangan uchrashuvga vaqtida boring. Kechikayotgan bo’lsangiz oldindan ogohlantiring
- Masalahat so’rab kelishsa, yashirmasdan chin ko’ngildan bering
- Menga nima foyda emas, mendan nima foyda deb yashang.
- Matohingizni ko’z-ko’z qilib faqatgina matohi yo’qlarni hayron qoldirasiz.
- “Bilmayman” deyishni odat qiling
- Agar xohlamasangiz “yo’q” deyishni o’rganing
- Umr yo’ldoshingizni boshqalarga yomonlamang.
- Bukchaymasdan qaddingizni tik tutib yuring
- So’ralmagan savolga javob bermang
- Smartwatch’ni sog’liqni o’lchash uchun bo’lsa taqing bo’lmasa uchrashuvlarda halaqit beradi
- Qimmat emas toza kiyining
- Tishlaringizni 6 oyda bir ko’rsatib turing
- Pulga sotib olib bo’lmaydigan narsalarni maqtaning (masalan, sportdagi marra chizig’i)
- Kulib tursangiz, hisobingizda pullar kamayib qolmaydi
- O’zingizga ravo ko’rgan narsalarni, boshqalarga ham ravo ko’ring (faqat yaxshisini)
- Jamoat transportlarida sizni suhbatingiz boshqalarga qiziq emas. Pastroq gapiring
Omad!
@shahadolimov

July 11, 04:01

Yaponiyada talabalik davrimda chamasi 1,5 yil katta restoranda ofisiant bo’lib ishlaganman.
Mijozlarni asl xarakterini bizga qiladigan muomalasidan, farosatini esa ovqatlanib ketgan stol holatidan bilib olish mumkin edi.
Korxonangizga hodim, o’zingizga umr yo’ldosh yoki biznes hamkor qidirayotgan bo’lsangiz, oddiygina ularni biror joyga ovqatlanish uchun taklif qiling.
Shu ikki holatni qunt bilan kuzating.
Omad!
@shahadolimov