
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
📸
KUN FOTOSI
Yosh kadrlar
— soliq tizimiga yangicha qarash va tashabbus olib kirayotgan avlod. Ularning bilimga intilishi, mas’uliyati va shijoati bugungi ishlar sifatida, ertangi natijalarda namoyon bo‘ladi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#сотрудничество
Узбекистан укрепляет сотрудничество с ОЭСР в сфере международного налогообложения
Делегация Республики Узбекистан во главе с Председателем Налогового комитета Фаррухом Пулатовым принимает участие в
18-м пленарном заседании Инклюзивной рамочной программы
ОЭСР/G20 по BEPS, проходящем 28–30 октября 2026 года в Париже.
В центре внимания заседания – противодействие размыванию налоговой базы и перемещению прибыли, внедрение
глобального минимального налога
, совершенствование международного
обмена налоговой информацией
, а также новые подходы к налогообложению цифровой экономики и применению искусственного интеллекта в налоговом администрировании.
Участие Узбекистана в данной инициативе отражает приоритетное значение, которое страна придаёт развитию международного налогового сотрудничества,
повышению прозрачности
и последовательному
внедрению международных стандартов
и передовых практик. Взаимодействие с ОЭСР позволяет изучать мировой опыт, совершенствовать национальное законодательство и укреплять профессиональный потенциал налоговых органов.
В последние годы Узбекистан последовательно расширяет сотрудничество с международными налоговыми институтами. Страна
присоединилась
к Инклюзивной рамочной программе по BEPS в 2023 году, ведёт работу по внедрению её минимальных стандартов, совершенствует правила трансфертного ценообразования и механизмов разрешения налоговых споров. В июле 2026 года Узбекистан также
подписал
Многостороннюю конвенцию о взаимной административной помощи по налоговым делам, направленную на расширение международного взаимодействия в сфере обмена информацией.
В перспективе дальнейшее сближение с международными стандартами будет способствовать з
ащите национальной налоговой базы,
более эффективному противодействию уклонению от уплаты налогов,
созданию равных условий для бизнеса
и
укреплению доверия
международных инвесторов. Это также позволит Узбекистану активнее участвовать в формировании международной налоговой повестки и учитывать национальные интересы при выработке глобальных решений.
Участие в заседании BEPS является важным этапом дальнейшей интеграции Узбекистана в международную систему налогового сотрудничества и совершенствования национального налогового администрирования с учётом лучших мировых практик.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#hamkorlik
Oʻzbekiston xalqaro soliq solish sohasida IHTT bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Pulatov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 2026-yil 28–30-oktabr kunlari Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan IHTT/G20ning BEPS boʻyicha
Inklyuziv hamkorlik doirasi 18-plenar yigʻilishida
ishtirok etmoqda.
Yigʻilish kun tartibidan soliq bazasining sun'iy ravishda kamaytirilishi va foydaning boshqa yurisdiksiyalarga koʻchirilishiga qarshi kurashish,
global miqyosda minimal soliqni joriy etish
,
soliqqa oid axborotlarni xalqaro darajada almashish
tizimini takomillashtirish, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni soliqqa tortish va soliq maʼmuriyatchiligida sunʼiy intellektdan foydalanishning yangi yondashuvlari kabi dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Oʻzbekistonning mazkur tashabbusda ishtiroki mamlakatimiz xalqaro soliq hamkorligini rivojlantirish,
shaffoflikni oshirish
,
xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyotlarni izchil joriy etish
ga ustuvor ahamiyat qaratayotganini koʻrsatadi. IHTT bilan hamkorlik jahon tajribasini oʻrganish, milliy qonunchilikni takomillashtirish va soliq organlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro soliq institutlari bilan hamkorlikni izchil kengaytirib kelmoqda. Mamlakatimiz 2023-yilda BEPS boʻyicha Inklyuziv hamkorlik doirasiga qoʻshildi va uning minimal standartlarini joriy etish, transfert narxini belgilash qoidalari hamda soliq nizolarini hal etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ish olib bormoqda. 2026-yil iyul oyida Oʻzbekiston soliqqa oid masalalar boʻyicha oʻzaro maʼmuriy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Koʻp tomonlama konvensiyani ham imzoladi. Mazkur hujjat soliq sohasida xalqaro axborot almashinuvi va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Kelgusida xalqaro standartlarga yanada yaqinlashish
milliy soliq bazasini himoya qilish
, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash mexanizmlariga qarshi kurashish samaradorligini oshirish,
biznes uchun teng sharoitlar yaratish
va xalqaro investorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu Oʻzbekistonning xalqaro soliq masalalari boʻyicha kun tartibini shakllantirishda faolroq ishtirok etishi va global qarorlarni ishlab chiqishda milliy manfaatlarni hisobga olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
BEPS boʻyicha yigʻilishda ishtirok etish Oʻzbekistonning xalqaro soliq hamkorligi tizimiga integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish va milliy soliq maʼmuriyatchiligini jahonning ilgʻor tajribalari asosida takomillashtirish yoʻlidagi muhim bosqich hisoblanadi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#sunʻiy_intellekt
“O‘zbekiston 1” telekanalining
AI Soliq
platformasining
yangi imkoniyatlari
haqidagi reportaji
🚀
«Ekspress audit»
🚀
«AI Muloqot»
🚀
«AI Assistent»
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Suv omborlari hududidagi turistik biznes uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkalari ikki baravarga kamaytiriladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Suv omborlari va ularga tutash hududlardan foydalanishni tartibga solish hamda xavfsizlikni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"
gi Qarori qabul qilindi.
