
Sherzod Shermatov
Uzbekistan’s Economic Rise: reforms are paying off
Thanks to the
visionary leadership and political will to transform the country
by H.E. President Shavkat Mirziyoyev
, Uzbekistan has surpassed 19 economies since 2018, which can be shown as a vivid example of how fast Uzbekistan is developing.
This progress has been driven by a consistent reform agenda: opening the economy, improving the investment climate, strengthening the private sector, and laying the foundations for long-term, sustainable growth through the development of Human Capital. An important part of this growth has been our commitment to digital transformation and the rapid development of Uzbekistan’s IT sector as a strategic driver of innovation, productivity, and economic diversification.
Our journey is far from over. But these results demonstrate that consistent, long-term reforms deliver tangible outcomes. As Uzbekistan continues its transformation, our economic and digital ambitions will remain closely connected, creating new opportunities for businesses, investors, and citizens alike.
Be the part of this process:
outsource.gov.uz
startapbase.uz
PS.
All the data used in the graph is from the World Bank.
#Uzbekistan
#DigitalUzbekistan
#EconomicGrowth
#WorldBank
#Reforms
#Mustaqillik35
#Uzb35
#Independence35
2018-2025 yillarda O’zbekiston 19 davlatdan o‘zib ketdi!
Hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimiz Yalpi Ichki Mahsulotini (GDP) oshirish uchun qilingan sa’y-harakatlarni natijasini oddiy shu faktni o‘zida yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
Barcha davlatlar rivojlanishga va Yalpi Ichki Mahsulotini oshirishga harakat qiladi, lekin
ko‘z tegmasin O‘zbekiston juda ko‘p boshqa davlatlardan tezroq rivojlanmoqda.
PS.
Barcha ma’lumotlar Jahon Banki saytidan olingan.
#Mustaqillik35
#Uzb35
#XalqPrezidenti
#Xalqyetakchisi
Har bir yangi g‘oya – taraqqiyot sari qadam.
Har bir raqamli yechim – inson manfaati uchun xizmat.
Har bir islohot – Yangi O‘zbekiston kelajagiga investitsiya
Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar barcha sohalarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
🧑💻
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, aholiga qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlarini
raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, AT-ta’limni rivojlantirish
hamda
yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish
borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom etmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning huquqiy va institutsional asoslari mustahkamlandi, elektron davlat xizmatlari kengaydi, IT Park ekotizimi jadal rivojlandi, dasturiy mahsulotlar eksporti sezilarli darajada oshdi, xalqaro AT-kompaniyalar faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki keng mintaqada raqamli innovatsiyalar va texnologiyalar markazlaridan biriga aylanish
yo‘lidan izchil odimlamoqda.
➡️
Mazkur islohotlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofi ham tobora ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston
“Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlangan davlat sifatida
e’tirof etildi
.
💬
Bu kabi o‘zgarishlar zamirida raqamli taraqqiyotni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab bergan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbus va qarorlari
muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz Rahbarining aynan shu strategik yondashuvi natijasida raqamli texnologiyalar inson manfaatiga xizmat qiladigan, davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan samarali tizimga aylanib bormoqda.
Bugun,
24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
📌
Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan hurmatli Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagini barpo etish yo‘lidagi ezgu islohotlar va tashabbuslar izchil davom etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
One more reason why you should choose Uzbekistan to grow your business with us:
Tashkent is becoming the Startup Capital of Central Asia!
In 2026, Uzbekistan made history. Named "
Country of the Year
" by StartupBlink and ranked 79th globally, it is the world’s fastest-growing startup ecosystem, recording a staggering 227% growth.
At the center of this transformation stands Tashkent — the undisputed startup capital of Central Asia. Backed by StartupBlink,
Tashkent surged 121 positions
to rank 229th globally,
claiming the region's No. 1 spot with 155.7%
growth. Driving nationwide expansion, Samarkand and Fergana have also entered the global top 1,000 for the first time.
Scale your business with IT Park Uzbekistan — the ecosystem is ready.
Join today at
startupbase.uz
PS.
The best time to visit is on September 22-25, 2026 during ICT Week Uzbekistan:
www.ictweek.uz
#Mustaqillik35
#Uzb35
#Independence35
Toshkent Markaziy Osiyoning startap poytaxtiga aylanmoqda!
Reytingda ko’rsatilgan
Markaziy Osiyodagi 13 ta shahardan 10 tasi aynan O’zbekistonniki
ekanligi startap ekotizimi nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda ham tez o’sayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham O'zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi.
Toshkent StartupBlink reytingida 121 pog'onaga yuqorilab,
229-o'rinni egalladi. 155,7% lik o'sish bilan
mintaqada 1-o'rinni egalladi va Markaziy Osiyoda yetakchi startap markazi
ekanligini yana bir bor isbotladi.
Yoshlar, endi navbat sizda!
Ushbu natijalar ortida minglab yosh tadbirkorlarning mehnati turibdi - va siz ham ular qatoriga qo'shilishingiz mumkin.
"President Tech Awards" va "President AI Award" doirasida ajratilgan 6 million dollarlik mablag'dan foydalaning:
https://awards.gov.uz
Biznesingizni "IT Park Uzbekistan" bilan birga kengaytiring - ekotizim tayyor. Bugunoq
Startapbase.uz
orqali bizga qo'shiling!
#Mustaqillik35
#Uzb35
Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига Марҳамат туманида ўзига хос байрам совғаси бўлди.
АҚШдаги Ватандошимиз Акмал Жумабоев томонидан ўзи туғилиб ўсган туманига $6,5 млн.лик сармоя киритилиб, замонавий масофавий хизматлар маркази биноси ишга туширилди.
Ушбу лойиҳани Президентимизнинг тадбиркорларни қўллаш ҳамда Ватандошларимизни ўз юртига сармоя киритишга кўмаклашиш бўйича сиёсатларининг яққол намунаси сифатида
оддий бир ҳолат мисолида ҳам
кўрсатса бўлади.
Президентимиз топшириқларига кўра барча даражадаги раҳбарлар жойларга бориб тадбиркорлар билан учрашиб, уларни фаолиятини ривожлантиришга кўмаклашишлари одатга айланган.
Ўша вақтда IT Park резиденти Ershi Logistics асосчиси ушбу лойиҳани амалга ошириш учун прокуратурага тегишли бинони бошқа ҳудудга кўчириб бериш таклифини берганди.
Бу ҳақда ўша вақт ҳудудга борган Бош прокуроримиздан рухсат сўрагандик, дарров қўллаб ҳужжатларни расмийлаштиришга топшириқ берганлари сабабли, тадбиркорга ушбу бинони аҳоли учун қулайроқ жойга қуриш имконияти яратилганди.
Нафақат 35 йил олдин, хатто 10 йил олдин ҳам АҚШдаги Ватандошимиз ўз юртига келиб бемалол шунча маблағни ишониб инвестиция қилиши ва қўрқмай прокуратура биносини жойини сўрашини умуман хаёлга ҳам келтириб бўлмасди.
PS.
Барча туманлардаги ҳокимларимизнинг соҳамиз бўйича маслаҳатчиларига ушбу ҳолат намуна сифатида хизмат қилиши керак. Ҳар бир ҳудуддан четга кетган, ҳозир эса ўз юртига сармоя киритиб масофавий ишчи ўринлари яратмоқчи бўлган Ватандошларимизни топишга ҳаракат қилиб, уларга кўмаклашишлари зарур. IT Park резиденти бўлса 2040 йилгача солиқлардан енгиллик бўлишини тушунтириб, ер олиш ёки бошқа жойлардаги масалалари бўлса туман ҳокимига хабар бериб, тадбиркорга ёрдам берсалар ўша
туманларда юқори даромадли ишчи ўринларини кўпайишига
хисса қўшадилар.
#Mustaqillik35
#Uzb35
Ҳурматли Президентимизнинг
“Битта қизни ўқитсак, бутун оилани ўқитган бўламиз. Оила билимли, маърифатли бўлса, бутун жамият билимли, маърифатли бўлади!”
деган сўзлари қанчалик тўғри эканлигини айниқса қизи бор оталар яхши ҳис қилишади.
Бу ой қувончли хабарларга бой бўлди. Яқинда
иккинчи қизим ҳам бакалавр дипломига эга бўлди.
Ундан аввалроқ турмуш қуриб фарзандли бўлган катта қизим магистратурага муваффақиятли қабул қилинганди.
Қизим Аълохонга ҳам опасига ўхшаб бахтли оила қуриб, ўқиш ва изланишдан тўхтамаслигини тилайман!
Барча ота-оналарга ўз фарзандлари бахтини кўриб юриш насиб қилсин!
LAST CHANCE to register for the 7th Global Business Services Forum (GBSF 2026)!
On July 24–25, 2026, IT Park Uzbekistan will host industry leaders, investors, global service providers, and policymakers in Tashkent to discuss the future of outsourcing, digital services, AI, and international business expansion.
Uzbekistan is becoming one of the most attractive destinations for global business services
— a young multilingual talent pool, Zero Corporate Taxes for IT Park members until 2040, as well as the Zero Risk Program, which helps you start your delivery center in our regions without any initial CapEx and risks.
GBSF 2026 will provide a platform to:
- Explore AI-driven trends shaping global business services;
- Discover opportunities for expansion in Uzbekistan; Connect with government leaders, investors, and industry executives;
- Experience Uzbekistan's fast-growing innovation ecosystem.
Register:
https://gbsforum.outsource.gov.uz/en
We hope to see you at this event.
#Uzbekistan
#GBSF2026
#GlobalBusinessServices
#DigitalEconomy
Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish
bo‘yicha missiyamizni amalga oshirish jarayonlari
doimiy
Davlatimiz Rahbarining shaxsiy nazoratlarida bo‘lgani sababli
, ko‘z tegmasin, yurtimizda IT sohasi ko‘pchilik boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. Nafaqat
IT eksporti ilk bor milliard dollardan
oshishiga erishildi, balki Startap ekotizimini o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekiston “
Yil davlati
” deb e’tirof etildi.
Kuni kecha ham
Prezidentimiz tomonlaridan
raqamli xizmatlarni
aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yanada qulay qilish
, chet ellik kompaniyalarni hududlarga olib kelib, joylarda yuqori daromadli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishga hamda startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Bu yurtimiz yoshlariga kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishlari uchun yozdagi vaqtlarida ham imkoni boricha
xorijiy tillarni hamda zamonaviy kasblarni o‘rganish
dan to‘xtamasliklariga ishoradir. Juda ko‘p kurslarni onlayn o‘rgansa ham bo‘ladi:
aileaders.uz
President Tech Award va President AI Award tanlovlarida qatnashing!
Bu Sizning startapingizni rivojlantirish uchun nafaqat moliyaviy ko‘mak, balki juda foydali hayotiy tajriba ham bo‘ladi!
Topshirish uchun:
awards.gov.uz
Startapingizni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar:
startupbase.uz
PS.
Bugungi tadbirga
yaxshi rolik ishlashgan ekan, uni ham do‘stlaringizga tarqating
PPS.
Imkoni boricha startapingizni boshidan Global bozorga chiqishini reja qilib, uni chet ellik VClarga pitch qilish uchun chet tilini o‘rganing!