Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Siddiqa Hasan

siddiiqa
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat 🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz
Subscribers
4 252
24 hours
6
30 days
52
Post views
1 099
ER
25,85%
Posts (30d)
23
Characters in post
538
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Lifestyle & Services
Summary
September 10, 14:05

Bismillahir Rohmanir Rohiym
📖
Makhraj kursi
— bu arab harflarini 0 dan boshlab o‘rgatadigan kurs. Bu kursda barcha harflarni taniysiz, ularning sifatlari va chiqish joylarini o‘rganasiz.
Davomiyligi:
1 oy
Haftada:
3 kun
—Dush, Chor, Jum
Vaqti: 21:00
📖
Tajvid kursi
— bunda Qur’oni Karimga tegishli barcha qoidalar o‘rgatiladi. Qur’onni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o‘qish muhim.
Davomiyligi:
2 oy
Haftada:
3 kun
— Sesh, Pay, Shan
Vaqti: 21:00
🌿
Maxraj va Tajvid kurslarini yakunlaganingizdan so‘ng, Qur’onga tushiladi.
🌷
Ustoza—8+ ijoza sohibi. Maxroj, sifat, tajvid ilmlaridan hamda Qur’ondan Hafs an Osim qiroatidan ijozalarga ega. 3yillik tajribaga ega.
Darslar faqat ayol qizlarimiz uchun
📖
Maxroj va Tajvid kurslarimiz oylik toʻlovi
200ming soʻm
Bugun yozilganlarga 10% chegirma
🥳
Ulgurib qoling
☺️
🌱
Boglanish uchun:
@mokhinur03
🌱
Otzivlar kanalimiz:
https://t.me/+yk9nACYvIddiNmE6
🌱
Kanalimiz:
@iffatimblog

September 10, 13:03
Media unavailable
4
Show in Telegram

Barcha umidvor insonlarga chiroyli tasalli va umid:
Va tezda Robbing ato qilur va sen rozi boʻlursan.
🌷

September 09, 12:05
Media unavailable
1
Show in Telegram


🎙
"OLTIN OVOZ" — Diksiya va Nutq Texnikasi Kursi
​Nafas yetmasligi, ingichka ovoz hamda nutqdagi hayajondan xalos boʻling!

📌
Dasturda:
• Diyafragmal nafas va Qur'on o'qish texnikasi
• Tiniq diksiya va tushunarli talaffuz
• Yosh bola ovozidan qutulish va ko'krak rezonatori
• Hayajonni yengish va ifodali o'qish


Natija: Salobatli, jarangdor va ishonchli nutq!
🎁
Bonus: Kunlik 15 daqiqalik amaliy chek-list.

✍️
Bosh murabbiy: Fotimai Zaxro
📩
To'liq ma'lumot va yozilish uchun:
@quronxod1mi
https://www.instagram.com/fathiye_arabic?stkn=MTltaHN6cm0wMnZ4bQ==

September 08, 20:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

🤜
Turtki
Men sharoitlari qishloqdan sal yaxshiroq bo'lsa ham, ammo to'rt tomoni tog' bilan o'ralgan, uyimizning pastrog'idan daryo o'tadigan, havosi tooza, xullas, qishloqqa o'xshab ketadigan shaharchada tug'ilib o'sganman. Bu hamma qatori bizning uyda ham ish tiqilib yotardi degani. Ishlardan bezillab ketganim uchun kelajagimni faqat дом'da tasavvur qilardim. Chunki дом'da ish kam. Bittagina foydali shu jihatini bilaman va bu menga yetarli sabab edi. Дом’da yashaydigan bo'lalarim jannatda yashaydigandek tuyulishardi.
🥲
O'zi esimni taniganimdan beri uyda kam bo'lganman. Doim qandaydir to'garaklarda, repetitorlarda yurardim, sal kattaroq bo'lib, dadam ochgan magazinda sotuvchi bo'lib ishladim. Uyda kam bo'lganim uchun onam, opamga o'xshab ko'p ish qilmaganman tag'inam. Tabiatan unaqa ishlarni yoqtirmaydigan odamman. Hovli, agarot ishlarini o'lgudek yomon ko'raman. O'zim ko'p ish qilmasam ham ota-onam, opamlarni ko'p ish qilishidan man zerikib ketardim.
Ayniqsa, uyda dadam bo'lsalar biz bolalarini hecham tindirmasdilar. Ularning bir shiorlari bor edi "Bolalarni urma, so'kma, ish bilan band qilib qo'y". Haa, dadam bizni ish bilan tarbiya qilib qo'yganlar. Yomon yo'lga kirib ketib qolmasligimiz, bekorchi odam bo'lmasligimiz uchun boshimizgacha ishga bo'kib yotardik. Dadam ko'chadan kirishlari bilan hozir qandaydir ishga buyurishlariga tayyor turardik, bu menga umuman yoqmasdi.
😭
Uyimizda qurilish, remont ishlari boshlangandi. Ish ko'o'o'p. Meni yuragim siqila boshladi. Dadam buyurgan ishlarni qilib yuribmiz. Ayam, men, singlim. O'shanda kollejni bitirib, uyda "o'tirib qolgan" qiz edim. To'lib ketdim shekilli ayamga: " Ayaaa, uyimizda buncha ish ko'p. Jonimga tegib ketdi. Qachon tugaydi bu ishlar" deb yubordim. Ayam kuldilarda: "Bu ishlardan qutulish uchun bor ana o'qishga kir.
😐
Shunda mazza qilib Toshkentda o'qib yurasan. Ana, opang ham o'qishga kirib qutildi shu ishlardan. Mazza qilib o'qidi" dedilar.
Agar ayam o'shanda shunaqa demaganlarida balki unchalik harakat qilmasdim o'qishga kirishga. O'zim sevgan sohalarda o'qimasdim. Uyda o'tirib, kompyuter klaviaturalarini shiqirlatib pul topmasdim. Ayamni o'sha turtkilari uchun rahmat aytaman))
🥲

September 07, 19:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 05, 18:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eshikni taqillatib turavergan kishiga darvozalar bir kuni albatta ochiladi.

September 05, 18:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🥹
🥹
🥹
https://t.me/boost/Siddiiqa

September 05, 17:55
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

Misrning o'ziga xos estetikasi: qadimiy me'morchilik, iliq quyosh nuri va sokin odamlar.
🖲

September 04, 14:23
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

• Mening uyimda baqir-chaqirlar bo'lmaydi.
• Mening uyimda qo'rquv bo'lmaydi.
• Mening uyimda eshiklar qarsillatib yopilmaydi.
• Mening uyimda doimiy janjallar bo'lmaydi.
• Mening uyimda sakinat bo'ladi.
• Mening uyim haqiqiy uy bo'ladi.
Inshaalloh
🏡
Uy shunchaki jihozlar, ashyolardan iborat makon emas. U insonning oʻzini eng xavfsiz his qiladigan, dunyo shovqinidan qochib bora oladigan, sizni mehr bilan qarshi oladiganlar yigʻilgan makon. Agar inson uyidan baxt topmasa, boshqa hech qayerdan topolmaydi. Uyida tinch boʻlmasa, boshqa hech qayerda tinch boʻlmaydi.
Shuning uchun ham uyni gʻurbat toʻla joyga emas, balki sokinlik ufurib turadigan, saodatli maskanga aylantirishimiz kerak. Bu har bir oila boshliqlarining oʻz qoʻlida.
🏡
Siddiqa
🥀

September 02, 13:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayol-qizlar uchun judayam manfaatli sahifa ekan.
🌸
Birib kirib koʻring (chiqolmay qolishingiz mumkin
🤭
)
https://t.me/+pTAK-8R8G7JlMmJi