
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi
✅
“Qutqaruvchilik — jasorat, mas’uliyat va insonparvarlik kasbi!”
🔰
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining
hududiy bo‘limlari qutqaruv qismlarida yangi ishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar uchun tashkil etilgan boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslari doirasida
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi o‘tkazildi.
🧢
Mazkur uchrashuv Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi hamda
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamkorligida tashkil etildi.
⏺
Muloqotda Guliston harbiy prokurori, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda boshqarma Faxriylar kengashi raisi ishtirok etib, yosh harbiy xizmatchilar bilan ochiq va samimiy suhbat olib bordilar.
🗣
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, yuksak mas’uliyat va fidoyilik bilan xizmat olib borish, Vatanga sadoqat ruhida kamol topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruvchilarning o‘rni, aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli vazifalar xususida fikr almashildi.
❗️
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌
Zero, Vatan xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish — yuksak sharaf, katta mas’uliyat va sadoqat namunasidir!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🔰
Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasida
🙋♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamkorligida maktab o‘quvchi-yoshlari ishtirokida
“Yo‘lovchi” loyihasi
doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🚦
“YO‘LOVCHI” LOYIHASI: YO‘L XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
🔰
Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasida
🙋♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamkorligida maktab o‘quvchi-yoshlari ishtirokida
“Yo‘lovchi” loyihasi
doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✔️
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalarda mas’uliyatli harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📌
Uchrashuv davomida
piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘l belgilari va svetofor ishoralariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, yo‘lni kesib o‘tish vaqtida mobil telefon va quloqchinlardan foydalanishning xavfli oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🤚
“Yo‘lovchi” loyihasi — hayot uchun muhim ishora!
Loyiha doirasida piyodalarga yo‘lni kesib o‘tishdan oldin qo‘l ko‘tarib, haydovchiga o‘z niyatini bildirish tavsiya etiladi.
⚠️
Eng muhimi, yo‘lni kesib o‘tishni faqat transport vositalari to‘liq to‘xtaganiga va harakat xavfsizligiga ishonch hosil qilingandan keyingina boshlash lozim.
❗️
Zero, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish — o‘z hayotimiz va atrofdagilar xavfsizligini asrash demakdir!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
#OAV_biz_haqimizda
📰
Toşkent harbiy okrugi tasarrufidagi Mirzaobod tumanida joylaşgan Safarbarlik şaqiruvi rezervi batalyonida askarlar örtasida “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovi taşkil etildi.
https://uza.uz/uz/posts/zukkolik-va-topqirliklarini-korsatishdi_929668
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🔰
Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasida
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan maktab o‘quvchi-yoshlari ishtirokida
🙋♂️
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamkorligida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🙋♂️
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
🔰
Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasida
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan maktab o‘quvchi-yoshlari ishtirokida
🙋♂️
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamkorligida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣
Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi. Yosh avlodning bilimli, vatanparvar, tashabbuskor hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana oladigan yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishi muhimligi ta’kidlandi.
👨💻
Sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish — zamon talabi!
Tadbir doirasida kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida
“Sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish”
mavzusida nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, internet makonida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔐
Bunday uchrashuvlar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, shuningdek, kelajak kasbini ongli tanlashiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌
Yoshlar — yurt tayanchi, kelajak bunyodkorlari!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
Toşkent kimyo-texnölogiya instituti Yangiyer filialida talabalar bilan noodatiy savollar asosida qiziqarli suhbatlar taşkil etildi
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
❗️
“KEÇA KIM EDIK-U, BUGUN KIM BÖLDIK” — ŞUKRONALIK VA QADRLAŞ RUHIDAGI UÇRAŞUV
🗺
Sirdaryo viloyati Mudofaa işlari boşqarmasida
Guliston harbiy prokuraturasi, Toşkent harbiy okrugi qömondonligi hamda
Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi
hamkorligida
“Keça kim edik-u, bugun kim böldik”
ğoyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.
🧢
Unda Sirdaryo viloyatida joylaşgan Toşkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlarning mas’ul xodimlari hamda viloyat Mudofaa işlari boşqarmasi şaxsiy tarkibi iştirok etdi.
🗣
Uçraşuv davomida Guliston harbiy prokurori hamda Toşkent harbiy okrugi qömondonining örinbosari tomonidan
“Keça kim edik-u, bugun kim böldik”
ğoyasining mazmun-mohiyati, bugungi tinç va osoyişta hayotning qadriga yetiş, erişilgan yutuqlarni munosib baholaş hamda mavjud imkoniyatlar uçun şukronalik hissi bilan yaşaşning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Şuningdek, Vatan ravnaqi yölida fidokorona xizmat qiliş, tinçlik va osoyiştalikni asraş, zimmasidagi vazifalarni mas’uliyat bilan ado etiş har bir harbiy xizmatçining muhim burçi ekani qayd etildi.
✅
Şuningdek, uçraşuvda yoş avlodni vatanparvarlik, sadoqat, fidoyilik va şukronalik ruhida tarbiyalaş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik hamda xizmat burçiga mas’uliyat bilan yondaşiş tuyğularini mustahkamlaş muhimligi alohida ta’kidlandi.
📌
Zero, ötmişni anglaş — bugunni qadrlaşga, bugunni qadrlaş esa kelajakni yanada mustahkam bunyod etişga undaydi!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🟣
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi — 35 yoşda!
🇺🇿
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyat Xalq Demokratik partiyasi tomonidan tantanali yubiley tadbiri bölib ötdi.
🗣
Tadbir davomida partiyaning şakllanişi va rivojlanişiga munosib hissa qöşgan, turli yillarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan sobiq raislar e’tirof etilib, taqdirlandilar.
💬
Şuningdek, yubiley munosabati bilan turli nominatsiyalar böyiça partiya faoliyatida faollik körsatgan deputatlar, tarğibotçilar hamda faol yoşlar taqdirlandi. Bu e’tirof ularning amalga oşirgan işlari, taşabbuslari va partiya faoliyatidagi iştirokini qadrlaşga qaratildi.
Tadbirda partiyaning 35 yillik faoliyati, bosib ötgan yöli va kelgusidagi ustuvor vazifalari haqida söz yuritildi. Ötgan yillar davomida töplangan tajriba, avlodlar davomiyligi hamda yoşlarning faolligi partiya faoliyatining muhim yönalişlari sifatida qayd etildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🇺🇿
GulDU Yoşlar yetakçisi “Özbekiston 24” telekanalida…
📺
Guliston davlat universiteti Yoşlar yetakçisi Yorqinjon Hayitboyev
Yangi Özbekistonda ijod erkinligi va yangi islohatlar
borasida “Özbekiston 24” teleradiokanalining “Axborot 24” informatsion dasturiga maxsus intervyu berdi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube