
Shaha Dolimov
Matoh va latta-puttalarini tinimsiz ko'z-ko'z qilayotgan odamlarning aksariyatida bolalik travmasi bor.
Ularni eng yaqin bo'lgan insonlari ya'ni ota-onasi, yoshlik davrida yetalicha mehr va e'tibor bermagan bo'ladi.
Natijada bola katta bo'lgandan keyin, e'tiborni tashqaridan qidirishni boshlaydi.
Mana nima uchun kundan-kunga instagramda
"shaxsiy brend"
qilmoqchi bo'lganlarni soni oshib ketmoqda.
Ularga pul emas, oddiygina e'tibor yetishmayapti. Chunki katta-katta tadbirkorlarni ham bu holatda ko'p ko'ryabman.
Demak shu e'tiborni u haligacha topa olgani yo'q shuning uchun kuzatuvchilarini (obunachi) hamma narsadan ustun qo'yadi.
Bu davrni boshdan kechirgan inson sifatida kichik masalahatimni bermoqchiman.
Agar sizda ham shunday travma bo'lsa, unda sizni oldingizda turgan eng katta vazifa, minglab obunachi yig'ish emas, shu mehrni bera oladigan umr yo'ldosh topish va farzandlar dunyoga keltirish. Va eng ASOSIYSI ularga ko'proq vaqt va energiya sarflashingiz.
Do'stimiz
Azizbek Rahimovni
ajoyib gapi bor:
"Topish mumkin bo'lgan narsalarni evaziga, topib bo'lmaydigan narsalarni qurbon qilib yubormang"
Omad!
@shahadolimov
Bu postni o’qiyotgan bo’lsangiz, katta ehtimol bilan aqliy mehnat bilan shug’ullanasiz.
Ya’ni uzoq muddat ekran qarshisida o’tirasiz.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili yuritimizda 86 mingdan ziyod odam, yurak-qon tomiriga aloqador turli xil kasalliklardan vafot etishadi.
86 000+ KISHI…
Bu fojeaviy raqam.
Aksariyatini sababi, kam uyqu, notog’ri ovqatlanish, va kam harakatlilik.
Inson xaftasiga 150 daqiqa atrofida yurakning ikkinchi zonasida kardio qilish kerak deyishadi.
Agar fitness klubga yoki qandaydir zalga borishga qiynalsangiz sizga eng optimal sport turini tavsiya qilaman.
YUGURISH
Sizdan nari borsa $100 investitsiya talab qiladi halos.
Yaxshi krasoffka, shortik, futbolka.
Eshikni ochib ko’chaga chiqib olsangiz tamom.
Qordayam, yomg’irdayam, yugurib ketaversangiz bo’ladi.
Boshida yuring, keyin ozgina yuguring, keyin ko’proq.
Bu sportni hech kim yaxshi ko’rib tug’ilmaydi.
Lekin ma’lum muddat shug’ullanganingizdan keyin, SEVIB qolasiz.
Shaxsan menda eng ajoyib biznes yechimlar yoki g’oyalar aynan shu payt keladi.
Yuqoridagi statistikani kamaytirishimiz kerak.
Yaqinlaringizga sog’lom keraksiz.
Omad!
@shahadolimov
Sizni kim taniydi?
Shaxsiy brend qurayotgan do’stlarimizga tavsiya.
Ikki xil taniqlilik bor.
Oddiy odamlar o’rtasida taniqlilik.
Mutaxassislar o’rtasidagi taniqlilik.
Kuchli shaxsiy brend uchun ikkisi ham muhim lekin ikkinchisining muhimlilik darajasi ancha yuqori.
Ya’ni sizni nafaqat oddiy odam “tan” olishi balki hamkasblaringiz ham “tan” olishi kerak.
Chunki oddiy odamga mutaxassisligingiz bo’yicha qulog’iga “lag’mon” ilsangiz ham, ishonib ketishi mumkin. Lekin o’z ishini ustalarini “oldi-qochdi” gaplar bilan alday olmaysiz.
Mutaxassislar orasida tanilayotganingizni qayerdan bilishingiz mumkin?
Oddiy…
Sizni shu bo’yicha seminarlarga, podkaslarga, davra suhbatlariga so’zlovchi mehmon (speaker) sifatida ko’p chaqirishadi.
Yoki siz aytgan gaplarni ko’p joylarda mutaxassislar iqtibos sifatida keltirishadi.
Shuning uchun,
“meni o’z mutaxassisligim bo’yicha kim taniydi?”
degan savolni tez-tez o’zingizdan so’rab turishingiz muhim.
Omad!
@shahadolimov
Jarroh paradoksi!
Aytaylik sizni operatsiya qilish kerak.
Sizni nufuzli shifoxonaga olib borishdi.
Bir jarroh juda chiroyli kiyingan, xonasini devorlari sertifikatu faxriy yorliqlar bilan to’la.
Ikkinchi jarroh esa ust kiyimlari g’ijim, stolini usti betartib. Tashqarida ko’rsangiz uni hech qachon jarroh deb o’ylamaysiz.
Agar bittasini tanlash kerak bo’lsa doim ikkinchisini tanglang deydi Nassem Taleb o’zining Skin in the game kitobida.
Chunki, u shu ahvolida ham eng nufuzli shifoxonada ishlayotgan bo’lsa, demak u bemorlarni qandaydir tashqi omillari bilan lol qoldirish darajasidan o’tib bo’lgan.
Dr. House serialini ko’rgan bo’lsangiz yuqoridagi gapni isbotini ko’rasiz.
Yaxshi kiyining lekin kiyimingiz mutaxassisligingizdan o’tib ketishi shart emas.
Omad!
@shahadolimov
Yaqinda O'zbekistonlik muvaffaqiyatli tadbirkorlar davrasida bo'ldim. Qiziqib
"nima qilasiz?"
deb so'raganimda:
- kolbasa ishlab chiqaramiz
- avtomoykamiz bor
- kanalizatsiya tozalaymiz
- ko'p qavatli uy qurib sotamiz
- Avtoservislarimiz bor
- Kiyim tozalaymiz (ximchistka)
- Gul do'konlarimiz bor
Va eng qizig'i ularni biznesini xattoki 70 yoshli buvim ham bir deganda tushunadi.
Yoshim ulg'aygani sari, bir narsani tushunishni boshlayabman: Biznes qanchalik qiziqarli eshtilsa unda shuncha daromad qilish ehtimolligi kam.
Omad!
@shahadolimov
Boshqalar sizni hurmat qilishini xohlasangiz:
- Belgilangan uchrashuvga vaqtida boring. Kechikayotgan bo’lsangiz oldindan ogohlantiring
- Masalahat so’rab kelishsa, yashirmasdan chin ko’ngildan bering
- Menga nima foyda emas, mendan nima foyda deb yashang.
- Matohingizni ko’z-ko’z qilib faqatgina matohi yo’qlarni hayron qoldirasiz.
- “Bilmayman” deyishni odat qiling
- Agar xohlamasangiz “yo’q” deyishni o’rganing
- Umr yo’ldoshingizni boshqalarga yomonlamang.
- Bukchaymasdan qaddingizni tik tutib yuring
- So’ralmagan savolga javob bermang
- Smartwatch’ni sog’liqni o’lchash uchun bo’lsa taqing bo’lmasa uchrashuvlarda halaqit beradi
- Qimmat emas toza kiyining
- Tishlaringizni 6 oyda bir ko’rsatib turing
- Pulga sotib olib bo’lmaydigan narsalarni maqtaning (masalan, sportdagi marra chizig’i)
- Kulib tursangiz, hisobingizda pullar kamayib qolmaydi
- O’zingizga ravo ko’rgan narsalarni, boshqalarga ham ravo ko’ring (faqat yaxshisini)
- Jamoat transportlarida sizni suhbatingiz boshqalarga qiziq emas. Pastroq gapiring
Omad!
@shahadolimov
Yaponiyada talabalik davrimda chamasi 1,5 yil katta restoranda ofisiant bo’lib ishlaganman.
Mijozlarni asl xarakterini bizga qiladigan muomalasidan, farosatini esa ovqatlanib ketgan stol holatidan bilib olish mumkin edi.
Korxonangizga hodim, o’zingizga umr yo’ldosh yoki biznes hamkor qidirayotgan bo’lsangiz, oddiygina ularni biror joyga ovqatlanish uchun taklif qiling.
