
Soliha | 💸 & Frilans
🔝
YOZGI KONTENT IDEALAR
Yozda kanalingizga joylash uchun kontent g’oya topolmayapsizmi? Bu postni o’zingizga saqlab qo‘ying! Quyidagi
15 ta
kontent ideadan istalgan blog mavzusiga moslashtirib foydalanishingiz mumkin.
⬇️
1️⃣
Yoz uchun maqsadlaringiz ro‘yxati
2️⃣
Yozda o‘zgartirmoqchi bo‘lgan 5 ta odatingiz
3️⃣
“Mening ideal yoz kunim” mavzusida post
4️⃣
Yozgi ertalabki rutinangiz
5️⃣
Yozda o‘qish uchun tavsiya qiladigan kitoblaringiz
6️⃣
Yozgi playlist yoki sevimli qo‘shiqlaringiz
7️⃣
Issiq kunlarda produktiv bo‘lish sirlari
8️⃣
O‘tgan yozdan qolgan eng yoqimli xotirangiz
9️⃣
Yoz uchun wish-list (amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar)
1️⃣
0️⃣
Yozgi self-care va dam olish usullari
1️⃣
1️⃣
Yozda foydali bo‘lgan ilovalar yoki servislar
1️⃣
2️⃣
Yozgi challenge yoki marafon boshlash
1️⃣
3️⃣
Yozda nimani o‘rganmoqchisiz?
1️⃣
4️⃣
“Bir kunim qanday o‘tadi?” formatidagi kontent
1️⃣
5️⃣
Yoz tugashidan oldin albatta qilmoqchi bo‘lgan 10 ta ish
Auditoriya mukammal kontentni emas, samimiy va foydali kontentni kutadi
🫂
#1yilda52kitob
Жан Поль Сартр — Ставок больше нет
Eng varog’i kam kitob bo’lgani uchun yo’lda mutolaa qilishga shuni tanlagan edim. Lekin bookblogerlar maqtaganchalik “vaaau” effekt ko’rmadim.
Yevani boyligiga erishish uchun eri zaharlab o’ldiradi, Pyerni esa dushmani otib o’ldiradi. Keyin ular «загробный мир» da uchrashib qolib, “nega biz tirikligimizda bir-birimizni uchratmaganmiz? Aynan uzukka ko’z qo’ygandek bir-birimizga mosmizku” deyishni boshlashadi.
Keyin ularga 24 soatga tirik odam bo’lib yashash imkoniyati beriladi. Qoidasi: agar 24 soat ichida bir-biridan hecham shubhalanmasa, sevishishda davom etishsa, tiriklar safida qolishadi. Agar shubhalanishsa, o’lishadi.
To’g’risi, asar ideasi yaxshi, yomon emas. Lekin yozuvchini yozish uslubi yoqmadi. “Bordi, keldi, to’xtadi, gapirdi” shunaqa oddiy gaplar, so’z boyligi yo’q, mazza qilib atmosferani his qilib o’qimaysiz. “Farengeyt bo’yicha 451°” haqida ham
shunday taqriz
yozgan edim
😁
Yozuvchi asar ustida yana sal ko’proq ishlab, sayqal berganida zo’r bo’lar edi.
Elektron o’qiganim ham bir tarafdan yaxshi bo’libdi, endi buni bekorga sotib olib ovora bo’lmayman
😊
160 bet.
23/52
#1yilda52kitob@soliha_frilans
Джейн Остен — Любовь и дружба
Jeyn Ostenning yozish uslubi judayam boyligi, oson va qiziqarli o’qilishi bilan meni o’ziga jalb qiladi. Bu kitobida 3 ta roman jamlangan ekan. Qiziqarli tarafi, asar qahramonlari bir-biriga yozgan xatlari orqali nima bo’layotganini bilasiz. O’zgacha janr menga rosayam yoqdi, judayam xursand bo’ldim
😍
1️⃣
Любовь и дружба
Laura va Sofiyaning do’stligi, ularning erlari bilan munosabatlari haqida ekan. Qahramonlar shu qadar hissiyotga berilib yashashadiki, ba’zida ularning qarorlari judayam kulgili tuyuladi. Jeyn Osten o’sha paytdagi romantik romanlardagi ortiqcha dramatizm ustidan kulgandek xuddi
😂
. Jeyn Ostenning yumoriga yana bir bor tan berdim)) Yengil, kulgili va kinoyaga boy hikoya ekan.
2️⃣
Леди Сьюзен
Menga eng yoqqani shu asar bo’ldi) Ledi Syuzen juda aqlli, chiroyli va makkor ayol. U odamlarni o’ziga ishontirishni, vaziyatdan o’zi uchun foyda olishni juda yaxshi biladi. Bir xatda bir gapni yozsa, keyingi xatda uning asl niyati butunlay boshqacha ekanini ko’rib qolishingiz mumkin.
O’qib turib uning topqirligiga qoyil qoldim. Salbiy qahramon bo’lsa ham, asarni aynan u qiziqarli qiladi, ba’zida o’zim bilmagan holda uning tarafini olgandek ham bo’ldim
😁
3️⃣
Замок Лесли
Jeyn Osten “buni oxiriga yetkazmagan bo’lsam ham, shunday qoldirishni lozim topaman” deb yozgan ekan. Agar tugatganida bu ham ajoyib asar bo’lardi menimcha)
Agar sizga xatlar shaklida yozilgan asarlar, ingliz klassikasi va yengil yumor yoqsa, albatta tavsiya qilaman
✅
222 bet.
22/52
Yozning 1-kuni ham kelibdiya
😁
Hash-pash deguncha 2026-yil ham yarmiga yetib qoldi)
O’zimga qanchadan-qancha va’dalar bergandim ehheeeee, tasavvur ham qila olmaysiz
😂
Men qilaman 9, Alloh qiladi 8 deb rejalarim ko’pi chippakka chiqib ketdi)
Maylida, peshonada yozilganini ko’raveramiz, to’g’rimi?
Sizchi? Yozga nima rejalar qilyapsiz?
“
7️⃣
KUNDA
7️⃣
KARRA O’ZGARISH”
chellenjimiz
ertaga
boshlanadi, tayyormisiz?
Bu chellenjga to’g’ri va sog’lom ovqatlanish bo’yicha mutaxassis
Yasmina G’ayratovnani
ham taklif qilganman
🔥
Nafaqat intizom va kitobsevarlik, balki
sog’lom odatlar
haqida ham gaplashamiz
✅
Tayyormisiz? Tezda qo’shilib oling!
📎
https://t.me/+Uo-WiK1oz-k5NmQ6
#1yilda52kitob@soliha_frilans
Николас Спаркс— Крутой поворот
Nikolas Sparksning ijodini yaxshi ko’rishim sir emas: u shunchaki sevgi haqida yozmaydi. U insonlarning o’ylari, yo’qotishlari, qo’rquvlari va hayotdagi eng og’ir qarorlarini oddiy va hayotiy tilda yozadi.
«Крутой поворот» ham aynan shunday asarlardan ekan.
Kitob bosh qahramoni — sherif yordamchisi Maylz. Ikki yil oldin avtohalokatda xotini yo’qotgan va shu voqeadan keyin o’g’li bilan yolg’iz yashab keladi.
Avtomobil haydovchisi xotinini urib ketganidan keyin voqea joyidan qochib ketgan, politsiya esa uni topa olmaydi. Maylz bundan juda siqiladi, hatto o’zi yolg’iz qidiruv ishlari olib boradi, ammo baribir qotilni topa olmaydi.
Bir kuni uning hayotida Sara paydo bo’ladi. U o’g’lining yangi ustozi bo’ladi. Onasini yo’qotgandan keyin oldingi ustozlari uni qiynamay o’qitishga harakat qilib, natijada u tengdoshlaridan ancha orqada qolib ketgan bo’ladi. Buni Sara sezib qoladi va unga darsdan keyin qo’shimcha o’qishga qolishini taklif qiladi.
Shunday qilib, Maylz va Sara bir-biriga ko’ngil qo’yadi. Ammo hammasi endi zo’r bo’ldi deb o’ylaganingizda, bir voqea hammasini tubdan o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun ham asar nomi “keskin burilish” bo’lsa kerak.
Albatta tavsiya qilaman
💯
351 bet.
21/52
Kommentlar qaniyuuuuu?
👀
Hamma menga o’xshab hayitlab ketib qoldimi mehmonga
😁
Agora prinsipi
Ular odamni mahsulot sotib olishidan oldin ma’lum bir
ishonchlar zanjiri
orqali olib o‘tadi.
Va aynan shu narsa sovuq auditoriyada ham juda yuqori konversiya beradi.
Bu prinsipni Telegram kanalida ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham ishlatish mumkin.
Buning uchun har kuni atigi 15 daqiqa kontentga vaqt ajratish kifoya.
Xo’sh, ishonch zanjiri qanday quriladi?
⬇️
1️⃣
O‘zingizni auditoriyaga muntazam eslatib turasiz.
2️⃣
Auditoriya bilan mustahkam aloqa o’rnatasiz.
3️⃣
Odamlarning ishonchini asta-sekin qozonib olasiz.
4️⃣
Sotuvlaringizni “legal doping” bilan kuchaytirasiz.
5️⃣
Kontentingizga haqiqiy
qaramlik
hosil qilasiz.
Ana shunda, sizning har bir postingizni intizorlik bilan kutishni boshlashadi
✅
Mana shunday marketing sirlarini ochadigan postlar ko’o’o’o’p bo’lsin desangiz, reaksiyalarni bang’illatib tashlang, ko’rib xursand bo’lay
😍
Kontent odamlarning
dunyoqarashi
va
ishonchlarini
shakllantiradi.
Ular nimaga ishonadi?
Nimaga ishonmaydi?
Hammasini ular tanovul qilayotgan kontent hal qiladi.
Bekorga:
“Biz — yegan narsamizning o‘zimiz”
, deyishmaydi.
Bu yerda kontent — miya uchun oziq vazifasini bajaradi.
Shuning uchun bugungi kunda postlarni shunchaki chiroyli yozishning o‘zi yetmaydi.
Asosiysi — odamlarda to‘g‘ri
ishonch
larni shakllantira olish.
Sotuvga
asta-sekin
va
tabiiy
olib boradigan ishonchlarni.
Eng yirik kopirayting kompaniyalaridan biri —
Agora
ham barcha matnlarini aynan shu prinsip asosida quradi.
Qanday prinsip ekanligini 5 ta
❤️
dan keyin aytaman)
Qaramlik uyg‘otadigan marketing
haqida gaplashamizmi?
Kontent — bu zamonaviy narkotik. Odamlar unga doridek bog‘lanib qolishgan.
Bo‘sh vaqtida.
Ish paytida.
Yo‘lda.
Ovqatlanayotganda.
Navbatda.
Tirbandlikda.
Tadbir vaqtida.
Ertalab.
Kunduzi.
Kechqurun.
Tunda.
Doim.
Hamma joyda.
Shunchaki atrofga qarang…
Nimani ko‘ryapsiz?
Har ikkinchi odam smartfon ekraniga tikilib o‘tiradi. Ular kontentni xuddi qo‘lidan konfeti tortib olinayotgan yosh boladek ochko‘zlik bilan “yutishyapti”.
Va bu oqibatsiz qolmaydi.