Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Siddiqa Hasan

siddiiqa
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat 🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz
Подписчики
4 155
24 часа
-12
30 дней
-136
Просмотры
1 374
ER
33,07%
Посты (30д)
18
Символов в посте
502
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образ жизни и услуги
Краткое описание
October 24, 20:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

«Ишонинг, соғлардан соғроқмиз бугун!»
@xayrulla_hamidov
🌱
@BintuSodiq

October 24, 14:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Yaxshiyam zumerman
😌

October 23, 16:18
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

Vatanimizdan bizga yana bir kitob yetib keldi. Bu kitobda ham turmush o‘rtog‘imning mehnatlari singgan.
Ularning siyrat kitobi nashriga hissalari qo‘shilganidan juda xursandman. O‘zlari hozir Vatandan uzoqda bo‘lsalar ham mehnatlari kitoblar orqali odamlarga yetib boryapti. Bundan ortiq quvonch bo‘ladimi?!
🥰
Alloh bu kitobni ko‘pchilikka manfaatli qilsin, yozgan,
tahrir qilgan
, nashrga hissa qo‘shgan barcha insonlarning va “
Nasim kutub
” nashriyotining mehnatlarini qabul aylasin.
🤲
Kitob haqida muharrirning fikrini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/tahrirchi/404

October 23, 12:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

♡ Қалбингизга яқин бир манзил излаяпсизми?
• Қалбга ором берувчи
сатрлар
.
• Фойдали илм ва
ибратли
фикрлар.
• Руҳиятга озуқа бўладиган
эслатмалар
.
Саҳифамизга марҳамат:
https://t.me/+DhJDqCybVJc4ODEy

October 19, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💫
Ruhiy ozuqa istagan qalblar uchun!
Ilmda bardavom bo’lish uchun-
Azimat kitobining jonli mutolaasi
Qalbingiz hotirjamigi uchun-
Asmolar zikri audio darsliklari
🪷
Habibimiz sog’inchini bosish uchun-
Saodat asri audio darsligi
Salovatlar gultoji uchun-
Daloilul hayrot mutolaasi
🌷
Sizni yangi mutolaamizda kutib qolamiz!
https://t.me/+wMpDWPmDB5VjMTky
https://t.me/+KnZ1SeuD0q44YWU6

October 18, 19:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Allohning xohishi hamma xohishdan ustundir!

October 17, 13:00
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Shunchaki arab tili emas, kafolatlangan natija va tizim!
Yusriyya
5 yildan ortiq tajribaga ega ustoza, poliglot, Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi magstri
. Online 0 dan darslarda 100% ijobiy fikrlar hamda natija.
Real natijalar bu yerda
!
Silsilaviy BEPUL darslar sahifada va boshlang'ich xos darslar uchun
@Yusriyya_admin
ga
"Siddiqadanman"
desangiz maxsus CHEGIRMA.
Yo'qotib qo'ymaslik uchun hoziroq obuna bo'ling
⬇️
https://t.me/+qiXVVjCtpzRkMzFi
https://t.me/+qiXVVjCtpzRkMzFi

October 15, 19:17
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

Estetikasini aytmaysizmi
🫠
🫠
https://t.me/naza_gapiradi

October 15, 19:06

Agar siz kimnidir yaxshi koʻrsangiz, uning qalbida kitobga muhabbat uygʻoting. Bu uning uchun qilgan eng yaxshi yaxshiligingiz boʻladi.
Bunda hayotimdan misol bor. Singlimni bir necha yillardan beri kitob oʻqishga targʻib qilib kelaman. Birga yashagan vaqtlarimiz oʻzim kitob berardim shuni oʻqib chiq deya. Keyin kitob nima haqida ekan aytib ber yoki yozib ber derdim. Shu bilan oz boʻlsada kitob olamiga opkirdim.
Oʻtgan yil esa blog ochishga targʻib qildim. Oddiy boʻlsa ham yuritaver, tajriba boʻladi deb uqtirdim. Ochdi, yuritdi, yozdi, hozir ham yurityapti. Eng quvonarlisi bilasizmi nima? Hozir 3-4 ta nashriyot bilan hamkorligi bor. Oʻzi kitob oʻqish bilan birga boshqalarni ham kitob oʻqishga qiziqtiryapti. Hozirgi internet rivojlangan, odamlar kitobdan uzoqlashgan zamonda bu judayam katta narsa. Judayam katta yaxshilik. Uni bu ishini oxirigacha qoʻllab-quvvatlayman. Bardavom boʻlsin.
Kitobli muhit xohlayotgan boʻlsangiz, yosh singlimning kanaliga marhamat.
https://t.me/naza_gapiradi
19 yoshligimda men abituriyent edim. Uvillab oʻqishga tayyorlanib yurardim. U boʻlsa bu yoshda universitetda 3-kursda oʻqiyapti. Bugalteriya, AI sohalarida oʻqib chiqdi. Oʻzi ishlab pul topyapti. Mashaalloh. Allohumma baarik.
Xullas, ancha qiziq va faol hayoti bor.
https://t.me/naza_gapiradi

October 14, 10:43

Ishdan chiqib, uyga qaytyapman. Hali ham uyga yetmadim. Odatda “xalqlar doʻstligi” metrosida tushib, “Choshtepa”gacha metroda tezda kelib, uyogʻi taksida ketardim.
Bugun esa kecha uxlamaganim uchun “Olmazor” metrogacha 118 da uxlab kelishni tanladim. Chunki avtobusda yoʻl sal uzayar, uyga yetvolguncha ozroq mizgʻib olaman dedim.
Sobir Rahimov’ga aytganimday uxlab keldim. Qornim juda ham och edi. Avtobusdan tushib yoʻl-yoʻlakay 3 dona gumma olib, sumkamga solib oldim qulay vaqtda yeb olaman deb.
Yangiyoʻlgacha Sobir Rahimovdan taksi, marshrut hatto avtobus ham bor. Men marshrutni tanladim. Marshrutda odam toʻla, faqat bir kishilik joy qolgan. Boʻsh oʻrindiqda yonida juda ham semiz ayol oʻtirgani sababli kichik bolakay ham sigʻmaydi. Sigʻarman deb oʻtirib koʻrdim, sigʻdim, ammo judayam noqulay edi. Yonimda va roʻparamda esa oʻgʻil bolalar.
Oʻtirganimni koʻrib eshikni yopishdi. Amallab ketadi-da deyishdi. Yoʻq, tushib qolaman, sigʻmadim dedim. Tabiiyki, hamma menga tannozga qaraganday qaradi. Ammo, ularning qarashi bilan meni nima ishim bor, axir men noqulaylik his qildim.
Tushib qoldim va navbatdagi marshrutni kuta boshladim. Tezda keldi, oʻzim sevganday bir kishilik, deraza oldidan joy oldim. Kun qorongʻulashgani hisobiga uyalmay 3 ta gummamni ham yeb oldim. Deraza ortida turib tafakkur qildim. Inson qachon tafakkur qiladi oʻzini qulay, xotirjam va xavfsiz his qilganda.
Bugun koʻpchilik oʻzini bu hayotda noqulay, bexalovat his qiladi. Tabiiy bunday hislar ichida yashash inson uchun ogʻir. Albatta, Alloh insonni mashaqqatda yaratdi. Ammo ana shu mashaqqatni yengish yoʻllarini topishni ham insonga bildirdi. Shunday ekan tanlov doim oʻz qoʻlimizda ekanligini unutmaylik. Hayotdagi oʻrnimizni, yoʻnalishimizni oʻzimizga tanlaymiz. Qadar esa gʻayratga oshiqdir. Harakatimizga koʻra siylanamiz.
Bu hayot haqiqati oddiy narsalarda mujassam boʻladi.
2024-yilning, 21-avgusti