Shu ikki holatni qunt bilan kuzating.
Omad!
@shahadolimov
Aksariyat insonlar,
“xarobadan chiqqan millioner”
kabi voqealarni sevib tinglashadi.
Chunki boyni yanada boyishi hech kimga qiziq emas.
Lekin…
Boyni boyish ehtimoli, kambag’alni boyish ehtimolidan ANCHA yuqori.
Shuning uchun haqiqatga tik boqish o’rniga, imkoni deyarli yo’q narsalar bilan o’zimizni ovutishga harakat qilamiz.
Siz muvaffaqiyatli deb hisoblagan insonlarni 99,9%, boy oilada tug’ilgan yoki boy oila bilan quda bo’lgan.
Ishonmasangiz, ular internetda ko’pirtirib aytgan “ertak”lardan ko’ra, ular katta bo’lgan oilani yaxshilab surishtirib ko’ring.
Elon Musk’ni otasini Rolls Royse haydagan. Bill Gates Amerikada kompyuteri bor yagona maktabga borgan. Donald Trump’ni otasi Nyu Yorkni eng katta quruvchilaridan bo’lgan. Nima demoqchiligimni tushundingiz.
Binoni qurish uchun eng katta vaqt va pul fundament qismiga ketadi. Boylar o’z farzandlari uchun aynan shu fundamentni qurib, ba’zilari esa binoni ham ko’tarib qo’yishgan. Farzandlari o’sha binoni davom ettirsa bas.
Kambag’alda esa na fundament bor na bino qurish uchun pul. U bino qurish kerakligini anglab yetguncha qarib kuchdan qoladi.
Agar bu gaplarimni o’qib,
“dunyo naqadar adolatsiz”
deb o’ylayotgan bo’lsangiz, judayam to’g’ri o’ylayabsiz. Undan adolat kutish bu huddi samalyotdan parashutsiz sakrab tirik qolishdek gap.
Nima qilish kerak?
Kambag’alni boyib ketganini o’rganish o’rniga boylarni yanada qanday boyiganini o’rganish afzal.
Chunki, birinchisida OMAD juda katta rol o’ynaydi, ikkinchisida esa uzoq tuzilgan strategik qarorlar.
Omadni o’rganish imkonsiz lekin strategik qarorlarda o’xshashliklar bor va ularni o’rganish mumkin.
Boylarni yomon otliqqa chiqarganingiz bilan ular kambag’allashib qolmaydi. Ularga yaqinlashing, shogird bo’ling, xizmatini qiling, va o’rganing.
Yuqoridagilarni qilganingiz bilan ham butun umr kambag’al bo’lib o’tishingiz mumkin lekin boyish ehtimolligini oshirib beradi.
Hech bo’lmasa “fundament”ni qazib qo’ying!
@shahadolimov
O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish yoshi 72,5 ekan.
Nafaqaga (pensiya) chiqish yoshi esa 60.
Aytaylik, 25 yoshdan to 60 gacha ishlasangiz, bu umringizni 35 yili degani.
Ya'ni siz 12,5 yil uchun 35 yil ishlab berishingiz kerak. Agar shu 12,5 yil ham nasib qilgan bo'lsa.
Agar o'rtacha odamga o'xshab hayot kechirsangiz, 60 yoshda sizda na pul na sog'lik bo'ladi.
Nafaqaga chiqish yoshi bundan keyin oshsa oshadi lekin hech qachon pasaymaydi.
Shuning uchun erta nafaqaga chiqish haqida o'ylash va unga hozirdanoq kirishish, hayotingizda qilgan ENG to'g'ri qarorlardan bo'ladi.
Nafaqaga degani, tapchanda yotib olib ko'k choy ichish degani emas. Agar shunday deb o'ylasangiz, 60 yoshgacha kutganingiz ma'qul.
Nafaqa bu inson vaqt, moliya, va joy erkinligiga erishish degani. Va erta nafaqa uchun uchalasi ham birdek muhim.
30-40 yosh oraligi'da bu ishni amalga oshira olsangiz eng ideali deb o'ylayman.
Unga qanday erishishni, o'zingiz hayot tarzingizdan kelib chiqib hal qiling.
Lekin albatta qiling...
@shahadolimov