Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sharqshunos tarixchi

sharqshunos_tarixchi
Sharq xalqlari Tarixi, Siyosati, Antropologiyasi, Etnografiyasi va San‘ati haqida barcha barchasi. Murojaat uchun @Sharqshunoschat_bot ga yozishingiz mumkin. Kanaldan ma‘lumot olganingizda manbani ko‘rsatishingiz shart.
Subscribers
3 760
24 hours
-16
30 days
-84
Unusual 24 hours drop
Post views
706
ER
18,78%
Posts (30d)
33
Characters in post
1 156
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 25, 16:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

♾
Evolyutsion antropolog John Zerzan o‘zining Agriculture: Essence of Civilization (“Agromadaniyat: sivilizatsiyaning iblisona dvigateli”) asarida chorva hayvonlarini qo‘lga o‘rgatish sabablariga oid qiziqarli nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha, dastlab…

October 25, 06:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tarixiy_iqtibos
🇮🇷
Ey eroniyliklar! Ey mening sevikli vatandoshlarim! Ushbu xiyonatkorona gʻaflat (mastlik) sizni qachongacha uyquda ushlab turadi? Bu sarxushlik yetar. Boshingizni koʻtaring. Koʻzlaringizni oching. Atrofingizga bir nazar tashlang va dunyo qanchalik taraqqiy etib, madaniylashganini koʻring.
Afrikadagi barcha qabilalar va Zanjibardagi qora(negro)lar ham madaniyat, ilm-fan, mehnat va boylik sari intilmoqda.
Yuz yil muqaddam ahvoli biznikidan ancha xarob boʻlgan qoʻshnichamiz — ruslarga qarang. Mana, endi ularning hamma narsasi bor, har vaqti xush. Oʻtgan kunlarda bizda hammasi bor edi, endi esa baridan mahrummiz.
Ilgarilari boshqalar bizga buyuk millat deb qarashar edi. Hozir esa shunday ahvolga tushdikki, shimoliy va janubiy qoʻshnilarimiz bizni allaqachon oʻz mulki deb hisoblab, mamlakatimizni oʻzaro boʻlib olmoqdalar.
Bizda na qurol, na armiya, na barqaror moliya, na tuzukroq hukumat va na tijorat qonunlari bor.
Bu barcha qoloqlikning sababi — absolutizm (zabt-u mustabidlik), adolatsizlik va qonunsizlikdir.
Shuningdek, sizning
ulamolaringiz ham aybdordir, chunki ular umr qisqa, dunyoviy obroʻ-eʼtibor esa shunchaki insoniy hoyu havasdan iborat deb daʼvat qilishadi.
Ushbu mavizalar sizni bu dunyodan uzib, boʻysunuvchanlik, qullik va jaholatga yetaklaydi.
Podshohlar esa, ayni paytda, sizni shilib oladilar... Va bularning barchasi ustiga, barcha pulingizni shilib olib, evaziga sizga yashil, koʻk va qizil matolar, yaltir-yultir shisha idishlar hamda dabdabali mebellarni tutqazadigan ajnabiylar keladi. Bular — sizning kulfatingiz sababchilaridir. Uyg‘oning.

💬
Tehron Sermon (Eron jadidi) - 1907-yil
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

October 24, 17:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇮🇷
🔻
🇦🇫
#Eron #Afghanistan Ayni vaqtda Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida “XXI ASR ERONSHUNOSLIGI VA AFG‘ONSHUNOSLIGI: TIL VA ADABIYOT, SIYOSIY VA TARIXIY JARAYONLAR” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon bilan tanishtirib boraman.…

October 24, 05:47
Media unavailable
2
3
Show in Telegram

🇮🇷
🔻
🇦🇫
#Eron
#Afghanistan
Ayni vaqtda Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida
“XXI ASR ERONSHUNOSLIGI VA AFG‘ONSHUNOSLIGI: TIL VA ADABIYOT, SIYOSIY VA TARIXIY JARAYONLAR”
nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayon bilan tanishtirib boraman.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

October 23, 17:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

♾
Evolyutsion antropolog
John Zerzan o‘zining Agriculture: Essence of Civilization
(“Agromadaniyat: sivilizatsiyaning iblisona dvigateli”) asarida chorva hayvonlarini qo‘lga o‘rgatish sabablariga oid qiziqarli nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha, dastlab — ya’ni hayvonlardan itoatkorlik va mahsuldorlik sun’iy ravishda shakllantirilguniga qadar bo‘lgan asrlar davomida — ular asosan
diniy marosimlar va qurbonliklar uchun ishlatilgan.
Xuddi ovchi-yig‘uvchi insonning dehqonga aylanishi ko‘p jihatdan tasodifiy jarayon bo‘lgani kabi (buni James C. Scott Against the Grain asarida Mesopotamiya misolida tasvirlaydi), hayvonlarning xonakilashtirilishi ham “ajdodlar donoligi” natijasidan ko‘ra ko‘proq
tasodifiy tarixiy jarayon bo‘lgan,
degan qarash ilgari suriladi.
🐄
“Chorva va parrandalarni qo‘lga o‘rgatish diniy faoliyat negizida boshlangan. Bu gipoteza eng ishonchli ko‘rinadi.
🐑
Ma’lumki, ilk xonakilashtirilgan hayvonlar bo‘lgan qo‘y va echkilar diniy marosimlarda keng qo‘llanilgan hamda qurbonlik uchun maxsus o‘ralgan maydonlarda saqlangan. Bundan tashqari, qo‘ylar xonakilashtirilishidan avval
to‘qimachilik uchun yaroqli jun
bermagan.
⚡️
Janubi-sharqiy Osiyo va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududlarida — ya’ni ilk sivilizatsiya o‘choqlarida — tovuqlar, Darbining yozishicha, ‘oziq-ovqatdan ko‘ra ko‘proq marosim va qurbonliklarda ishlatilgan’.

🎁
Sauer esa qo‘shimcha qiladi: qo‘lga o‘rgatilgan qushlarning ‘tuxum qo‘yishi va go‘sht yetkazib berishi’ — bu ularning xonakilashtirilishining ancha keyingi natijalaridir.
😁
Yovvoyi qoramollar tajovuzkor va xavfli bo‘lgan; na buqalarning itoatkor bo‘lishini, na ularning bichish natijasida o‘zgarishini oldindan tasavvur qilib bo‘lardi.
Sigirlarni sog‘ish esa ular qo‘lga tushirilganidan keyin faqat bir necha asr o‘tib boshlangan.
Qoramollar tasvirlari esa dastlab ular diniy yurishlarda aravalarga qo‘shilgan holda ishlatilganini ko‘rsatadi.”
Davomi bor..
👍
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

October 22, 17:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fransuz tarixchisi Mark Ferroning “Dunyoning turli mamlakatlarida bolalarga tarix qanday o‘rgatiladi” (Как рассказывают историю детям в разных странах мира) asari turli mamlakatlardagi tarix darsliklari tahlil qilingan va bolalar ongiga qanday mafkuraviy qarashlar…

October 21, 16:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fransuz tarixchisi Marc Ferroning “Comment on raconte l'histoire aux enfants à travers le monde entier”
(“Dunyoning turli mamlakatlarida bolalarga tarix qanday o‘rgatiladi”)
nomli kitobini o‘qishni davom ettiryapman. Kitob nomidan ham mazmuni anglashiladi:…

October 19, 17:22

Fransuz tarixchisi
Marc Ferroning
“Comment on raconte l'histoire aux enfants à travers le monde entier”
(“Dunyoning turli mamlakatlarida bolalarga tarix qanday o‘rgatiladi”)
nomli kitobini o‘qishni davom ettiryapman. Kitob nomidan ham mazmuni anglashiladi: Ferro turli mamlakatlarning
maktab tarix darsliklarini o‘rganib
chiqib, ulardan qisqacha xulosalar tayyorlagan. Shu orqali bolalarning ongiga yoshlikdan qanday mafkuraviy qarashlar singdirilishi ko‘rinadi.
Quyidagi parcha esa 1960–70-yillarda Angliya maktablarida o‘quvchilarga Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosati qanday tushuntirilganini ko‘rsatadi. Bugun o‘sha avlod vakillari 60–70 yoshda. Shunday ekan, ularning ayrimlari Hindistondan Angliyaga bo‘layotgan migratsiyani qanday qabul qilayotganini tasavvur qilish mumkin: ularning ongida hindlar uzoq vaqt “ikkinchi darajali xalq” sifatida tasvirlangan edi. Biroq Hindiston musulmonlari — masalan, hozirgi pokistonliklar — inglizlar nazarida nisbatan yuqoriroq baholangan.
O‘sha davr maktab tarix darsligidan quyidagi jumlani keltiradi:
“Hindistonni tushunishga urinmaslik kerak. Hindiston xuddi ayolga o‘xshaydi: u tushunishni emas, balki qat’iy qo‘llikni talab qiladi."
Inglizlar hindlarda britaniyaliklarga xos
uch sifat yetishmaydi
deb hisoblashardi: jismoniy kuch, intizom va tashkiliy qobiliyat. Ular bu sifatlarga ega bo‘lmaguncha, ularga bolalardek munosabatda bo‘lish kerak edi: qat’iy, ammo adolatli tarzda, kuch namoyish etgan holda. Buni qo‘zg‘olondan keyin
lord George Curzon
amalga oshirgan deb tasvirlashgan. Shundan so‘ng savdogarlar va do‘konlar Hindistoni o‘rniga harbiy paradlar Hindistoni va The Lives of a Bengal Lancer filmidagi “uch bengal ulanlari” obrazi paydo bo‘ladi; filmda bosh rolni Douglas Fairbanks Jr. ijro etgan.
Darhaqiqat, Hindiston inglizlar tiklagan birlik orqali erkinlikka intilgan sari, inglizlar bengalliklar bilan marathilarni, musulmonlar bilan hindularni, sikxlar bilan rajputlarni yanada keskinroq ajrata boshlashdi. Albatta, ular musulmonlarga ma’lum darajada ustunlik berishardi, chunki ularni Hindistonda hukmronlik qilish borasidagi o‘z salaflari deb bilishardi.
“Ular (musulmonlar) otni juda yaxshi minishardi va poloni a’lo darajada o‘ynashardi”
- deb yozgan Arthur Steele o‘z hikoyalarida.
Yana ham diqqatga sazovor jihat shundaki, garchi buyuk qo‘zg‘olon tashkilotchilari hindular bo‘lgan bo‘lsa-da, ingliz hikoyalarida aynan musulmonlar doimo faol harakat qiluvchi insonlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz tasavvurida hind, ayniqsa bengallik, ishonib bo‘lmaydigan sust va passiv mavjudot sifatida gavdalanadi.
Rudyard Kipling
novellasida
muhim vazifa topshirilgan bengallik ilk tahdiddayoq qochib ketadi — u xavf oldida o‘zini boshqara olmaydigan shaxs sifatida tasvirlanadi.”
Davomi bor...
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

October 18, 06:11
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Misr
👁
Qadimgi misrliklar
dunyo
ibtidoiy xaos — cheksiz Nun okeani
dan vujudga kelganiga ishonishgan. Misrning turli hududlarida
olamning yaratilishi haqidagi kosmogonik miflar
mavjud bo‘lib, ular mahalliy diniy markazlar va panteondagi bosh xudolar bilan bog‘liq edi.
👁
1. Geliopol kosmogoniyasi: olam Ra xudosining so‘zi orqali yaratiladi
Geliopolda olam
quyosh xudosi Atum-Ra
ning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. U Nun suvlaridan yuzaga kelib,
narsalarga nom berish orqali
koinotni yaratadi. Shundan so‘ng u
Shu
(havo) va
Tefnut
ni (namlik) yaratadi; ular esa o‘z navbatida
Geb
(yer) va
Nut
ni (osmon) dunyoga keltiradi. Ularning farzandlari —
Osiris, Isida, Set va Neftida
— Qadimgi Misr panteonining asosiy xudolariga aylanadi.
🍙
2. Memfis kosmogoniyasi: Ptaxning aqli va kalomi orqali yaratilish
Memfis shahrida asosiy xudo sifatida
Ptax
, hunarmandlar va yaratuvchilar homiysi e’zozlangan. Ushbu kosmogonik tasavvurga ko‘ra, Ptax olamni jismoniy harakatlar bilan emas, balki
tafakkur va so‘z orqali
yaratadi: u avval yuragida (aqlida) narsalarni tasavvur qiladi, so‘ng ularni til orqali mavjudlikka chiqaradi. Bu qarash keyinchalik
xristianlikdagi “kalom orqali yaratilish”
konsepsiyasiga juda yaqinligi bilan ajralib turadi.
☀️
3. Germopol kosmogoniyasi: sakkizta ibtidoiy xudo
Germopol shahrida kosmogoniya
Vosemeritsa
(Sakkizlik) atrofida shakllangan. U to‘rtta juft xudodan iborat bo‘lib, ular
xaos, zulmat, cheksizlik va ibtidoiy suvlar
ni ifodalaydi. Ularning o‘zaro ta’siri natijasida
birinchi mavjudot
—
quyosh tuxumi yoki nilufar guli
paydo bo‘ladi va undan
quyosh xudosi Ra
dunyoga keladi.
😘
4. Fiva kosmogoniyasi: yaratuvchi Amon
Yangi podsholik davrida
Misrning bosh xudosi sifatida
Amon
e’tirof etildi. Fiva miflariga ko‘ra, olam Amonning Nun bilan birlashishi natijasida vujudga keladi: Amon avvalo
o‘zini
, so‘ng esa barcha tirik mavjudotlarni yaratadi. Ushbu mif
Fivaning siyosiy va diniy qudrati kuchayganini
ramziy tarzda aks ettiradi.
🤩
Turli kosmogoniyalar o‘rtasidagi umumiy g‘oyalar
Farqlarga qaramay, Qadimgi Misr kosmogoniyalarini birlashtiruvchi asosiy jihatlar mavjud:
✨
Olam
xaos va ibtidoiy suvlar
dan vujudga kelgan.
☀️
Quyosh xudosi
(Ra yoki Atum) markaziy rol o‘ynaydi.
🌧
Yaralish jarayoni
so‘z orqali
,
suvdan
, yoki
gul/tuxumdan tug‘ilish
shaklida tasvirlanadi.
Bu kosmogonik tasavvurlar Qadimgi Misr diniy tafakkurining murakkabligi va ramziy boyligini yaqqol namoyon etadi.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

October 16, 06:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#
Eron
O‘zbekistonda traktor ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
🚜
Eronning
Iran Tractor Manufacturing Group
sanoat guruhi va O‘zbekiston tomoni qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandumni
imzoladi.
🚜
O‘zbekistonda Eron traktorlarini yig‘ish va sotishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda. Traktorlarning yig‘ish uchun mo‘ljallangan komplektlari Erondan SKD (Semi Knocked Down — qisman qismlarga ajratilgan holda yetkazib berish) shaklida olib kelinadi. Keyinchalik ular O‘zbekistonda yig‘ilib, mahalliy distribyutorlik tarmog‘i orqali sotiladi.
🤝
Loyiha, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilish, o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish hamda butlovchi qismlar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirishni nazarda tutadi. Eronlik muhandislar yig‘ish jarayonini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlab boradi.
⚙️
Kutilishicha, loyiha amalga oshirilishining uchinchi–to‘rtinchi yillariga kelib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming donagacha traktorga yetishi mumkin. Kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnikani qo‘shni davlatlar va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga eksport qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi