Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sinopsis

sinopsis_uz
Sinopsis - har bir voqeaga obyektiv nazar!
Подписчики
5 704
24 часа
30 дней
-57
Просмотры
153
ER
2,68%
Посты (30д)
166
Символов в посте
488
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 11, 09:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi
Sog‘liqni saqlash vazirining 9-sentyabrdagi buyrug‘i bilan karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi yuzaga kelganda aholini profilaktik emlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 09:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Tayyor bo‘lmasang, mamlakatdan ket!" — Medvedev migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilishini aytdi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi migrantning daromadi o‘zi va oilasini ta’minlash uchun yetarliligi tekshirilishini ta’kidladi. Talabga javob bermagan migrantning patenti bekor qilinib, o‘zi va oilasi Rossiyada qola olmasligi mumkin.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

DeepSeek va Kimi Claude'dan javoblarni o‘g‘irlagani fosh bo‘ldi
Sun’iy intellekt olamida katta mojaro yuz berdi. Xitoyning mashhur
DeepSeek
va
Kimi
dasturlari o‘zini "aqlli" qilib ko‘rsatish uchun boshqa bir kuchli sun’iy intellekt —
Claude
dan foydalanib kelgani aniqlandi.
DeepSeek atigi 14 kunda Claude’ga
12,1 million marta
yashirincha so‘rov yuborgan. Kimi esa 10 kunda
300 mingta
shunday so‘rov yo‘llagan.
Hiyla qanday ishlagan?
Foydalanuvchi ularga savol berganda, ular o‘zi qiynalib o‘ylamay, savolni yashirincha Claude’ga jo‘natgan.
Claude bergan mukammal javobni esa "buni o‘zim o‘ylab topdim" deb foydalanuvchiga uzatgan va shu asnoda o‘zini ham o‘qitgan.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 06:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu yilgi kuz yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda
Jahon Meteorologik Tashkiloti prognozlariga ko‘ra, joriy kuzda O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan
Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida
me’yordan ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Umuman, kuz fasli respublika bo‘ylab
sernam kelishi
, asosiy yog‘inlar esa oktyabr–noyabr oylarida kuzatilishi kutilmoqda.
Bu prognoz Tinch okeanidagi suv harorati va
El-Nino
hodisasi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 05:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xorijdan qaytgan o‘zbekistonliklarga biznes boshlash yoki kengaytirish uchun
60 mln so‘mgacha grant
beriladi
.
Tanlovda 2025–2026-yillarda chet elda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar qatnashishi mumkin. Arizalar 21-sentyabrgacha qabul qilinadi
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 04:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Xitoyda robot-politseylar rasman patrul xizmatiga kirishdi
Xitoyning Shenchjen shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or robotlashtirilgan politsiya posti o‘z ishini boshladi.
Yangi majmua tarkibiga g‘ildirakli mexanizmlar, uchuvchisiz dronlar, avtonom patrul avtomobillari va zamonaviy gumanoid robotlar kiritilgan.
Robotlar ko‘chalarni mustaqil ravishda patrul qilish, shubhali xatti-harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishda ko‘maklashish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor signallarni qabul qilib, xavfsizlikni ta’minlash qobiliyatiga ega.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 04:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlari 2030-yilgacha raqamlashtiriladi
O‘zbekistondagi barcha madaniy meros obyektlarini 2030-yilgacha raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Ularni nazorat qilish uchun sun’iy intellekt, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, IoT-sensorlar va videotahlil texnologiyalaridan foydalaniladi. Bu haqda 10-sentabr prezident
Shavkat Mirziyoyev
tanishgan taqdimotda
so‘z boradi.
Tizim doirasida madaniy merosning yagona raqamli platformasi, obyektlarning «raqamli egizaklari» va Heritage Open Data tizimini tashkil etish taklif qilinmoqda.
Telegram
|
Youube
|
Instagram
|
Facebook

September 10, 13:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ozarbayjon Xalqaro Banki «Davrbank»ning 51 foiz ulushini sotib oldi
Ozarbayjon Xalqaro Banki (ABB) O‘zbekistonning «Davrbank» xususiy bankidagi 51 foizlik nazorat paketini qariyb $140 mlnga (1,646 trln so‘m) xarid qildi.
Prezidentlar
Shavkat Mirziyoyev
va
Ilhom Aliyev
uchrashuvida ilk bor e'lon qilingan ushbu yirik bitim 10-sentabr kuni «Toshkent» fond birjasida rasman yakuniga yetdi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 10, 12:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Chegarada tunnel qaziganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonda davlat chegarasi ostidan noqonuniy tunnel qaziganlar uchun jazo kuchaytiriladi. Bu masala Senatning 19-yalpi majlisida muhokama qilindi.
Yangi qonunga ko‘ra, chegaradan yashirincha o‘tish uchun yerosti tunneli yoki boshqa inshoot qurish alohida jinoyat hisoblanadi. Shuningdek, tunneldan foydalangan, bunday ishni tashkil qilgan yoki pul bilan ta’minlaganlar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
|
Facebook

September 10, 12:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram