
Sinopsis
Harri Keyn 2026-yilgi «Oltin töp» sohibiga aylandi
«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumçisi
Harri Keyn
Londonda bölib ötgan 70-tantanali marosimda 2026-yilning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
U ovoz beriş yakunlariga köra «Real Madrid» yulduzi
Kilian Mbappe
hamda «Barselona» vunderkindi
Lamin Yamal
ni ortda qoldirdi. Şu tariqa, 33 yoşli forvard sönggi 25 yil içida uşbu nufuzli sovrinni qölga kiritgan ilk angliyalik futbolçi böldi.
Ötgan mavsumda hujumçi klub va terma jamoa safida jami
65 ta öyinda
maydonga tuşib,
73 ta gol
va 8 ta golli uzatmani öz hisobiga yozdirib qöydi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Shavkat Mirziyoyev “Renessans” kino uyida kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashuvda:
“Yoshligimda qishlog‘imizda bitta kinoteatr bo‘lardi. Lekin hamma sig‘masdi, daraxtga chiqib kino ko‘rardik. Film boshlangach, chiroq o‘n besh marta o‘chardi, bir soatlik kinoni besh soatda ko‘rardik. Buni o‘zimiz boshimizdan o‘tkazganmiz.
“Mahallada duv-duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi” kabi filmlarni yodga olaylik. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuyning o‘zi bolaligimizni, bobo-buvilarimizni, qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Men bugun lavozimimdan qat’i nazar, xalqdan ajralmagan, qişloqda ösgan odamman. Maktabimni ham, öşa kinozalimizni ham, daraxtda ötirganimizni ham, stadion bölmagani uçun qoronğida oyoğimiz qonab futbol öynaganimizni ham heç qaçon unutmayman”, — dedi davlatimiz rahbari.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Şavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uçraşdi
26-oktabr kuni Özbekiston Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev
mamlakatimizga taşrif buyurgan Qatar Amiri
Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy
bilan uçraşuv ötkazdi.
Suhbat davomida ikki davlat örtasidagi aloqalar rasman strategik şeriklik darajasiga çiqqani ta’kidlandi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
11 yoşli şaxmatçi qiz 38 yillik rekordni yangiladi
Buyuk Britaniyalik 11 yoşli Bodxana Sivanandan şaxmat tarixidagi eng yoş ayol xalqaro master unvoniga sazovor bölgan. U Çernogoriyada ötkazilgan Yevropa klublar kubogining sönggi turida şvetsiyalik Viktoriya Yoxanssonni mağlub etgan. U xalqaro masterlik talablarini eng yoş bajargan şaxmatçilar röyxatida yettinçi örinni egalladi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Qirğiziston prezidenti akasiga buyrak donori bölişi uçun mahbusni afv etdi
Mahalliy aholi bilan uçraşuvda Kerben şahrida yaşovçi Rustam Gapurov prezidentga murojaat qilib, qamoqdagi ukasini afv etişni söragan. Uning aytişiça, ukasi Rossiyada ekstremizm böyiça ayblanib, yetti yillik qamoq jazosini ötaganidan keyin joriy yilda Qirğizistonga ekstraditsiya qilingan.
Rustam Gapurovning sözlariga köra, ukasining jazo muddati tugaşiga yana uç yil qolgan. U esa buyrak kasalligi sabab gemodializ muolajasini olib kelmoqda va ukasi unga buyragini berişga tayyor. U prezidentdan ukasini ozod qilişda yordam sörab, şundagina zarur transplantatsiya operatsiyasini amalga oşiriş mumkinligini tuşuntirgan.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Serbiyada talabalar 14 yillik hokimiyatni ağdardi
2026 yil 25 oktyabrda Serbiyada bölib ötgan parlament saylovida prezident Aleksandr Vuçiçning hukmron siyosiy partiyasi mağlubiyatni tan oldi. Uning partiyasi 2012 yildan beri — qariyb 14 yil davomida — mamlakat siyosatini nazorat qilib kelayotgan edi.
Talabalar boşçiligidagi harakat esa saylovda katta ğalabaga erişganini e’lon qildi. Talabalar hokimiyatni köça namoyişlari bilan emas, saylov orqali almaştirişga erişdi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Prezident Paraosiyo öyinlarida uçinçi örinni egallagan milliy jamoani tabrikladi
Özbekiston prezidenti Yaponiyaning Aiçi – Nagoya şahrida bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan sportçilarga tabrik yölladi. Musobaqada qatnaşgan milliy jamoa a’zolari 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medaliga sazovor böldi.
Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 2 600 nafardan ziyod para sportçilar qatnaşgan öyinlarda Özbekiston Xitoy va Yaponiyadan keyingi uçinçi örinni band etdi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
“Endi birorta maktab direktori yig‘ilishga chaqirilmaydi” — Erkinjon Turdimov
Ta’lim va ilm-fan vaziri Samarqandda o‘tkazilgan yig‘ilishda bog‘cha va maktab rahbarlarini majlislarga chaqirish qat’iy man etilishini ma’lum qildi. Turdimov muassasalar ta’lim berish bilan shug‘ullanishi kerakligini eslatdi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Liftlar endi muntazam texnik xizmatdan ötkaziladi
Köp qavatli uylarda liftning buzilişi aholi uçun ança noqulaylik tuğdiradi. Ayniqsa, yuqori qavatlarda yaşovçilar, keksalar va bolali oilalar buni yaxşi bilişadi.
Endi liftlarga xizmat körsatiş masalasi aniq tartibga solinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 588-son qaroriga köra, yangi qurilgan uylardagi liftlarga quriliş taşkilotlari bir yil davomida majburiy servis xizmati
körsatadi
.
Bundan taşqari, liftlarga har oy, har uç oy, olti oy va yilda bir marta texnik xizmat körsatiş tartibi ham belgilandi. Xizmat körsatuvçi taşkilotlarning majburiyatlari aniqlaştirildi.
Yana bir muhim yangilik — liftlar va ularning ehtiyot qismlarini sotib oliş hamda sotiş uçun
«Xavfsiz lift» elektron platformasi
joriy etilmoqda.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook
Endi bank, notarius va içki aviareyslarda elektron hujjatdan foydalaniş mumkin
Endi ayrim xizmatlarda pasport, ID-karta, tuğilganlik va nikoh guvohnomasi kabi hujjatlarning qoğoz şaklini olib boriş şart emas. Ularning
my.gov.uz
hamda «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi elektron şaklini taqdim etiş mumkin.
Elektron hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
➖
Banklarda — bank xizmatlaridan foydalaniş va ayrim moliyaviy operatsiyalarda şaxsni tasdiqlaş uçun;
➖
Notariuslarda — tegişli notarial harakatlarni amalga oşirişda;
➖
Aeroportlarda — Özbekiston içidagi aviareyslarga röyxatdan ötişda;
➖
Aloqa xizmatlari va lombardlar bilan şartnoma tuzişda.
Şuningdek, elektron hujjatlardan qon topşirişda şaxsni tasdiqlaş, harbiy röyxatga oliş, uruş qatnaşçilariga kompensatsiya beriş va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar körsatişda ham foydalaniş mumkin.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook