Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

sharqshunos_tahlilchilar
Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring! Murojaat va tijoriy hamkorliklar uchun: @TahlilchilargaMurojaat_bot
Subscribers
7 483
24 hours
7
30 days
22
Post views
1 095
ER
14,63%
Posts (30d)
69
Characters in post
847
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
October 27, 05:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

Starlink: yangi geosiyosiy qurol
🎤
Muslimaxon Sultonaliyeva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📝
X
📹
YouTube
📝
Facebook
📷
Instagram
📨
Telegram

October 26, 13:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📊
#infografika
🌐
Temir rudasi ishlab chiqaruvchi Top 10 davlat
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 26, 11:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#iqtibos
Uzoq kelajakka nazar tashlasak, biz jug‘rofiyamiz cheklovlaridan xalos bo‘lib, koinotga chiqishni davom ettirar ekanmiz, siyosiy kurashlar kosmosda ham, yaqin kelajakda ham davom etishi muqarrar.
Hozirda koinotda
1100 ga yaqin
ishlaydigan va
kamida 2000 dona
ishlamaydigan
sun’iy yo‘ldosh
mavjud. Ularning
taxminan 2400 tasi
ni
ruslar
va
amerikaliklar
tomonidan,
100 ga yaqini Yaponiya
dan, taxminan shuncha
Xitoy
dan, qolgan qismi esa boshqa mamlakatlardan uchirilgan bo‘lib, ular ancha kamroq miqdorni tashkil etadi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 26, 01:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#diplomatiya
🇺🇿
🇺🇸
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning AQSh-O‘zbekiston biznes-investitsiya kengashidagi to‘liq nutqi (oʻzbekcha tagyozuv)
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 25, 14:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

#iqtibos
🇺🇸
AQSh Vitse-prezidenti J.D.Vens
:
AQSh jangovar harakatlar davomida hech qachon tinch aholini nishonga olmaydi.
Biz buni hech qachon qilmaymiz va
hech qachon qilmaganmiz
.
🎧
Abera Ma’diyeva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📝
X
📹
YouTube
📝
Facebook
📷
Instagram
📨
Telegram

October 24, 03:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇳
​​
BMT: tinchlikni ta’minlolma(yot)gan “
tinchlik elchisi
”
Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari — mustaqil davlatlardir. BMT aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan BMT Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul qiladi. Nizomga binoan, BMT 4 ta asosiy maqsadga amal qiladi:
1️⃣
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish
;
2️⃣
millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish
;
3️⃣
xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda
;
4️⃣
xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash
.
• BMT butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi, biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va barcha davlatlarga daxldor boʻlgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqish uchun yordam bera oladigan mablagʻga ega. Taassufki, mazkur tashkilot faoliyati mobaynida o‘z funksiyalarini amalda to‘liq bajara olmayotganini guvohimiz. Shuningdek, a’zolarning vakolatlari taqsimotida tenglik yo‘qligi, ya’ni faqatgina BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy 5 a’zosi –
AQSh, XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya
va
Fransiya
da
veto huquqi
mavjudligi ularning tashkilotdagi rolini sezilarli darajada oshiradi. Shu boisdan ayrim davlat rahbarlari, xususan, Turkiya Prezidenti
Rejeb Tayyib Erdog‘an
ham BMT sammitlarida “
dunyo beshdan buyukdir
” deya tashkilotni isloh qilishga chorlamoqda.
• BMT dunyodagi yagona
universal tashkilo
t hisoblansa-da, asosiy maqsad – jahonda tinchlikka erisha olgani yo‘q. Voqeliklar shundan dalolat bermoqdaki, BMT dunyoning turli mintaqalaridagi qurolli mojarolarni oldini oluvchi emas, balki u alanga olgandan keyin shunchaki unga munosabat bildiruvchi tashkilotga aylanib qolmoqda.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📝
X
📹
YouTube
📝
Facebook
📷
Instagram
📨
Telegram

October 24, 01:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
24-oktabr 1945-yil - BMT tashkil etilgan.
🇺🇳
🇺🇳
BMT Nizomining 1945-yildagi asl qoʻlyozmasi
Bir davlatning boshqa davlatga qarshi kuch ishlatishi Xartiya tamoyillarini
buzadi
.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📝
X
📹
YouTube
📝
Facebook
📷
Instagram
📨
Telegram

