
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi
#
OAV_biz_haqimizda
📺
"Yo'lovchi" loyihasi doirasida turli targ'ibot
tadbirlar
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🚸
Piyodalar xavfsizligining yangi madaniyati –
“
Yo‘lovchi
”
loyihasi
Bugungi kunda yo‘l-transport hodisalari natijasida minglab insonlar turli darajada jarohatlanmoqda. Bunday salbiy holatlarning oldini olish, fuqarolarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda
🙋♂️
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan
“Yo‘lovchi” loyihasi
e’lon qilindi.
✅
Loyiha doirasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, jamoat transportidan xavfsiz foydalanish hamda yo‘llarda hushyorlik va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
🚦
“Yo‘lovchi” loyihasi — yo‘l harakati xavfsizligi yo‘lida!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
“BITTA ASKAR – BITTA KASB”: HARBIY XIZMATDAN — KASBIY SALOHIYATGA!
Muddatli harbiy xizmat — nafaqat Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli burch, balki yoshlarning kelajagini belgilash, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham muhim imkoniyatdir.
🗺
Sirdaryo viloyatida
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi hamda Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi vakillari
ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli, Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qismda
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️
Xususan, harbiy xizmatchilarning xizmat davomida zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashi uchun
“Bitta askar – bitta kasb”
tamoyili asosida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Bugungi kunda yoshlar:
🔹
issiqxona yo‘nalishlari;
🔹
kompyuter texnikasi operatorligi;
🔹
buxgalteriya;
🔹
AutoCAD dasturi;
🔹
kompyuter grafikasi;
🔹
hamda boshqa o‘ndan ortiq zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.
📝
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini baholash maqsadida
test sinovlarini topshirish jarayonlari
ham o‘rganildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
“UCH AVLOD” UCHRASHUVI — VATANPARVARLIK VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI TIMSOLI
📍
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qismda yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega
“Uch avlod” uchrashuvi
tashkil etildi.
Unda
🙋♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi vakillari
, shuningdek, mehnat faxriysi, taniqli shoir
Qosimov Jumaboy ota
ishtirok etdi.
🗣
Uchrashuvda yosh avlod qalbida
Vatanga sadoqat, xalq va yurt oldidagi burchga mas’uliyat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺
Shuningdek, harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli burch ekani, tinchlik va osoyishtalikni asrash har bir harbiy xizmatchidan yuksak matonat, fidoyilik va qat’iyat talab etishi haqida atroflicha fikr almashildi.
✔️
“Uch avlod” uchrashuvi — hayotiy tajriba, bugungi jasorat va kelajak orzularini birlashtirgan, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘taydigan muhim tarbiyaviy maskandir.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
#
OAV_biz_haqimizda
📺
"Vatan posbonlari" ko'rsatuvi
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
“Guliston harbiy prokurori kubogi
” uchun harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi
🗺
Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida
“Matonat maydoni”
teleloyihasi doirasida yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida
“Guliston harbiy prokurori kubogi”
uchun harbiy-sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur tadbir Guliston harbiy prokuraturasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamda Sirdaryo televideniyesi hamkorligida o‘tkazilib, yosh harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratildi.
🔅
Musobaqa davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro kuch sinashdilar:
🔵
arqon tortish;
🔵
turnikda tortilish;
🔵
harbiy estafeta;
🔵
armrestling;
🔵
stol tennisi;
🔵
shaxmat:
🔵
bilim va tezkor fikrlashni talab qiluvchi savol-javob bellashuvi;
🔵
jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy shartlar.
⏺
Bellashuvlar davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarining jismoniy chiniqqanligi, chaqqonligi, tezkorligi, bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, jamoaviy hamjihatlik va yuksak iroda bilan ishtirok etdilar.
⏺
Tadbir yakunida faol va munosib ishtirok etgan harbiy xizmatchilar hamda g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.
✔️
Bunday harbiy-sport musobaqalari yosh harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, harbiy xizmatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
📚
“ENG YAXSHI KITOBXON” TANLOVI O‘TKAZILDI
🙋♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi,
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida Ichki ishlar tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida
“Eng yaxshi kitobxon”
tanlovi tashkil etildi.
✔️
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
📖
Tanlov davomida ishtirokchilarning kitobxonlik darajasi, adabiy bilimlari va mutolaa madaniyati turli shartlar asosida sinovdan o‘tkazildi.
Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa komillik sari yo‘ldir!
📚
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
📢
“YO‘LOVCHI” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI TARG‘IBOT TADBIRI SIRDARYO TUMANIDA O‘TKAZILDI
🚸
“Yo‘lovchi”
loyihasi doirasida Sirdaryo tumanidagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida faoliyat yuritayotgan
“Jasorat maktabi”
o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🤝
Mazkur tadbir
🙋♂️
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
hamda
Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni
hamkorligida o‘tkazildi.
✅
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida
yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish
, yo‘lovchi va piyodalarning huquq hamda majburiyatlarini keng tushuntirish, shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
🗣
Tadbir davomida o‘quvchilarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri va belgilangan tartibda foydalanish, svetofor ishoralariga amal qilish, jamoat transportida o‘zini tutish madaniyati hamda transport vositalarida harakatlanish vaqtida xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
📝
Shuningdek, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida
savol-javoblar, interaktiv muloqotlar va tushuntirish ishlari
tashkil etildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
✔️
Bunday targ‘ibot tadbirlari orqali yosh avlod qalbida
mas’uliyat, hushyorlik va xavfsiz harakatlanish madaniyatini
shakllantirish, ularni hayotiy muhim bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
🚦
“YO‘LOVCHI” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI TARG‘IBOT TADBIRI SIRDARYO TUMANIDA
✔️
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va yo‘lovchilarning huquqiy hamda amaliy bilimlarini oshirish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida
“Yo‘lovchi” loyihasi
doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Sirdaryo tumanida davom ettirildi.
Tadbir
🙋♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi
,
Sirdaryo viloyati YHXB Sirdaryo tumani bo‘limi mas’ul xodimlari
hamda
Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari
hamkorligida tashkil etildi.
❗️
Targ‘ibot ishlari, ayniqsa,
tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida
olib borilib, maktab o‘quvchilari, piyodalar va yo‘lovchilar bilan bevosita amaliy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
🗣
Tadbir davomida fuqarolarga:
yo‘lni kesib o‘tishda hushyor va e’tiborli bo‘lish;
transport vositalarining harakatini to‘g‘ri baholash;
yo‘l harakati xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish;
tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridan foydalanishda zarur ehtiyot choralarini ko‘rish;
piyoda va yo‘lovchilarning huquq hamda majburiyatlariga amal qilish
bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🤝
“Yo‘lovchi” loyihasi
doirasidagi bunday amaliy targ‘ibot tadbirlari aholining, ayniqsa, yoshlarning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda xavfsiz harakatlanish madaniyatini shakllantirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube