
«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
🇮🇷
🇨🇳
Xalqaro sanksiyalar sharoitida Eron-Xitoy munosabatlari
Eron–Xitoy munosabatlari so‘nggi yillarda xalqaro sanksiyalar fonida iqtisodiy hamkorlikdan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, AQShning Eronga nisbatan sanksiyalar siyosati Eronni iqtisodiy va siyosiy jihatdan Sharqqa, birinchi navbatda Xitoyga yaqinlashishga undadi.
Ikki davlat munosabatlarida 2016-yil muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Xitoy raisi Si Szinpinning Tehronga tashrifi davomida Eron va Xitoy keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga
kelishib oldi
. Bu jarayon 2021-yil 27-martda "25 yillik keng qamrovli hamkorlik dasturi"ning imzolanishi bilan yangi bosqichga chiqdi. Hujjat energetika, transport, infratuzilma, savdo va investitsiya kabi ko‘plab yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlik uchun siyosiy
asos yaratdi
.
2018-yilda AQShning Eron yadroviy kelishuvi — JCPOAdan chiqishi va sanksiyalarni qayta tiklashi Eronning G‘arb bozorlari hamda xalqaro moliya tizimiga kirishini keskin chekladi. Xitoy Eron uchun eng muhim iqtisodiy hamkorlardan biriga aylandi. Ayniqsa, neft savdosi ikki tomonlama aloqalarning tayanch yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda Xitoy Eronning dengiz orqali eksport qilinadigan neftining 80 foizdan ortig‘ini sotib olgan, bu esa Pekinning Tehron uchun sanksiyalar bosimini yumshatuvchi asosiy iqtisodiy vositaga
aylanganini ko‘rsatadi
.
Munosabatlarda muhim paradoks mavjud: siyosiy yaqinlik iqtisodiy investitsiyalarning mutanosib o‘sishiga olib kelmadi. 2021-yildagi uzoq muddatli hamkorlik dasturiga qaramay, Xitoyning Erondagi real investitsiyalari nisbatan cheklangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2007-yildan buyon Xitoyning Erondagi investitsiyalari 5 milliard dollarga ham yetmagan. Bu ko‘rsatkich Xitoyning Saudiya Arabistoni va BAA kabi boshqa Yaqin Sharq davlatlaridagi iqtisodiy faolligidan
ancha past
. Buning asosiy sababi — ikkilamchi sanksiyalar xavfi va Xitoy kompaniyalarining AQSh moliya tizimi hamda global bozorlardagi manfaatlarini xavf ostiga qo‘yishni istamasligidir.
Shunga qaramay, sanksiyalar Eron–Xitoy munosabatlarini geosiyosiy jihatdan yanada yaqinlashtirdi. Eronning 2023-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishi va 2024-yildan BRICS tarkibiga kirishi Tehronning G‘arbga qaramlikni kamaytirish va Xitoy yetakchi rol o‘ynayotgan ko‘p qutbli institutlarga integratsiyalashish strategiyasini kuchaytirdi.
Eron uchun Xitoy — sanksiyalar sharoitida neft eksportini davom ettirish, tashqi savdo aloqalarini saqlash va xalqaro izolyatsiyani yumshatish imkonini beruvchi strategik hamkordir. Xitoy uchun esa Eron — energetik resurslar manbai, Markaziy Osiyo–Yaqin Sharq transport yo‘laklaridagi muhim geografik bo‘g‘in va AQSh ta’siri kuchli bo‘lgan mintaqadagi geosiyosiy sherikdir. Biroq Pekin Tehron bilan hamkorlikda ehtiyotkor siyosat yuritmoqda, jumladan, Xitoy Eron bilan aloqalarni rivojlantirish bilan birga, AQSh sanksiyalari xavfini hamda Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan ancha yirik iqtisodiy manfaatlarini hisobga olmoqda.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro sanksiyalar Eron–Xitoy aloqalarini zaiflashtirishdan ko‘ra, ularning strategik ahamiyatini oshirdi. E'tiborli jihati shundaki, bu munosabatlar teng darajadagi o‘zaro bog'liqlik emas, balki, sanksiyalar tufayli Eronning Xitoyga iqtisodiy ehtiyoji Xitoyning Eronga bo‘lgan ehtiyojidan ancha yuqori. Aynan shu nomutanosiblik kelajakdagi Eron–Xitoy munosabatlarining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib qoladi.
Asadbek
Sultonboyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
🇨🇳
🇺🇸
Xitoy va AQSh siyosatidagi farq
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (2-qism)
Sahelda Rossiyaning ta'siri so'nggi yillarda sezilarli darajada oshib bormoqda. 2021-yildan boshlab Mali hukumati Vagner guruhi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi, shuningdek, Fransiya qoʻshinlari chiqib ketganidan keyin esa Rossiya xavfsizlik sohasidagi asosiy tashqi hamkorlardan biriga
aylandi
. 2023-yilda Vagnerning "Moskvaga yurishi"dan soʻng Afrika Korpusi nomini oldi va Afrikada o'z faoliyati davom ettirdi. Bundan tashqari, Moskva Mali, Burkina-Faso va Nigerning harbiy hukumatlari bilan mudofaa hamkorligini rivojlantirib, harbiy tayyorgarlik, qurol-yarog' yetkazib berish va siyosiy-diplomatik qoʻllab-quvvatlashni
taklif qildi
. Shu bilan birga, Rossiyaga aloqador axborot tarmoqlari va kampaniyalar G'arb, xususan, Fransiyaga qarshi qarashlarni faol targ'ib qilib kelmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, Fransiyaning Saheldagi ta'siri Rossiya mintaqada faol rol oʻynashidan ancha oldin zaiflasha boshlaganini koʻrishimiz mumkin. Barxan operatsiyasi xavfsizlikni barqarorlashtirish borasida kutilgan natijalarni bermadi, qurolli to'qnashuvlar esa Mali hududidan Burkina-Faso va Nigerga
yoyildi
. Shu bilan birga, Fransiyaning harbiy mavjudligiga qarshi norozilik kuchayib, uning neokolonial siyosatiga qarshi anti-fransuz kayfiyati kengaya boshladi. 2020-yil avgust va 2021-yil may oylarida Malida sodir boʻlgan harbiy davlat toʻntarishlari mamlakatdagi chuqur siyosiy inqirozni yaqqol
namoyon etdi
. Aynan ushbu siyosiy va xavfsizlik inqirozi Rossiya uchun mintaqada oʻz ta'sirini kengaytirish imkoniyatini yaratdi. Bu Fransiyaning Saheldagi mavqeyi avvaldan zaiflashganini va Rossiya yuzaga kelgan boʻshliqni to'ldirishga harakat qilyotganini anglatadi.
Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy hukumatlari uchun Moskva Fransiya va Yevropaga muqobil xavfsizlik hamkoriga aylandi. Fransiya va Yevropadan farqli o'laroq Rossiya demokratik qadriyatlarni qabul qilish yoki qurolli guruhlarni qo'llab-quvvatlamaslik kabi shartlarsiz mintaqadagi davlatlarning yangi hukumatlariga harbiy va diplomatik yordam taklif etmoqda. Shu bilan birga, u anti-G'arb, xususan anti-fransuz qarashlarini kuchaytirib, mintaqadagi ta'sirini kengaytirib kelmoqda. Shu tufayli, Mali, Burkina-Faso va Nigerning yangi hukumatlari Rossiya bilan aloqalarni kengaytirmoqda va shu orqali xalqaro izolyatsiyani
chetlab o'tmoqda
.
Sirasini aytganda, Fransiyaning strategik, siyosiy va xavfsizlik bilan bog'liq muammolari uning Saheldagi rolini allaqachon pasaytirgan, Moskva esa bu sharoitdan oqilona foydalanmoqda. Bu jarayonlar esa Fransiyaning Afrika bilan uzoq yillar davom etgan Françafrique tizimining bugungi holatini qayta baholash zaruratini yuzaga keltiradi.
Madina
Mahmudova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
#infografika
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (1-qism)
Soʻnggi oʻn yillik davomida Fransiya Sahel mintaqasida xavfsizlik va siyosiy ta’sir jihatidan eng muhim tashqi aktorlardan biri bo‘lib kelgan edi. Terrorizmga qarshi kurash, harbiy hamkorlik va tarixiy aloqalar Parijning mintaqadagi rolini mustahkamlab turgan, biroq bugunga kelib bu manzara keskin o‘zgardi: Fransiya qo‘shinlari Mali (2022), Burkina-Faso (2023) va Nigerdan (2023-yil dekabr) chiqarildi, uning siyosiy ta’siri esa sezilarli darajada kamaydi. Fransiyaning tarixan strategik ustunlikka ega bo‘lgan hududdagi bu chekinishi shunchaki siyosiy muvaffaqiyatsizlik boʻlibgina qolmay, uning Afrika geosiyosatidagi chuqurroq o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.
Sahel mintaqasi Fransiya uchun shunchaki sobiq mustamlakalar hududi emas, balki uning xavfsizlik va tashqi siyosat strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. 2012–2013-yillarda Malida qurolli guruhlar kuchayganidan so‘ng Fransiya Serval Operatsiyasi, keyinchalik esa Barxan Operatsiyasi orqali mintaqadagi terrorizmga qarshi kurashning asosiy ishtirokchilaridan biriga
aylandi
. Barxan Fransiyaning ekspeditsion harbiy operatsiyasi bo‘lish bilan birga, Saheldagi kengroq xavfsizlik tizimining tayanchi ham edi. U nafaqat Fransiya kuchlari uchun, balki BMTning MINUSMA missiyasi, G5 Sahel davlatlari va Yevropa hamkorlari uchun razvedka, logistika va operatsion imkoniyatlarni ta’minlab
kelgan
. Shu sababli Fransiyaning Barxan operatsiyasi doirasidagi harbiy faoliyatini qayta tashkil etishi Parijning Saheldagi rolini o‘zgartirdi va mintaqadagi xavfsizlik tizimida yangi bosqichni boshlab berdi.
Fransiyaning Saheldagi nufuzi pasayishi asosan 3 ta sabab bilan izohlanadi. Birinchi sababi xavfsizlik masalasi va uning natijalari edi. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS)ning 2022-yildagi tahliliga
koʻra
, Barxan operatsiyasi ayrim taktik muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, mojaroning siyosiy va boshqaruv bilan bog‘liq ildiz sabablarini bartaraf eta olmadi. Natijada zo‘ravonlik Mali bilan cheklanib qolmay, Niger va Burkina-Fasoga ham yoyildi.
Karter Markazi esa 2022-yilda Mali tinchlik jarayoni "misli ko‘rilmagan boshi berk ko‘chaga" kirib qolganini qayd
etgan
. Bu shuni ko‘rsatadiki, Saheldagi inqiroz faqat terroristik guruhlar faoliyatining natijasi emas, balki zaif davlat institutlari va hal etilmagan siyosiy muammolar bilan ham bog‘liq edi. Shu sababli Fransiyaning asosan harbiy vositalarga tayangan strategiyasi xavfsizlik tahdidlarini vaqtincha jilovlagan bo‘lsa-da, ularni yuzaga keltirayotgan omillarni bartaraf eta olmadi.
Ikkinchidan, mintaqada kuchaygan anti-fransuz kayfiyati boʻldi. Nigerlik siyosatshunos Rahmane Idrissa
fikricha
, bu kayfiyatni faqat tashqi propaganda bilan izohlab bo‘lmaydi, uning ildizlari Fransiyaning mintaqadagi tarixiy roli va suverenitet masalasiga borib taqaladi. Ya'ni Fransiya terrorizmga qarshi kurashni mintaqaviy xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rgan bo‘lsa, mahalliy aholining bir qismi uning harbiy mavjudligini milliy mustaqillikka tashqi aralashuv sifatida qabul qila boshladi. Oqibatda, mustamlakachilik qoldiqlari va Fransafrika tizimi (Fransiya–Afrika munosabatlarining norasmiy tizimi) haqidagi tanqidlar kuchayib, Fransiya harbiy mavjudligiga qarshi namoyishlar va siyosiy kampaniyalar
kengaydi
.
Uchinchi omil esa Sahel davlatlaridagi turli siyosiy oʻzgarishlar boʻldi. Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy to'ntarish oqibatida hokimyatga kelgan siyosiy kuchlar oʻz legitimligini milliy suverenitet va Fransiyadan mustaqil siyosat g‘oyalari orqali mustahkamlashga harakat qila boshladilar. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahliliga
ko‘ra
, harbiy rejimlar xavfsizlikni tiklash uchun yangi qurolli kuchlarga, jumladan, Malida Rossiya bilan bog‘liq Vagner guruhi (keyinchalik Afrika Korpusi)ga tayanishni afzal ko‘ra boshladilar.
Umuman olganda, Fransiya harbiylarining mintaqadan chiqib ketishi birgina harbiy muvaffaqiyatsizlik bilan bog'liq emas, balki mintaqaviy xavfsizlikning o'zgarishi, anti-fransuz kayfiyatining kuchayishi va mintaqadagi siyosiy o'zgarishlar hisoblanadi. Shu tufayli Fransiyaning mintaqadagi neokolonial siyosati inqirozga uchradi. Endilikda Parij Afrikaga nisbatan tashqi siyosiy yondashuvini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda.
Madina
Mahmudova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Ommaviy madaniyatda dronlar nazariyasi
Dron urushlari bugungi kunda faqat harbiy texnologiya emas, balki siyosiy va madaniy tasavvurlar orqali shakllangan murakkab jarayon sifatida qaraladi. Bu jarayonni bir qancha olimlar alohida ilmiy yoʻnalish sifatida tadqiq qilishgan. Xususan, fransuz siyosiy falsafashunos olimi
Greguar Shamayu
o‘zining “
Dron nazariyasi
” asarida bu masalani siyosiy va falsafiy jihatdan tushuntirib beradi.
Asarda muallif dronlarni masofa orqali zo‘ravonlikni amalga oshirishning yangi modeli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, dron urushi klassik jang maydonini yo‘q qiladi, ya’ni jangchi va nishon o‘rtasidagi jismoniy yaqinlik o‘rnini texnologik vositalar orqali amalga oshiriladigan uzoq masofa urushlar egallaydi. Shuningdek, an’anaviy urushda qarama-qarshi tomonlar o‘zaro xavf ostida bo‘lgan bo‘lsa, dron urushida bu muvozanat buziladi. Operatorlar minglab kilometr uzoqda joylashgan holda qaror qabul qiladi, bu esa javobgarlik qaysi tomonda boʻlishini savol ostiga qoʻyadi.
Shuningdek, media va madaniyat tadqiqotchisi
Markus Richardson
esa dron urushining qanday qilib ommaviy madaniyat orqali talqin qilinishini tahlil qiladi. Filmlar, video o‘yinlar va yangiliklar dronlarni ko‘pincha aniq va kam talofatli qurol sifatida tasvirlaydi. Bu esa “
kam talofatli urush
” g‘oyasini shakllantiradi. Masalan, ekranda ko‘rinadigan infraqizil tasvirlar, yuqoridan olingan geometrik kadrlar va interfeysga o‘xshash nishonga olish tizimlari zo‘ravonlikni texnik jarayon sifatida ko‘rsatadi. Natijada insonning jismoniy holati va tasodifiy qurbonlar ko‘rinmay qoladi.
Dron urushining markaziy elementlaridan biri -
masofa
. Bu nafaqat fizik masofa, balki psixologik va axloqiy masofani ham anglatadi. Operator ekranda faqat piksel yoki issiqlik nuqtasini ko‘radi. Natijada nishon inson sifatida emas, balki “belgi” yoki “tahdid” sifatida qabul qilinadi. Bu jarayon mavhum tasvir orqali insoniylikni yo‘qotish(dehumanization) deb ataladi.
Bunday vizual va texnologik yondashuv
tanlab ko‘rsatish
mexanizmini yaratadi. Dron kamerasi faqat ma’lum narsalarni ko‘rsatadi: harakat, issiqlik, koordinata. Uchuvchisiz uchoqlar haqiqiy holatni, insonlarning kundalik hayotini, ularning kimligini va siyosiy sabablarni hisobga olmaydi. Dronning optik tizimi dunyoni kuzatiladigan, o‘lchanadigan va zarba beriladigan obyektlar to‘plami sifatida ko‘rsatadi. Aynan shu jarayonda muhim narsalar -
insoniylik
va axloqiy masalalar
inobatga olinmaydi.
Ommaviy madaniyat esa bu jarayonni yanada kuchaytiradi. Video o‘yinlarda dronlar ko‘pincha yuqori aniqlikdagi, xatosiz ishlaydigan vosita sifatida tasvirlanadi. Filmlarda esa ular strategik ustunlik va nazorat ramziga aylanadi. Amerikaliklar tomonidan ishlangan “Eye in the Sky” filmida tomoshabin voqealarni asosan dron kamerasi orqali kuzatadi. Shu bilan birga, film masofadan turib qaror qabul qilishning murakkabligini, tinch aholiga zarar yetkazish ehtimolini va operatorlar hamda siyosatchilarning axloqiy mas’uliyatini ham ochib beradi. Natijada tomoshabin onggida dron urushi oson, xavfsiz va zararsizroq urush sifatida shakllanadi. Bu esa zo‘ravonlikni normal holga aylantirishga olib keladi. Odamlar bunday urushni osonroq qabul qiladi. Negaki urush bevosita qon, vayronagarchilik yoki azobdan iborat boʻlmaydi degan tushuncha vujudga keladi.
Agar urush tobora yuqoridan ko‘riladigan hodisaga aylansa, bu siyosatni ham o‘zgartiradi. Natijada davlatlar xavfni oldindan aniqlash va yo‘q qilishga qaratilgan siyosat yuritadi, bu esa xavfsizlikni ta’minlash nomi ostida kengroq nazorat va kuch ishlatishni legitimlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, dron urushi faqat harbiy innovatsiya emas, balki kuzatuv va boshqaruvning yangi shaklidir. Shuningdek, u geosiyosiy kuch munosabatlarini oʻzgaritirib, urush etikasiga bogʻliq masalarni qiyinlashtirmoqda. Ommaviy madaniyat orqali esa zo‘ravonlikni oddiy va qabul qilinadigan holat sifatida taqdim etmoqda.
Nozima Ergasheva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Nekrokratiya - o'liklar hokimiyati
Siyosiy rejimlar odatda tirik shaxslarning, partiyalarning yoki harbiy elitalarning hokimiyatni boshqarish uslubiga qarab tasniflanadi. Biroq xalqaro munosabatlar va siyosiy falsafada shunday noyob va radikal tizim borki, unda davlatning qonuniy rahbari endi bu dunyoda jismonan mavjud bo'lmaydi. Nekrokratiya grekcha
nekros
– „oʻlik“ va
kratos
– „hokimiyat“ — soʻzma-soʻz aytganda, „oʻliklar boshqaruvi“ yoki marhum rahbarning qonuniy va ramziy hukmronligiga asoslangan tuzumdir. Nekrokratiya — hokimiyatning oliy manbayi, suverenitet asosi va davlatning g‘oyaviy rahbari sifatida vafot etgan yetakchi tan olinib, uning huquqiy maqomi qonun bilan abadiylashtirilgan boshqaruv shaklidir. Siyosiyatga ushbu atamani mashhur publitsist
Kristofer Xitchens
KXDRga qilgan sayohatidan soʻng olib kirgan. U Shimoliy Koreyani dunyodagi yagona „oʻlik prezidentga ega davlat“ deb atagan. Sababi shundaki, 1994-yilda davlat asoschisi Kim Ir Sen vafot etgach, mamlakatda uch yillik motam eʼlon qilindi. 1998-yilgi Shimoliy Koreya Konstitutsiyasiga kiritilgan radikal oʻzgartirishga koʻra, Kim Ir Sen rasman respublikaning „
Abadiy Prezidenti
“ deb eʼlon qilindi va Prezidentlik instituti tugatildi. Keyinchalik, uning oʻgʻli Kim Chen Ir 2011-yilda vafot etgach, u ham partiyaning „
Abadiy Bosh Kotibi
" maqomiga loyiq koʻrildi. Amaldagi rahbar Kim Chen In davlatni mutlaq hukmdor sifatida emas, balki ushbu ikki marhum ajdodining „
vasiyatlari ijrochisi
“ va Davlat ishlari raisi sifatida boshqaradi.
An’anaviy monarxiya "Qirol o‘ldi, yashasin qirol!" tamoyiliga amal qiladi, ya’ni jismoniy shaxs vafot etishi bilan hokimiyat darhol tirik vorisga o‘tadi. Siyosiy ratsionalizm esa hokimiyatni tirik elitalar o‘rtasidagi moddiy resurslar almashinuvi deb biladi.
Nekrokratiya ushbu qoidalarni butunlay rad etadi. Bu tizimda yetakchining jismoniy o‘limi uning siyosiy faoliyatini to‘xtatmaydi, aksincha, uni metafizik darajaga ko‘taradi va barcha xatolardan xoli bo‘lgan dohiyga aylantiradi. Tirik siyosatchilar esa bu tizimda mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxslar emas, balki "abadiy yetakchi"ning vasiyatlari va g‘oyalarini ijro etuvchi o‘rinbosarlar rolini o‘ynashadi xolos. Nekrokratiyaning ishlash mexanizmi uchta fundamental ustun tepasiga quriladi:
huquqiy asoslash, sekulyar din va institutlar transformatsiyasi.
Fransuz
faylasufi Jan Bodriyar
o‘zining simulyakrlar nazariyasida zamonaviy tizimlar real borliqni emas, giperreallikni boshqarishini aytgan edi. Nekrokratiyada ham o‘lik rahbar tanasi va uning obrazi eng oliy siyosiy ramzga aylanadi. Moskvadagi Lenin qabri, Pxenyandagi Kumsusan Quyosh saroyi - Kim Ir Sen va Kim Chen Ir saqlanadigan joy shunchaki qabr emas, balki rejimning muqaddas markazlaridir. Siyosiy neyrosotsiologiya nuqtayi nazaridan, bunday monumental fazoviy arxitektura insonlar ongida barqarorlik, davomiylik va rejimning daxlsizligi hissini yaratadi. Tirik elitalar o‘zlarining har bir qarorini o‘tgan rahbardan iqtibos keltirish orqali oqlashadi. Bu tizimda yangi g‘oya yaratish taqiqlangan, faqatgina "abadiy g‘oya"ni sharhlash, ya'ni “ekzegezagina” mumkin.
Umuman olganda nekrokratiya bu shunchaki siyosiy tushuncha emas, balki elitalarning o‘z mavqeyini saqlab qolish va jamiyatni qat’iy safarbar etish uchun ishlatadigan buzg'unchi, ammo tizimli boshqaruv texnologiyasidir. U hokimiyat almashinuvi paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan klanlararo urushlarni to‘xtatib turish vazifasini o‘taydi, chunki tirik da’vogarlardan hech biri "abadiy o‘lik"ning ramziy maqomiga daxl qila olmaydi. Shunday qilib, nekrokratiya shaxsiy aloqalar va pul munosabatlaridan yuqoriroq turuvchi, inson psixologiyasining o‘limdan qo‘rquv, an’anaga sodiqlik va muqaddaslikka intilish instinktlarini jilovlaydigan g‘oyaviy nazorat vositalaridan biridir. Bugungi kunda nekrokratiyaga yaqqol misol sifatida KXDRni keltirishimiz mumkin.
Mardonaxon Ahmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
#infografika
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Xitoy rivojlanishida huaqiaolar (xorijdagi xitoyliklar) omili
1980-yillarda Xitoyga kirib kelgan ilk kapital va biznes aloqalarning katta qismi
华侨 (Huáqiáo)
— xorijdagi xitoyliklar orqali amalga oshgan. Ular hali chet ellik investorlar ishonmagan paytda Xitoy bozoriga investitsiya kiritgan va iqtisodiy o‘sishning boshlang‘ich bosqichida hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Bugun esa bu diaspora oddiy migratsiya emas, balki global miqyosdagi iqtisodiy va strategik tarmoq sifatida e'tirof etilmoqda.
1978-yildan keyin Den Syaoping boshlagan islohotlar va ochiqlik siyosati davrida Pekin xorijdagi xitoyliklarni oddiy diaspora emas, iqtisodiy resurs sifatida
ko‘ra boshladi
. Maxsus iqtisodiy zonalar aynan xorijdagi xitoyliklar ta'siri kuchli hududlarda ochildi. 1980–90-yillarda Xitoyga kirgan FDIning katta qismi aynan huaqiaolar kapitali orqali kelgan. FDI (Foreign Direct Investment) — bu xorijiy investorlarning boshqa davlat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, biznes ochishi yoki mavjud kompaniyalarga sarmoya kiritishidir. Bu jarayonda kapital oddiy pul oqimi bo'libgina qolmay, balki investorning boshqa davlat iqtisodiyotida bevosita ishtirok etishini ham anglatadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, diaspora investitsiyasi umumiy xorijiy investitsiyaning
60–70%
gacha qismini
tashkil qilgan
. Keyingi bosqichda esa Pekin faqat kapital emas, bilim va texnologiya transferiga ham e’tibor qaratdi. AQSh va G‘arbda o‘qigan xitoylik mutaxassislar qaytib kelib, Xitoyning texnologiya va biznes sektorini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Masalan, AQShda ta’lim olib, qidiruv algoritmlari ustida ishlagan mutaxassis Robin Li (xitoycha ismi Li Yanhong) keyinchalik Xitoyga qaytib, o'z kompaniyasiga asos soldi. Bu kompaniya hozirgi kunda Xitoyda Google o'rnini egallagan Baidu qidiruv platformasi hisoblanadi. Bu yerda muhim jihat — bilim va texnologiya transferi bo'lib, G‘arbda shakllangan texnologik tajriba Xitoy bozoriga moslashtirildi va natijada milliy texnologik gigant paydo bo‘ldi. AQSh va G‘arbda o‘qigan yoki ishlagan xitoyliklar qaytib kelib, Baidu, Huawei va boshqa texnologik gigantlarni yaratilishi huaoqiaolarning Xitoyning bugungi kundagi rivojlanishida haqiqiy rolini ko‘rsatib beradi.
1979-1991-yillarda huaqiaolar arzon ishchi kuchidan foydalanib, asosan mehnat talab qiluvchi eksport tovarlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishgan. Aynan shu davrda diaspora sarmoyasini qulay jalb qilish uchun ularning tarixiy vatanlari hisoblangan hududlarda Maxsus iqtisodiy zonalar (Shenzhen, Zhuhai, Xiamen kabi)
tashkil etilgan
. Keyingi davrda esa, 1992-2007-yillar, sarmoyalar va qo'shma korxonalar hajmi keskin oshdi. Dastlab faqat ishlab chiqarish sohasiga tikilgan sarmoyalar yillar o'tib, xizmat ko'rsatish sektoriga ham faol kirib bordi.
Xitoy hukumati huaqiaolarni vatanga qaytarish yoki sarmoya kiritishga undash uchun jim qarab turmadi, balki juda manfaatli iqtisodiy rag'batlar taklif qila boshladi. Maxsus iqtisodiy zonalarda xorijdagi xitoyliklar uchun daromad solig'i atigi
10-15%
qilib belgilandi
. Taqqoslash uchun o'sha paytda oddiy xorijiy kompaniyalar yoki mahalliy xususiy tadbirkorlar uchun bu soliq stavkasi 35-40% atrofida edi.
Sirasini aytganda, Xitoy rahbariyati xorijdagi diasporaning resurslaridan yetarli darajada pragmatik va oqilona foydalana oldi. Huaqiaolar vataniga nafaqat ulkan moliyaviy sarmoya, balki G'arbning zamonaviy boshqaruv tajribasi va yangi texnologiyalarni ham olib kirib, xalqaro bozorlarga chiqish eshiklarini ochdi. Bu rivovlanish esa hozirgi global Xitoy fenomenining asl poydevoriga aylandi.
