
Sinchalakπ
Sirli qutichaning ochilishi
π§©
@Sinchalak_blog
Kritik minerallar davrida eng katta kuch nima?
Bugun asosiy kuch konlarda emas, uni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan bilimli avlodda.
O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Boshqaruv raisi Farhod Abdullayevning
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodi
da yoshlar bilan uchrashuvidagi bir fikr ayniqsa o'rinli:
βBugun dunyoda eng qimmat resurs β bilimni natijaga aylantira oladigan yoshlardirβ.
Uchrashuvda shunchaki ish yoki lavozim haqida gaplashilmadi. Yoshlarning xorijiy tillarni oβrganishi, raqamli texnologiyalarni egallashi, ilm bilan shugβullanishi va oβz gβoyalarini real sanoat loyihalariga aylantirishi haqida ochiq muloqot boβldi.
Oβzbekistonning kuchi faqat yer ostidagi kritik minerallarda emas. Ularni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan yangi avlodda!
Sanoatdan sanβatga. Toshkentning yangi ijodiy quvvati - CCA Tashkent.
6-sentyabr kunidan hamma uchun ochiq boβladi.
@Sinchalak_blog
Aura.uz
har kuni yuzlab video va fotokontent bilan boyiyapti. Istalgan formatda, gorizontal yo vertikal shaklda, mualliflik huquqisiz yuklab olishingiz mumkin.
8 terabaytli media bankdan jurnalistlar ham, montajchi va dizaynerlar ham qidirgan kadrlarini oson topishlari aniq.
@Sinchalak_blog
Tasavvur qiling: 114 yil avval bu binoda Toshkentning ilk elektr tramvaylari uchun energiya ishlab chiqarilgan. Bugun esa butunlay boshqa β
ijodiy energiya markaziga aylanyapti.
Oradan bir asrdan koβproq vaqt oβtib, tarixiy bino qayta tiklandi. Arxitektorlar eski gβishtlar va binoning tarixiy qiyofasini imkon qadar saqlab, uni zamonaviy sanβat makoniga aylantirdi.
Bu yerda zamonaviy sanβat koβrgazmalari, performanslar, kino, musiqa, dizayn va adabiyot loyihalari boβladi. Tadqiqot kutubxonasi, 90 oβrinli auditoriya, oβzbek taomlarini zamonaviy talqinda taqdim etadigan restoran ham ishlaydi.
Markazning yana bir katta maqsadi β
yoshlarni sanβatga olib kirish
.
Markaz ilk mavsumini 6-sentyabr kuni
βHikmahβ β βHikmatβ
nomli xalqaro koβrgazma bilan boshlaydi. Unda Oβzbekiston va Qoraqalpogβiston ijodkorlarining ishlari dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan taniqli rassomlar bilan bir maydonda namoyish etiladi.
CCA -
Center for Contemporary Arts
hali ochilmasidan turib ham xalqaro eβtiborni tortishga ulgurgan.
Wallpaper, The Art Newspaper, Ocula, ArchDaily, Artnet, The National, Observer, Designboom
kabi nufuzli nashrlar Toshkentdagi yangi markaz haqida yozdi.
Wallpaper
CCA β
Oβzbekistonni global madaniy xaritada yanada koβrinadigan qilishiβ
haqida yozmoqda.
@Sinchalak_blog
Kecha muddati yakunlanayotgan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish
πΊπ³
, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif
π΅π°
va AQSh senatori Stiv Deyns
πΊπΈ
dan intervyular oldim.
Ular Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Bishkekdagi muloqotlar yakunlari haqida gapirishdi.
Antonio Guterrish β
Markaziy Osiyoning birlashuvi va Prezident Mirziyoyevning βtinchlik elchisiβ sifatidagi roli
haqida;
Shahboz Sharif β
OβzbekistonβPokiston savdosini 2 milliard dollarga yetkazish va buning uchun ishlab chiqiladigan aniq yoβl xaritasi
haqida;
Stiv Deyns β
OβzbekistonβAQSh munosabatlarining yuqori darajasi hamda Marko Rubioning oktabr oyida Samarqandga kutilayotgan tashrifi
haqida gapirdi.
Intervyularni qisqa shaklda tarjimalari bilan ulashyapman :)
@Sinchalak_blog
πΈ
SHHT Birinchi xonimlarining obrazlariga baho beramiz
π
π
π
Manba
@Sinchalak_blog
βBiyigulβ fojiasi
Kecha Mustaqillik bayrami tantanasida yangragan Shomurod baxshining βBiyigulβ termasi dahshatli fojia turtkisi bilan yaralganini bilasizmi?
Terma muallifi Shomurod baxshining otasi Togβay baxshi 1932-yilda Sibirga surgun qilinadi. Baxshining onasi 6 farzandi bilan erining ketidan poyezdga chiqib, Novosibirskkacha boradi. Shunda Shomurod ona qoβlida 7 oylik chaqaloq edi.
Qaqshatqich iqlimga issiq oβlkadan birdan borib qolgan och-yupun vujudlar dosh berolmaydi. Novosibirskda β42 daraja sovuqda onasi vafot etadi. Shomurod baxshi 9 oylik chaqaloq β onadan yetim qoladi. Otasi lagerda, bolalar esa βdetdomβlarga tarqatib yuboriladi.
U yerda Shomurodga Tumanov Aleksandr deb nom berishadi. Tili ruscha chiqadi. Onasi bilan birga shoβrlik ona tilidan ham ayrilgan edi.
π’
π’
π’
Shomurodning otasi Togβay baxshi urush payti jangga borib, qahramonlik koβrsatadi. 1945-yili ota urushdan qaytgach, oilasi bilan koβrishishga ruxsat beriladi. 1948-yilda Togβay shoir oqlanadi va oila bir yerga jamlanadi. Shomurod Vatanga qaytadi.
Va 17 yoshida ona tilini oβrgana boshlaydi.
17 yoshida oβzbek tilini, yana qipchoq shevasida oβrgangan tugβma shoir shunaqangi goβzal termalar yaratadi, dostonlar aytadiki, hamma lol. βGoβroβgβliβ, βRavshanxonβ turkumlariga yangi jilo, hayot beradi. βBiyigulβ, βGuldanaβ kabi goβzal termalar ijod qiladi.
Baxshichilik, bilasiz, asosan improvizatsiya bilan yaraladi. Deyarli voyaga yetganida oβrgangan tilida bunday goβzal sanβat asarlari yaratish β bu fenomen! Oβzbekiston xalq baxshisi Shomurod Togβayev ana shunday benazir daho edi, rahmatlik.
Endi bevosita βBiyigulβ termasiga qaytsak. Asarda bir nechta qiziq soβz va obrazlar bor. Masalan:
Jigit oβlgur Mekkam chol,
Retibamni sindirding.
Otam olib berib edi,
Nasibamdan ayirding
β
deyiladi.
βRetibaβ nima?
Shoir Gβulom Mirzo bu soβzni arabcha
rutba
β martaba soβzi bilan oβzakdosh boβlib, βmanzilβ (Vatan), βnomβ, βrizqβ maβnolarini anglatishini
aytgan
. Demak, shoir βVatanimdan va nomimdan ayirdingβ, βrizqimni yurtimdan uzdingβ demoqda.
Mekkam chol kim?
Ayrimlar shoirning otasi Togβay baxshini sovet maβmurlariga chaqib, tuhmat qilib, nohaq jazolanishiga sabab boβlgan insonning ismi Mahkam boβlgan, baxshi shu odamni Mekkam deb shevada aytyapti, deyishadi.
Shoir Gβulom Mirzo esa boshqa talqinni beradi. Makkam β mahkam, yaβni poβlat (
stal
) soβziga ishoradir, deydi. Yaβni βMekkam cholβ deya baxshi Stalinni qargβaydi:
Jigit oβlgur Mekkam chol,
Jashamagur Mekkam chol,
Koβklamagin Mekkam cholβ¦
Bu millionlab qatagβon qurbonlarining dili va tilidagi qargβish edi. Tugβma shoir Shomurod baxshi yurt-el dilidagi dardni, xalqning hasrati va fojiasini taβsirli kuylab, hammani yigβlatdi.
Bugun, 31-avgust β Qatagβon qurbonlarini yod etish kuni. βBiyigulβ β qatagβon qurboni haqidagi shoh asar. Biyigul deb shoir oβz onasi haqida kuylaydi. Asarda qatagβonning eng katta qurboni -
ona
.
Maβlumotlarga koβra, 1930β40-yillar oraligβida SSSRda 4 milliondan ortiq odam hibsga olingan. Eng avjiga chiqqan Katta terror davrida (1937β38-yillar) 1,5 million inson hibs qilindi. Qariyb 700 mingi otib tashlandi. Bu kuniga 900β1000 kishi otilganini anglatadi.
Qatagβon yillari Oβzbekistonda 40 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 37 mingdan ortiq kishi hukm qilinib, qamoq va lagerlarga joβnatilgan, qariyb 7 ming kishi otib tashlangan
(1937β38-yillar atrofidagi Katta terror davrida β atigi bir necha yil ichida!)
Keling, bugun ular haqiga, ular qatori Shomurod baxshining Sibir qahratonida, balki oβzi yemay, oβzi kiymay, nonu issiq kiyimini farzandlariga ilinib, shahid boβlgan onasi
Tojihol Shukurova
haqqiga duo qilaylik.
Joylari jannatda boβlsin.
βBiyigulβ toβliq versiyasi bu yerda:
https://youtu.be/mvt5Y3y7Bxs?si=Z_3sadGQEuMldmIM
@shahnozxon
πΈ
Hindiston Bosh vaziri va uning Toshkentda oβtkazgan yoga darsi
π§ββοΈ
π
Manba
@Sinchalak_blog
Primadonnasiz bayram oβtarmidi
π
@Sinchalak_blog