Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sharqshunos tarixchi

sharqshunos_tarixchi
Sharq xalqlari Tarixi, Siyosati, Antropologiyasi, Etnografiyasi va San‘ati haqida barcha barchasi. Murojaat uchun @Sharqshunoschat_bot ga yozishingiz mumkin. Kanaldan ma‘lumot olganingizda manbani ko‘rsatishingiz shart.
Подписчики
3 828
24 часа
2
30 дней
-52
Просмотры
639
ER
16,69%
Посты (30д)
37
Символов в посте
787
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
September 11, 09:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ng ni qayoqqa
yo‘q qilishdi
? Endi Bodringni qanday yozamizu qanday o‘qiymiz?
🤷‍♂️
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

September 11, 06:11
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

No comment
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

September 10, 17:27

Epistokratiya yohud Angliyani "bekorchilar" qudratli qilganmi? Ikkinchi jahon urushi davrida bir biridan uzoqda yashagan ikki fransuz kollaboratsionisti — yozuvchi Lyusen Rёbateo va jurnalist Pyer-Antuan Kusto o‘rtasidagi dialoglar bugun kitob qilib chop…

September 10, 08:59

Тарихнинг ғира-ширасида яшаётганлар тун бостириб келаётган бир пайтда янги кун туғилмоқда деб хомхаёл қилади.
Давила

September 09, 17:25

Epistokratiya yohud Angliyani "bekorchilar" qudratli qilganmi?
Ikkinchi jahon urushi davrida bir biridan uzoqda yashagan ikki fransuz kollaboratsionisti — yozuvchi Lyusen Rёbateo va jurnalist Pyer-Antuan Kusto o‘rtasidagi dialoglar bugun kitob qilib chop etilgan. Unda bugungi jamiyatlarni tushunish uchun judayam muhim kuzatuvlar bor.
Masalan, Mualliflar Buyuk Britaniyaning siyosiy muvaffaqiyatlarini uning boshqaruvidagi
epistokratik elementlar
bilan izohlashga harakat qiladi.
Kustoning fikricha, Britaniyada keng jamoatchilik yuqori siyosiy strategiyalarni shakllantirishga bevosita aralashmagan, balki mamlakatning uzoq muddatli siyosatini ko‘proq tayyorlangan siyosiy elita belgilagan. U
Yelizaveta I, Uilyam Pitt va Benjamin Disraeli
davrlarini bunga misol sifatida keltiradi: jamiyat ularning strategik qarorlarini Fransiyadagi kabi keskin qarshilik bilan kutib olmagan.
Rёbateo Fransiya bilan farqni ta’kidlaydi: uning fikricha,
Fransiyada Lyudovik XI dan Lavalgacha bo‘lgan ko‘plab kuchli siyosiy arboblar jamiyatning jiddiy qarshiligiga duch kelgan
, Britaniyada esa siyosiy elita va jamiyat o‘rtasidagi munosabat nisbatan boshqacha shakllangan.
H
okimiyatning muvaffaqiyatli kafolati
uchun yuqori sifatli
insoniy va madaniy kapitalga ega elita
zarur. Ular Britaniya aristokratiyasini bunga misol qilib, uning boyligi va bo‘sh vaqti ta’lim olish, kitob o‘qish, san’at va madaniyat bilan shug‘ullanish, opera va baletga qatnashi hattoki choyxo‘rlik qilishi ham ularning dunyoqarashini kengaytirishga imkon berganini qayd etadi.
Bu yerda mualliflarning muhim fikri shuki,
bo‘sh vaqt har doim ham samarasizlik belgisi emas
. Aksincha, intellektual va madaniy rivojlanishga sarflangan vaqt kelajakdagi siyosiy elitaning sifatini oshirishi mumkin. Bu qarash sobiq sovet mehnat madaniyatidagi
«doimo band bo‘lish — ijtimoiy foydalilik belgisi»
degan tasavvurdan keskin farq qiladi. Sovetlar nazdida "
doimo mehnat bilan yoki biror yumush bilan band bo‘lgan odam ijtimoiy foydali odam, dam olayotgan odam esa jamiyat uchun "dardisar"dir
, degan tasavvur bor edi. Shu kayfiyat bizning mentalitetga ham ko‘chib o‘tgan. Masalan, Bekorchilik barcha illatlarning onasidir degan maqol. Lekin bo‘sh vaqt tafakkurga boshlaydi. Fikrlarni teranlashtiradi. Qarashlaringizni, rejalaringizni, maqsadlaringizni konkretlashtiradi.
Inson evolyutsiyasi mobaynida qilingan barcha ixtirolar vaqt tejash va ko‘proq bo‘sh vaqt ishlab topish uchun edi.
Xulosa:
Kusto va Rёbateo uchun Britaniya tajribasining asosiy sabog‘i —
samarali siyosat faqat ommaviy ishtirokka emas, balki bilimli, uzoqni ko‘ra oladigan va yuqori madaniy kapitalga ega siyosiy elitaning mavjudligiga ham bog‘liq.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

September 09, 09:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💊
Siz hech qachon hushdan ketganmisiz? Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, ehtimol sizni hushga keltirish uchun
noshatir spirti ishlatilgandir
.
Ammo uning kelib chiqish tarixi ham ancha qiziqarli ekanini bilarmidingiz?
Noshatir, ya’ni
ammoniy xlorid (NH₄Cl) —
rangsiz yoki oqish, shishasimon yaltiroqlikka ega bo‘lgan kristall modda. U suvda eritilganda o‘tkir hidli va o‘ziga xos achchiq-sho‘r ta’mli eritma hosil qiladi.
🎁
Tabiatda
ammoniy xlorid
vulqonlar va issiq buloqlar faoliyati bilan bog‘liq holda hosil bo‘lishi mumkin. Qadimgi Misrda, Liviya sahrosidagi
Amon xudosiga
bag‘ishlangan vohada, muhim karvon yo‘llari kesishgan hududda, ammoniy xlorid hayvonlarning siydigi va najasining tabiiy parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan.
💎
Ushbu kristallar “
Amon tuzi” (ammoniy tuzi)
deb atalgan. Bu nom Amon xudosining nomi bilan bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, Amon xudosiga sig‘inuvchilar kristallardan foydalangan va ularning o‘tkir hididan ta’sirlanib, o‘ziga xos ruhiy holatga tushgan.
Moddaning
“noshatir” nomi ham arabcha kelib chiqishga ega bo‘lib, “ammiak” ma’nosini anglatadi.
🇷🇺
Rossiyada noshatir XVI asrdan ma’lum bo‘la boshlagan. Dastlab ammoniy xlorid Misr va Hindistondan olib kelingan. Keyinchalik,
1710-yilda Yenisey guberniyasida
noshatir ishlab chiqaradigan zavod qurilgan. XX asrdan boshlab Markaziy Osiyo hududlariga aynan rus askarlari orqali ushbu vosita yetib kelgan.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

September 08, 06:11
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#sharq_sanati
#Turkiya
Ushbu rasmlarda siz Turk yoki qandaydir Sharqning bek va bekalarini emas Fransiyaning Graf, Gersog, Grafiniyalarini ko‘rib turibsiz. Gap shundaki, XVIII–XIX asrlarda Yevropa va Rossiya san'atida
🇹🇷
«Tyurkri» (Turquerie) yoki «Turk uslubi»
sifatida shakllangan sharqona (orientalistik) badiiy yo‘nalish shu qadar ommalashdiki, Butun Yevropa aristokratiyasi Usmonli sulubiga taqlid qila boshladi.
🇹🇷
Yevropada
usmonli-turk madaniyatining san'at va turmush tarziga ta'siri ayniqsa 1720-yillardan
boshlab yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Bunga
1720-yilda
Usmonli imperiyasining Fransiyaga yuborilgan elchisi
Mehmed Efendining
Parijga tashrifi muhim turtki bo‘ldi.
🇹🇷
Natijada tutatqi idishlari va xushbo‘y hidlar, fes qalpoqlari, hamomlar, turkcha keng ustki kiyimlar (balahonlar), qahvaxonalar ommalashdi. Fransuz aristokratiyasi orasida turk hamomlari va sharqona uqalash (massaj) an'analari ham katta qiziqish uyg‘otdi.
🇹🇷
🇹🇷
«
Tyurkri» uslubi shu qadar mashhur bo‘ldiki, uning ta'siri graf, lord va gersoglarning portretlarida ham yaqqol namoyon bo‘ldi.
Ular ko‘pincha usmonli uslubidagi balahonlar, xalatlar va fes qalpoqlarida tasvirlangan.
🤩
Bugun Ommaviy madaniyat nomi bilan tarqalayotgan G‘arb madaniyati ta‘sirida
qolgan bir paytimizda
200-300 yil oldin
butun Yevropa Sharq madaniyati ta‘sirida edi. Xuddi shuni aytishsa kerak Tarix takrorlanadi deb.
Kanalga obuna bo‘ling
🖌
@Sharqshunos_tarixchi

September 06, 09:14

Etimologiya qiziq-da. Bir kitobda "lo'tti" so'zining ma'nosi nayrang, fokus ekanligini, lo'ttiboz esa avvallari sirkdagi fokus ko'rsatadiganlarga nisbatan qo'llanilganini o'qib qoldim.
Keyin ChatGPT orqali so'zning kelib chiqishiga qiziqdim. Lo'tti arabcha Lutiy so'zidan kirgan, Lutiy esa Lut alayhissalomga bog'liqlikni anglatarkan, ya'ni Lut alayhissalom ahlini (jinsiy jirkanchlikda cho'qqiga chiqqan xalqni). Bu so'z asrlar davomida axloqsiz, yengiltak, arzimas narsalar bilan shug'ullanganlarga qarata aytib kelingan, forscha -boz qo'shimchasi bilan esa lo'ttiboz so'zi paydo bo'lgan ekan.

September 06, 09:14

Bachkana so'zi ham forscha "bachcha" — bola so'zidan olingan, bolalarcha, bolalarga xos deganini anglatarkan, ya'ni sayoz, yengil, jiddiylikdan yiroq.

September 05, 13:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

БМТ дунё харитасини ўзгартиришни
маъқуллади
: асрлар давомида қўлланиб келинган Меркатор проекцияси ўрнига Африканинг ҳақиқий ҳажмини аниқроқ акс эттирадиган "Equal Earth" харитасидан фойдаланиш тавсия этилмоқда. Того ташаббуси билан илгари сурилган резолюцияни 164 давлат қўллаб-қувватлади (АҚШ қарши). Бу қарор мактаб дарсликлари, таълим тизими ва рақамли хариталарда дунёга қандай қарашимизни ўзгартириши мумкин.
Масаланинг қизиқ жиҳати шундаки, Меркатор харитасида Африка Гренландия билан деярли бир хил ҳажмда кўринади. Аслида эса Африка Гренландиядан 14 баравар катта. Шунинг учун бу оддий картография масаласидан кўра кенгроқ маънога эга: харита нафақат географияни тасвирлайди, балки дунё ҳақидаги тасаввуримизни ҳам шакллантиради. Того ва Африка Иттифоқи бу ташаббусни "
картографик мустамлакачилик
" қолдиқларини бартараф этиш ва Африканинг дунёдаги демографик, иқтисодий ҳамда геосиёсий аҳамиятини визуал жиҳатдан ҳам тўғри акс эттириш қадами сифатида кўрмоқда.
👉🏿
https://t.me/otabek_akromov