Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Soliha | πŸ’Έ & Frilans

soliha_frilans
Yuz va ovozsiz blog yuritib daromad topishni o’rgatadigan ekspert Qarshiyeva Solihaning kanali βœ”οΈ Men bilan SMM-mutaxassislar, ekspertlar va tadbirkorlar daromadlarini blog yuritish orqali minimum 2 baravar oshirishadi πŸ’° Murojaat uchun - @solihaqarshiyeva
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 320
24 часа
10
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-30
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
191
ER
14,47%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
46
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
771
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
MAΠœΠ°Ρ€ΠΊΠ΅Ρ‚ΠΈΠ½Π³
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠœΠ°Ρ€ΠΊΠ΅Ρ‚ΠΈΠ½Π³ ΠΈ ΠΏΡ€ΠΎΠ΄Π°ΠΆΠΈ
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
June 11, 11:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ”
YOZGI KONTENT IDEALAR
Yozda kanalingizga joylash uchun kontent g’oya topolmayapsizmi? Bu postni o’zingizga saqlab qoβ€˜ying! Quyidagi
15 ta
kontent ideadan istalgan blog mavzusiga moslashtirib foydalanishingiz mumkin.
⬇️
1️⃣
Yoz uchun maqsadlaringiz roβ€˜yxati
2️⃣
Yozda oβ€˜zgartirmoqchi boβ€˜lgan 5 ta odatingiz
3️⃣
β€œMening ideal yoz kunim” mavzusida post
4️⃣
Yozgi ertalabki rutinangiz
5️⃣
Yozda oβ€˜qish uchun tavsiya qiladigan kitoblaringiz
6️⃣
Yozgi playlist yoki sevimli qoβ€˜shiqlaringiz
7️⃣
Issiq kunlarda produktiv boβ€˜lish sirlari
8️⃣
Oβ€˜tgan yozdan qolgan eng yoqimli xotirangiz
9️⃣
Yoz uchun wish-list (amalga oshirmoqchi boβ€˜lgan ishlar)
1️⃣
0️⃣
Yozgi self-care va dam olish usullari
1️⃣
1️⃣
Yozda foydali boβ€˜lgan ilovalar yoki servislar
1️⃣
2️⃣
Yozgi challenge yoki marafon boshlash
1️⃣
3️⃣
Yozda nimani oβ€˜rganmoqchisiz?
1️⃣
4️⃣
β€œBir kunim qanday oβ€˜tadi?” formatidagi kontent
1️⃣
5️⃣
Yoz tugashidan oldin albatta qilmoqchi boβ€˜lgan 10 ta ish
Auditoriya mukammal kontentni emas, samimiy va foydali kontentni kutadi
πŸ«‚

June 05, 16:48
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#1yilda52kitob
Π–Π°Π½ Поль Π‘Π°Ρ€Ρ‚Ρ€ β€” Π‘Ρ‚Π°Π²ΠΎΠΊ большС Π½Π΅Ρ‚
Eng varog’i kam kitob bo’lgani uchun yo’lda mutolaa qilishga shuni tanlagan edim. Lekin bookblogerlar maqtaganchalik β€œvaaau” effekt ko’rmadim.
Yevani boyligiga erishish uchun eri zaharlab o’ldiradi, Pyerni esa dushmani otib o’ldiradi. Keyin ular Β«Π·Π°Π³Ρ€ΠΎΠ±Π½Ρ‹ΠΉ ΠΌΠΈΡ€Β» da uchrashib qolib, β€œnega biz tirikligimizda bir-birimizni uchratmaganmiz? Aynan uzukka ko’z qo’ygandek bir-birimizga mosmizku” deyishni boshlashadi.
Keyin ularga 24 soatga tirik odam bo’lib yashash imkoniyati beriladi. Qoidasi: agar 24 soat ichida bir-biridan hecham shubhalanmasa, sevishishda davom etishsa, tiriklar safida qolishadi. Agar shubhalanishsa, o’lishadi.
To’g’risi, asar ideasi yaxshi, yomon emas. Lekin yozuvchini yozish uslubi yoqmadi. β€œBordi, keldi, to’xtadi, gapirdi” shunaqa oddiy gaplar, so’z boyligi yo’q, mazza qilib atmosferani his qilib o’qimaysiz. β€œFarengeyt bo’yicha 451°” haqida ham
shunday taqriz
yozgan edim
😁
Yozuvchi asar ustida yana sal ko’proq ishlab, sayqal berganida zo’r bo’lar edi.
Elektron o’qiganim ham bir tarafdan yaxshi bo’libdi, endi buni bekorga sotib olib ovora bo’lmayman
😊
160 bet.
23/52

June 02, 08:10
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#1yilda52kitob@soliha_frilans
Π”ΠΆΠ΅ΠΉΠ½ ΠžΡΡ‚Π΅Π½ β€” Π›ΡŽΠ±ΠΎΠ²ΡŒ ΠΈ Π΄Ρ€ΡƒΠΆΠ±Π°
Jeyn Ostenning yozish uslubi judayam boyligi, oson va qiziqarli o’qilishi bilan meni o’ziga jalb qiladi. Bu kitobida 3 ta roman jamlangan ekan. Qiziqarli tarafi, asar qahramonlari bir-biriga yozgan xatlari orqali nima bo’layotganini bilasiz. O’zgacha janr menga rosayam yoqdi, judayam xursand bo’ldim
😍
1️⃣
Π›ΡŽΠ±ΠΎΠ²ΡŒ ΠΈ Π΄Ρ€ΡƒΠΆΠ±Π°
Laura va Sofiyaning do’stligi, ularning erlari bilan munosabatlari haqida ekan. Qahramonlar shu qadar hissiyotga berilib yashashadiki, ba’zida ularning qarorlari judayam kulgili tuyuladi. Jeyn Osten o’sha paytdagi romantik romanlardagi ortiqcha dramatizm ustidan kulgandek xuddi
πŸ˜‚
. Jeyn Ostenning yumoriga yana bir bor tan berdim)) Yengil, kulgili va kinoyaga boy hikoya ekan.
2️⃣
Π›Π΅Π΄ΠΈ БьюзСн
Menga eng yoqqani shu asar bo’ldi) Ledi Syuzen juda aqlli, chiroyli va makkor ayol. U odamlarni o’ziga ishontirishni, vaziyatdan o’zi uchun foyda olishni juda yaxshi biladi. Bir xatda bir gapni yozsa, keyingi xatda uning asl niyati butunlay boshqacha ekanini ko’rib qolishingiz mumkin.
O’qib turib uning topqirligiga qoyil qoldim. Salbiy qahramon bo’lsa ham, asarni aynan u qiziqarli qiladi, ba’zida o’zim bilmagan holda uning tarafini olgandek ham bo’ldim
😁
3️⃣
Π—Π°ΠΌΠΎΠΊ ЛСсли
Jeyn Osten β€œbuni oxiriga yetkazmagan bo’lsam ham, shunday qoldirishni lozim topaman” deb yozgan ekan. Agar tugatganida bu ham ajoyib asar bo’lardi menimcha)
Agar sizga xatlar shaklida yozilgan asarlar, ingliz klassikasi va yengil yumor yoqsa, albatta tavsiya qilaman
βœ…
222 bet.
22/52

June 01, 10:25
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Yozning 1-kuni ham kelibdiya
😁
Hash-pash deguncha 2026-yil ham yarmiga yetib qoldi)
O’zimga qanchadan-qancha va’dalar bergandim ehheeeee, tasavvur ham qila olmaysiz
πŸ˜‚
Men qilaman 9, Alloh qiladi 8 deb rejalarim ko’pi chippakka chiqib ketdi)
Maylida, peshonada yozilganini ko’raveramiz, to’g’rimi?
Sizchi? Yozga nima rejalar qilyapsiz?

May 31, 18:08
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

β€œ
7️⃣
KUNDA
7️⃣
KARRA O’ZGARISH”
chellenjimiz
ertaga
boshlanadi, tayyormisiz?
Bu chellenjga to’g’ri va sog’lom ovqatlanish bo’yicha mutaxassis
Yasmina G’ayratovnani
ham taklif qilganman
πŸ”₯
Nafaqat intizom va kitobsevarlik, balki
sog’lom odatlar
haqida ham gaplashamiz
βœ…
Tayyormisiz? Tezda qo’shilib oling!
πŸ“Ž
https://t.me/+Uo-WiK1oz-k5NmQ6

May 30, 13:53
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#1yilda52kitob@soliha_frilans
Николас Бпаркс— ΠšΡ€ΡƒΡ‚ΠΎΠΉ ΠΏΠΎΠ²ΠΎΡ€ΠΎΡ‚
Nikolas Sparksning ijodini yaxshi ko’rishim sir emas: u shunchaki sevgi haqida yozmaydi. U insonlarning o’ylari, yo’qotishlari, qo’rquvlari va hayotdagi eng og’ir qarorlarini oddiy va hayotiy tilda yozadi.
Β«ΠšΡ€ΡƒΡ‚ΠΎΠΉ ΠΏΠΎΠ²ΠΎΡ€ΠΎΡ‚Β» ham aynan shunday asarlardan ekan.
Kitob bosh qahramoni β€” sherif yordamchisi Maylz. Ikki yil oldin avtohalokatda xotini yo’qotgan va shu voqeadan keyin o’g’li bilan yolg’iz yashab keladi.
Avtomobil haydovchisi xotinini urib ketganidan keyin voqea joyidan qochib ketgan, politsiya esa uni topa olmaydi. Maylz bundan juda siqiladi, hatto o’zi yolg’iz qidiruv ishlari olib boradi, ammo baribir qotilni topa olmaydi.
Bir kuni uning hayotida Sara paydo bo’ladi. U o’g’lining yangi ustozi bo’ladi. Onasini yo’qotgandan keyin oldingi ustozlari uni qiynamay o’qitishga harakat qilib, natijada u tengdoshlaridan ancha orqada qolib ketgan bo’ladi. Buni Sara sezib qoladi va unga darsdan keyin qo’shimcha o’qishga qolishini taklif qiladi.
Shunday qilib, Maylz va Sara bir-biriga ko’ngil qo’yadi. Ammo hammasi endi zo’r bo’ldi deb o’ylaganingizda, bir voqea hammasini tubdan o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun ham asar nomi β€œkeskin burilish” bo’lsa kerak.
Albatta tavsiya qilaman
πŸ’―
351 bet.
21/52

May 28, 17:01
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kommentlar qaniyuuuuu?
πŸ‘€
Hamma menga o’xshab hayitlab ketib qoldimi mehmonga
😁

May 28, 14:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Agora prinsipi
Ular odamni mahsulot sotib olishidan oldin ma’lum bir
ishonchlar zanjiri
orqali olib oβ€˜tadi.
Va aynan shu narsa sovuq auditoriyada ham juda yuqori konversiya beradi.
Bu prinsipni Telegram kanalida ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham ishlatish mumkin.
Buning uchun har kuni atigi 15 daqiqa kontentga vaqt ajratish kifoya.
Xo’sh, ishonch zanjiri qanday quriladi?
⬇️
1️⃣
Oβ€˜zingizni auditoriyaga muntazam eslatib turasiz.
2️⃣
Auditoriya bilan mustahkam aloqa o’rnatasiz.
3️⃣
Odamlarning ishonchini asta-sekin qozonib olasiz.
4️⃣
Sotuvlaringizni β€œlegal doping” bilan kuchaytirasiz.
5️⃣
Kontentingizga haqiqiy
qaramlik
hosil qilasiz.
Ana shunda, sizning har bir postingizni intizorlik bilan kutishni boshlashadi
βœ…
Mana shunday marketing sirlarini ochadigan postlar ko’o’o’o’p bo’lsin desangiz, reaksiyalarni bang’illatib tashlang, ko’rib xursand bo’lay
😍

May 28, 14:48

Kontent odamlarning
dunyoqarashi
va
ishonchlarini
shakllantiradi.
Ular nimaga ishonadi?
Nimaga ishonmaydi?
Hammasini ular tanovul qilayotgan kontent hal qiladi.
Bekorga:
β€œBiz β€” yegan narsamizning oβ€˜zimiz”
, deyishmaydi.
Bu yerda kontent β€” miya uchun oziq vazifasini bajaradi.
Shuning uchun bugungi kunda postlarni shunchaki chiroyli yozishning oβ€˜zi yetmaydi.
Asosiysi β€” odamlarda toβ€˜gβ€˜ri
ishonch
larni shakllantira olish.
Sotuvga
asta-sekin
va
tabiiy
olib boradigan ishonchlarni.
Eng yirik kopirayting kompaniyalaridan biri β€”
Agora
ham barcha matnlarini aynan shu prinsip asosida quradi.
Qanday prinsip ekanligini 5 ta
❀️
dan keyin aytaman)

May 28, 14:38
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qaramlik uygβ€˜otadigan marketing
haqida gaplashamizmi?
Kontent β€” bu zamonaviy narkotik. Odamlar unga doridek bogβ€˜lanib qolishgan.
Boβ€˜sh vaqtida.
Ish paytida.
Yoβ€˜lda.
Ovqatlanayotganda.
Navbatda.
Tirbandlikda.
Tadbir vaqtida.
Ertalab.
Kunduzi.
Kechqurun.
Tunda.
Doim.
Hamma joyda.
Shunchaki atrofga qarang…
Nimani koβ€˜ryapsiz?
Har ikkinchi odam smartfon ekraniga tikilib oβ€˜tiradi. Ular kontentni xuddi qoβ€˜lidan konfeti tortib olinayotgan yosh boladek ochkoβ€˜zlik bilan β€œyutishyapti”.
Va bu oqibatsiz qolmaydi.