
Shoyad Shuxratovich | Blog
Siz ham yaxshi ko’rib qolgan bo’lardiz
— Qaysi mavzuda gapirsam ham lekin Rasululloh haqida gapirganimchalik muhabbat bilan yonib, chaqnab gapirolmayman. Bu mavzu nafaqat meni, balki sizning ham qalbingizni to’ldirib yuboradi. Videoda u zotni siyratlari haqida go’zal bir voqeani gapirib berdim.
• Manfaatli bo’lsa —
🕊️
@shoyad_shuxratovich
Yo’qotgandan keyin qadrlashadi
— Ba’zan inson muhabbati tugagani uchun emas, qadri bilinmagani uchun ketadi. Chunki har qanday sabrning ham, har qanday kutishning ham oxiri bor.
Insonni qadriga yo‘qotganingizdan keyin yetishiz mumkin, lekin bu uning qaytib kelishini anglatmaydi.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
— Yaxshi ko’rarmish-u, tan olmasmish-da. Ajabo, muhabbatning shunday bir g‘alati tomoni bor.
Shunday bo’lsada, qalb his qilgan narsani ko‘zlar, nigohlar va beixtiyor qilinadigan harakatlar ko‘pincha oshkor qilib qo‘yadi. Hammamizda bitta shunday tanish bor, yoki boshimizdan o’tkan.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
🌚
@shoyad_shuxratovich
— Vazmin insonlarni yaxshi ko‘raman. Har bir so‘zini tanlab, chertib, o‘rniga qo‘yib gapiradigan, ovozini balandlamaydigan va fikrini hech qanday qiyinchiliklarsiz dona-dona yetkazib bera oladigan.
Maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, shunchaki hech kimning hayotiga aralashmay, hech kimga zarar yetkazmay, ularga berilgan umrni eng go‘zal shaklda yashab o‘tishga harakat qiladigan insonlar bu umuman boshqa dunyo.
Boshiga muammo kelsa, vahima qilmasdan, sokinlik bilan chiqish yo‘lini qidiradigan insonlarga hurmatim baland. Bunday insonlardan ilhom olsa arziydi.
• Fikrimga qo’shilsangiz —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
Tanish holatmi
— Insonlar sizga baho berishda eng avvalo sizga berilgan qadr ramkasiga qaraydi. Buni qanday shakllantirish esa o’zingizga ham bog’liq.
• Manfaatli bo’lsa —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
Erkaklar ham "rahmat" eshitishni xohlashadi
— Ko'p erkaklar, hatto muvaffaqiyatli va mas'uliyatli bo'lsalar ham munosabatlarda qadrlanmaslikdan qo'rqishadi.
Ular sevimli ayollaridan, opa-singillaridan, suyganlaridan, o'z harakatlari uchun minnatdorlik va e'tirof so'zlarini eshitishni xohlashadi.
Lekin ayollar ko'pincha erkakning yutuqlariga ko'nikib qolib, ularni qadrlamay qo'yishadi. Hatto mayda narsalar uchun ham rahmat aytishni to'xtatmang — bu yoqimli bo'ladi va erkakni yanada ko'proq yaxshilik qilishga ilhomlantiradi.
Masalan, bu eslatma uchun “
❤️🔥
” bosib rahmat aytishiz mumkin)
@shoyad_shuxratovich
Shunchalik sevish mumkinmi
— Bir oshiq sevganini ta’rifayapti, bu ta’riflardan hayratda qolasiz. Chunki bu hislar sizga ham begona emas, his qilib ko’rgansiz. Endi buni mening tilimdan tinglang.
• Video yoqsa —
❤️🔥
@shoyad_shuxratovich
— O‘zingizga yarashadigan, ozoda, dazmollangan, bir-biriga mos kiyimlar tanlang. Oddiygina kiyim ham insonni ko‘rkam ko‘rsatadi, agar uni did bilan kiyolsa.
Shuni olmoqchi edim madaniyatli odamlarga o’xshab, nima deysiz?
• Yarashgan —
❤️🔥
• Bo’mapti, olmang —
🌚
@shoyad_shuxratovich
Kia Sonet — shahar hayoti uchun qulay krossover!
🔥
Oylik to‘lov — 1 922 115 so‘mdan
✔️
Boshlang‘ich to‘lov — 50%
✔️
Muddat — 52 oy | 0% yillik stavka Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling
📍
Kia Sergeli
📞
+998 (55) 500-56-65 Shartlar individual.…
Madaniyatli haydovchilar — Maqsadlariz orasida mashina olish ham bordir, ehtimol. O‘zizga yarashib turadigan, didizga mos mashina minsez, o‘zizga ishonchiz yanayam oshadi. Ko‘cha-ko‘yda madaniyat bilan haydash ham axloqdan deyman. Chunki rulda o‘tirganizda…