
Shoyad Shuxratovich | Blog
Shundaylarni uchratasiz
— Bilimi havas qilgudek. Iste’dodli. Kasbiyam zo’r. Lekin yonida uzoq qolgiz kelmaydi. Nega?
Chunki muomalasi sovuq. Gapirsa, kibr seziladi. Eshitishni emas, faqat gapirishni biladi. Sizni emas, o’zini muhimroq his qildiradi.
Yana ajib insonlar bor. Ularda katta lavozim ham, mashhurlik ham yo’q. Hatto boshqalardek iste’dodli ham emas. Lekin yoniga borsez qalbiz tinchlanadi. Hurmat bilan tinglaydi.
Insonni iste’dodidan ko’ra, xulqi ko’proq hurmat qozonadi. Shunday bo’lingki, ketganizdan keyin odamlar nafaqat suhbatizni, balki yonizdagi halovatni ham sog’insin.
Qaysi toiafaga kirasiz:
• 1-toifa —
🔥
• 2-toifa —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
@Unga_maktublar
Fidoyi bo’ling
— Hazrati Ali jasoratda sher, ilmda dengiz, adolatda mezon, sadoqatda namuna bo‘lgan buyuk zot edi.
Haqiqiy buyuklik, odamlarning sendan qo‘rqishida emas, sening yoningda o‘zini xavfsiz his qilishidadir. Yaqinlarga ulashing.
• manfaatli bo’lsa —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
— Talab qilishni emas, arzigulik inson bo‘lishni o‘rganing. O‘zizni qadrlanadigan darajaga yetkazing. Shunda odamlar sizni tanlashni emas, yo‘qotishdan qo‘rqishni o‘rganishadi.
Masalan
biz
’ hammaga kerakli inson bo‘lish emas, o‘z qadrini bilgan va qadrini boshqalarning munosabatiga bog‘lab qo‘ymaydigan inson bo‘lishni tanlaymiz doim.
• Qo’shilaman —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
Siz ham yaxshi ko’rib qolgan bo’lardiz
— Qaysi mavzuda gapirsam ham lekin Rasululloh haqida gapirganimchalik muhabbat bilan yonib, chaqnab gapirolmayman. Bu mavzu nafaqat meni, balki sizning ham qalbingizni to’ldirib yuboradi. Videoda u zotni siyratlari haqida go’zal bir voqeani gapirib berdim.
• Manfaatli bo’lsa —
🕊️
@shoyad_shuxratovich
Yo’qotgandan keyin qadrlashadi
— Ba’zan inson muhabbati tugagani uchun emas, qadri bilinmagani uchun ketadi. Chunki har qanday sabrning ham, har qanday kutishning ham oxiri bor.
Insonni qadriga yo‘qotganingizdan keyin yetishiz mumkin, lekin bu uning qaytib kelishini anglatmaydi.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
— Yaxshi ko’rarmish-u, tan olmasmish-da. Ajabo, muhabbatning shunday bir g‘alati tomoni bor.
Shunday bo’lsada, qalb his qilgan narsani ko‘zlar, nigohlar va beixtiyor qilinadigan harakatlar ko‘pincha oshkor qilib qo‘yadi. Hammamizda bitta shunday tanish bor, yoki boshimizdan o’tkan.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
🌚
@shoyad_shuxratovich
— Vazmin insonlarni yaxshi ko‘raman. Har bir so‘zini tanlab, chertib, o‘rniga qo‘yib gapiradigan, ovozini balandlamaydigan va fikrini hech qanday qiyinchiliklarsiz dona-dona yetkazib bera oladigan.
Maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, shunchaki hech kimning hayotiga aralashmay, hech kimga zarar yetkazmay, ularga berilgan umrni eng go‘zal shaklda yashab o‘tishga harakat qiladigan insonlar bu umuman boshqa dunyo.
Boshiga muammo kelsa, vahima qilmasdan, sokinlik bilan chiqish yo‘lini qidiradigan insonlarga hurmatim baland. Bunday insonlardan ilhom olsa arziydi.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
Tanish holatmi
— Insonlar sizga baho berishda eng avvalo sizga berilgan qadr ramkasiga qaraydi. Buni qanday shakllantirish esa o’zingizga ham bog’liq.
• Manfaatli bo’lsa —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
Erkaklar ham "rahmat" eshitishni xohlashadi
— Ko'p erkaklar, hatto muvaffaqiyatli va mas'uliyatli bo'lsalar ham munosabatlarda qadrlanmaslikdan qo'rqishadi.
Ular sevimli ayollaridan, opa-singillaridan, suyganlaridan, o'z harakatlari uchun minnatdorlik va e'tirof so'zlarini eshitishni xohlashadi.
Lekin ayollar ko'pincha erkakning yutuqlariga ko'nikib qolib, ularni qadrlamay qo'yishadi. Hatto mayda narsalar uchun ham rahmat aytishni to'xtatmang — bu yoqimli bo'ladi va erkakni yanada ko'proq yaxshilik qilishga ilhomlantiradi.
Masalan, bu eslatma uchun “
❤️🔥
” bosib rahmat aytishiz mumkin)
@shoyad_shuxratovich