Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati

shayxontohur
murojaatlar va korrupsiya holatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanba-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/shayxontohur_matbuot_xizmati
Подписчики
4 670
24 часа
30 дней
-180
Просмотры
413
ER
8,84%
Посты (30д)
339
Символов в посте
1 156
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 12, 07:23
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#yoshlar_kuni
#adliya_yoshlar
📣
“Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shayxontohur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida "Bepul yuridik yordam kuni" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
🔰
Muloqot davomida, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtyozlar, shuningdek, adliya organlarining vazifa va funksiyalari hamda adliya organlarida faoliyatni boshlash va ishga kirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 312-son qarori hamda boshqa qonunlarda belgilangan imtiyozlar boʻyicha batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Ⓜ️
Ishtirokchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
📄
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan muammo va takliflar nazoratga olindi.
📍
Bizning rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Facebook
|
Veb sayt
|
Instagram
|
YouTube

June 12, 06:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎭
Milliy akademik drama teatri atrofi obodonlashtirilmoqda
🏛
Mamlakatimizdagi eng yirik va qadimiy madaniyat maskanlaridan biri hisoblangan Milliy akademik drama teatri uzoq yillardan buyon yurtdoshlarimizni mazmunli va qalblarga yaqin spektakllari bilan xushnud etib kelmoqda.

Teatrga tashrif buyuruvchilar uchun nafaqat bino ichidagi muhit, balki uning tashqi qiyofasi ham estetik va fayzli bo‘lishi muhim. Shu bois teatr hududi va uning atrofida keng ko‘lamli ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🔨
Ishlar davomida hududdagi infratuzilma obyektlari ta’mirlanib, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirildi, yoritish tizimlari va boshqa tashqi kommunikatsiya elementlari yangilandi. Shuningdek, sanitariya-tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham olib borildi.

Mazkur sa’y-harakatlar teatr atrofining yanada ko‘rkam va zamonaviy qiyofa kasb etishi, tashrif buyuruvchilar uchun qulay hamda estetik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
🌳

Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
|
Web

June 12, 06:05
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram


Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga
“Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar”
nomli yangi bob kiritilmoqda.
⚡️
Endilikda noqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, narkotiklar savdosiga rahnamolik qilish, bangixonalar tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli jinoyatlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
🟢
Taqdimotda
“Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”g
i yangi qonun loyihasi ham muhokama qilinib, unda
giyohvandlikka qarshi kurashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga chek qo‘yish, yoshlar va xotin-qizlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, profilaktika va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish
masalalari nazarda tutilgani qayd etildi.

Shuningdek,
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish oqibatida yuz berayotgan og‘ir holatlarning oldini olish va bu boradagi javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar
ham ma’qullandi.
📌
Prezidentimiz giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni ushbu illatdan asrash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

June 12, 04:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🥇
Shayxontohurlik sportchi Yoshlar g‘olib bo‘ldi!
🏆
“Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining 2-bosqichi — Toshkent shahar hokimi olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan parataekvondo musobaqasida Shayxontohur tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi
Barno Musayeva
munosib ishtirok etdi.
🥋
2012-yilda tug‘ilgan sportchi
K44, 57 kg vazn toifasida
barcha raqiblarini ortda qoldirib,
faxrli 1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
👏
Yosh sportchimizni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🌟
Shayxontohur yoshlarining sportdagi yutuqlari tobora ortib bormoqda. Oq yo‘l, chempion!
🇺🇿
🏅
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
|
Web

June 12, 04:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#BizHurmatQilamiz
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

June 11, 10:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

E-auksion.uz
savdo platformasidan
Shayxontohur
tumani
"Gulobod" MFY
hududidan chiqarilgan
"2 qavatli
savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosini qurish uchun"
mo'ljallangan bo'sh turgan yer uchastkalarini
49
yil muddatga sotib oling!
Batafsil:
E-auksion.uz
saytida
👉
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23867453
👉
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23867459
P.S. 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!!
Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!!
Ma'lumot olish uchun:
☎️
(71) 202 21 11
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

June 11, 09:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏅
Yoshlar kuni munosabati bilan sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍
Bugun Yoshlar kuni doirasida Shayxontohur tumani hokimi tomonidan Samarqand Darvoza mahallasida joylashgan “Uchlola” sport maktabida sportchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝
Uchrashuv davomida yoshlarning sport sohasidagi yutuqlari, kelgusidagi rejalari hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashildi.
💬
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va takliflarini bildirib, mutasaddilar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar berildi.
🏆
Tadbirda sport bilan muntazam shug‘ullanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar — yurtimizning ertangi kuni va taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
|
Web

June 11, 08:16
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📊
Raqamli xizmatlar, shaffof iqtisodiyot va yanada qulay shahar muhiti sari qadam.
🤔
Toshkentda poytaxt aholisining kundalik hayotiga zamonaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Bunday yo‘nalishlardan biri — bozorlarni modernizatsiya qilishdir.
🧑‍💻
Bugungi Sergeli avtomobil bozori avvalgidek emas.
🇺🇿
Toshkent shahar hokimligi ko‘magida “Sergeli foydalanilgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” MCHJ faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtirildi, hududi esa zamonaviyroq va qulayroq ko‘rinishga keltirildi.
🎥
600 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, Face ID tizimi, avtomatlashtirilgan kirish-chiqish, elektron avtoturargoh va minglab savdo o‘rinlarining raqamlashtirilishi — bularning barchasi sotuvchilar, xaridorlar va bozorga tashrif buyuruvchilar uchun shaffoflik, xavfsizlik hamda qulaylikni oshirishga qaratilgan.
🔺
Bozor hududida yana qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini videoda ko‘ring.

📊
Шаг к цифровым сервисам, прозрачной экономике и более комфортной городской среде.
🤔
В Ташкенте продолжается планомерная работа по внедрению современных решений в разные сферы повседневной жизни жителей столицы.
Одно из таких направлений — модернизация рынков.
🧑‍💻
Сергелийский автомобильный рынок сегодня уже не тот, каким его привыкли видеть раньше.
🇺🇿
При поддержке Ташкентского городского хокимията деятельность ООО «Сергелийский рынок подержанных транспортных средств и запасных частей» была поэтапно цифровизирована, а территория приведена к более современному и удобному виду.
🎥
Более 600 камер видеонаблюдения, система Face ID, автоматизированный въезд и выезд, электронная парковка и цифровизация тысяч торговых мест — всё это направлено на повышение прозрачности, безопасности и удобства для продавцов, покупателей и посетителей рынка.
🔺
Какие ещё изменения произошли на территории рынка — смотрите в видео.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

June 11, 05:12
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Poytaxt hokimi tomonidan avvalroq e’lon qilingan Toshkent shahri ehtiyojlari uchun daraxt, buta va gullar yetishtirishga mo‘ljallangan ko‘chatxona tashkil etish ishlari amaliy bosqichga o‘tmoqda.
➡️
Toshkent viloyatida 50 gektarlik maydonda Toshkent shahar hokimligi ishtirokida navbatdagi zamonaviy ko‘chatchilik bazasi barpo etilmoqda. U kelajakda Markaziy Osiyodagi eng yirik va texnologik bazalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.
💧
Ayni paytda hududda yer ishlari olib borilib, suv ta’minoti masalalari hal etilmoqda, suvni saqlash va yig‘ish uchun ochiq suv ombori yaratilmoqda. Shuningdek, poytaxt iqlimiga eng mos ko‘kalamzorlashtirish o‘simliklarining nav va turlari tanlab olinmoqda.
🧠
Loyiha zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy yondashuv va sun’iy intellekt elementlarini o‘z ichiga olgan raqamli yechimlarni birlashtiradi. Kelgusida bu yerda yiliga 12 million tupgacha ko‘chat yetishtirish rejalashtirilgan.
🎁
Ushbu loyihaning o‘ziga xosligi nimada va u Toshkentni ko‘kalamzorlashtirishga qanday hissa qo‘shishini videoda tomosha qiling.

🇺🇿
Анонсированные ранее хокимом столицы работы по созданию собственного питомника для выращивания деревьев, кустарников и цветов для нужд Ташкента переходят в практическую плоскость.
➡️
В Ташкентской области на площади 50 гектаров при участии Ташкентского городского хокимията создаётся очередная современная питомническая база, которая в перспективе станет одной из крупнейших и технологичных в Центральной Азии.
💧
На территории уже ведутся земельные работы, прорабатываются вопросы водоснабжения, создаётся открытый резервуар для хранения и накопления воды, а также осуществляется подбор сортов и видов зелёных насаждений, наиболее подходящих для климата столицы.
🧠
Проект объединит современные агротехнологии, научный подход и цифровые решения, включая элементы искусственного интеллекта. В дальнейшем здесь планируется выращивать до 12 миллионов саженцев в год.
🎁
Чем уникален этот проект и какой вклад он внесёт в озеленение Ташкента — смотрите в видео.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

June 11, 05:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
Isitish va issiq suv xizmati iste'molchilari diqqatiga!
Sizga shuni ma'lum qilamizki, Ko'p qavatli uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlarini ko'rsatish qoidalarining (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qarori) 95-bandiga oldindan to'lov amalga oshirilganda tarifni qo'llash tartibi bo'yicha o'zgartirishlar kiritildi.

Oldindan to'langan xizmatlar uchun tarifni belgilash muddati 12 oydan 2 oygacha qisqartirildi.
Bu quyidagilarni anglatadi:
🟡
Oldindan to'lov amalga oshirilganda, tarif to'lov sanasidan amal qiladi;
🟡
Belgilangan tarif oldindan to'lov davri uchun amal qiladi, lekin 2 oydan oshmasligi kerak;
🟡
Agar tarif ushbu davrda o'zgarsa, to'langan xizmatlar hajmi uchun qayta hisoblash amalga oshirilmaydi;
🟡
Ikki oylik muddat tugagandan so'ng, to'lovlar amaldagi tarif bo'yicha amalga oshiriladi.
O'zgarishlar isitish va issiq suv xizmatlariga tegishli.
________________
📌
Вниманию потребителей услуг отопления и горячего водоснабжения!
Сообщаем, что в пункт 95 Правил оказания услуг теплоснабжения в многоквартирных домах (ПКМ РУз №194) внесены изменения, касающиеся порядка применения тарифа при авансовой оплате.

Срок фиксации тарифа при оплате услуг авансом сокращен с 12 до 2 месяцев.
Это означает:
🟡
при внесении авансового платежа тариф сохраняется на дату оплаты;
🟡
фиксированный тариф действует на период аванса, но не более 2 месяцев;
🟡
если в течение этого периода тариф изменится, перерасчет за уже оплаченный объем услуг производиться не будет;
🟡
после окончания двухмесячного периода начисления осуществляются по действующему тарифу.
Изменения распространяются на услуги отопления и горячего водоснабжения.