Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Şayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati

shayxontohur
murojaatlar va korrupsiya holatlari aniqlanganda xabar beriş uçun murojaatlar duşanba-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/matbuot_kotib_55
Subscribers
4 328
24 hours
2
30 days
-3
Post views
255
ER
5,89%
Posts (30d)
317
Characters in post
806
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimiz yetakchisi
aytilgan o‘zgarishlar soha faoliyatini yanada yuksaltirishi va yaxshi filmlar yaratishga xizmat qilishiga
ishonch bildirdi. Shundan so‘ng tajribali ijodkorlar va yoshlarning fikrlarini tingladi.
Ochiq muloqot yakunida davlatimiz rahbari milliy kinoni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olinganini va aytilgan o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezidentimiz ijodkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini,
yaxshi kino yaratish uchun sharoitdan tashqari halol mehnat va vatanparvarlik bilan xalqni sevib ijod qilish kerakligini
ta’kidladi.
– Sizlarga ishonaman.
O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlanish bosqichiga olib chiqish
zarurligini ta’kidladi. Kino yaratishda
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi
bir oyda ishlab chiqiladi.
Unda
yangi ta’lim dasturlarini tayyorlash, mutaxassislarni o‘qitish va xorijda malakasini oshirish
masalalari ko‘zda tutiladi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari
“O‘zbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash
tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz
Chilonzorning bu hududini azaldan “O‘zbekfilm” deb atashi
qayd etildi.
Hozirgi Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga
“O‘zbekfilm” nomini berish
taklif qilindi.
Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “O‘zbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish
taklif etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida
“Kinoshunoslar klubi” tashkil etilishini
ma’lum qildi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi – FIPRESCIga
a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Bu
milliy filmlarning
nufuzli xalqaro festivallardagi ishtirokini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslashtirish uchun
O‘zbekiston Kino arboblari va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmalari birlashtirilib, O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi
.
Palata
sohada o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning professional o‘sishiga ko‘maklashish
bilan shug‘ullanadi.
Yosh kinoijodkorlarning xorijda malaka oshirishi va palata faoliyati
moliyaviy-tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi
belgilandi. Yangi palata faoliyatini tashkil etish ishlarini bir oyda yakunlash topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini
ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan
yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi”
tashkil etiladi.
“Kino shaharchasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan
Dublyaj va ovozlashtirish markazi
quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha tashkilotini jalb qilib, shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari keyingi yilning mart oyidan boshlanadi.
Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda
davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini
ma’lum qildi.
– Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Film ishlab chiqarishda
texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi.
Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan boshlab
har yili “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi so‘roviga ko‘ra budjetdan tegishli mablag‘ ajratib boriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi.
Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda
zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan
. Bu yerda
kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun
sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz ushbu maskan
kinochilarimiz kuch to‘plab, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlashiga xizmat qiladigan chinakam ijodiy maskanga aylanishini
ta’kidladi.
Bundan tashqari,
har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida
“Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh”
bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi
yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti
tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi
ilk bor Toshkentda
o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa
Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida
oldinda hali ko‘p ishlar turganini
ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uchun odamlar kinoteatrga bormay qo‘ygani
haqidagi fikrlarga to‘xtaldi. Odamlar xorijiy
filmlarni kinozallarni to‘ldirib tomosha qilayotganini
qayd etdi.
– Demak,
tomoshabin kinodan, kinoteatrlarga borishdan voz kechgani yo‘q,
faqat uning didi va talabi o‘zgardi.
Milliy filmlarimiz ana shu talabga javob beryaptimi?
Afsuski, yo‘q!
– dedi davlatimiz rahbari.
Sababi filmlarni ishlab chiqarishdan uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan
yaxlit zanjir – distributsiya shakllanmagan.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz bugun
professional kinotanqidchilar fikri bilan yetarlicha hisoblashilmayotganini
qayd etdi.
– Qolaversa,
xolis tahlil ijodkorga o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish va o‘sish imkonini beradi-ku!
– dedi davlatimiz rahbari.
Kino loyihalarini moliyalashtirishning
amaldagi
davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham yechimini kutayotgan masalalar
bor. Eskidan qolgan
“goszakaz”
zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayapti.
Bir vaqtning o‘zida
bitta rejissorga oltitagacha, bir muallifga yettitagacha loyiha
biriktirilgan. Bunday yuklamada har bir asar ustida puxta ishlash qiyin. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani
xususiy ijodkorlar uchun teng raqobat imkonini cheklagan.
Oqibatda
kuchli ssenariy va sifatli film yaratish o‘rniga topshiriqni tezroq “yopish”
asosiy mezon bo‘lib qolgan. Mamlakatimiz yetakchisi ijodkor mehnatining natijasi
tomoshabinni chuqur o‘yga solib, qalbida iz qoldirgan film bilan o‘lchanishi
kerakligini ta’kidladi.
Ssenariy suratga olish jarayonida boyitilishi, ijodiy yechimlar o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun
san’at asarini oddiy tovar yoki qurilish obyekti kabi texnik topshiriqlar asosida xarid qilish to‘g‘ri emasligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari
kino orqali xalqlar bir-birini tanishini
ta’kidladi.
O‘z tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini jahon ekranlarida munosib namoyon eta olgan
mamlakatning ovozi ham, ta’siri ham kengayadi.
Kino bugun
shunchaki ko‘ngilochar san’at turi emas, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va ta’sirini oshiradigan “yumshoq kuch”ga
aylangan.
Prezidentimiz a
rmiyani kuchaytirish va xavfsizlikka e’tibor qaratish bilan birga farzandlarimiz ongi va dunyoqarashini kim va qanday himoya qilishi
haqidagi savolni o‘rtaga qo‘ydi. Bu savolga javob, avvalo,
kino san’ati va kinoijodkorlardan kutilmoqda.
Mamlakatimiz yetakchisi ilgari surgan
“O‘z” g‘oyasining kino san’atidagi ifodasini
shunday bayon qildi:
“O‘zligimizni anglab, o‘z hikoyamizni o‘z ovozimiz bilan dunyoga aytish”.
Facebook
|
Instagram
|
X