October 23, 12:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

#diplomatik_muloqot
🇺🇿
🇺🇸
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio oʻrtasida kengaytirilgan doiradagi uchrashuv (oʻzbekcha tagyozuv)
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 21, 11:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon:
mintaqaviy hamkorlikning yangi geoiqtisodiy bosqichi
Global iqtisodiyotda strategik xomashyo, transport yo‘laklari va raqamli texnologiyalar uchun raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyoning xalqaro iqtisodiy tizimdagi o‘rni tobora muhimlashmoqda. 2026-yil 8-oktabr kuni Turkmanistonning Avaza hududida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida savdo, sanoat, transport va texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Ozarbayjonning ushbu formatda to‘laqonli ishtirok etishi mintaqaviy hamkorlikning geografik doirasi kengayayotganini
ko‘rsatadi.
Ushbu jarayonning iqtisodiy mohiyati oddiy savdo aloqalaridan o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish tizimlariga o‘tishda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston ilgari surgan "
Olti iqtisodiyot — bitta mahsulot
" tamoyili va 2035-yilgacha mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga
qaratilgan.
Agar mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlarini o‘zaro muvofiqlashtira olsa, ular nafaqat tovar ayirboshlashni ko‘paytiradi, balki qo‘shilgan qiymat yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shunday boʻlsa-da, buning uchun bojxona to‘siqlarini kamaytirish, transport xarajatlarini pasaytirish va qo‘shma loyihalarni amalda
moliyalashtirish zarur.
Strategik minerallar va sun’iy intellekt sohasidagi tashabbuslar esa hamkorlikning uzoq muddatli ahamiyatini yanada oshiradi. Muhim mineral resurslarning yagona raqamli xaritasini yaratish, ularni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqaviy ma’lumotlar markazlarini o‘zaro bog‘lash takliflari iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin, ammo tabiiy boyliklarning mavjudligi o‘z-o‘zidan iqtisodiy ustunlikni kafolatlamaydi: haqiqiy natija xomashyoni chuqur qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va malakali mutaxassislar tayyorlashga
bog‘liq.
Transport-logistika aloqalari bu imkoniyatlarni xalqaro bozorlarga bog‘lovchi asosiy mexanizmlardan biridir. Ozarbayjon bilan hamkorlik Kaspiy dengizi orqali Kavkaz va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shunga qaramasdan muqobil transport yo‘nalishining mavjudligi hali uning raqobatbardoshligini anglatmaydi. Tranzit xarajatlari, chegara tartib-taomillari, portlar va temiryo‘llar faoliyatining muvofiqlashtirilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli mintaqaviy integratsiya faqat siyosiy kelishuvlar bilan emas, balki biznes uchun real iqtisodiy afzalliklar yaratishi bilan baholanishi
kerak.
19-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvi ushbu jarayonga yana bir necha muhim tashabbuslarni ilgari surishi turgan gap. AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning tashrifi va Amerika biznes doiralarining ishtiroki Vashingtonning mintaqa bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Uchrashuv bilan bog‘liq kun tartibida savdo, investitsiyalar, energetika va strategik minerallar muhim
o‘rin tutdi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi integratsiya tashabbuslari hamda Samarqanddagi C5+1 uchrashuvi mintaqaning xalqaro iqtisodiy aloqalari kengayayotganini ko‘rsatuvchi muhim jarayonlardir. Biroq diplomatik faollikning o‘zi iqtisodiy muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Asosiy mezon qo‘shma ishlab chiqarishning rivojlanishi, strategik resurslardan samarali foydalanish, transport xarajatlarining kamayishi va yangi investitsiyalarning real iqtisodiy natijalarga aylanishidir. Markaziy Osiyoning strategik salohiyati geografik joylashuvining o‘zida emas, balki ushbu ustunlikni o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga aylantira olishidadir.
Komila Hikmatova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

October 21, 05:21
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#iqtibos
✅
O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.
©
Abdulla Qodiriy
✅
Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur.
©
Abdulla Avloniy
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📝
X
📹
YouTube
📝
Facebook
📷
Instagram
📨
Telegram