Shamshod Unarov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
Rossiya-Ukraina urushi yangi bosqich: o'zgarishlar va kutilmalar
Rossiya-Ukraina urushi tobora yangi bosqichga o'tmoqda. Ukraina endi Rossiyaning urushni moliyalashtiruvchi eng muhim tayanchlaridan biri - neftni qayta ishlash infratuzilmasini tizimli ravishda nishonga olmoqda. So'nggi haftalarda Krasnodar, Yaroslavl, Sankt-Peterburg va boshqa hududlardagi yirik neftni qayta ishlash obyektlariga uyushtirilgan dron zarbalari Rossiyaning ichki yoqilg'i bozorida jiddiy muammolarni
yuzaga chiqardi
.
Ukraina xom neft qazib olishni emas, balki uni benzin, dizel va aviatsiya yoqilg'isiga aylantiruvchi zavodlarni nishonga olmoqda. Natijada, uni ichki iste'mol uchun qayta ishlash imkoniyatlari sezilarli darajada qisqarmoqda. Bu esa mamlakat bo'ylab benzin taqchilligi, narxlarning oshishi va ayrim hududlarda yoqilg'i taqsimotiga cheklovlar joriy etilishiga olib
kelmoqda
.
Shuningdek, ayrim yoqilg'i quyish shoxobchalarida benzin narxi ilk bor 100 rubldan oshib ketdi, ayrim hududlarda esa 120–140 rublgacha ko'tarildi. Yirik kompaniyalar davlat bosimi ostida narxlarni sun'iy ushlab turgani sababli ularda yoqilg'i tez tugab qolmoqda, kichik operatorlar esa mahsulotni qimmat narxda sotishga majbur
bo'lmoqda
.
Tahlilchilar ushbu vaziyatni Rossiyaning urush olib borish salohiyatini iqtisodiy yo'l bilan zaiflashtirishga qaratilgan uzoq muddatli kompaniya sifatida baholamoqda. Jumladan, Ukraina zarbalari natijasida Rossiyaning neftni qayta ishlash hajmi ayrim davrlarda 13 foizgacha qisqargan va murakkab texnologik uskunalarga yetkazilgan zarar tufayli ularni tiklash avvalgidan ancha qiyinlashgan. G'arb sanksiyalari sabab ehtiyot qismlarni import qilish ham
murakkablashmoqda
.
Bu jarayon faqat Rossiyaning ichki bozori bilan cheklanmaydi. Rossiya neft mahsulotlariga tayanadigan yoki ularni tranzit va import qiladigan davlatlar ham logistika xarajatlarining oshishi, ta'minotdagi uzilishlar va narxlar o'zgarishi xavfi bilan yuzlashmoqda. Ayniqsa, Yevrosiyo iqtisodiy hududidagi ayrim davlatlar hamda Rossiya bilan energetik integratsiyasi yuqori bo'lgan mamlakatlar ushbu bosimni bilvosita his qilmoqdalar. Misol uchun Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligi yoqilgʻi boʻyicha yordam soʻrab qo‘shni
Qozog‘iston
,
O‘zbekiston
dan tashqari
Rossiya
,
Turkmaniston, Belarus
va
Ozarbayjonning
vakolatli organlariga rasmiy murojaat
yuborgan
. Rasmiylar yonilg‘i yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Garchi, Rossiya ulkan xom neft zaxiralari, davlat rezervlari va eksport yo'nalishlarini qayta taqsimlash imkoniyatiga ega bo'lsa-da, Ukraina tobora ko'proq front ortidagi iqtisodiy nishonlarga zarba berish orqali Rossiyaning urush xarajatlarini oshirishni ko’zlamoqda.
Umuman olganda, Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash infratuzilmasini nishonga olish orqali urushda keskin burilish yasashga harakat qilmoqda. Mazkur strategiya Rossiyaning ichki yoqilg‘i ta’minoti va urushni moliyalashtirish imkoniyatlariga bosimni kuchaytiradi, uning oqibatlari esa Rossiya bilan energetik jihatdan bog‘liq davlatlarga ham jiddiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.
Omadbek
Xatamjonov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
📱
X
📱
YouTube
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram