
Sinchalak🕊
Kritik minerallar davrida eng katta kuch nima?
Bugun asosiy kuch konlarda emas, uni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan bilimli avlodda.
O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Boshqaruv raisi Farhod Abdullayevning
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodi
da yoshlar bilan uchrashuvidagi bir fikr ayniqsa o'rinli:
“Bugun dunyoda eng qimmat resurs — bilimni natijaga aylantira oladigan yoshlardir”.
Uchrashuvda shunchaki ish yoki lavozim haqida gaplashilmadi. Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, raqamli texnologiyalarni egallashi, ilm bilan shug‘ullanishi va o‘z g‘oyalarini real sanoat loyihalariga aylantirishi haqida ochiq muloqot bo‘ldi.
O‘zbekistonning kuchi faqat yer ostidagi kritik minerallarda emas. Ularni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan yangi avlodda!
Sanoatdan san’atga. Toshkentning yangi ijodiy quvvati - CCA Tashkent.
6-sentyabr kunidan hamma uchun ochiq bo’ladi.
@Sinchalak_blog
Aura.uz
har kuni yuzlab video va fotokontent bilan boyiyapti. Istalgan formatda, gorizontal yo vertikal shaklda, mualliflik huquqisiz yuklab olishingiz mumkin.
8 terabaytli media bankdan jurnalistlar ham, montajchi va dizaynerlar ham qidirgan kadrlarini oson topishlari aniq.
@Sinchalak_blog
Tasavvur qiling: 114 yil avval bu binoda Toshkentning ilk elektr tramvaylari uchun energiya ishlab chiqarilgan. Bugun esa butunlay boshqa —
ijodiy energiya markaziga aylanyapti.
Oradan bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tib, tarixiy bino qayta tiklandi. Arxitektorlar eski g‘ishtlar va binoning tarixiy qiyofasini imkon qadar saqlab, uni zamonaviy san’at makoniga aylantirdi.
Bu yerda zamonaviy san’at ko‘rgazmalari, performanslar, kino, musiqa, dizayn va adabiyot loyihalari bo‘ladi. Tadqiqot kutubxonasi, 90 o‘rinli auditoriya, o‘zbek taomlarini zamonaviy talqinda taqdim etadigan restoran ham ishlaydi.
Markazning yana bir katta maqsadi —
yoshlarni san’atga olib kirish
.
Markaz ilk mavsumini 6-sentyabr kuni
“Hikmah” — “Hikmat”
nomli xalqaro ko‘rgazma bilan boshlaydi. Unda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston ijodkorlarining ishlari dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan taniqli rassomlar bilan bir maydonda namoyish etiladi.
CCA -
Center for Contemporary Arts
hali ochilmasidan turib ham xalqaro e’tiborni tortishga ulgurgan.
Wallpaper, The Art Newspaper, Ocula, ArchDaily, Artnet, The National, Observer, Designboom
kabi nufuzli nashrlar Toshkentdagi yangi markaz haqida yozdi.
Wallpaper
CCA “
O‘zbekistonni global madaniy xaritada yanada ko‘rinadigan qilishi”
haqida yozmoqda.
@Sinchalak_blog
Kecha muddati yakunlanayotgan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish
🇺🇳
, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif
🇵🇰
va AQSh senatori Stiv Deyns
🇺🇸
dan intervyular oldim.
Ular Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Bishkekdagi muloqotlar yakunlari haqida gapirishdi.
Antonio Guterrish —
Markaziy Osiyoning birlashuvi va Prezident Mirziyoyevning “tinchlik elchisi” sifatidagi roli
haqida;
Shahboz Sharif —
O‘zbekiston–Pokiston savdosini 2 milliard dollarga yetkazish va buning uchun ishlab chiqiladigan aniq yo‘l xaritasi
haqida;
Stiv Deyns —
O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining yuqori darajasi hamda Marko Rubioning oktabr oyida Samarqandga kutilayotgan tashrifi
haqida gapirdi.
Intervyularni qisqa shaklda tarjimalari bilan ulashyapman :)
@Sinchalak_blog
📸
SHHT Birinchi xonimlarining obrazlariga baho beramiz
💅
👠
🔗
Manba
@Sinchalak_blog
“Biyigul” fojiasi
Kecha Mustaqillik bayrami tantanasida yangragan Shomurod baxshining “Biyigul” termasi dahshatli fojia turtkisi bilan yaralganini bilasizmi?
Terma muallifi Shomurod baxshining otasi Tog‘ay baxshi 1932-yilda Sibirga surgun qilinadi. Baxshining onasi 6 farzandi bilan erining ketidan poyezdga chiqib, Novosibirskkacha boradi. Shunda Shomurod ona qo‘lida 7 oylik chaqaloq edi.
Qaqshatqich iqlimga issiq o‘lkadan birdan borib qolgan och-yupun vujudlar dosh berolmaydi. Novosibirskda −42 daraja sovuqda onasi vafot etadi. Shomurod baxshi 9 oylik chaqaloq — onadan yetim qoladi. Otasi lagerda, bolalar esa “detdom”larga tarqatib yuboriladi.
U yerda Shomurodga Tumanov Aleksandr deb nom berishadi. Tili ruscha chiqadi. Onasi bilan birga sho‘rlik ona tilidan ham ayrilgan edi.
😢
😢
😢
Shomurodning otasi Tog‘ay baxshi urush payti jangga borib, qahramonlik ko‘rsatadi. 1945-yili ota urushdan qaytgach, oilasi bilan ko‘rishishga ruxsat beriladi. 1948-yilda Tog‘ay shoir oqlanadi va oila bir yerga jamlanadi. Shomurod Vatanga qaytadi.
Va 17 yoshida ona tilini o‘rgana boshlaydi.
17 yoshida o‘zbek tilini, yana qipchoq shevasida o‘rgangan tug‘ma shoir shunaqangi go‘zal termalar yaratadi, dostonlar aytadiki, hamma lol. “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshanxon” turkumlariga yangi jilo, hayot beradi. “Biyigul”, “Guldana” kabi go‘zal termalar ijod qiladi.
Baxshichilik, bilasiz, asosan improvizatsiya bilan yaraladi. Deyarli voyaga yetganida o‘rgangan tilida bunday go‘zal san’at asarlari yaratish — bu fenomen! O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod Tog‘ayev ana shunday benazir daho edi, rahmatlik.
Endi bevosita “Biyigul” termasiga qaytsak. Asarda bir nechta qiziq so‘z va obrazlar bor. Masalan:
Jigit o‘lgur Mekkam chol,
Retibamni sindirding.
Otam olib berib edi,
Nasibamdan ayirding
—
deyiladi.
“Retiba” nima?
Shoir G‘ulom Mirzo bu so‘zni arabcha
rutba
— martaba so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, “manzil” (Vatan), “nom”, “rizq” ma’nolarini anglatishini
aytgan
. Demak, shoir “Vatanimdan va nomimdan ayirding”, “rizqimni yurtimdan uzding” demoqda.
Mekkam chol kim?
Ayrimlar shoirning otasi Tog‘ay baxshini sovet ma’murlariga chaqib, tuhmat qilib, nohaq jazolanishiga sabab bo‘lgan insonning ismi Mahkam bo‘lgan, baxshi shu odamni Mekkam deb shevada aytyapti, deyishadi.
Shoir G‘ulom Mirzo esa boshqa talqinni beradi. Makkam — mahkam, ya’ni po‘lat (
stal
) so‘ziga ishoradir, deydi. Ya’ni “Mekkam chol” deya baxshi Stalinni qarg‘aydi:
Jigit o‘lgur Mekkam chol,
Jashamagur Mekkam chol,
Ko‘klamagin Mekkam chol…
Bu millionlab qatag‘on qurbonlarining dili va tilidagi qarg‘ish edi. Tug‘ma shoir Shomurod baxshi yurt-el dilidagi dardni, xalqning hasrati va fojiasini ta’sirli kuylab, hammani yig‘latdi.
Bugun, 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. “Biyigul” — qatag‘on qurboni haqidagi shoh asar. Biyigul deb shoir o‘z onasi haqida kuylaydi. Asarda qatag‘onning eng katta qurboni -
ona
.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1930–40-yillar oralig‘ida SSSRda 4 milliondan ortiq odam hibsga olingan. Eng avjiga chiqqan Katta terror davrida (1937–38-yillar) 1,5 million inson hibs qilindi. Qariyb 700 mingi otib tashlandi. Bu kuniga 900–1000 kishi otilganini anglatadi.
Qatag‘on yillari O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 37 mingdan ortiq kishi hukm qilinib, qamoq va lagerlarga jo‘natilgan, qariyb 7 ming kishi otib tashlangan
(1937–38-yillar atrofidagi Katta terror davrida — atigi bir necha yil ichida!)
Keling, bugun ular haqiga, ular qatori Shomurod baxshining Sibir qahratonida, balki o‘zi yemay, o‘zi kiymay, nonu issiq kiyimini farzandlariga ilinib, shahid bo‘lgan onasi
Tojihol Shukurova
haqqiga duo qilaylik.
Joylari jannatda bo‘lsin.
“Biyigul” to’liq versiyasi bu yerda:
https://youtu.be/mvt5Y3y7Bxs?si=Z_3sadGQEuMldmIM
@shahnozxon
📸
Hindiston Bosh vaziri va uning Toshkentda o’tkazgan yoga darsi
🧘♀️
🔗
Manba
@Sinchalak_blog