👉
PQ-387-son, 27.10.2026-y.
Unga ko'ra,
2029-yil 1-oktabrga
qadar
suv omborlari
va
ularga tutash hududlarda
turizm xizmatlari
ni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxslar uchun
yer solig‘i
va
mol-mulk solig‘i
stavkalari belgilangan stavkalarning
50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.
Bunda mazkur moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chorasi ushbu qaror doirasida suv omborlari va ularga tutash hududlardan elektron
onlayn auksion savdolari orqali
yer uchastkalari ajratilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llaniladi.
____________
#новое_в_законодательстве
Для туристического бизнеса у водохранилищ ставки налогов на имущество и землю снижаются вдвое
Принято Постановление Президента
"О мерах по упорядочению использования территорий водохранилищ и прилегающих к ним зон, а также обеспечению безопасности на них".
👉
№ПП-387 от 27.10.2026 г.
Согласно документу
до 1 октября 2029 года
для предпринимателей, организовавших
туристские услуги на территориях водохранилищ
и прилегающих к ним зон, применяются
ставки земельного налога и налога на имущество
юрлиц в размере
50%
установленных ставок.
При этом указанная мера финансовой поддержки применяется к субъектам предпринимательства, которым земельные участки выделены на территориях водохранилищ и прилегающих к ним зон посредством электронных онлайн-аукционных торгов.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
🇺🇿
Har bir soliq — yurt taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa
👍
To‘langan soliqlar — mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun muhim moliyaviy manbalardan biridir. Ular hisobidan ta’lim va tibbiyot, yo‘l va transport infratuzilmasi, obodonlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
👍
Bugun to‘langan soliq — ertangi kun uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qo‘shilgan hissadir.
🎚
Soliq to‘lash — nafaqat qonuniy majburiyat, balki yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir.
👍
Men to‘lagan soliqlar — mening ertangi kelajagim!
Eslatma: Ushbu videomaterial sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#SoliqLugati
👍
SOLIQ LUG‘ATI:
👍
OSHKORALIK PRINSIPI
✍️
Oshkoralik prinsipi
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari rasman e’lon qilinishi shart.
Rasman e’lon qilinmagan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
👍
Oshkoralik prinsipi
soliq qonunchiligining ochiqligi va fuqarolar uchun qonuniy axborotdan foydalanish imkoniyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
⚖️
Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
12-moddasi.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#raqamlashtirish
#raqamli_markirovka
128,7 ming nomdagi mahsulotlar markirovkalangan
2026-yilning 1-oktabr holatiga
Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga
128,7 mingta nomdagi mahsulotlar
kiritildi.
Raqamli markirovka tizimida
1 097 ta ishlab chiqaruvchi
va
3 495 ta importyor
ishtirok etmoqda.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
#sunʻiy_intellekt
AI Soliq – tadbirkorning raqamli ko‘makchisi
Soliq sohasiga sun’iy intellektni joriy etish nafaqat jarayonlarni avtomatlashtirish, balki soliq ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni tushunarli qilishga ham xizmat qiladi.
Tadbirkorlar uchun bu dolzarb savollarga tezroq javob topish, ehtimoliy soliq xavflarini aniqlash va yanada asosli qarorlar qabul qilish imkoniyatidir.
AI Soliq – biznes uchun vaqtni tejaydigan, soliq masalalarini tushunishga yordam beradigan va soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlikni soddalashtiradigan amaliy raqamli yordamchi.
🚀
«Ekspress audit»
🚀
«AI Muloqot»
🚀
«AI Assistent»
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#quyoshli_xonadon
Quyosh panellaridan 4 million so‘mdan ortiq daromad
2023-yil 1-apreldan
“Quyoshli xonadon” dasturi
doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining
har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya
ajratilishi
belgilangan
.
📎
Eslatib o‘tamiz, subsidiyani “
Soliq
” mobil ilovasining
"Keshbek va imtiyozlar"
xizmatining
“Quyoshli xonadon”
bo‘limidagi
“Kartaga pul o‘tkazish”
oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads