
Sherzod Shermatov
Дунёда
исталган вақтда кўчада бехавотир юрадиган давлатлар
жуда кам, Ўзбекистон шундай давлат эканлигини бизга келадиган
меҳмонлар доим ҳавас билан айтишади.
Аҳолимиз ва юртимиз меҳмонлари ўзини шундай тинч ҳис қилиб юришида
Ички ишлар органлари ходимларининг 24/7 меҳнати
турибди. Ҳурматли Президентимизнинг
табрикларига
қўшилиб, ушбу байрам муносабати билан барчамиз уларни табрикласак, меҳнатлари янада қадрли бўлишига хизмат қилади.
Бу осойишталикни асраш йўлида хизмат қилаётган барча ички ишлар органлари ходимларини 35 йиллик қутлуғ сана билан самимий табриклаймиз! Хизматларингиз шарафли, юртимиз тинч, халқимиз омон бўлсин!
Uzbekistan is ready to provide data center services powered by green energy
, thus rapidly becoming Central Asia’s green digital powerhouse to attract global tech leaders.
DataVolt
is finalizing the first phase of its green data center, with an investment of $200 million and a capacity of 12 MW, with plans to scale up to 500 MW.
Recently, the leadership of DataVolt and Vision Invest Group visited the site to review construction progress.
Designed with advanced power systems and liquid cooling, the facility prioritizes energy efficiency and sustainability, with completion planned by the end of 2026.
So, if you need computing capacity without the need to invest, you have partners in Uzbekistan, such as DataVolt,
which can provide you with data center services powered by green energy, with capacity of up to 500 MW.
If you would like to invest more than $100 million in data centers,
you are eligible for a tax-free regime and affordable electricity in Karakalpakstan and
we are ready to support your FDI project as we're providing to the DataVolt's FDI project.
Please contact us at:
invest.digital.uz
#Uzbekistan
#DigitalTransformation
#GreenEnergy
#DataCenters
#Investment
O‘zbek tili bayrami arafasida hurmatli Prezidentimiz topshiriqlariga ko‘ra
tilshunos olimlarimiz bilan hamkorlikda yig‘ilgan O‘zbek tili korpusini
dunyoning barcha yirik Sun'iy Intellekt LLM ishlab chiqaruvchilariga rasmiy xat orqali
bepul ishlatish uchun yubordik.
Eng kuchli yopiq modellardan tortib, barcha ochiq kodli LLMlar ham ushbu yig‘ilgan to‘plamlardan unumli foydalanib, o‘zlarini modellarini o’rgatishsa
O‘zbek tilini Sun'iy Intellekt tizimlarida kengroq qo’llanishiga yordam bo‘lishi aniq.
O‘zbek tilini birgalikda ommalashtiraylik! Bayram muborak!
Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi
Farmonlari
bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida qatnashib, shijoatli yoshlarimizni ko‘rib juda quvondik.
Bu g‘alaba yana bir bor yoshlarimizning orzularini cheklamasliklari zarurligini ko‘rsatib berdi.
Bizning yoshlarimiz juda ko‘p natijalarga erishishga qodirlar, shuning uchun katta maqsadlar qo‘yib, o‘qish, izlanish va harakatdan to‘xtamasliklari kerak.
Vaqtni behuda sarflamay, Siz ham ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganing! Buning uchun
aileaders.uz
orqali bepul kurslar soni va imkoniyatlar kun sayin ortmoqda! Yaqinda
«Google Gemini AI Plus»
xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati ham qo‘shildi.
Ko‘proq insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan o‘z loyihangizni boshlang,
startupbase.uz
orqali uni rivojlantiring, raqamli startaplar dasturiga qo‘shiling.
🌷
Qizlar ta’limi — otalar nigohida
11-oktabr —
Xalqaro qizlar kuni
munosabati bilan bu masalada otalar ovozini eshitish va yana bir bor qizlar ta'limiga e'tibor qaratish muhimdir.
⚡️
Prezidentimiz olib borayotgan siyosatlari natijasida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Buni raqamlar ham yaqqol tasdiqlaydi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida
900 mingdan ortiq qiz
tahsil olmoqda — bu barcha talabalarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi (
54 foizi
).
Coursera
platformasida generativ sun’iy intellekt kurslariga yozilgan o‘zbekistonliklarning
58,9 foizi — xotin-qizlar
. Bu yo'nalishda
O‘zbekiston - Dunyo Yetakchisi
sifatida
tan olindi
.
So‘nggi ikki yilda mamlakatimiz startap ekotizimi global reytingda
31 pog‘onaga ko‘tarildi
. StartupBlink O‘zbekistonni
“Yil mamlakati”
deb e’tirof etdi, Toshkent esa Markaziy Osiyo shaharlari orasida
birinchi o‘rinni egalladi.
Bu yutuqlarda xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor:
✅
1 600 dan ortiq
raqamli startapning
220 dan ziyodiga
ayollar rahbarlik qiladi;
✅
investitsiya bitimlarining
21 foizi
ayollar boshchiligidagi startaplarga to‘g‘ri keladi;
✅
President Tech Award
g‘oliblarining
har uchtasidan biri
— ayollar boshchiligidagi loyiha.
Aziz qizlar, orzularingizdan qaytmang, bilim oling, oldinga intiling — siz uchun barcha yo‘llar ochiq! Hurmatli otalar, qizingizga bildirgan ishonchingiz — uning eng katta tayanchi.
Quyidagi havolalar orqali imkoniyatlardan foydalaning:
• “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” —
aileaders.uz
• Coursera kurslari —
ite-association.uz/coursera
• Startap boshlamoqchimisiz? -
startupbase.uz
•
GAP Women It Club
Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг
очилиш маросимида
Ал-Хоразмий, Ал-Беруний, Ал-Фарғоний, Мирзо Улуғбек ва Али Қушчи номларининг ёдга олиниши юртдошларимиз учун катта ғурур бағишлаши аниқ!
Яқинда Балиқчи туманидаги айтишник йигитимизнинг “оддий бир туманнинг йигити бўла туриб, шундай Стартап қилдим” деган сўзларига
ҳурматли Президентимизнинг “йўқ, сиз оддий туман йигити эмас, Ал-Хоразмийлар, Берунийлар авлодисиз!”
деб айтган гапларининг мазмуни нақадар муҳимлигини ушбу очилиш жараёнидаги видеолавҳани кўрганингиздан кейин яна бир бор тўлиқ англайсиз.
Нафақат очилиш жараёнидаги лавҳада, балки
Туркия Президентининг маърузасида,
Туркия саноат ва технологиялар вазири нутқида ҳам ушбу олимларимизнинг тарихий ролига
алоҳида урғу берилди.
Туркиянинг космик компаниясига Ал-Фарғоний номи берилгани ҳам қўшимча эътирофдир.
Президентимиз ёшларимизнинг ушбу аждодларимизга мос авлод бўлиб ўсишлари учун нафақат доимо мотивация беришга ҳаракат қилмоқдалар, балки ёшларимизга яратилаётган имкониятларни кун сайин кенгайтирмоқдалар.
Ёшларимиз фақат беҳуда ишлар билан чалғимасдан, кўпроқ вақтларини
замонавий касблар ва чет тилларини ўрганишга
ҳамда кўпроқ
инсонлар ҳаётини яхшилайдиган стартаплар яратишга
сарфласалар бўлди:
- Сунъий интеллект бўйича Coursera орқали замонавий касблар ўрганиш учун:
aileaders.uz
- Стартапни ривожлантириш учун:
startupbase.uz
MyGov орқали
номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни
осон ва бепул текширинг!
Агар орасида фойдаланмаётганларингиз бўлса, уларни
ўчиртириб қўйинг.
Бу карталар ёки SIM-карталардан бошқаларнинг ноқонуний фойдаланиши ва
сизга зарар етказилишининг олдини олишга ёрдам беради.
#MyGov
—
#инсонлар
#ҳаётини
#енгиллаштиради
!
_
Легко и бесплатно проверьте
все активные банковские карты и SIM-карты, оформленные на Ваше имя,
через MyGov
.
Если обнаружите карты или SIM-карты, которыми Вы не пользуетесь,
лучше отключить их,
чтобы злоумышленники не смогли использовать их в незаконных целях.
Это поможет защитить Вас
от возможных проблем в будущем.
#MyGov
—
#упрощает
#жизнь
#людей
!
Barcha ustozlar, o'qituvchilar va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz!
Please share the video from today's ICT Week opening ceremony to
invite more of your partners to
explore opportunities in
Uzbekistan - the Land of Startups!
More about startups:
startupbase.uz
More about ICT Week:
www.ictweek.uz
#Uzbekistan
#Land_of_Startups
Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!
Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun
bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda.
O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing!
Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga
vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.
📍
CAEx Uzbekistan
🗓
22–25-sentabr.
🤩
Ro‘yxatdan o‘ting
🚍
CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali